Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 262



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Alisher Irgashev » G'azalga havas...

Yolqin g'azaliga muxammas.
Rad etib bo'lgaymu g'uncha har bahor yozgin desa,
Bul ajib zaminga sen iftihor yozgin desa,
Berdi Ollox, ketmasin hayf iqtidor, yozgin desa,
Yozmayam bo'lgaymu ko'nglim ash'or yozgin desa,
Qalbu qonim jo'sh urib, shomu nahor yozgin desa.
 
Yo'qki do'stim, bitmagay she'r, birga yurmas bir dame,
Bir pari bergayki ilhom, ortga surmas bir dame,
Xarki bayt bitgan qalamlar nola urmas bir dame,
Ul devonlarkim, javonim ichra turmas bir dame,
Ne iloj, peshvolarim yo'llab mador, yozgin desa.
 
Farishtalar aylab duo, rizqu-ro'z berganda Xaq,
Ul quyosh aylabki shamdon, yo'llasa xar on shafaq
Nayni havas qilmay qamish qalam bo'lib turganda naq
G'unchalar tutsa siyohin, ochsa yulduzlar varaq,
Tongda bulbullar navosi beg'ubor yozgin desa.
 
Ox, ajab, poylaydi yo'lim, xumorim yoshin tutib,
Aylagay sochini sochiq, ilkima oshin tutib,
Xar visol onida, xushnud, ko'ksima boshin tutib,
Ul qalam qoshimki, tutqazgay qalam, qoshin tutib,
Yozmayinmu komronim intizor yozgin desa.
 
Bul xayot har oni ibrat, har kuni bo'lganda dars,
Yozgani nechun zamonlar, zarra imkon bo'lsa bas.
Bo'lmagay ijod qushiga uchsa chor devor qafas,
To'ldirib ko'ksimni olsam koinotdan men nafas,
Erda mehnat gashtiga aylab xumor, yozgin desa.
 
Navoiyni qildim xavas, keldi qo'ldan yozaman.
Har navoga aylasam qasd, keldi qo'ldan yozaman,
To baqodan kelmagay sas, keldi qo'ldan yozaman,
G'iybat ichra qolmasam bas, keldi qo'ldan yozaman,
Bo'lsa gar xalqimga manzur, do'stu yor yozgin desa.
 
Misralar yozgin Alisher, xar so'zi bo'lsin ajab,
Har quvonch, har bitta tashvish harki baytiga sabab,
Mubolag'a qilma ta'rif, xaqni aylasin talab,
Yozgin, ey Yolqin, kishida qolmasin bejo adab,
Oqini oq, yoz qarosin oshkor, yozgin desa.
 
Alisher BEK.
Sentabr, 2004 yil
Turkum: G'azalga havas... | Muhbir: Alisher (28.02.2008) | Muallif: Alisher Irgashev
Ko'rilgan: 1302 | Daraja: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 0
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga... (0)
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Alamo-alam... (1)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga. (0)
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Muhabbat qovurmasi... (1)
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Dalada... (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening sevgim... (0)
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Mening dardim. (0)
Суббота
18.05.2024
18:49
Sahifa ruknlari
Muhabbatnoma [30]
Muhabbatga talpingan yurak...
So'zlarim yetmadi Onajon... [8]
Onamning Hotirasiga bag'ishlanadi.
G'azalga havas... [13]
Tugamagan satrlar... [4]
She'r har doim ham yakun bo'lavermaydi.
Men shoir emasman! [18]
Men shoir emasman, bo'lmayman xatto...
Satrlar kulganda... [5]
Xazil she'rlar to'plami.
Sher bo'lmagan satrlar... [1]
Nazm borasida bir shingil...
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz