Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Ko'nglimni tushunmas suyganim...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Ishonmading
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Yuvildi dil g'uborlarim.
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Yana to'rtliklar....
[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
Ishq sayyodi.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 152
IP

 Alisher Navoiy ijodi haqida - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher  
Alisher Navoiy ijodi haqida
AlisherДата: Понедельник, 03.03.2008, 13:57 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim...
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga kim jonim fido aylab sog'indim dam-badam.
Ermas edi yorlikda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo'qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yoq'tir sog'inib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni ko'ngul ko'z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shayx birla xonaqahdin chun yorug'liq tolmadim,
Dayr piri xizmatiga ko'yi xammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin,
O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim.

Alisher Navoiy.

Bu satrlarni o'qib ma'nosini tushunishga xarakat qilaman. Afsuski, mening aqlu-zakovatim bu satrlar oldida ojiz qolarlar. Zero har bir so'z ichra yashrin ming ma'no har safar yangi ma'no bilan keladir...

Bilmadim olam elida yo'qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yoq'tir sog'inib yor istadim.

Balki so'zlar mazmunini tushunmasman. Bu esa o'z tilimni qanchalar unutganimdan dalolat beradi. Ajabki, so'ramoqqa hamon qalbimiz or qiladi.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin,
O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim.

Fikr beringlar do'stlarim, mazmun beringlar, ta'ribf beringlar, zero Xazrati Alisher Navoiyning meros mulki hanuz bisyordir...


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Понедельник, 05.01.2009, 12:51 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Hazrat Navoiyning hayratlanarli baytlaridan:
Ko`zlarimda ishqdin suv erdi uyqu o’rnida,
Turfa ko’rkim, hajrdin qon bo’ldi ul suv o’rnida.

Kimgakim kirpik o’qin yog’dursa ul gul rashkdin,
Jismim ichra bir tikondur har sari mo’ o’rnida.

G’ayr naqshdin qilibmen pok ko’nglim safhasin
Tut ul oy ollida, ey mashshota, ko’zgu o’rnida.

Shahsuvorimning ayog’in o’pkali rozidurur
Oy bila kun har birisi bir tepingu o’rnida.

Iztirob etsa qoshing ko’rgach ne tong shaydo ko’ngul,
Telbakim, ko’rdi yangi oy o’ltururmu o’rnida.

Dahr bo’stoni aro barqu bulutdin anglakim,
Yig’lamoq yuz qatladur bir qatla kulgu o’rnida.

Ey Navoiy, dersen: «Ul qomatni ko’nguldin chiqor»,
Ne nihol o’lturtayin ul sarvi dilju o’rnida.

Tahminan shunday ma`noda bo`lsa kerak:

Ko`zlarimda ishqdin uyqu o’rnida suv edi (ya`ni uyqu orniga tinimsiz yig`lardim), endi ko`rginki, ul suv o’rnida hajrdin qon bo’ldi (ya`ni tinimsiz yig`lagan ko`z qonaganga o`xshab qoladi)

Kimgakim ul gul kiprik o’qin yog’dirsa (ya`ni “kiprik o’qin yog’dirmoq” iborasi “qaramoq” so`ziga teng keladi) rashkdan har bir mo`yim o`rnida bir tikon paydo bo`ldi.

Boshqa hamma ishlardan, hoyu havaslardan, dunyo ishlaridan ko’nglim safhasin pok qilganman, ey mashshota (yor bezovchi ayol - parikmaxer), oy ollida ko’zgu o’rnida tutgin.

Otga yarashib turgan yorimning ayog’ini oy bilan kun har birisi bir uzangi o’rnida o’pishga rozidir.

Qoshing ko’rgach, shaydo ko’ngul iztirob etsa ajablanmayman, chunki telba yangi oyni ko`rganda iztirob etadiku!

Osmonga qarab chaqmoq va bulutdan anglaginki, bir qatla kulgu o’rnida yuz qatla yig’lamoq bor.

Ey Navoiy, «Uning qomatini ko’nguldin chiqar», dersan, ul ko`ngillarga orom beruvchi o’rnida qanday nihol o’tqazasan.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz