Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 151
IP

 Muammoga mantiqiy yechim... - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher  
Форум » Inson va Jamiyat » Logika va Psihologiya » Muammoga mantiqiy yechim... (Muammolarni hal qilishda mantiqiy fikrlashning o'rni haqida.)
Muammoga mantiqiy yechim...
AlisherДата: Вторник, 19.02.2008, 13:42 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Aziz forumdosh...
Hayotda shunday holatlar uchraydiki, odatiy usul bilan hal qilib bo'lmaydi. Ba'zi muammolarga shunday mantiqiy yechim topasizki, o'zingiz ham hayron qolasiz. Bu borada ushbu mavzuda fikr va tajriba almashsak.

Bir kuni kompyuterga avtomobil g'ildiraklarini sozlovchi qurilma o'rnatish muammosi uchrab qoldi. Qo'llanmada ko'rsatilgan barcha tekshirishlarni qilib ko'rishdi, lekin natija bo'lmadi. Qurilma ishlamasdi. Menga murojaat qilishdi. Urinib ko'rishga va'da berdim.
Har doimgidek qo'llanma bo'yicha ishlay boshladim. Har doim yangi qiymatdan so'ng kompyuterni ochirib yoqish ko'p vaqt talab qilardi. Ihtiyorimda esa atigi 2 soat bor.

Ustaxona egasi menga nima yoramkerak deb so'radi.
Bir choynak achchiq choy va dam olish xonasini bo'shatib qo'yishlarini so'radim.
Keyingi 100 minut ular men nima bilan shug'illanayotganimni bilish maqsadida tez tez choy tugab qolmaganidan habar olib turishdi.
Ohir oqibat muammoni hal qildik: Ovoz adapteri 5-IRQ adresini egallagani uchun sozlovchi qurilma avtomatik 10-IRQni egallagan. Maxsus dastur esa 5-IRQ bilan ishlashga mo'ljallangan. Bu haqda qo'llanmada hech narsa yozilmagan. Faqat adapterda bu haqda belgi bor holos. Men uchun mantiqiy yechim qilishga imkon bergan narsa, qo'llanmaning suratlarida 5-IRQ ko'rinib turardi. Men uchun yechimningbir yo'li kompyuterning ichini ochish va adapterni ko'rish edi. Lekin, tavakkal qilishga qaror qildim: Adapterni 5-IRQ, ovoz qurilmasini esa 11-IRQga o'tkazdim. Muammo hal bo'ldi. Ustaxonadagilarning quvonchi ichiga sig'masdi.

Malum bir vaqtdan keyin qurilmani sozlash uchun yana chaqirishdi. Hech qanday sozlash ishlari yordam bermaganini aytishdi. Qurilma xatto soz avtomobil g'ildiraklarini ham ma'lum bir burchakka og'gan deb ko'rsatardi.
Savollar berishni boshladim.
"Qurilma kuchlanishi tekshirildimi?" - "Ha, hammasi joyida"
"Qurilma sozlandimi?" - "Ha, hammasi joyida"
"Dastur ta'minoti qayta o'rnatildimi?" - "Ha, hammasi joyida"
"Barcha avtomobillarda og'ish burchagi bir hilmi?" - "Har qalay bir biriga yaqin"
Birinchi hayolimga kelgan javob: Qurilmaning optik sensorlari buzilgan yoki o'rnidan siljigan. Sabablar ko'p. Hayolimda yarq etgan fikrni tezda tekshirib ko'rdim. Ular sozlash asboblarini kelturgunga qadar dastro'molim bilan sensor oynalarini changdan va moy do'glaridan tozaladim. Bu haqda indamadim. Faqat yana bir bor tekshirib ko'rishni so'radim.
Qachondir maktabda o'qiganim esimda, nur yo'lidagi shaffoflik (oyna, suv, buyum, xatto chang ham) yorig'lik nurini sindiradi yoki kuchsizlantiradi.
Ustaning hayrati cheksiz edi. U mendan qanday tuzatganimni so'rashdan charchamasdi. Hech kimga aytmaslik sharti bilan sirni aytdim, xizmat haqqi evaziga esa yangi dastro'mal so'radim. Mana sizga tozalikning garovi...

Bunday voqealar ko'plab sodir bo'ladi. Mantiq esa hamisha eng yaxshi vosita. Fikrimga qo'shilasizmi?


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Суббота, 04.04.2009, 13:23 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Albatta qo'shilaman.Menda ham shunaqa voqealar sodir bulib turadi.Bu inson ruhiyatiga bog'liq bir voqea edi.( Uzr endi hadeb buvisidan utib ketgan odamlardan gapiradi deb ensalaring qotmasinku ya)Rahmatli buvim qarib tunlari uhlolmaydigan bulib qolgandi.Doim kunduzlari uyqusizlikdan nolirdi.Bir kuni qo'shni kampir bir joyda nafasi utkir otin bor ekan ana shuni olib kelib uqitvorsez yahshi uhlaysiz deb maslahat beribdi.Buvim manga bir kuningni man uchun ajratgin usha otinni olib kel dedila.Mani usha vaqtda sira ham bo'sh vaqtim yuq edi buni ustiga otinlarga unchalik ishonmasdim lekin ihlos-halos degan gap bejiz emas.Kechqurun buvim nega aytganimni qilmaysan desala kallamga bir fikr kep qoldi.Hudo kechirsin dedimu buvimga yolg'on gapirdim.Buvi otinni oldiga bordim.U aytdiki uhlashga yotganda yuvinib taranib kalima qaytarib yotsinla dedi.Quruq choyga dam solib berdi dedim.Hali buvimni yuvib tarab oddiygina choy damlab berdim.Ishonasizmi shu kecha buvim biram tinch yotdiki.Shundan keyin ancha yahshi uhlaydigan bub qolgandila.Bu ruhiy holatligini shunaqa qilsam tinchlanib qolishlarini bilgandimda.Ota onam ammalarim hayron bulishdi nega ertaroq shu ishni qilmading deb.Ana shunday qiyin vaziyatlarga tushib qolganda ham yahshilab mantiqiy fikrlab oddiygina yo'l bilan muammoni echimini topsa bo'ladi.

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Понедельник, 13.04.2009, 10:30 | Сообщение # 3
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Juda chiroyli yo'l topibsiz.
Men ham musofirchilikda aynan mana shunday yo'l tutgandim.
Bir tanishim safarda o'zini kasalligidan shikoyat qilib qoldi. Bundan avval aziyatchekkani uchun qattiq iztirobga tusub, vatanga qaytishga urinardi. Vahima kun sayin kuchayib borar, tabibga borishga ko'nmasdi. Nihoyat guruh rahbari bilan kelishib, uni tabibga olib borishga ko'ndirdim. Aslida biz uni qanday kasal ekanini bilmasdik, kasallik alomatlari yo'q edi. Safar vaqtida davo qilish uning avvalgi kasalliklarini bilmay turib davo qilishga men ham yo'l qo'ya olmasdim.
Tabib bilan avvaldan elishib olgan holda, uni qattiq charchaganini va bir necha kun dam olish kifoyaligini ta'kidlashini kelishib oldik. Yana davo sifatida hab dori ko'rinishidagi vitaminli qandlar sotib oldik. Qarabsizki, tanishim o'zini yaxshi his qila boshladi va tez orada vahima va yomon hayollardan qutildi. Albatta, yolg'onni Alloh kechirsin, lekin bu o'sha vaziyatda eng qulay echim edi.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Форум » Inson va Jamiyat » Logika va Psihologiya » Muammoga mantiqiy yechim... (Muammolarni hal qilishda mantiqiy fikrlashning o'rni haqida.)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz