Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 295



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Nasr bobida... » Turmush chorrahalarida

Kuyov bo’lish ilmi.
Sen kuyov bo’lding. Chimildiqlar nasib etgani muborak bo’lsin, o’g’lim! Yodda tutginki, juftlik qog’oziga sen zaminda imzo chekyapsanu nikohing aslida osmonda o’qiladi nikoh muqaddasdir, nikoh ilohiy! Shuning uchun bu ikkilikni «jufti halol» deydilar.
Endi qanoting qo’sh bo’ldi, ota-onangning bag’ridan uchib chiqding, go’shang, toming alohida endi. Oila degan mamlakatning sultonidirsan, amringni ta’zim bilan eshtiayotgan anovi oyim esa vaziringdir.
Uylandingmi, tamom, so’zingda,o’zingda, tutumlaringda kunda bir yetuklik, ulug’lik alomatlarini ko’rsinlar. Qanoting qo’sh bo’lib, oydan uzilgan bir suluv senga mahrami jon saylanib, o’ngu so’ling shoyi, adraslarga burkanganda gurkirab o’smasang, shig’il gullamasang, seni qurshab turgan jannatiy imkonlarnig uvoli tutgay!
Ishing zo’r bo’lib, martabang chandon ko’tarilib, tashqarida hamma senga ta’zimda bo’lsa-yu, uyingda tinchlik, totuvlik bo’lmasa, barii bekor! Yer kurrasida qimirlab yurganki odam uyim, bolam-chaqam deb yuradi. Ko’chadagi ishlarini jadallik bilan bajarib, xonadoniga yugurgani yugurgan. Qizig’i shuki, inson yaxshi yiga ham, yomon uyiga ham talpinaveradi. Shunisiga qarab, bu uydan yo baxtli, yo baxtsiz, yo butun, yo yarim odamlar chiqadilar. «Oila» deb atalgan panohistonda yaxshi iqlim yaratish uchun esa ayolga ayollik, erkakka erkaklik ilmiy suv, havo qadar zarur.
Erkak kishini asosan qulog’i yetaklaydi va uni ko’p balolarga giriftor qiladi. Kelinchakka aytadigan birinchi gaping shu bo’lsin:
«Ilohim, siz bilan birga hammamizga saodatli kunlar kelayotgan bo’lsin. Ammo aytib qo’yay, men oila a’zolarimsiz bir bo’lakman, butunligim ular bilan. Meni dunyoga keltirgan mualliflarim, tumshug’ida suv, don berib voyaga yetkazgan xaloskorim – shu oilamdagilar. Ularning pastu baland fe’llari o’zimga ayon. Balki biridan sevinib, biridan kuyib yurarman, ammo qandayligidan qat’i nazar, ular mening mulkim, mening qismatim, mahrimga tushgan, yoqmay qolsa, kechib yubora olmayman» O’rtaga qo’yadigan birinchi shartim shu: hech qachon jigarbandlarimni menga yomonlamang. Siz tufayli hech biridan ko’nglim qolmasin! Qo’lingizdan kelsa, ularni menga issiq ko’rsating, yomonlarimni yaxshi qilib bering». Agar bu iltimosimni bajarmasangiz, sizdan ikki dunyo rozimasman!»
Hali ulg’ayguningcha, o’zing guvoh bo’lasan, ayol zoti haqida «falonchi turmushga chiqqandan keyin yaqinlaridan kechib ketibdi» degan gapni hech kim eshitgan emas. Ammo uylangandan keyin aka-ukasi, amma-xolasi, hatto ota-onasidan nari bo’lib ketgan erkakni qadamda uchratib boraverasan! Buni uyat deb bilgin, er uchun qaro yer bo’lish shu.
Yaratgan senga boshing to’la tafakkur berdi, qulog’ingga tushgan gapni avval unga uzat, tahlil qil! Atrofingdagi senga taalluqli bo’lgan jami mavjudlik sendan birday bahra olsin va bahra olishi shart! Chunki ular doim senga nimanidir o’tkazib, uzluksiz nima bilandir ta’minlab turadi yoki bir paytlar ta’minlagan. Ularning baridan qarzdorsan. Allohgaki bergan ne’matlari uchun tinmay shukrona aytish vojib ekan, bandalarining – u otang bo’ladimi, onang bo’ladimi, jigargo’shangmi, baribir, hamma yaxshiligi qarz! Ularga orqa o’girib ketib bo’lmas, ketsang-da yo’ling unmas, niyating ushalmas.
O’g’lonim, ota-onangdan ko’rgan mehr-muhabbatingga gap yo’q, ammo hayotingda eng yuksak izzat-hurmatni kuyov bo’lganingda qaynona-qaynotangdan ko’rasan. Millatimizning taomili shunday, bolasiga, hatto o’ziga ilinmagan hurmatni, mukofotni kuyoviga tutadi. Sochlarining oqi bilan kuyovi qoshida ta’zimda turadi. Xullasi, uni bolasidan a’lo ko’radi.
Sen bu muabbatlardan rohatlan va shu bilan birga, bir o’ktamlik qil: ular o’g’illriga ko’rsatmagan yaxshiliklarini senga beryaptilarmi, sen ham goh-gohida ularga o’g’illari qilolmagan muruvvatlar ko’rsat, qadrlarini ko’tarib qo’y. Avvalo kuyovdan hargiz umidvor bo’linmaydi, aslida esa ulardan sening qarzdorliging katta! Gulday qizlarini jonlaridan uzib, umrbodga sega berib qo’ydilar, uning ustiga bir uy mol ham qo’shib berdilar, bu ham yetishmaganday, topganlarini ostonangga tashiganlari-tashigan. Ustiga ustak seni kaftlarida tutishlarini qara.
Sening ham ularga muruvvatpesha bo’lishing yigitchilikdandir!
***
«Ulfating qarg’a bo’lsa, yemishing go’ng» degan gap bor. Kuyov bo’lgan zahoting ko’chadagi joyingni bil, arzon jo’ralarni yig’ishtir. Uylanish – ko’p qatori risolaga tushish degani, shu kungacha sen faqat o’z urug’-avloding nazari ostida yurgan bo’lsang, kuyov bo’lgach, endi seni kuzatuvchilar butun bir avlodga ko’payadi. Yurt orasidagi yurish-turishing bilan nafaqat o’zingni, balki, qaynona-qaynotang, qayinbo’yinglaring sha’nin ham himoya qilib yurasan yoki teskarisi.
Shunday bo’lib olki, senga ulangach, qudalarning obro’siga obro’ qo’shilsin. Hattoki, sening andishangni qilib, o’zlarining ayrim qusurlariga chek qo’ysinlar.
Bu sharofatli kuyov bo’lganingdir.
Kuyov bo’lish qatorga kirish demakdir. Endi maslahat ovoziga egasan. Quda taraflarning to’risi seniki. Uka-singillaring taqdiri haqidagi maslahatlar sening ishtirokingsiz o’tkazilmaydi. Endi mahalladagi, qarindosh-urug’ orasidagi fotiha lozim joylarga, janoza marosimlariga o’z nomingdan qatnashishing shart. To’ylargayu bemorlarni yo’qlashga ota-onangdan tashqari, alohida sovrin va o’z tuguning bilan borasan. Taomil shunday.
Oila a’zolaring oldida ayolingga, ha deganda e’tibor beraverma, so’z qotaverma. Tashqarida, do’stu qadrdonlaringning orasida juftingni ta’riflama, u haqida gapirging kelavermasin. Boisi, bir savol paydo bo’ladi: tegrangda ayolingdan boshqa azizroq odam yo’qmi? Ular ta’riflanishga arzimabdimi? Va hokazo. Oila mustahkamligi qachon darz ketadi? Boshqalarni bir tomonga surib, hadeb bir kishini maqtayverishdan! Qolaversa, ayoling parda ortida asraganing, oriyatingga o’ragan gavharingdir. O’z asraganini esa risoladagi erkak o’rtaga solavermaydi!
Kelin kelguncha uyingdagilar uchun bola eding, uncha-munchaga sendan gina qilmasdilar. Kuyov bo’lgan zahoting katta kishiga qanday qarasalar, seni shunday taftish eta boshlaydilar. Endi sen uchun eng qaltis joy – oilang, yaqinlaring. «Ro’zg’or» degan xilqatning hech qayerda yozilmagan qonunlari, hukm va jazolari bor. Ko’pincha sening xatolaring uchun ayoling javob beradi. Ehtiyotsizliging bois, bitta o’zing bir necha kishiga ziyon yetkazasan. Bir jon senga turmushga chiqib, farog’at ko’rmoqchi edi, ko’rsin. Ota-onang seni uylantirib orzu havasga erishmoqcha edi, erishsinlar. Har bir harakating hisob-kitobda, ko’zingni och.
Ko’chadan kirarkansan, so’zing bilan ham, ko’zing bilan ham avval onangni izla, otangni ziyorat qil, ahvollarini so’ra, so’nggina ayolingni ko’r va bolangga e’tibor qil. Bilginki, ota-onangni bitta ishi qolgan, u ham bo’lsa, kunda sening eson-omon ishdan kelishingni kutish! Sen esa kela solib, ayolingni so’rading yoki bolalaringni alqashga tushding. Shugina xatoingning kasrini ko’r. Ko’zim tegmasin deb, seni hatto o’zidan ham qizg’anib o’tgan ona seni butunlay egallab olgan kelindan qizg’anmaydimi!? Muvozanat bundan tarang tortiladi, qaynona-kelin mojarolari boshlanadi.
Onalar ham ikki xil bo’lgich. Bag’ri kengi aytadi: «Xudoga shukr, bolam ko’chadan kelsa, kutib oladigan ahil ayoli, ovuntiradigan bolalari bor, endi xavotir olmasam ham bo’ladi. Huzurimga uncha yugarmayaptimi, demak, bolam mensiz yashay oladi, endi mening tirgovuchlarimga ehtiyoji qolmabdi», deb o’zini ovuntirgan bo’ladi. Bolam meni kamroq o’ylab qoldi, degan dahshatli fikrni o’zidan haydashga urinadi va g’ash ko’ngligi: «hadeganda kasal bo’lib, uni ham chiqimdor, ham bezovta qilyapman. Bu bolamga jabr, asta ketib qo’ya qolsam, unga yengilroq bo’larmidi?!» - degan dilgir o’ylar keladi! Bola-chaqasi bilan o’ralashib, onaday g’animatidan chetlab qolgan o’g’lonim,ko’ryapsanmi, volidang ming rizolik bilan o’lim so’ray boshladi.
Bag’ri tor ona aytadiki: «Bu kelinning ishi. Kecha kelib bugun o’g’limni hushidan judo qildiya, o’g’limning og’zidan oti tushmaydiya, bola tug’ib berdim deb bolamni egalladi-qo’ydi» va hokazo. Qarabsizki, kelinning hamma ishi yomonga chiqaveradi. Bu holatni tug’dirgan sen bo’lding, sening beparvoliging bo’ldi.
Uylanganingdan keyin egachi-singil, aka-ukalaringga ko’proq mulozamatli bo’l. Ko’rar ko’zga zingni ayolingga e’tibor bermayotganday tut.
Hayit arafalarida saharmardondan birinchi onangni yo’qla, keyingina qaynonang va boshqalarga bor. Cho’ntaging ko’targan eng yaxshi narsani ota-onangga tortiq qill. Onanng aslo sovg’a so’ramasa ham hech qachon huzuriga quruq borma. Bolaning qo’li uzatgan ne’mat ota-onaga jannatiy rohat beradi.
Ota-onang qay ahvolda bo’lishidan qat’i nazar, atrofdagilardan oriyat qilma, bag’ringga bos. Bemor bo’lsa, hech kimga ishonma, o’zing yemak Ber, o’zing pokizala. Qo’llaringda ko’tarib yur, kulib gapir, kulib eshit. Ularning bu dunyoda farzandlaridan, ya’ni sendan boshqa xaridori yo’q. Duo qilishni bilmaydigan ota-onaga ham muhbbat ko’rsataver, seni Yaratganning o’zi ko’klarga ko’taradi. Kimki kam bo’lmabdi, kimki azizu mukarramdir – ota-onasidan duo olgan insonlardir. Ota-onangni kaftingda tutganingni bolalaring ko’rib tursin. Javobiga ular seni boshlarida ko’taradilar.
Tursunoy Sodiqova
Turkum: Turmush chorrahalarida | Muhbir: Mashhura (06.02.2009) | Muallif: Tursunoy Sodiqova
Ko'rilgan: 3155 | Daraja: 5.0/1 |
Barcha izohlar: 0
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ko'nglimni tushunmas suyganim... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ishonmading (1)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga. (0)
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Muhabbat qovurmasi... (1)
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Noma... (0)
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Yuvildi dil g'uborlarim. (1)
[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
Yana to'rtliklar.... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ishq sayyodi. (0)
Четверг
19.06.2025
02:28
Sahifa ruknlari
Ibratli hikoyatlar. [10]
O'qing, ibrat oling, ibrat bo'ling!
Turmush chorrahalarida [2]
Turmushga oid maqolalar, o'gitlar, maslaxatlar
Rus adabiyotidan na'munalar [1]
Rus adabiyotidan olingan ma'lumotlar, maqolalar, tarjimalar va boshqa ma'lumotlar.
Jahon adabiyatidan nasriy asarlar [1]
Jahon adabiyotidan olingan turli nasriy asarlar to'plami
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz