Sevgi sotilmaydi…
(Eng qisqa roman)
Muqaddima:
Uzoq qidirdi. Hammasida voz kechishga, hammasini qaytadan boshlashga tayyor edi, lekin uni top olmasdi. Faqat umid bilan yashardi. Hech kim bilmasa ham.
1-qism. So’nggi umid.
-Alo. Alooo! Alooo!
Bu safar gapirmadi. Uninga jahl aralash yangragan mayin ovozi shubhaga o’rin qoldirmadi. Bu safar ham umid unga hiyonat qilmadi: qidirganini topdi. Birorta ham Hilola qolmaganki, u ovozini eshitmagan bo’lsa.
2-qism. Qidiruv.
Aeroportda odam gavjum, lekin xizmatchilar qandaydir hufiyona tashvishda yelib yuguradilar. Boshqa safar bo’lganida balki uni bir oz so’roq qilardilar, lekin bu safar sal bo’lmasa aeroport binosidan quvib chiqardilar. Allaqanday muhim yo’lovchi kasriga qolib olisroqda turgan taksi xaydovchilari unga ilinj bilan qarshi chiqdilar.
Mehmonxonaga unga ma’qul keldi. Sodda, arzon va shinamgina. Hizmatchilar ham shirinso’z va hazilkash ekan. Unga qarab miyig’ida kilib qo’yadilar. Ayniqsa eski kompyuterini tarmoqqa ulaganda.
3- qism. Suhbat.
- Alo… Marjonim. Assalom alaykum.
- Alo? Kim bu? Vaalaykum assalom?!
- Unutganingni bilaman. Seni yo’qotib qo’ygan Mehrdod bo’laman.
- E-ha!!!! Nahotki?! Qanday shamollar uchirdi?
- Seni qidirib keldim gavharim. Uchrashishimiz kerak. Imkoning bormi?
- Ha. Albatta. Faqat uzoq qololmayman. Tushunasizku?!
- Mayli.
4-qism. Uchrashuv.
- Sizni bu yerga taklif qilganimdan hafa emasmisiz?
- Hega endi?! Hammasi joyida. Mazasi hashamiga yarasha bo’lsa bo’lgani. Nima buyuramiz?
- Mehr aka, hijolat bo’lmang, hammasi tayinlangan. Dugonamga qarashli bu choyxona. Mening mehmonimsiz ahir.
- Hursandman.
- Hayotingizda nima gaplar? Kelinoyimlar qanday? Farzandlarni bir boqay debsiz-da Rossiyaga kelib?
- Hayotni qo’y. Hech narsa o’zgarmagan. Men seni qidirib keldim. Olib ketgani keldim.
- Eski gaplarni qo’ying Mehr aka, u davrlar hammasi o’tib ketgan. Endi qaytmaydi. Men ham nolimayman. Bahtdan boshqa hamma narsam bor. Bahtni esa sotib olyapman. Hazil.
- Unaqa dema erkatoyim, unaqa dema. Hali hammasi oldinda. Biz bahtli bo’lamiz endi.
- Bahtli bo’ling. Faqat… Men uchun endi orqaga yo’l yoq. Bu hayotdan endi voz kecha olmayman. Balki qachondir afsuslanarman, lekin men qidirganimni topdim, intilganimga yetishdim. Siz esa hali ham meni qidirib yuribsiz.Marjon endi chig’anoqda emas, kimnidir bo’ynini bezab turibdi.
- Bilaman. Marjon qadriga zargar emas, dengizchi yetadi.
- Bilsangiz nega keldingiz? Boshqa shaxarda ish yo’qmidi? Siz ahir boshqalarga o’xshab ish so’rab kelmagandirsiz? Nega keldingiz?
- Seni qidirb topdim. Olib ketgani keldim.
- Uydagi kompyuteringizni sotib kelganingizni eshitdim. Bu yerdan nimani sotib ketmoqchisiz? Mehringiz va sadoqatingizga pul berishmaydi bu o’lkada.
- Gulim, bunchalar o’zgarib ketganingni bilmagan ekanman. Seni sevishimni….
- Nima?! Sevish boshqa, sevilish boshqa. Yashash esa butunlay boshqa tuyg’u. Buni hali ham tushunib yetmadingizmi?! Muhabbatimizni siyqasi chiqqan aqidalaringizga boy berganingizni anglamadingizmi?
- Sendek tushuna olmadim. Balki tushuna olmasman ham.
U og’ir ho’rsindi. Balki dunyo larzaga kelardi, u esa ko’z yoshlarini sochlari bilan yashirmoqchidek pastga qaradi. Rostmi, yolg’onmi, o’zi ham tushunmadi.
- Endi menga hech narsani keragi yoq. Bahtli bo’l. Alvido.
- To’htang Mehrdod! Qayoqqa ketyapsiz? Nega!!!!
U indamay chiqib ketdi.
5-qism. Notinch dunyo.
Kim nima qilarini bilmasdi. Qachon? Qaerda? Kim? Nega? Nimaga?
Bu savollar dunyo tashvishlarida habardor insonlar uchun dovuldek yopirilardi. Ikki kundirki, siyosat o’zgardi, ahli qonun va ahli jinoyat sukut saqlardi: ozodlikmi yoki kishan, hech kim bilmasdi. Nomalum do’st ham, dushman ham g’oyib bo’lgandi, har onda har joyda paydo bo’lardi. Har onda, har lahzada kimdir o’lib, kimdir tirilardi. Dunyoning ustunlari o’z atrofida najot farishtasini yoki ajal tabassumini paydo bo’lishidan qo’rqib titrab turardilar. Kimdir uning borligiga ishonib yashagan bo’lsa, kimdir endi tavba qilardi. Uni kutib olganlar ishonmasdilar, kuzatganlar lol qolardilar. Hech kim uni to’xtatolmasdi, qarshi chiqolmasdi, qaytarolmasdi. Bu notingchlik dunyo bo’ylab bir maromda ko’chib borardi.
6-qism. Yodgorlik.
Hilola hech narsaga tushunmasdi. Sobiq erining yuragi bankrotlikka dosh berolmadi. Butun mulk unga meros qoldi. Nega? Bilmasdi. Dugonasining “Marjon” restorani ham meros ro’yhatidan joy olibdi. Qanday qilib? Bilmadi. Hammasi unga qoldi. U mutlaq hokimiyatga ega bo’ldi. Faqat birgina insonga qaram ekanini biladi bu dunyoda. Lekin kim u? Bilolmadi.
Mehrdodni topa olmadi. Telefon raqamlari ham, Mehmonxona xizmati ham uni topib bera olmadi. Kompyuter tizimlari ham uni ustidan kulgandek keraksiz odamlarni ko’rsatardi. Mehrdod esa huddi tushdek yo’qlik qariga singib ketgandi. Birinchi bor mehrga tashnalik sezdi. Boylar ham yi’glarkan deb kulardi…
7-qism: Parvoz.
Uni hech kim ko’rmagan, tanimagan, bilmagan. U soddalikni, oddiylikni va ozodlikni yoqtirardi. Hamma qatori kulardi, yig’lardi, o’ynardi, mehnat qilardi. Birgina orzusi, yosh bolalardek ko’klarga parvoz qilishni istardi.
Oynadan tashqariga boqdi. Bepayon borliq, oppoq bulutlar, keng dunyo. Faqat unga torlik qilardi. Bir umr ishongani muhabbat unga joy bermasdi. U ozodlikka chiqqisi kelardi. U asta ko’zlarini yumdi. Uning yonida do’sti va egasidan o’zga hech kim yo’qdek o’zini yol’giz his qildi. Ko’zlarini ochgisi kelmasdi. U songgi orzusi bilan yashardi: borliqda ozod qush kabi parvoz qilardi. U bir o’zi parvoz qilardi…
Hotima.
Hilo aeroporti barcha parvozlarni bekor qilgancha “Al Mehr” avialaynerini besamar kutardi.
Eng so’nggi texnologiyalar asosida maxsus buyurtma bilan ishlangan “Al Mehr” kichik availayneri haqida boshqa hech kim eshitmadi. Oppoq bulutlarga o’xshardi, tushga o’xshardi, borliqqa o’xshardi.
Tamom.
Alisher Irgashev.
23 Fevral, 2009 yil.
|