Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Begona do'st...
[23.10.2007][Muhabbatnoma]
Ayt, nedir ishq?
[29.02.2008][Muhabbatnoma]
Forum faollari
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 262
IP

 Bir daqiqa ham hayotingizni o'zgartira oladi... - Страница 2 - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Модератор форума: Alisher  
Форум » Inson va Jamiyat » Logika va Psihologiya » Bir daqiqa ham hayotingizni o'zgartira oladi... (Hayotni o'zgartirishi mumkin bo'lgan hikoyalarni o'qiymiz)
Bir daqiqa ham hayotingizni o'zgartira oladi...
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 11:42 | Сообщение # 16
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Yetmish ming dinor va yetmish darra tayoq

Bir kishi 5 qadam uzoqlikdagi ignaga ip o’tkaza olish ilmini egallabdi. Bu haqda u yashayotgan mamlakatning podshosi xabar topibdi va uni chaqirtiribdi.
Shoh saroyida hammaning ko’z o’ngida 5 qadam uzoqlikdagi ignaga ip o’tkazibdi. Hamma lol qolibdi.
Shoh amr etibdi: bu kishiga yetmish ming dinor berib, yetmish darra uringlar.
Shohdan buning sababini so’raganlarida, yetmish ming dinor bu ishni qunt bilan o’rganganligi uchun, yetmish darra esa xalqqa nafi tegmaydigan ishni o’rganganligi uchun, debdi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 11:45 | Сообщение # 17
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Kar qurbaqa

Ikki qurbaqa botqoqlikdan chiqish uchun tepaga sakrashni boshladi. Atrofdagi qurbaqalar esa ularga baribir chiqa olmaysan, bu yer juda baland, chiqqaning bilan nimaga erisharding, hozir qayta qulab tushasan kabi so’zlar bilan ortga qaytarmoqchi bo’lardi.
Va nihoyat qurbaqalardan bittasi quruqlikka chiqib oldi. Sherigi esa botqoqlikda qolib ketdi.
Quruqlikka chiqqan qurbaqaning qulog’i kar edi. Do’stlarining tushkun so’zlarini eshitmagandi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
Y_U_R_I_S_TДата: Вторник, 15.07.2008, 20:17 | Сообщение # 18
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 2
Репутация: 0
Статус: Offline
Quote (Mashhura)
Bir daqiqa ham qayotingizni o`zgartira olishi mumkin.

Assalomu alykum. Uzr, lekin qayotingiz emas Hayotingiz bo'lsa kerak


Assalomu alaykum!
 
AlisherДата: Среда, 16.07.2008, 08:22 | Сообщение # 19
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Y_U_R_I_S_T, Taxrir uchun rahmat.
Xatolikni to'g'rilab qo'ydim. Agar yana shunday xatoliklarga duch kelsangiz, albatta shaxsiy habar, yoki forum orqali habar bering. Bundan tashqari, maqolalarni, habarlarni izohlash ham bizning sahifamiz va foydalanuvchilarimiz uchun katta foyda keltiradi.
Sizni o'z do'stlarimiz safida ko'rganimdan hursandman.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 09:50 | Сообщение # 20
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Siz yolg’iz emassiz

Qalbga bog’liq tuyg’ularni faqat qalb bilangina anglash mumkin. Donolar aytganidek, arzimagan g’am-g’ussalar tilga chiqadi, chuqur qayg’u esa unsizdir. U haqda odatda gapirilmaydi. Inson o’ziga xos ba’zi nuqsonlardan ko’pincha ko’z yumadi. Aslida esa aynan shular unga jiddiy xavf keltirishi mumkin.
«Jasorat, iste’dod singari maqsad sari
boradigan yo’lni osonlashtiradi».
L. Leonov
Bir ruhshunos «kasalliklar orasida eng keng tarqalgani va davolash eng qiyin bo’lgani qo’rquvdir», degandi.
Qo’rquv insonni ojiz qoldiruvchi eng tahlikali kasalliklardan biri. Barchamiz nimadandir qo’rqamiz, biroq bularning ko’pchiligi besabab qo’rquvlar. Masalan:
• bilmagan narsalarimizdan;
• keksayishdan, yordamga muhtoj va tushkun bir holga tushishdan;
• o’zgarishdan, yangi ish yoki yangi hayot boshlashdan;
• kelajakdan;
• muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan yoki omadsiz ko’rinishdan;
• sevishdan va ishonishdan;
• yaqinlik his qilishdan, oxirida ranjib qolmaslikdan;
• o’limdan.
Qo’rquv insoniyatning eng xavfli dushmani hisoblanadi. Ammo sizga aytadigan bir xushxabar bor: besabab qo’rquvlaringizdan bemalol xalos bo’la olasiz. Aslida qo’rquvlarimizga yuzlasha olish jasorati tamomila o’z qo’limizda.
Quldorlik tuzumiga qarshi kurashgan amerikalik Vendel Filipsning qo’rquv hissiga doir qiziq bir qarashi bor. Uning fikricha, agar yoningizdagilar siz tarafda va siz bilan hamfikr bo’lsa, jasur bo’lishdan oson narsa yo’q. Asl bosh og’rig’i atrofingizdagilarning 99 foizi sizni nohaq bo’lganingizni o’ylagan paytda boshlanadi. Ayni haqiqiy jasorat shunday paytda o’rtaga chiqadi, ya’ni ming ichida bir bo’lganingizda. Ko’ksingizda qo’rqmas qalb borligini va Tangri siz bilan ekanligini his qilsangiz, ko’pchilikka bas kela olishingizni idroklay olasiz. Guvohi bo’lyapsizki, chin jasorat yolg’iz emasligingizni o’ylaganingiz zamon yoningizga keladi.
Yosh kuch


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 09:53 | Сообщение # 21
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Umr
Bu darajada uzoq yashash nima ekanligi haqida so’ralganda, 91 yoshli xonim shunday javob bergan ekan: «Nazarimda, Tangrim yaqinlarimning sabrini sinayapti».
Qachon «Eng ulug’ yosh»ga yetish mumkin? Qaysi yosh manzilning oxirgi bekati bo’ladi?
100 yoshligida ham Moses xonim hanuz rasmlar chizardi. Titian ismli yozuvchi o’zining shoh asarlaridan biri bo’lgan «Battle og Lepans»ni yozganida 98 yoshda edi.
93 yoshida Jorj Bernard Shou navbatdagi asarini yozib tugatgan.
91 yoshida Eymon de Valera Irlandiya vaziri sifatida ish boshladi.
Pablo Pikasso 90 yoshida hali ham rasm chizar va raqsga tushardi.
89 yoshida Artur Robinshteyn Nyu Yorkdagi Karnegi saroyida eng go’zal konsertlaridan birini tashkillashtirgan. Pablo Kasels esa 88 yoshida bemalol gala konsertlar uyushtirardi.
82 yoshida Uinston Cherchil «Inglizcha gaplashgan xalqlar tarixi» nomli to’rt jildlik asarini yozib tugatdi. Lev Tolstoy «Jim qolmayman» nomli asarini va Gyote ayni shu yoshda «Faust»ni tugatdi.
Xo’sh, qachon eng ulug’ yoshga yetamiz? Bilgingiz kelyaptimi? Marhamat, berishga hech narsangiz qolmagan kun.
Illo, u kunning kelishi...

Tangrim, menga ko’nglimga yoqmaydigan odamlarni unutish uchun zaif bir xotira, suygan insonlarim bilan muntazam uchrashish uchun tuganmas imkon va bularni to’g’ri ajratish uchun benuqson ko’rish qobiliyatini ehson et!
(Yosh kuch, 2006, 7-son)


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 09:57 | Сообщение # 22
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Oqil hukmdor
Ancha vaqt oldin har yili hukmdori o’zgartirilishi qonun bo’lgan bir mamlakat bo’lgan ekan. Taxtga kelgan inson hukmdorlikning bir yilidan so’ng kimsasiz orolga badarg’a qilinishi haqidagi shartnomaga imzo chekishga majbur edi. Shu sababli o’z davrini surib bo’lgan shohni saroy a’yonlari shohona kiyintirib, filga o’tqizgan holda xalqi bilan xayrlashishi uchun mamlakat bo’ylab so’nggi marotaba sayr qildirishar edi. Bir yil davlatni boshqargan hukmdor uchun bu eng mahzun va ayanchli lahzalar edi. Xayr-xo’shlashgach, mulozimlar o’z shohini qayiqqa o’tqizib, kimsasiz orol tomon yo’l olibdilar va uni o’sha yerga eltib ortlariga qaytayotganlarida cho’kkan kema qoldiqlarining bir bo’lagida arang suzib borayotgan yigitga ko’zlari tushibdi. Yurtimizga shoh kerak edi, deya suyunib, mulozimlar yigitni mamlakat tomon olib suzibdilar. Birinchi marotaba yigitdan mamlakat hukmdori bo’lishini so’rashganida u qarshilik bildiribdi, lekin keyinchalik rozi bo’libdi. Saroy a’yonlari uni barcha qonun-qoidalar hamda bir yildan so’ng u ham orol tomon jo’natilishi haqida ogohlantiribdilar.
Orada uch kun o’tdi. Yangi shoh o’z vazirlarini qoshiga chorlab, uni o’sha kimsasiz orol tomon boshlashlarini so’rabdi. Orol qalin daraxtlar bilan butkul qoplangan va unda vahshiy hayvonlar makon tutgan edilar. Hukmdor ozgina ichkariga yurib avvalgi shohlarning suyaklariga duch kelibdi. Yigitga ular orolga tashlab ketilishlari bilanoq yovvoyi hayvonlar o’ljasiga aylanishlari kunday ayon bo’ldi. U o’zining taqdiri ham shunday ayanchli yakun topishini istamadi. Yurtiga qaytgach, darhol 100 kishi to’plash haqida farmon berdi va ularni barchasini orol tomon boshlab bordi. Kuch va quvvatga to’la ishchilarga barcha o’lik hayvonlarni va barcha daraxtlarni kesib tashlashni buyurib, orolni tark etibdi.
Shoh har oy kelib, ishning qanday borayotganligini nazorat etib boribdi. Bir oy davomida barcha yovvoyi hayvonlar oroldan ko’chirilib, to’qay tartibga keltirilibdi. Ikkinchi oy davomida butun orol toza holatga keltirilgan edi. Hukmdor shundan so’ng yollangan ishchilariga orolning turli qismlarida ko’rkam bog’lar barpo etishga amr etibdi. Shuningdek, orolga o’zi bilan tovuq, o’rdak, qushlar, qo’y, sigir, echki kabi foydali uy hayvon va jonivorlarini keltiribdi. Uchinchi oyga kelib shoh odamlariga katta-katta uylar va kemalar uchun to’xtash joylari qurishni buyuribdi.
Kunlar, kunlar ketidan oylar o’taveribdi. Bu orada orol – avvalgi kimsasiz orolga aslo o’xshamas tarzda ko’rkam, oromgoh joyga aylanibdi. Yosh hukmdor oddiy fuqarodek kiyinib, boyliklarini ko’kka sovurmay, ularni orolga to’plab boribdi. To’qqiz oy shu yo’sinda o’tib ketibdi. Shoh o’z a’yonlarini to’plab, shunday debdi: - Bilaman, orolga bir yildan so’nggina ketishim kerak. Lekin men u yerga hoziroq ketishni istayman. A’yonlar bunga rozilik berishmabdi va yana 3 oy kutishi zarurligini ma’lum qilishibdi.
Oradan yana uch oy o’tib shoh taxtga kelganiga roppa-rosa bir yil to’libdi. A’yonlar hukmdorni shohona kiyintirib, o’z xalqi bilan vidolashishi uchun shahar bo’ylab fil ustida aylantirishga olib chiqibdilar. Shunga qaramay, hukmdor qirollikni tark etayotganidan behad mamnunligi uning yuz-ko’zlarida aks etardi. Xalqi undan so’rabdi, "Barcha avvalgi hukmdorlar bunday daqiqalarda ko’zlarida yosh, dillarida g’am bilan tark etardilar. Sen nechun baxtiyorsan?" U "Oqillarning so’zlarini eshitmaganmisiz? Deydilarki, sen dunyoga kelganingda, sen yig’laysan va atrofingdagilar shod bo’ladilar. Shunday umr kechirginki, hayoting so’ngida sen shodlanginu, atrofingdagilar ko’zida yosh bo’lsin. Men shunday hayot kechirdim. Boshqa qirollar shohona hayot girdobiga sho’ng’igan damlarini men kelajak haqida o’ylab, o’zimga uni yaratdim. Men o’lik oroldan jannatmisol bog’ yaratdim. U yerda men umrimning qolgan qismini osoyishta va baxtiyor holda kechira olaman." –deya javob beribdi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 10:08 | Сообщение # 23
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Ko’ngli nozik insonlar

Ko’ngli nozik insonlarga butun dunyo ularning atrofida charx urayotgandek tuyuladi. Nahotki shunday bo’lsa?! Telefon go’shagidan dugonamning xavotirli ovozi eshitildi: "Tasavvur qilyapsanmi, Sarvar men bilan yana gaplashmayapti! Nega u hamma narsani yuragiga yaqin olarkin, axir men xafa qiladigan ish qilmadim-ku..." Tanish holat-a? Ko’p hollarda xa-fagarchilik hissiyotli inson tabiati belgisi hisoblanadi. Ammo qachongacha bunday fe’l-atvor egasi bilan bir tom ostida yashash mumkin!
Yashirin shuhratparastlik
Umuman olganda, ko’pincha o’ziga nisbatan yuksak e’tiborni talab qiluvchi shaxslar tez-tez arazlashadi. O’ziga ishongan inson o’z qobiliyatlarining o’zgalar tomonidan tez-gez tilga olinishiga muhtoj emas. U tanqidlarni osonlik va yengillik bilan qabul qiladi. Haddan tashqari arazlash ham hissiyotlarning qotib qolishiga sabab bo’ladi. Qolaversa, bunday insonlardan hech kim mehr va e’tibor ham kutmaydi ham, o’z nav-batida, mehr ham ko’rsatmaydi. Boshqalardan mehr-oqibat ko’rmaslik oqibatida bu toifadagi insonlarni salbiy hissiyotlar chulg’ab oladi. Biri tug’ilgan kun bilan tabriklashni unutadi, boshqasi ko’rsatilgan xizmatni munosib baholamaydi, yana biri o’z vaqtida qo’ng’iroq qilmaydi... Arazlagan insonning xayolida butun dunyo uning atrofida aylanishi kerak. Aks holda, uning yuragi chilparchin bo’ladi.
Yaxshi bilasiz, yomonlikni unutish juda qiyin jarayon. Jahlni boshlanish davrida yengishga harakat qiling, "Men seni kechiraman", degan fikrni xayolingizdan o’tkazing va vaziyatning davomini kutmasdan chetga o’ting. Shunda zarba berayotgan arazchi inson qarshisidagi insonning sovuqqonligi-ni ko’rib, hujum qilishni to’xtatadi. Janjal uchun kamida ikki kishi kerak. Agar janjaldan o’zingizni tiysangiz, janjal boshlanishga ulgurmay, tinchib qoladi.
O’zingizni bosib, aytilgan so’zlar yoki xatti-harakatlardan aynan qay biri sizning qalbingizni jarohatlaganini oydinlashtirib oling. Janjal avjiga chiqqanda ko’pincha shaxslar muhokamasiga o’tib ketamiz. Masalan, "Tovuq miyangni ishlatsangchi, xumkalla!"...
Qizishmang, sodir bo’lgan voqyeaga boshqa tomonlama nazar tashlang: balki shunda fe’l-atvoringizda o’zgartirysh kerak bo’lgan jihatlarni aniqlarsiz. Axir tanqid — bu haqiqiy tashxis: g’azablanganda inson ko’p hollarda xayolida nimani o’ylasa, o’shani aytadi.
Tushunishini istardim
Deyarli har birimiz o’zimizni yomonlikni unutuvchi inson deb hisoblaymiz. Ammo hamma holatlarda ham arazchini chin dildan kechirishning uddasidan chiqamizmi? Tashqi ko’rinishimizda buni bildirmasakda, ayrim hollarda ichimizda g’azab qo’zg’ashi hamon davom etadi. Keyinroq go’yoki kechirgandek bo’lgan insonimizga eski arazlarni yodiga solib, tahdid ham qilib qo’yamiz.
Bundan battari ham bo’ladi: sizdan ozgina arazlashdi, siz esa bundanda kuchli xafa bo’lishingiz mumkin. Yoki sizni bexosdan xafa qilib qo’yishdi, siz esa aqliy salohiyatingizni ishga solib, qilayotgan ishingizni yomonligini bila turib, qasos olish rejasini tuzasiz. Masalan, safsatachi sotuvchi bilan to’qnashib ketib, unga ko’pollik bilan javob qaytaramiz.
Ko’pchilik qarshisidagi odamning xatti-harakatiga sabr qilgan insonni zaif va ko’rqoqlikda ayblaydi. Aslida shaxsning ichki kuchi haqida uning antiqa qasos rejasini tuzishi emas, yurakdan kechira olish qobiliyati darak berib turadi. Ko’plab insonlar qarshisidagi g’azablangan inson uni zaiflikdanmi yoki oliyjanoblikdan kechirishganini tushunmasligidan xavotirlanishadi. Ammo amaliyot shuni ko’rsatadiki, atrofdagilar bizning xatti-harakatimiz sabablarini ichki his bilan anglashadi: sizni tushunib yetgach, ular qilgan qilmishlaridan achinib, sizning sabrli ekanligingiz aslo qo’rqoqlik emasligini tushunib yetishyapti.
Araz — bu hamisha dard demakdir. Ko’pincha bunday holatlar o’zaro tushunmaslik va muloqot qila olmaslikdan kelib chiqadi. Eng asosiy sabab — bizning xudbin ekanligimizdir. Buning yechimi bitta — mojaroni hal etish uchun muloqotni qayta tiklash kerak. Suhbatlashib, hammasini oydinlashtirib olish kerak!
Qasos o’ti: qonga-qon bilan
Inson qasoskorlik illatidan qanday qutulishi mumkin? Uni tan olish umuman olganda, unchalik qiyin emas. Agar sizni xafa qilgan inson faoliyatidagi omadsizliklardan yashirin quvonchni his qilayotgan bo’lsangiz, hech ikkilanmasdan o’zingizni qasoskor deyishingiz mumkin". O’ylab ko’ring, uning qaysi xatti-harakatini kechira olmadingiz? Aynan nima uchun qasos o’tida yonyapsiz? Uning arazi va sizning xafagarchiligingiz masshtabi qay darajada bir-biriga mos kelmoqda?
(Yosh kuch)


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 10:11 | Сообщение # 24
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Qirol va rafiqalari

Bir zamonlar buyuk va kuchli bir o’lkani boshqargan qirolning to’rt rafiqasi bo’lgan ekan. Qirol eng ko’p to’rtinchi xotinini sevarkan, uning bir aytganini ikki qilmas, har narsaning eng afzalini, eng yaxshisini unga berarkan. Qirol uchinchi xotinini ham juda yaxshi ko’rarkan. Bu go’zallikning bir kun kelib uni tark etishi mumkinligidan qo’rqqani bois uni ko’p rashk qilarkan, bundan titroqqa tusharkan. Qirol ikkinchi xotinini ham yaxshi ko’rarkan. Unga nisbatan har doim yaxshi va sabrli munosabatda bo’lgan bu xotini qirolning qachon biror dardi bo’lsa doim uning yonida bo’lib, muammolarining yechimida unga ko’makchi bo’lar ekan. Qirolicha bo’lgani qirolning birinchi xotini ekan. Uni eng ko’p sevgan, evaz so’ramasdan sevgan, sog’ligi va hukmronligiga eng katta hissa qo’shgan birinchi xotinini qirol negadir sevmas, u bilan hech ishi ham bo’lmas ekan.
Bir kuni qirol o’limga olib boruvchi bir dardga chalinibdi. Yaqinda o’lishini anglagan va o’limdan so’ng yolg’iz qolishdan qo’rqqan qirol xotinlaridan qaysi biri u bilan o’lim yolg’izligini baham ko’rishga rozilik bildirishini o’rganmoqqa qaror qilibdi.
Yeng ko’p muhabbat qo’ygan to’rtinchi xotinidan, o’lim safarida menga hamroh bo’lasanmi, deb so’raganda, olgan javobi qalbiga pichoq kabi sanchilgan qisqa va lo’nda "Mumkin emas", bo’libdi...
Hayotim davomida seni sevdim, sen men bilan birga o’lishga rozi bo’lasanmi, deb so’ralgan savolga uchinchi xotini ham, "Yo’q, hayot juda go’zal. Sen o’lsang, men yangi turmush quraman", deb javob beribdi. Qirol bir muddat hasrat chekib, yerga yiqilibdi.
Muammolarimda har doim yonimda bo’lgan, menga yordam bergan sen eding, bu muammoimda ham menga yordamchi bo’lasanmi, so’roviga javoban ikkinchi xotini, "Bu muammoing uchun hech narsa qila olmayman, juda bo’lsa, senga mozoringga qadar hamrohlik qilishim mumkin, janoza marosimingni go’zal o’tkazib, azangni tutaman", deb aytibdi.
Ulkan hasrat-nadomat og’ushida qolgan qirol birinchi xotinining tovushidan o’ziga kelibdi:
"Qayerga borsang bor, sen bilan bo’laman, seni ta’qib etaman..." Oh, deya nido qilibdi qirol, qaniydi yana bir bor imkoniyatim bo’lsaydi, senga ko’proq e’tibor bergan bo’lsaydim...
Hayotda har birimizning to’rt umr yo’ldoshimiz bor aslida...
To’rtinchi umr yo’ldoshimiz bu vujudimiz, tanamizdir. Uning go’zal ko’rinmog’i uchun har qancha vaqt, mablag’ va kuch-quvvat sarflasak ham, u o’lganimizdan so’ng bizni tark etadi.
Uchinchi umr yo’ldoshimiz bu biz ega bo’lgan mansab va maqomlardir. Biz o’lar-o’lmas, u boshqalarga yor bo’ladi.
Ikkinchi yo’ldoshimiz esa oilamiz va do’stlarimizdir. Barcha muammolarimizni baham ko’rganimiz bu kishilarning biz uchun qila oladigan eng so’nggi yaxshiligi ko’zlarida yosh bilan bizni so’nggi manzilga kuzatmoqdir.
Birinchi umr yo’ldoshimiz esa ruhimiz va dunyoda bajargan amallarimizdir. Ular biz bilan ketadi...

Unutmang!
Yeganlarimiz emas, hazm etganlarimiz bizni kuchli qiladi.
To’plaganlarimiz emas, saqlab qolganlarimiz bizni boy qiladi.
O’qiganlarimiz emas, esda saqlaganlarimiz bizni ilmli qiladi.
Boshqalarga bergan nasihatlarimiz emas, o’zimiz amal qilganlarimiz bizni odam qiladi...


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 10:14 | Сообщение # 25
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
O’zingdan chiqqan balo

Bir o’rmonda bolta paydo bo’lib daraxtlarni kesa boshlabdi. O’rmon ahli unga chora topolmay Eman huzuriga boribdilar.
Bolta deganlaring nimadan ishlangan, -- deb so’rabdi Eman voqyeadan ogoh bo’lgach.
Bolta deganimiz temirdan ishlangan, - deb javob qilishibdi.
Dastasi-chi, dastasi ham temirmi? – deb so’rabdi Eman.
Yo’q, dastasi temir emas, yog’ochdan.
Eh, attang, dastasi o’zimizdan ekan, endi boltani to’xtatishning hyech qanday iloji yo’q, - degan ekan donishmand Eman.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 10:23 | Сообщение # 26
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
ChINOR DARAXTI

Buyuk bir chinor daraxti yonida bir qovoq novdasi bo’y ko’rsatdi. Bahor ilgarilagan sari o’simlik chinorga o’ralib yuksala boshladi. Yomg’irlar va quyoshning nurlari ta’sirida juda tez o’nib, chinor daraxtining eng yuksak shoxigacha bo’y cho’zdi.
Bir kuni bunchalar tez fursatda bu buyuk chinordek o’sganida mamnun holda chinordan so’radi:
Hoy daraxt, sen qancha oyda bunchalar yuksaklarga ko’tarilding?
- 82 yilda, - dedi daraxt.
- 82 yildami? - deya gullarini tebratib kuldi qovoq, - Men esa bu yuksakliklarga 2 oyda erishdim!
To’g’ri, - dedi daraxt, to’g’ri!
Kunlar kunlarni quvib kuz ham ilk shamollari bilan keldi. Qovoq dastlab qurib so’ng esa yaproqlarini to’ka boshladi, sovuq boshlangani sari uning tanasi qurib yo’q bo’lib borardi. Bir kuni andisha bilan chinordan so’radi:
-Menga nima bo’layapdi?
-O’layapsan, - dedi o’kinch bilan chinor.
- Nega?
- Mening 82 yilda ko’tarilgan yuksakligimga sen 2 oyda ko’tarilishga harakat qilganing uchun!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
Форум » Inson va Jamiyat » Logika va Psihologiya » Bir daqiqa ham hayotingizni o'zgartira oladi... (Hayotni o'zgartirishi mumkin bo'lgan hikoyalarni o'qiymiz)
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz