Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 262



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Alisher Irgashev » Muhabbatnoma

Alamo-alam...
Jaranglaydi qo'l telefonim.
Shoshib olsam begona raqam:
- Allo. Jonim, meni kechiring,
Gulingizni so’ldirdi alam…

Ulgurmasman javob bergani,
So’z tyugamay uzilar tarmoq.
Lol bo’laman, ham chiqar jahlim
- Jonga tegdi daydi qo’ng’iroq.

Lekin ketmas hayollarimdan
Notanish va mahzun bu ovoz.
Nega sovuq so'z aytdi bu qiz?
Yoki asab o’ynar bir tannoz?

Kun o’tadi, sertashvish, horg’in,
So’nggi ishim tunga qolmadi.
Buyurtmachi go’zal qiz edi,
Lekin afsus, quloq solmadi.

Shirin uyqu eltadi qizni,
Ko’zlarini yumar abadiy.
Kasbim nozik, kechilmas xato,
Bir iz qolmas, hammasi tabiiy.

Tin olaman toza havodan
So’ng raqamga qayta qo’ng’iroq:
Shu on jonsiz go’zal yonida
Telefoni jaranglar titroq:

Hushyor tortar metin asablar:
Kim? Qaerdan va nima uchun?
Asta boqdim raqamlariga
Ko’zlarimdan sochilar uchqun.

Bu o’zimning, mening raqamim!
Demak shu qiz qo’ng’iroq qilgan.
Adashganmi? Yoki ataylab?
Raqamimni qaerdan bilgan?

Titkilayman ro'yxatlarini,
Kimdan alam tortdiykin bu qiz?
“Mana raqam, juda ham o’hshash,
Besh o’rniga yozilgan sakkiz”.

Nomsiz raqam, cheksiz kirishlar
Faqat ketgan bir SMS bor.
Juda qisqa, aniq bir isbot
Bitta jumla : “SIZ HIYONATKOR!”

Hiyonatga chidolmabdi qiz,
Ne hiyonat qilgan bu yigit?
Yigitmikin? Yoki qiz bola?
Kim ekan u? Bandami? Sarqit?

Tanish raqam teraman asta,
So’nggi beshning o’rniga sakkiz.
Sho’x musiqa yangrar dam o’tib,
So’ng go’shakni ko’tarar bir qiz:

- Alo!!! Shirin?! ! Uningni o’chir!
U meniki, Alamo – alam!
Yillar kunduz sening armoning,
Bitta tundir mening g’alabam!!!

- Alo, boshqa qo’ng’iroq qilma!
U meniki borlig’i bilan.
Sendan nima topdi u go’sho’r,
Mendan topdi! Alamo-alam!

Chidolmadim, temir asabim
Dosh berolmay ipdek uzildi.
Bir Hiyonat ortidan Hayot
Va O’limning fikri buzildi.

“U seniki bo’lmaydi endi
Sen uniki bo’lib qolasan.
Qiyomatga qoldirdim seni,
Bugun qora xatim olasan”.

 
Jaxl kelsa ketarkan aql,
Yigitni ne aybi bor edi:
Bir makkora qizning o’yini,
Ikki qalbni boshini yedi.
 
Jaranglaydi qo'l telefonim.
Shoshib olsam begona raqam:
- Allo. Mendan qasos oldingmi?
Sen adashding. Alamo-alam.
 
 
Alisher BEK.
14 Aprel, 2009 yil.
Turkum: Muhabbatnoma | Muhbir: Alisher (16.04.2009) | Muallif: Alisher Irgashev
Ko'rilgan: 1258 | Izohlar: 1 | Daraja: 5.0/1 |
Barcha izohlar: 1
1 Kumush  
0
Judayam dolzarb mavzu.Hozirgi zamonamizning og'riqli nuqtalarini muljalga olibsiz.Eh yoshlar yoshlar.

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda... (0)
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Dalada... (0)
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Mening dardim. (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening sevgim... (0)
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Noma... (0)
[23.10.2007][Muhabbatnoma]
Begona do'st... (0)
[29.02.2008][Muhabbatnoma]
Ayt, nedir ishq? (0)
Суббота
18.05.2024
21:54
Sahifa ruknlari
Muhabbatnoma [30]
Muhabbatga talpingan yurak...
So'zlarim yetmadi Onajon... [8]
Onamning Hotirasiga bag'ishlanadi.
G'azalga havas... [13]
Tugamagan satrlar... [4]
She'r har doim ham yakun bo'lavermaydi.
Men shoir emasman! [18]
Men shoir emasman, bo'lmayman xatto...
Satrlar kulganda... [5]
Xazil she'rlar to'plami.
Sher bo'lmagan satrlar... [1]
Nazm borasida bir shingil...
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz