Mana bir necha kun bo'ldi, kayfiyat bir oz bo'lsada joyida. Negaki, maosh oldik. Demak, muammolar soni anchaga qisqardi. Demak hayolni chalg'itmay ishlasak bo'ladi. Ish unimi oshganini his qila boshladim. Kayfiyat yaxshi, hushmuomala, odobli, kamgap va bosiq bo'lib qolamiz. O'zimizni baquvvat va bardam his qilamiz. Negaki, yaqinda maosh olganmiz.
Afsuski, kun o'tgan sayin, ya'ni maosh sarflanib borgani sayin, kayfiyat hushligi ham sarflana boradi. O'z-o'zidan ma'lumki, ish unimi ham kamayib boraveradi. Bu esa qayta ta'sir qonuni asosida yana kayfiyatga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Negaki hali keyingi maoshgacha vaqt bor...
Lekin bir narsani unutmasligimiz kerak, qachon, qaerda bo'lmasin, foyda ko'rayotgan joyimizni extiyot qilishimiz va unga kayfiyatimizni aralashtirmasligimiz kerak. Har bir faoliyat doirasining chegarasi bo'lishi katta ahamiyatga ega.
Otam aytadilar: