Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Alisher Irgashev » Muhabbatnoma

Muhabbatim, ketma....
Tuni bilan yog'di yomg'ir baxs boylashib ko'z yoshimga,
Sel yuvadi g'uborlarim, dard quyilar bardoshimga,
Qora tunda qora bulut aylanadi sirdoshimga,
Nega senga "ketgin" dedim, sen ham ketding Muhabbatim?

Nega bir-bir tashlab ketdi qalbim suygan yaqinlarim?
Nega bir bir o'char bo'ldi mehr nomli yolqinlarim?
Qayda qoldi dilimdagi quvonchlarim, toshqinlarim?
Nechun sendan kechar bo'ldim, sen ham kechding Muhabbatim?

Yo bardoshim etmasmidi? Taslimmanmi xijronlarga?
Adashdimmi yana qayta mehrim berib insonlarga?
Yoki yana aldandimmi taqdir degan dostonlarga?
Seni tashlab men ketdimmi yoki senmi Muhabbatim?

Seni ko'rmay suygan bo'lsam ko'r qalbimni suyarmiding?
Orzularim bilganingda sen ham armon tuyarmiding?
Isming aytib jonim bersam zarra bo'lsa kuyarmiding?
Ketma desam qabrimda ham qolarmiding Muhabbatim?

Yomg'ir yog'ar sel sel bo'lib, savollarga yo'ldosh bo'lib...
Chaqmoq kabi portlay deyman, dod solaymi ko'ksim to'lib?
Bulut to'sgan hilol kabi ruhim borar asta so'nib,
Men ketgandek tashlab seni umrim ketar Muhabbatim...
 
Alisher BEK
Hindiston. Yomg'irli qora tun.
20 Mart, 2007 yil.
Turkum: Muhabbatnoma | Muhbir: Alisher (03.03.2008) | Muallif: Alisher Irgashev
Ko'rilgan: 1382 | Izohlar: 6 | Daraja: 5.0/1 |
Barcha izohlar: 6
6 Форум  
0
Нега сенга кетгин дедим сен хам кетдинг Мухаббатим! Чунки мухаббати учун ошик юрак ёлгиз узи курашмокчи булган. Алишер ака койилман гап йук бундан кейинги ижод ишларингизда хам Оллох мададкор булсин.

5 Kumush  
0
Tuni bilan yog'di yomg'ir baxs boylashib ko'z yoshimga,... qoyil surprised

4 Gulnozka  
0
Qiziq hamma oshiqlarning dardi bir hilday tuyiladi menga. Sherlarizni o'qisam unda o'zimni tuyg'ularimni o'qiyman. Demak sherlaringiz yurakkka yaqin. Bu esa menimcha ijodkorning eng katta yutug'i!!!

3 Alisher  
0
Hushnida,
Maqtov uchun rahmat...
Musiqa chiqishi kerak. Sahifa to'liq ochilguncha kutib turing. Agar musiqa chiqmasa, menga albatta habar bering.

2 Bonucha  
0
menda musiqa chiqmadi cry

1 Bonucha  
0
alisher aka sherlarizga gap yoo! wink

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga... (0)
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Alamo-alam... (1)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga. (0)
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Muhabbat qovurmasi... (1)
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Dalada... (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening sevgim... (0)
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Mening dardim. (0)
Суббота
18.05.2024
19:24
Sahifa ruknlari
Muhabbatnoma [30]
Muhabbatga talpingan yurak...
So'zlarim yetmadi Onajon... [8]
Onamning Hotirasiga bag'ishlanadi.
G'azalga havas... [13]
Tugamagan satrlar... [4]
She'r har doim ham yakun bo'lavermaydi.
Men shoir emasman! [18]
Men shoir emasman, bo'lmayman xatto...
Satrlar kulganda... [5]
Xazil she'rlar to'plami.
Sher bo'lmagan satrlar... [1]
Nazm borasida bir shingil...
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz