Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Forum faollari
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 262
IP

 Forum. Qoidalar yoki Internet madaniyati. - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher  
Форум » Umumiy bo'lim » Kundalik talab va takliflar » Forum. Qoidalar yoki Internet madaniyati. (Forumdoshlarga maslahatlar yoki forum odobi haqida suhban...)
Forum. Qoidalar yoki Internet madaniyati.
AlisherДата: Пятница, 20.03.2009, 14:44 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Assalom alaykum ahli forumdosh.
Har birimiz Forumlarda, Chatlarda suhbatlashar ekanmiz, ko'pincha Forumning ahamiyati, uning mazmun va mohiyatni yahshi tushunmaymiz. Har bir Forumning o'z qonun qoidasi bo'lgani kabi, har bir foydalanuvchining ham o'z madaniyati, dunyoqarashi bor. Forumlarda suhbat qilish, baxs va munozarada qatnashish, fikr bildirish, murojaat qilish va fikr almashishda ko'p hollarda xatoliklarga yo'l qo'yamiz.
Shuning uchun, barcha forumdoshlarni ushbu mavzuga taklif qilaman va shu orqali nafaqat Kundalik forumi, balki barcha forumlarni muomala madaniyatini yaxshilashga, ularni rivojlantirishga barcha foumdoshlarni jalb qilaman. O'ylaymanki, uhbatimiz foydali va maroqli bo'ladi.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Суббота, 18.04.2009, 14:16 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Yahshi mavzu.Oldinlari forumlarga qiziqmasdim.Qanaqadir zerikarlidek tuyulardi.Vaqtingni oladi holos deb o'ylardim.Kundalikni olsak ham imidji ham oddiygina xech bir o'ziga tortadigan joyi yo'q.Lekin samimiy insonlarni ko'rib beihtiyor mehrim tushib qoldi.Muomala madaniyatiga kelsak albatta mohiyatini tushunmaymiz har kim uzi bilgan kuyni chalaveradi.Ko'p ahamiyat berganman ko'pchilik yoshlar madaniyat degan narsani sira bilmaydi.Man bitta komnatada moderlik qilganman ko'pchilik yoshlarni fikrlash saviyasi shunaqa pastki Nahotki kelajagimiz shularni qo'lida bo'lsa deb o'ylab qolaman.Bizni guruhimiz bo'lardi.Moskva davlat unversitetida uqib yurgan samarqandlik bitta qiz,Laziz degan yigit bor edi.U AQSHda uqirdi.Yana bir ikkita shoirtabiat yoshlar bor edi.Hammamiz yig'ilib turli mavzularda suhbatlar uyushtirardik.Bir birimizni mubolag'amizga,nozik iboralarimizga uzimizdan boshqa xech kim tushunmasdi.Gohi gohida yig'ilib turamiz hozir ham.Hullas nima demoqchiman virtual hayotda ham insonlar bir birini yahshi tushunib muomala qilishsa o'ylaymanki hammasi yahshi bo'ladi.Ha yana bir narsa forumlarga a'zo bo'lishga bo'lib keyin forumga befarq qarash ham yahshi emas.Men dardlarimni yozyapmanku deb bachkana fikrlarni yozish ham qoidalarga to'gri kelmasa kerak.Haddan tashqari oh voh urish ham haddan tashqari hazil huzul ham forum madaniyatiga tug'ri kelmaydi.Kishini ensasi qotib g'ashi keladigan bo'lmasin.Hamma narsa meyorida bulgani yahshi.
Nima deysizla?


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Пятница, 15.05.2009, 13:09 | Сообщение # 3
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Fikringiz tahsinga loyiq.
To'gri, yangi foydalanuvchilarga orgatish, ularni to'g'ri yo'lga boshlash har bir forumdoshning vazifasi. lekin, ba'zida ularga maslahat berish o'rniga tanbeh berishga o'tib ketamiz, holbuki, bundan yangi kelgan forumdoshning ko'ngli ranjiydi va o'zini begona his qiladi. Shuning uchun ham, bir birimizni qanchalik yaxshi bilmaylik, o'zaro sirli, ma'noli gaplarni qanchalik ko'p bilmaylik, bunday gaplarni ma'lum bir mavzudagi forumlarda islatmaslikka harakat qilishimiz lozim. Albatta, Chorrahadagi gaplar, shaxsiy habarlar, ko'ngilochar mavzular bundan mustasno.
Lekin, shunda ham forumdoshlarni nafsoniyatiga tegadigan habarlar Administrator va moderatorlar tomonidan nazorat qilib turilishi kerak.
Yana bir narsa, forumdoshlar darajasi ularga berilgan tavsiflar va ogohlantirishlar bilan ham belgilanadi. Buning uchun har bir foydalanuvchi profaylida tegishli tavsif va ogohlantirish berishingiz mumkin.
Qolgan qoidalar haqida yana gaplashamiz.
Darvoqe, Afsona, katta harflar bilan yozish bu baqirish yoki qattiq gapirish sanaladi. Iltimos, bu qoidaga rioya qiling. Hozircha ogohlantirish bermayman.

Добавлено (15.05.2009, 14:09)
---------------------------------------------
Kumush va boshqalar.
Ma'lumotlarni boshqa manbalardan ko'chirib olib o'tganda, ma'lumot avvalida yoki yakunida olingan manbani yozib qo'yishni unutmanglar.
Agar ma'lumot Internet sahifasidan olingan bo'lsa unga link qo'yish mumkin.
Buning uchun Habar matni maydoni tepasidagi tugmalar qatorida {http} tugmasi bosiladi.
Bunda kichik so'roq oynasi ochiladi. Bu qatorga sahifa URL adresini yozasiz va 'OK' bosiladi.
Keyingi oynaga esa Sahifaning nomini yozasiz. va yana 'OK' bosiladi.
Sahifa URL adresini o'sha sahifa oynasidan adreslar qatoridan ko'chirib olishingiz mumkin.
Savollar bo'lsa marhamat.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Форум » Umumiy bo'lim » Kundalik talab va takliflar » Forum. Qoidalar yoki Internet madaniyati. (Forumdoshlarga maslahatlar yoki forum odobi haqida suhban...)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz