Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Блог

Muhabbat... Bu qanchali sirli, qanchali maftunkor, qanchali alamli va sitamkor bo'lmasin, baribir uni chetlab o'tolmaymiz. Kitoblarda o'qigan muhabbatni izlardim, Layli va Majnun, Farhod va Shirin, Romeo va Juletta, Farida va Kamron muhabbatlariga havas qilardim, ularni ilohiy tuyg'uga asir ekanliklarini hayotiy tuyg'ular bilan alishtirardim. Men ham mana shunday muhabbatga asir bo'lishni istardim.

 

Lekin, ko'p vaqtlar davomida, yillar davomida muhabbatga bo'lgan e'tiqodim shu qadar kuchayib bordiki, men o'zimdan o'zgani seva olmaydigan darajaga borib qoldim.

  ... Davomini o'qish »

Категория: Bir she'r ta'rihi... | Просмотров: 1667 | Добавил: Alisher | Дата: 02.11.2007 | Комментарии (0)

Agar biror ishim yurishmasa, to'siqlarga duch kelsam, doimo kimnidir, nimanidir aybdor qilib, o'zimni oqlamoqqa urinardim. Zamon o'lsin, taqdiri azal deb qo'yardim. Lekin yillar o'taverdi, onlar ketaverdi, lekin taqdir ham, zamon ham, makon ham o'zgarmadi, faqat men o'zgardim, o'zgaraverdim. Besh qo'l baravar emas deydilar. Lekin ularni baravar ko'ring, shunda ularning farqli tomonlarini juda aniq ko'ra olasiz. Aks holda besh barmoqning farqi juda sodda ko'rinadi.
Falsafaga berilmay deyman, lekin bu falsafa ham aslida o'zimning xatolarimni tan olmaslik uchun o'ylab topilgan bahona ekanini juda yaxshi bilaman. O'zgalarga nazar solaman: ularga fikrimni aytsam ustimdan kulishadi, lekin o'zlari ham shunday ekanliklarini tan olgilari kelmaydi. Balki bu satrlar ham o'zimni boshqalardan farqli qilib ko'rsatish uchun yozilayotganini sezmaganim ma'qulmidi?! 
 
Категория: Bir she'r ta'rihi... | Просмотров: 1672 | Добавил: Alisher | Дата: 02.11.2007 | Комментарии (0)

Vatan. Ba'zida bu gaplarni televizor yoki gazetadan o'qib qolsak, juda ham siyqasi chiqqan, vatanparvorona, bo'rttirilgan bo'lib ko'rinadi. Lekin o'z to'shagingizdan boshqa joyda uhlab ko'ring, boshqa taom yeb ko'ring, begonalar bilan suhbatdosh bo'ling. Ana shunda vatan tushunchasi qanchalik keng, qanchalik aniq ekanini his qilasiz. Faqat bu haqda og'iz to'ldirib maqtana olmaysiz, gapira olmaysiz, yoki shunchaki istamaysiz. Negaki do'stlaringiz hali vatan so'ginchi nima ekanini bilmaydilar, ulardan istihola qilasiz. Lekin yana bir narsa borki, ikki so'gingan qalb uchrashganda bunday balandparvoz gaplarning keragi bo'lmaydi. Birgina so'z, birgina nigohning o'zi kifoya qiladi. Alhamdulalloh.
 

Tarix saxifasin ochaman takror.

... Davomini o'qish »

Категория: Bir she'r ta'rihi... | Просмотров: 1970 | Добавил: Alisher | Дата: 02.11.2007 | Комментарии (1)

Men tanigan insonlar menga bitmas tuganmas baxt, salomatlik, sof muhabbat tilashardi.
Rustamu-dostondek, Alpomishdek dovyurak va kuchli, gullardek nozik qalb, tog'lardek barhayotlik, koinotdek cheksiz ozodlik tilashardi. Lekin men kimman? Bu savolga har kuni yangi javob topaman. Har kuni yangi yechim topaman bu jumboqqa. Agarki men o'zim shu qadar beqaror, o'zim uchun noma'lum ekanman,muhabbatim ham o'zimdan ortiq bo'lmasligi aniq edi.
Ishq-Muhabbatdan qandaydir afsonaviy tushuncha yaratish shart emas, uni qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qila olish ham afsona ekanini tan olgim kelmasdi....

Gulg'unchaga o'hshatmang sevgim,
Men gullarga qilmayman havas.
Tog'lar kabi mustahkam demang,
Chunki ular abadiy emas.

Cheksiz demang koinot kabi
Mening yuragimga to'ladi.
Muhabbatim men bilan kelgan,
Vujudimda birga o'ladi...

Mening borligim men bilgan narsalardan har qancha ustunligiga ishonardim, shuning uchun ham muhabbatimni o'zgalarga emas, o'zim ... Davomini o'qish »
Категория: Bir she'r ta'rihi... | Просмотров: 1537 | Добавил: Alisher | Дата: 31.10.2007 | Комментарии (0)

Bahor edi, turar edim anhor bo'yida...
Yana kelding uchrashgani ikkimiz tanho.
Lekin endi muhabbatga aldangan yurak
So'zlaringga qilmas edi zarracha parvo.

Yo'q, u meni aldamagan edi. Faqat unga ishongan edi, undan baxt kutgan edi. U esa nomardlik qildi, aldadi, ishonchni poymol qildi.

Biz esa hamon do'st edik... Talabalikning so'nggi kunlari... Yana satrlarda qoldi hayollar:

Do'st dedimu sevgim menga begona bo'ldi,
Nish urdiyu, muxabbatim ochilmay so'ldi,
Visol emas, uqubatga paymonam to'ldi.
Meni emas, o'z-o'zingni aldading go'zal.

Sevdim deya uzgan guling tikon emasmi?
Xar yigit xam go'zallarga sevdim demas-mi?
Sevmaganga suykalmoqlik menga xavasmi?
Do'stim deya o'z do'stingni aldading go'zal.

Bilmasmiding, ortingdan tosh otguvchilar bor.
Muxabbatin o'zga yorga sotguvchilar bor,
Yana sendek alam qilib qolguvchilar bor,
Bilib turib o'z ko'zingni aldading go'zal.

Yuragimga dog' soladi alamim, oxim.
Naxot ... Davomini o'qish »
Категория: Bir she'r ta'rihi... | Просмотров: 1610 | Добавил: Alisher | Дата: 31.10.2007 | Комментарии (4)

Institutda o'qib yurgan kezlarim bir qizning muhabbatini, hurmatini qozonish uchun turli yudirmalar o'ylab topganim esimda. Lekin hali qalbimda sof bir muhabbat uyg'onmaganini bilardim. Lekin qizga nisbatan hurmatim baland edi. Uni aldashni istamasdim. Umuman hech bir qizni aldanishini istamasdim. Uni rad etib bo'lmas dalillar ila o'zimniki qilib olishimga imkon bor edi. Hayollar o'gushida o'y surar ekanman, agar o'zimni qo'lga olmasam bir umr o'zimni kechira olmasligimni tushunib qoldim. Hayolimda u meni sevadi, lekin aslida kimligimni qachongacha yashiraman, qachongacha niqob taqib yashayman? Bu savollar ta'sirida she'r yozilgandi....

So'zlarimga ishonma go'zal,
Ko'zlarimda yolg'onchi nigoh.
Ko'kragimga qo'yma boshingni
Sirlarimdan etmaydi ogoh...

Lablarimdan tishlama go'zal
Bo'salarim o'tkinchi shamol.
Chaqmoq kabi bag'rimdagi o't,
Visol menga shirin bir hayol...

Muz tanimni quchmagin go'zal,
Eritmoqqa jaxannam kerak!
So'zlaringni tinglam ... Davomini o'qish »
Категория: Bir she'r ta'rihi... | Просмотров: 1534 | Добавил: Alisher | Дата: 31.10.2007 | Комментарии (0)

Kundalikning bu turkumi mening she'rlarim ta'rixiga bag'ishlanadi. Har bir she'rni o'qir ekanman, ko'z oldimdan o'sha onlar birma bir o'tadi, hayollar qaytalanadi, hislar qaytalanadi. Shuning uchun she'rlarimni birma bir sanab o'taman.
Alisher.
Категория: Bir she'r ta'rihi... | Просмотров: 1610 | Добавил: Alisher | Дата: 23.10.2007 | Комментарии (0)

Assalom Alaykum ey ahli do'st!
Avval kundalik yozardim. Qayta qayta o'qirdim. Ba'zida yozganlarimdan kulardim. Ba'zida esa o'yga tolardim. O'tmishga, tarixga nazar solib ish ko'rmoq hosiyatli deb eshitganman. Shuning uchun ham kundaliklarimni qayta qayta o'qirdim. Keyin esa daftarlar to'lmay, satrlar tugamay hammasi qolib ketdi.
 
Internet dunyosida o'z kundaligimni boshlar ekanman, nega endi hammasini oshkor qilmoqchi ekan deb o'ylamang. Chunki, kundalik bu o'ta shaxsiy, o'ta mahfiy sanaladi. Lekin, bu kundalikda mening hayoliy, virtual hayotimning haqiqatlar qanday bo'lsa, shundayligicha oshkor qilingan. Negaki, kundalikni o'qigan har bir do'stim mening hatolarimni takrorlamasinlar....
 
 
Alisher.
23 Oktyabr, 2007 yil.
Категория: Bir she'r ta'rihi... | Просмотров: 1517 | Добавил: Alisher | Дата: 23.10.2007 | Комментарии (0)

« 1 2
Суббота
18.05.2024
18:45
Taqvim
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Kundalik sahifalari
Bir she'r ta'rihi... [10]
Bir satr she'r yozildi... Tarixi esa kitoblarga sig'masdi...
Ish, ish va yana ish! [2]
Bekor o'tirgandan bekor ishla...
Kundalik satrlar [7]
Bu kundalikda hayotimni yoritib borman, toki o'zgalar mening xatolarimni takrorlamasinlar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Faol sharxlovchilar

Copyright: AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz