Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Forum faollari
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292
IP

 Yoshligim beboshligim - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Форум » Inson va Jamiyat » Turmush chorrahalarida » Yoshligim beboshligim ((bolalikdagi eng go'zal va qiziqarli voqealarni eslaymiz))
Yoshligim beboshligim
KumushДата: Четверг, 14.05.2009, 10:18 | Сообщение # 1
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Meni laqabim stalba edi.Bunga sabab buyim uzun novcha edimda.Bir kuni qiziq voqea bo'lgandi.Molhonani tomiga chiqib varrak uchiradigan bo'ldik.Akamda varrakning ipi turibdi.Varrakni kallasini menga berdida nariga obor quyvor deganimda quyvorasan dedila.Men varrakni olib orqaga qarab qadam bosyapmanda.Bo'ladimi desam yuq ketaver dedila.Men ham o'yinga berilib ketibmanda tomdan yiqilib kettim.Akam aytadi shundoq qarab tursam yo'q bub kettig yuragim yorildi deydi.Haliyam bahtimga somon bor ekan ushani ustiga tushganman.Xech nima bo'lgani yuq biroz qurqqanimni hisobga olmaganda...
Usha voqeani eslab xaliyam kulib yuramiz.Menga tegishib varrakning ipiga osilib tushdinga Alpinist deb quyishadi)))


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KumushДата: Четверг, 14.05.2009, 10:34 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Opamni turmushga berganimizdan keyin (onam uqituvchi edila kun buyi ishda bulardila)ovqat qilish menga qolgandi.Buvim aytib turardi men masalliqlarni solib ovqat pishirardim.Juda yosh edimda.Pishirgan ovqatlarim yahshi ediyu palovni unchalik o'xshatolmasdim.Otamdan gap eshitardim.Palovmi shovlami derdila kulib.Men ham bo'sh kelmay axir gaz past yoki guruch yaxshimas yo bo'lmasa boshqa bir bahona topardim.Bir kuni men ham uzimcha g'azab otiga mindimda,Silaga palov pishirishni ko'rsatib quyaman dedimda shunaqa o'xshatib pishiribman suvini rosa tortib soldim guruchni.Qarasam palovni guruchlari rosa qattiq ola pishgan.Qurqa pisa ovqatni suzib keldim.Otam bir siqim olib yedida Dilfuz dedi.Labbay desam bu palovingni guruchini miltiqqa solib otsang odamni o'ldiradiku dedila.Shunaqa kulgi bulib ketdi.Hazil huzul bilan ovqatlanib oldik...
Hozir xam palov pishsa shu voqea esimga tushib ketadi.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AfsonaДата: Четверг, 14.05.2009, 11:49 | Сообщение # 3
Suhbatdosh
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 99
Репутация: 4
Статус: Offline
Мени семиз булганим учун Х.Х деб чакиришар эди.Бу Хола Хамир дегани эди.Доим уйда хеч ким булмаса томга чикиб уйнар эдик.Бир кун дадам ишдан вактли келдилар нима килишни билмайман, опам эшикни очиш урнига менга тезрок туш хозир уришиб берадилар деб кичкираябди.Дадам куриб колсалар опам билан иккаламзниям жазолаб кучани хамма жойини сипиртириб челак билан сув сепишга мажбур килар эдилар.Нарвон бошка томонда,нарвондан тушсам дадам куриб колишлари аник. ДСП дан итимизга катта ин курган эдик, томдан ерга эмас инни устига сакраганман,шунда огирлигим сабабми е бошка сабабми инни шифти синиб икки оегим билан инни ичига кириб колиб чика олмай роса йиглаганман.Бирор жойим огриганидан эмас дадамдан куркканимдан.Дадам мени индан чикариб олиб роса уришиб берган эдилар.Халиям итимиз инидан булмаган экан,акс холда билмайман нима булар эди.Хали хали уша дамларимни эслаб ешлигимни кумсаб тураман.

Добавлено (14.05.2009, 12:49)
---------------------------------------------
Шахарда ховлида турсак хам доим дадам бизга овкатни учокга утин билан килдирар эдилар.Мени ишим учокга олов екиш эди.Бир кун опам чучварага сув кайнатиш учун учокга олов екишимни айтди.Опам мендан 7 еш катта.Козонга сувни солаетганимда утинни устига бироз сув тукилди.Утин бироз намланган олов екиб булмаябди.Отам келганида овкат тайер булиши керак, нима килишимни билмай падвалдан канистирга беньзин бор эди ( кушнимизникида туй булганда куевга олов екишганида утинни устига бензинь сепиб екганларини курган эдим)беньзинни олиб чикиб утинни устига бензинни солганман.Ховлини хамма жойини беньзинни хидди тутиб кетди.Бир бало килиб оловни екиб сувни иситдим.Дадам ишдан келганида нега уйда бензинни хиди деб суради.Килган ишимни билганидан кейин эса, кизим бундан кейин газ енмаса газ плитасини устига хам беньзин солиб газни екгин хупми деб кесатиб куйди.Овкатланиб булганимиздан кейин дадам хаммамизни роса койиди.Менга эса доим бир ишгал чикармасанг булмайди, кимга кетгансан деганида.Мени жахлим чикиб уйламай нетмай доим мени урушасиз койийсиз,отам сиз булганингиздан кейин сизга кетаманда,кушнига кетар эдимми деб юборибман.Акам опам хаммалари менга караб кулиб юборган эди.Айтган гапимни маъносини кейин кейин тушуниб етдим.Хали хали есласам кулгим келади.


ИШОН СЕН КУЧЛИСАН. ХАР ДОИМ УЗ ИРОДАНГГА ИШОНИБ БОШИНГНИ БАЛАНД КУТАРИБИР ОЛДИНГГА ХАРАКАТ КИЛИБ ЯШАШНИ УРГАН
 
KumushДата: Четверг, 14.05.2009, 12:01 | Сообщение # 4
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Mazza qildim kulib biggrin
Opa rosa chaqqon bo'lgan ekansiz.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Четверг, 14.05.2009, 16:03 | Сообщение # 5
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Bola edim. Uyda qurilish ketardi. Yakshanba kuni adamni do'stlari kelib xashar qilishdi.
Hashar ayni qizigan pallada, Yoqub aka degan usta meni chaqirib, Dadang yashirib qo'ygan shahskani olib kelmaysanmi dedi.... Men dadadan beruhsat olmayman deganmanmi, yo'q deganmanmi, lekin menga qayiq yasab beraman evaziga dedi. Hullas bitim imzolandi, har bir qayiqqa bittadan shahska. Adangga ko'rsatma, bo'lmasa sokadi deb tayinladi.
Men ham uyga kirib shashkalarni ichidan eng yaxshilarini saralab, shaxmat taxtasini artib, sekin sumkaga joylab qo'ydimda, qulay vaqt poylay boshladim. Bu orada Yoqub aka ham vaqtni bekor o'tkazmay, atrofdagi ulfatlarni bir chetga to'pladi.
Hamma qizg'in o'yin ishqibozi bo'lsa kerak, meni sabrsiz kutisardi....

Men hammaga g'olibona nazar tashlab sumkani ichidan avval taxtani, keyin shashkani olib stol ustiga qo'ydim. Hamma hayratda... Men esa ulardan battar hayronman....

Yoqub tog'a menga qarab "Shahma" qani dedi..... Men unga qarab "Mana!? Yoki shaxmatni olib kelaymi?" Dedim....

Asta kulimsirash bilan boshlangan davrani momoguldurakdek qahqaha bosib ketdi....

Ahir qaydan bilibman, o'sha vaqtlarda taniqli bo'lga "Chashma" arog'ini Yoqub to'ga "Shashma" deyishini?????


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Четверг, 14.05.2009, 16:20 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
biggrin Uzizam sodda yuvosh bola bulganizga ishonchim komil))

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Пятница, 15.05.2009, 08:22 | Сообщение # 7
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Juda yuvosh edim. Hatto chumoliga ham ozor bermasdim. Baribir har biriga ulgurmasdim.

Bir kuni mahallaga "Chumoli" motoaravasida tandir olib kelishdi.
Tandirni mahallamizda istiqomat qiladigan Odamnikiga tandirni tushirgunlaricha biz bolalar bilan motoaravaga chiqib joylashib oldik.
Tandirchi bizga "Tush!" deganiga ham qaramay o'tiraverdik.
Tandirchi "Unda senlarni o'girlab ketaman" deb motoravani yurgizib ketdi. Hamma bola bir bir sakrab tushib ketdi. Men esa qo'rqqanmanmi, boshqa sababmi, eslay olmayman, lekin yurib ketayotgan motoaravadan hamma qatori tushmay, bor kuchim bilan sakrabman.
Dumalab ketdim. Tandirchi ham rangi oqarib to'htab rosa so'kdi. Biz qochdik.
Uygacha kulishib keldik. Oyin qizg'ida hatto qo'lim chiqqanini ham bilmagan ekanman.
Bir necha kun qo'limni bo'ynimga osib yurdim o'yindan chiqqan o'qqa ilashib....


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Форум » Inson va Jamiyat » Turmush chorrahalarida » Yoshligim beboshligim ((bolalikdagi eng go'zal va qiziqarli voqealarni eslaymiz))
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz