Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 262



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Блог
Ertalab turganimda Allohdan ishlarim rivojini, do'stlar diydorini, salomatlik va quvonch so'ragan edim. Erta tongda sahifaga kirdimu, Farishtaning kelganini ko'rib hursand bo'lib ketdim. Ha, Eski forumdoshlarni uchratish juda ham yoqimli. Balki adashayotgandirman, negaki Internetda bir hil laqab ostida minglab insonlar uchraydi. Lekin uning fikrlari men uchun yoqimli edi. Alloh kunlarimiz fayzini bundanda ziyoda qilsin.
Категория: Kundalik satrlar | Просмотров: 2516 | Добавил: Alisher | Дата: 29.05.2008 | Комментарии (4)

23.05.2008.

Bugun forumda Durbekni ko'rib ko'nglim ko'nglim ko'tarildi. Demak, Internetda daydigan vatanparvarlar bir men emas ekanman.
Категория: Kundalik satrlar | Просмотров: 2726 | Добавил: Alisher | Дата: 23.05.2008 | Комментарии (5)

Qachonlardir maktabda Informatika fanidan dars bergandim... Bolalar bilan ishlash qanchalik qiziq ekanini bilganingizda albatta o'qituvchi o'lar edingiz. Afsuski, o'qituvchi emasman. Lekin, men ta'lim bergan o'quvchilar hayotimda shunday bir shirin hotira qoldirganlarki, uning uchun ularga rahmat aytaman.
So'nggi qo'ng'iroq kuni ularga nima sovg'a qilishni uzoq o'yladim. Bildimki, yana qalbimdagidan o'zga narsani sovg'a qilsam ko'nglim to'lmaydi. Ularga quyidagi satrlarni esdalik qilib qoldirdim.
 
O'quvchilarimga.
 
Bugun maktab ostonasin hatlab so'nggi bor
O'n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo'lar, maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo'ng'iroq bu kun.
 
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo'lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Категория: Bir she'r ta'rihi... | Просмотров: 2482 | Добавил: Alisher | Дата: 19.05.2008 | Комментарии (3)

Insonlar borki, muhabbatni havas va ehtiros bilan alishtiradilar. Muhabbat deb niyat izhor qiladilar, Sevgi deb hohish tushunadilar, Qalb deb so'z oshkor etadilar. Bir bechora esa unga ishonib, Muhabbatni, dilni, qalbni, sevgini qabul qiladi.
Qalb orosi bilan, hayosi bilan, pinhoni bilan go'zal. Oshkor bo'lgach, uning dog'lari ko'rinadi.
 
Muhabbatga yetishgan inson bu bahtga o'zi ishonmaydi va inkor etadi. Yangi Muhabbat qidiradi. Bu hol ko'pchilikda kuzatiladi. Ishonmaysizmi? Qalbingizda, sirlaringizga, yuragingizga, hayollaringizga bir erk beringda so'ng uni begona ko'z bilan taxrir qiling.
 
Muhabbatni qidirish emas, unga sazovor bo'lish kerak, unga intilish kerak, zero g'unchani sevgan uning gulbargi bilan qo'shib sevadi, zero uning mevasini ham seva olishiga ishonarmikin?
 
 
Bulbul va atirgul...
 
Bog'imda ochilgan bir tu ... Davomini o'qish »
Категория: Bir she'r ta'rihi... | Просмотров: 1960 | Добавил: Alisher | Дата: 19.05.2008 | Комментарии (8)

Mana bir necha kun bo'ldi, kayfiyat bir oz bo'lsada joyida. Negaki, maosh oldik. Demak, muammolar soni anchaga qisqardi. Demak hayolni chalg'itmay ishlasak bo'ladi. Ish unimi oshganini his qila boshladim. Kayfiyat yaxshi, hushmuomala, odobli, kamgap va bosiq bo'lib qolamiz. O'zimizni baquvvat va bardam his qilamiz. Negaki, yaqinda maosh olganmiz.
Afsuski, kun o'tgan sayin, ya'ni maosh sarflanib borgani sayin, kayfiyat hushligi ham sarflana boradi. O'z-o'zidan ma'lumki, ish unimi ham kamayib boraveradi. Bu esa qayta ta'sir qonuni asosida yana kayfiyatga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Negaki hali keyingi maoshgacha vaqt bor...
 
Lekin bir narsani unutmasligimiz kerak, qachon, qaerda bo'lmasin, foyda ko'rayotgan joyimizni extiyot qilishimiz va unga kayfiyatimizni aralashtirmasligimiz kerak. Har bir faoliyat doirasining chegarasi bo'lishi katta ahamiyatga ega.
 
Otam aytadilar:
Topgan pulingni bir qismini o'zingga ... Davomini o'qish »
Категория: Ish, ish va yana ish! | Просмотров: 1795 | Добавил: Alisher | Дата: 19.03.2008 | Комментарии (0)

Ha, dushanba kuni odatda o'gir kechadi.
Ikki kun tinimsiz dam olishdan so'ng insonni ishlashi qiyin kechadi.
Bugun singlimning tug'ilgan kuni, bora olmadim. Ishni ertalab rejalashtirishdan boshlamoqchi edim, hisobot bilan boshladim. bir necha bo'limni borib ish bilan tanishishni rejalashtirgandim, atigi birgina bo'limcha bilan tushga qadar tanishdim. Birorta katta yangilik topaman deb umid qilgandim, hammasi eskilik bo'lib chiqdi.
Hullas, hammasi og'ir, chunki bugun DUSHANBA...
 
1-maslahat.
 
Har qanday ishni rejalashtirishdan oldin avval bajarilgan ishlarning kamchiliklarini yodga oling va yangi rejangizda ularni bartaraf etish rejalarini tuzishni unutmang.
 
2-maslahat.
 
Strategik maqsadingizni aniq belgilab oling.
Mahsulot strategiyasi, iste'mol bozori, ishlab chiqarish, ta'm ... Davomini o'qish »
Категория: Ish, ish va yana ish! | Просмотров: 1854 | Добавил: Alisher | Дата: 04.02.2008 | Комментарии (5)

08.01.2008.
 
Kecha tobim qochgani uchun dunyo ko'zimga tor edi...
Ishni tugallashga qanchalik urinmay, yuragimdagi torlik yanada torayib borar, har narsadan voz kechib, dam olgim kelardi, hamma narsani unutishni istardim...
Bir amallab ish kunini tamomladim, yana oilamning mehrga to'la o'gushuga qaytdim...
Kayfiyatimni qanchalar ko'tarmay, yuzimga qanchalar tabassum joylashga urinmay, kechki ovqatni ishtahasiz bo'lsa ham maqtab tanovvul qilishga urinmay, baribir yuzimdagi zohirlik oilamni tashvishga solardi. Ular ham o'z navbatida menga g'amho'rlik qilishga, ko'nglimni ko'tarishga qanchalik urinmasinlar, yuzlaridagi tashvish alomati sezilib turardi...
"Meni uyg'otmanglar...", "Ishga ham borgim kelmayapti...". Bu izohsiz gaplar qanchalik menga haqiqat bo'lib tuyulganini tasavvur qila olsangiz kerak...
Tong.... Yo'q tong emas, hali yarim tun... Men esa yana avvalgidek, bardam va baquvvat.....
Allohga shukrlar bo'lsinkim, yana ishga ... Davomini o'qish »
Категория: Kundalik satrlar | Просмотров: 1785 | Добавил: Alisher | Дата: 14.01.2008 | Комментарии (1)

24.12.2007.
 
Yolg'izlik faqat Allohgagina hos...
Yolg'izlikdan o'zligini yo'qotgan qalbim, na insofni na iymonni eslaydi. Tubanlik sari odimlar hayot.
Lekin ishonch meni tark etmadi, va men endi yolg'iz emasman. Muhabbat ortiga qaytmadi degan edim qaysidir satrlarda. Lekin eslay olmadim, qachon muhabbat kelganu, qachon ketgan. Endi tushuna boshladim: Muhabbatni tanimay turib uni ketganini qaydan bilibman? U endigina eshik qoqmoqda. Sadoqat bilan kelgan bo'lsin.
Yana bir muhabbatim borki, uni bu dunyoga alishmasman. Menga esa yordaminglar kerak, uni saqlab qolmoq uchun, unga yetishmoq uchun. Meni hidoyatga chorlang do'stlarim.
Категория: Kundalik satrlar | Просмотров: 1687 | Добавил: Alisher | Дата: 14.01.2008 | Комментарии (4)

08.08.2007
 
Inson tanholikda hayollariga erk beradi.

Bu tun ham safarimning barcha tunlari kabi g'ashlik bilan keldi. Havo dim, na tunning erka shabbodasi, na yulduzlarning jilmaygan shu'lasi... Hayollarim nelarni istaydi, nimalarni qo'msaydi, kimga yolvoradi, o'zim ham bilolmadim. Faqat bir narsaga yana bir bor amin bo'ldimki, tanholik ham yo'qchilikning bir shakli ekanini... Dam olish kunlari barcha mablag'imni o'yin-kulguga sarflagan bo'lsam, ertangi kun uchun qayg'urish bu vaziyatni muvozanatga solmoqqa urinardi. Shunda hayollarim yana uyga, mehribonlarim sari intiladi. Keyin esa o'ylab qoldim: qancha-qancha mablag'ni havoyi ko'klarga sovuramanu, mehribonlarimning har bir iltimosini esa tarozuda tortmoqchi bo'laman. Nega endi mana shu sovurilgan mehrlarimda ularning haqqini olib qolmayman? Nega endi sabrni sotib, yana uning daromadiga o'zgalarning sabrini sotib olaman?

Yana falsafona fikrlarimdan jahlim chiqadi. Keyin esa ezgu ishlar ... Davomini o'qish »
Категория: Kundalik satrlar | Просмотров: 1671 | Добавил: Alisher | Дата: 14.01.2008 | Комментарии (0)

Odatda o'tmishimizga nazar tashlab qilgan ishimizning yaxshi yoki yomon ekanligini bilamiz. Yoki o'zgalar o'tmishini o'rganish orqaligina qaltis qadamlardan saqlanib qolamiz. O'tmish bo'lmasa kelajak zulmatdan iborat bo'ladi. Huddi chiroqlarini orqani yoritib ketayotgan aravaga o'xshardi hayotimiz.

Allohga beadad shukrlar bo'lsinkim, qalbimizga mayoq berib, ongimizga chiroq berib, tilimizga yo'l berib, dilimizni kelajak sari boshlaydi. Tarix tillardagina emas, kitoblarda ham qoldi. Faqat tinglagani quloq, o'qigani ong kerakligini bila turib, yoki onni ko'ra turib, ba'zida inkor etishimizga asos bormikin?

Kundalik yozmas edim. Lekin o'z savollarimga javob topa olmasam, tarixni eslab qolmasam, bilim olmasam, qalbimga quloq solmasam, qanday yana idrok eta olaman? Yana o'sha, gumroh va nodonligimcha qolaman. Donolikka talabgor emasman, shuxratga ham. Faqat, bir narsani ko'nglim istaydi: Ba'zida shunday go'zal satrlarni ko'rib qolamanki, ualr bilan o'rtoqlashgani bir hams ... Davomini o'qish »

Категория: Kundalik satrlar | Просмотров: 1693 | Добавил: Alisher | Дата: 14.01.2008 | Комментарии (1)

1 2 »
Воскресенье
05.05.2024
06:34
Taqvim
«  Май 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Kundalik sahifalari
Bir she'r ta'rihi... [10]
Bir satr she'r yozildi... Tarixi esa kitoblarga sig'masdi...
Ish, ish va yana ish! [2]
Bekor o'tirgandan bekor ishla...
Kundalik satrlar [7]
Bu kundalikda hayotimni yoritib borman, toki o'zgalar mening xatolarimni takrorlamasinlar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Faol sharxlovchilar

Copyright: AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz