Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 151
IP

 Oppoqoy va 7 gnom... - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher  
Форум » Inson va Jamiyat » Logika va Psihologiya » Oppoqoy va 7 gnom... (Mantiqiy masalani hal qilamiz...)
Oppoqoy va 7 gnom...
AlisherДата: Четверг, 14.02.2008, 11:07 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Oppoqoy gnomlar bilan birga yashay boshlagandan beri ishlari juda ko’payib ketdi. Har kuni gnomlar uchun ularning yoqimli ovqatini tayyorlaydi. Gnomlar esa har kuni navbati bilan unga xo’jalik ishlarida yordamberadilar.
Gnomlar juda injiq. Har biri faqat o’zining doimiy joyida o’tiradilar. Har birining o’zining yoqtirgan ichimligi, gul tasviri tushirilgan idishibor. Har bir gnom o’ziga hos poyafzal va biror rangdagi kiyim kiyadilar. Har biri biror bir jonivorni, qushchani, baliqchani parvarishlaydi.
Oppoqoy esa ular haqida ba’zi narsalarni biladi holos. Masalan:

1. Oppoqoy qarshisida Kiko ismli gnom o’tiradi. Kikoning yoqimtoy tipratikoni bor. U shanba kunlari navbatchilik qiladi.
2. Yashil qalpoqli Tiko esa doimo shippak kiyib yuradi. Uning qafasda qushchasi bor.
3. Toto esa Oppoqoyning o’ng tomonida o’tiradi. U atirgul surati solingan piyolasida kakao ichishni hush ko’radi.
4. Gnom Koko bilan yonma yon o’tiradigan gnom esa suv ichadi. Uning to’tiqushi yo’qligi aniq.
5. Kungaboqarli pirog ishqibozi esa ertalab choy ichadi. U oq kurtka kiygan gnom qarshisida o’tiradi.
6. Jigarrang ishton kiygan gnomning tovoqchasida momoqaymoq tasviri bor. Nilufar gul tasviri bor idish egasi esa Oppoqoyga seshanba kunlari yordam beradi. U qatlamani yoqtirmaydi.
7. Gnom Tato gnom Koto qarshisida o’tiradi. Tato baliqchalar boqadi.
8. Qora ko’ylakli gnom o’rik sharbatini yoqtiradi. Sutli qahva ishqibozi esa kovush kiyib yuradi.
9. Gnom Koko lola gullarni yoqtiradi. Kito esa binafsha gullarni yoqtiradi.
10. Gnom Tato chorshanba kuni navbatchilik qiladi. Botinka kiygan gnom esa payshanba kuni navbatchi.
11. Gnom Koto baliqchalarga qiziqmaydi. Oltin baliqchalar ishqibozi esa qora qahvani yoqtiradi va Toto tomonida o’tirmaydi.
12. Kiko o’rtada o’tiradi. Tato oldida Tiko o’tiradi. U sutni ham, qahvani ham yoqtirmaydi.
13. Charm etik kiygan gnom esa neon baliqchalarni parvarishlaydi. Kovush kiygan gnom esa dushanba kunlari navbatchilik qiladi.
14. Qatlamaga o’ch bo’lgan gnom kanareyka parvarishlaydi.
15. Qora qalpoqli gnom esa qiymali qalampirlarni hush ko’radi. U shanba kunlari navbatchilik qilmaydi.
16. Tufli kiygan gnom tovoqchasida kungaboqar tasvirlangan. Tovoqchasida karnaygul tasviri bor gnom esa qushcha boqadi va dimlamani yoqtirmaydi.
17. Ko’k ishton kiyib yuradigan gnom juma kunlari navbatchilik qiladi. Baliq sho’rva ishqibozi esa baliq boqadi va yakshanba kunlari navbatchilik qiladi.
18. Qovurmani yoqtiradiga gnom mushuk boqadi. Kuchikcha egasi esa palovni hus ko’radi, kakaoni esa yoqtirmaydi.
19. Sutni hush ko’radigan gnom o’rtada o’tiradi. Kitoning qo’shnisi esa maxsi kiymaydi.
20. Gnom Toto qizil ko’ylak kiyib yuradi, qushcha ham, baliqcha ham boqmaydi.
21. Eng uzun soqolli gnom esa krossovka kiyib yuradi.

Keling Oppoqoyga yordam beramiz va har bir gnom qaysi kuni navbatchilik qilishi, nimani yoqtirishi, qanday kiyinishi, qanday ovqatlanishini aniqlab beramiz.
Bu bilan biz o’z mantiqiy fikrlash doiramizni sinab ko’ramiz.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Среда, 28.01.2009, 14:48 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Uch do`st bir oshxonaga kirib ovqatlanibdi. Ularning ishlari ko`pligi uchun ofitsiantni kutmasdan, uchovi 10 so`mdan 30 so`mni stol ustiga tashlab chiqib ketishdi.
Ofitsiant kelib hisoblasa, ular uchovi 25 so`mlik ovqat yegan ekan.
Bir bolaga 5 so`mni berib, ularga teng bo`lib berishni tayinlabdi.
Bola o`ylanib qolibdi. 5ni teng uchga qanday bo`lish mumkin.
Shunda "kallasi ishlab ketib", uchoviga 1 so`mdan 3 so`mni berib, 2 so`mini o`zining cho`ntagiga uribdi.
Endi uch do`stdan eshiting:
"Biz 30 so`m bergandik. 1 so`mdan 3 so`m qaytarib berishdi. Demak uchovimiz 27 so`mlik ovqat yebmiz".
Xo`sh, 27 so`mlik ovqat yegan bo`lishsa, bolaning cho`ntagidagi 2 so`m bilan 29 so`m, 1 so`m qayerga ketdi?


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
AlisherДата: Вторник, 03.02.2009, 09:00 | Сообщение # 3
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Mashhura)
Biz 30 so`m bergandik. 1 so`mdan 3 so`m qaytarib berishdi. Demak uchovimiz 27 so`mlik ovqat yebmiz".
Xo`sh, 27 so`mlik ovqat yegan bo`lishsa, bolaning cho`ntagidagi 2 so`m bilan 29 so`m, 1 so`m qayerga ketdi?

Agar ular 27 sum berganlarida, oshpaz bola 25 sumdan ortgan 2 sumni 3 kishiga taqsim qila olmay, baribir urib qolgan bo'lardi. Masala matematik yo'l bilan hal qilinmaydi. 1 so'm yo'qolmagan. 25 ovqat puli, 3 sum qaytarilga, 2 sum kissada. yoki 27 su'm berilgan, 2 sum urib qolingan.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Четверг, 23.04.2009, 09:58 | Сообщение # 4
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Oppog'oy va gnomlarga mani tishim o'tmaydi. Alisher, mantiqiy tafakkurda sizga yetmaydi shekilli xech kim. smile

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Четверг, 23.04.2009, 11:53 | Сообщение # 5
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush,
Oppoqoy masalasi juda qiziqarli mantiqiy masala. kelinglar birgalashib hal qilamiz.

Birinchi navbatda hamma narsaga e'tibor beramiz. Agar diqqat qilsak, hamma sanab o'tilgan buyumlar yettitadan. Qani kim menga ro'yhat qilishga yordam beradi?

Gnomlar:
Kiko, Koko, Koto, Kito, Tiko, Toto, Tato.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Пятница, 24.04.2009, 16:11 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Baribir chuvalib ketdim.Hozi o'ralib qolaman bu erda.Man qochdim tongue

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
Форум » Inson va Jamiyat » Logika va Psihologiya » Oppoqoy va 7 gnom... (Mantiqiy masalani hal qilamiz...)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz