Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikka sizga yoqdimi?
Всего ответов: 150
IP

 Bir daqiqa ham hayotingizni o'zgartira oladi... - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Alisher  
Форум » Inson va Jamiyat » Logika va Psihologiya » Bir daqiqa ham hayotingizni o'zgartira oladi... (Hayotni o'zgartirishi mumkin bo'lgan hikoyalarni o'qiymiz)
Bir daqiqa ham hayotingizni o'zgartira oladi...
MashhuraДата: Вторник, 26.02.2008, 10:01 | Сообщение # 1
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Aziz forumdoshlar! Bu sahifada mantiqiy, ibratli hikoyalarni joylaymiz va o'qiymiz!!!
Marhamat, birinchisini o'qishingiz mumkin:

Bir daqiqa ham hayotingizni o`zgartira olishi mumkin.
O`zgarishning boshlanishi.
Keksa bir so`fi o`zi haqida shunday degan ekan: "Yoshligimda juda isyonkor edim va Yaratganga iltijo qilib, "Tangrim, menga dunyoni o`zgartirishim uchun kuch ato et", derdim. O`rta yoshga yetganimda, umrimning yarmiga kelgan bo`lsam ham, hatto birgina insonni o`zgartira olmaganimni farqlaganimdan so`ng iltijoni shu taqlid o`zgartirdim: "Tangrim, men bilan birga bo`lgan yaqinlarimni o`zgartirishim uchun menga salohiyat ber, ayniqsa, oilam va do`stlarimni o`zgartirishga quvvat ber. Shunda baxtli bo`lardim". Endi esa yoshim bir joyga borib qoldi, o`tgan umrimni sarhisoblab, naqadar ahmoq bo`lganimni payqay boshladim. Dilimdagi birgina duo esa shu: "Tangrim, menga o`zimni o`zgartirish uchun quvvat ber". Agar boshidan shunday duo qilganimda hayotimning har lahzasini bekorga sarflamagan bo`larmidim". Vaqtimizni o`zgalarni o`zgartirish uchun harakat qilishga sarflay olamiz. Biroq aslida birgina kishini o`zgartira olamiz: Faqat o`zimizni... Natijani hisobga oladigan bo`lsak, shuning o`zi ham yetarli.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».

Сообщение отредактировал Mashhura - Вторник, 26.02.2008, 10:27
 
MashhuraДата: Суббота, 15.03.2008, 10:28 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Yonimizdagi Xazina

Bindan yuz yillar muqaddam Rassel Konvel ismli bir sayyoh butun Amerikani aylanib chiqib, o`z taassurotlarini odamlarga ulashardi. Sarguzashtlari debochasida u "Oltin ma'dani" hikoyani aytishni kanda qilmaydi. Hikoya esa quyidagicha edi:
... Yala universitetining geologiya muxandisligida ta'lim oladigan bir yigit o`qishining bitishi arafasida "Oltinga hujum" vasvasasiga berilib, o`z xazinasini topish ilinjida Kaliforniyaga ketishga qaror qiladi. Yala universiteti rahbariyati yigitni o`z a'zoligiga taklif etadi, ammo u taklifni rad etadi. Onasini Masachusetidagi fermasini sotib, o`zi bilan olib ketishga ko`ndiradi. Ammo sarguzasht orzularning chilparchin bo`lishi bilan intihosiga yetadi. Yosh geolog hech qanday xazina topa olmaydi va oxir-oqibat Minnesotada bir ma'dan shirkatiga ishga kirishga majbur bo`ladi. Oladigan maoshi esa Yala universiteti taklif etgan maoshdan ancha past edi.
Eng qizig’i, yigitning beva onasidan fermani sotib olgan yigit bilan sodir bo`ladi. U kunlarning birida fermada yetishtirgan kartoshkalarini yig’ishtirayotganda, tuproq ustida yotgan g’alati bir toshni ko`rib qoladi. Toshni olib, tekshirtirib ko`rgach, uning tosh emas, kumush ekanligi oydinlashadi. Ma'lum bo`lishicha, ferma katta bir kumush konining ustiga qurilgan ekan. Xo`sh, ayni o`sha xazinaning yonidan balki yuz martalab o`tgan yosh muxandis shuni nimaga farqlamadi?
Balki, Xazina deganlarining bunchalik oson topilishi yetti uxlab tushiga ham kirmagandir. Yoki xohlagan xazina izlovchi uzoq-uzoqlarga ketib, o`z orzusini ro`yobga chiqara olishdek ertak sujetiga ishongandir... Qidirganingiz qanday narsa bo`lishidan qat'iy nazar, u aynan yoningizda ekanligini unutmang. Hayotingizni o`zgartirib yuboradigan antiqa
narsalar hali ham mavjud, ammo buni fahmlab yetishingiz uchun eng avvalo ongingizni o`zgartirmog’ingiz joiz. Baxt, ishonch, maqsad yoki yuksalish, umuman, qidirganingiz hovuchlaringiz ichidadir. Balki, ayni damda ishlayotgan ishxonangizda, o`qishingizda, o`zgalar bilan munosabatingizda yoki yashayotgan joyingizda siz uchun sir bo`lgan xazina bordir. Orzularingiz hovuchlaringiz orasida, dedik, buning mumkin bo`lishiga chindan ishoning, albatta, erishasiz. Hayotingizni o`zgartirmasdan oldin atrofga bir boqing. Olmos ma'dani ustida o`tirgansizdir, ehtimol, kim bilsin!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Суббота, 15.03.2008, 10:34 | Сообщение # 3
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Soyaboningizni unutmang
Yoz mavsumlarining birida kuchli qurg’oqchilik avj olib kichkinagina qishloqdagi ekin-tekinlarga tahdid sola boshlaydi.
Jaziramali bozor kunlarining birida qishloq imomi jamoat ahliga qarata shunday deydi: "Bizni yomg’ir duosidan boshqa hech narsa qutqara olmaydi. Uyga boring, duo qiling, ishoning va kelasi yakshanba tangri yomg’ir yuborgani bois rahmat aytishga tayyor bo`lib keling".
Odamlar o`zlariga tayinlangan vazifalarni ado etib, keyingi yakshanba kuni aytilgan joyga to`plandilar. Ammo imom ularni ko`rishi bilan jahl otiga minib:
- Bugun duo qilmabsiz. Demak, hali ham yetarlicha ishonmayapsiz, - deydi.
- Iya, - deb e'tiroz qiladi odamlar, - duo qildik va chindan ham ishonyapmiz.
- Ishonyapsizmi? - deb so`raydi imom, unda soyabonlaringiz qani?
Hikoya barchamiz uchun birdek taalluqli. Soyabonlarini uylarida qoldirgan insonlar juda ko`p. Bu insonlar umr bo`yi istak va duolarining ijobat bo`lishini umid qiladi, lekin aslida ro`yobga chiqishini kutmaydi. Ba'zilar bo`lsa, orzulari va istaklarining amalga oshishini kutadi. Umrlarining boshidan to so`ngggi nuqtasigacha har on go`yoki bir hodisa yuz berishi mumkindek, hozirlik ko`rib yashaydi. Bugun orzu qilganingizga yetish uchun nelar qilmoqchisiz? Tilaklaringizning ijobat bo`lishi hamda natija berishi uchun harakat qilyapsizmi?
Unda soyaboningizni unutmang!!!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 18.03.2008, 14:05 | Сообщение # 4
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Insoniylik
Falsafa professori o'z auditoriyasi oldida turib, 5 litrli bankani oldi va uni diametri uch santimetrlik toshlar bilan to'ldirdi. Oxirida studentlardan so'radi, banka to'lami? Ha, deb javob berishdi.
Shunda u ozgina no'xat olib, bankaga soldi va silkitdi. Tabiiyki, no'xat toshlar orasidagi bo'sh joyni egalladi. Professor studentlardan yana bir marta so'radi, banka to'lami? Ha, to'la, deb javob berishdi.
Shunda u qum to'la korobkani olib bankani to'ldirdi. Tabiiyki, qum hamma mavjud bo'shliqni to'ldirdi va yopdi. Yana bir marta so'radi professor, banka to'lami? Bu safar to'ppa-to'la, deb javob berishdi.
Shunda u stolning tagidan ikki bankacha pivo olib bankaga oxirgi tomchisigacha to'kdi. Studentlar kulishardi.
Hozir esa men banka - sizning hayotingiz ekanligini tushunishingizni hohlardim. Toshlar - bu hayotingizdagi eng muhim narsalar: oila, sog'liq, do'stlar, o'z bolalaringiz, hayotda qolgan hammasini yo'qotgan taqdiringizda ham to'la qolishi uchun zarur komponentlar.
No'xat - bu aynan siz uchun muhim bo'lib qolgan narsalar: ish, uy, avtomobil. Qum - bu qolgan mayda-chuyda narsalar. Agar bankani avval qum bilan to'ldirsa, u holda no'xat va toshlar uchun joy qolmaydi. Hayotingizda ham shunday, hamma vaqtingizni va enrgiyani mayda narsalarga ishlatsangiz, muhim narsalar uchun joy qolmaydi.
Sizga baxt keltiradigan narsalar bilan shug'ullaning: bolalaringiz bilan o'ynang, turmush o'rtog'ingiz uchun vaqt ajrating, do'stlaringiz bilan uchrashing. Ishlash, uyni tozalash, avtomobilni tuzatish va yuvish uchun hali vaqt bo'ladi. Avvalo toshlar bilan, ya'ni hayotdagi eng muhim narsalar bilan shug'ullaning; prioritetlaringizni aniqlab oling: qolgani - shunchaki qum.
Shunda bir talaba qiz qo'lini ko'taribdi va so'rabdi, pivoni-chi ahamiyati qanaqa? Professor jilmayibdi. - Bu haqda mendan so'raganingizdan xursandman. Men buni hayotingiz qanchalik band bo'lishiga qaramay, har doim ikki banka pivo uchun joy topilishini isbotlash uchun qildim, debdi.
ref.uz.dan


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».

Сообщение отредактировал Mashhura - Вторник, 18.03.2008, 14:24
 
MashhuraДата: Вторник, 18.03.2008, 16:16 | Сообщение # 5
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Butun dunyo yo’q desa ham

Genri Uord Bicher ismli kishi maktabda o’qib yurgan kezlari bir umrga tatigulik voqyeani boshidan kechirdi va bundan o’ziga yarasha xulosa chiqara oldi.
Yosh Genridan o’rtaga chiqib, o’tilgan darsni sinfdoshlariga tushuntirib berishni so’rashadi. U mavzuni enidgina boshlagan ham ediki, o’qituvchisi «yo’q» deya fikrini bo’ladi. Genri takror boshidan boshlaydi, ammo ustozi yana baqiradi: «Xato». Izzat-nafsiga tekkan, bu gapdan jahli chiqqan Genri borib joyiga o’tiradi.
Navbatdagi o’quvchi darsni gapirib berish uchun o’rnidan turadi va u ham ma’ruzani boshlagan zahoti o’qituvchisidan rad javobini eshitadi: «Bo’lmagan gap». Biroq bu o’quvchi mulohazasini oxirigacha davom etadi. Gapini tugatishi bilan o’qituvchi «Barakalla», degancha o’tirishga ruxsat beradi.
Bu hol Genrini tamomila shoshirib qo’ygan edi. U ustoziga bo’lib o’tgan anglashilmovchilikdan norozilini bayon etadi: «Men ham xuddi shunday gapirib berayotgan edim, hyech narsaga tushunmayapman». O’qituvchi esa jilmaygancha unga shunday deydi: «Darsni to’liq tushunmagansan, buni tan olishing kerak. Seni to’xtatishimga imkon berishing o’zingga ishonmaganlikdan dalolat beradi. Hatto butun dunyo «YO’Q» desa ham, sening vazifang «HA» deyish va haqligingni isbotlab berishdan iboratdir!»
Umr davomida odamlar ming xil ko’rinishda «yo’q» deyishadi:
- To’xta, buni qilolmaysan.
- To’xta, yanglish yo’ldan ketyapsan.
- To’xta, buning hyech bir narsaga yaramaydi.
- To’xta, yetarlicha biliming yo’q.
- To’xta, puling yo’q.
- To’xta, bunday qilinmaydi...
Har bir «yo’q» javobining o’zingizga bo’lgan ishonch alangasini toki siz taslim bo’ldim, deguningizga qadar asta-sekin puflab o’chiradigan ta’siri bo’ladi. Atrofingizdagilar har kuni sizga «yo’q» desalar-da, siz o’zingizga ishonsangiz «HA» deyishda davom eting va buni isbotlashga boringizni sarflang. Shuningdek, bunda nekbin bo’lishni ham unutmang!!!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 18.03.2008, 16:19 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Endi aslo shikoyat qilmayman

«Qonunlar insonlarga faqatgina baxt-iqbol izlash huquqini beradi. Unga erishish esa sizning zimmangizda».
B.Franklin
20-asrning 70-yillarida bir odam xizmat safari bois Arizona cho’lidan o’tishiga to’g’ri keladi. Ko’kdan chelaklab quygan kabi yomg’ir yog’ardi. Haydovchi yonilg’qi quyish shaxobchasi oldida to’xtaydi. Mashina ichida o’tirgancha, usti-boshi shalabbo bo’lib, benzin quyayotgan ishchining xatti-harakatlarini kuzatadi. Ketishga otlanar ekan, bemahalda kelganidan xijolat bo’lgandek, «Sizni shunday havoda tashqariga chiqarganim uchun uzr so’rayman, birodar», deydi. Ishchi bo’lsa mamnuniyat bilan jilmaygancha, «Eh, qo’ysangchi, ovorasi bor ekanmi?! Bir nechay illa oldin Vyetnam urushida qamalda qolib ketgandim va ana shunday og’ir vaziyatda o’zimga-o’zim so’z bergandim: «Agar bir kuni shu yerdan omon-eson chiqib olsam, shu qadar shukr qilamanki, u dunyoi bu dunyo hyech narsadan shikoyat etmayman», deydi.
Har birimiz har doim gapirgan gaplarimizning mas’uliyatini his qilishimiz lozim. Ko’rkam va benuqson umr koshonasini qurmog’imiz uchun bu shart va zarur omil.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 18.03.2008, 16:21 | Сообщение # 7
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Harakatga o’ting

Kichik ayiq bolasining qanday yurish borasida biroz boshi qotgandi. U ikkilangan ko’yi onasidan so’raydi: «Oldin nima qilshim mumkin? O’ng oyog’im bilan boshlaymi yoki chap oyog’im bilanmi? Yoxud har ikki old oyog’imni keyin ikki orqa oyog’imni harakatga keltiraymi? Yoki bo’lmasa, o’ng tomondagi ikki oyog’im va chap tomondagi ikki oyog’im qadam tashlaganim tuzukmi?». Onasi bunga javob qaytaradi: «O’ylashni bas qil va yurishni boshla».
Ona ayiq eng to’ri so’zni aytgandi. Chunki barcha ishlar o’ylash va gapirishni bir chetga qo’yib, qilina boshlangandan so’nggina ilgarilay boshlaydi. Buyuk ixtirochi Nolan Bushne aytganidek, hammomga kirgan har bir odlamda fikr tug’ilishi tabiiy. Farq shundaki, yaratuvchan odam hammomdan chiqib, bu fikrni hayotga tadbiq etadi.
Yoki mashhur yozuvchi Sidney Xarris ta’biri bilan aytganda, «Šilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
Demak, eng yaxshi dars fikr tug’ilishi bilan uni ro’yobga chiqarishga harakat qilishimizda bilinadi.
"Yosh kuch"dan


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Среда, 19.03.2008, 12:54 | Сообщение # 8
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Orzular
Bu hikoyaning boshlanishi dalalardan qirlarga, qirlardan adirlarga yugurib otlarni parvarish qilib yurgan odmi bir otboqarning kichik œg’liga borib taqaladi. Ota kasbi sababli bolaning maktabdagi davomati juda ham yaxshi edi deb bo’lmaydi. 5 sinfda o’qiyotganida, o’qituvchi uy vazifasi sifatida “Men katta bo’lsam kim bo’laman?” mavzusida insho yozishlarini aytdi.
Bola tun bo’yi o’tirib bir kun kelib juda katta bir ot fermasini egasi bo’lishligi haqida 7 sahifalik insho yozdi. Orzularining eng nozik tomonlarigacha yozib chiqdi. Hatto orzusidagi 200 xonalik fermaning rejasini ham chizdi. Binolarning, oxurlarning va omborlarning turishini chizib chiqdi. Fermaning turli maqsadda qurilgan 200 ta xonasining qarshisiga qurilajak 1000 kvadrat metrlik uyning rejasini ham qo’shdi.
Ertasiga o’qituvchisiga topshirgan 7 sahifalik uy vazifasi, butun bir qalbining sadosi edi. 2 kundan keyin inshosini qaytarib oldi. Qog’ozning ustiga katta “2” bahosi va “Darsdan keyin mening oldimga kir” degan yozuv bor edi.
“Nega “2” oldim?” deya hayajon bilan bola o’qituvchisidan so’radi. “Bu sening yoshingdagi bir bola uchun loyiq bo’lmagan bir orzu”, dedi o’qituvchi.. “Puling yo’q. Faqir bir oilada yashaysan. Ot fermasi qurish uchun juda katta pul kerak bo’ladi. Avval katta bir yer sotib olish kerak. Fermada parvarishlash uchun hayvonlarni ham pulga beradi. Buni sen qila olishing imkonsiz” va shunday deb qo’shib qo’ydi: “Agar vazifangni ishonsa bo’ladigan narsalar haqida boshqatdan yozib kelsang, men bahoyingni o’zgartirishim mumkin”.
Bola uyiga keldi va juda ko’p o’yladi. Otasidan maslahat so’radi. “O’g’lim” dedi otasi “Bu mavzuda qarorni o’zing qabul qilishing kerak. Bu sening hayoting bo’lgani uchun sen uchun jiddiy tanlov!».
Bola bir haftagacha o’ylaganidan keyin vazifasiga hech bir o’zgartirish kirgizmasdan o’qituvchisiga qaytarib olib bordi “Siz qo’ygan bahoyingizni o’zgartirmang” dedi- “Men orzularimni..”
O’sha maktab o’qituvchisi bugun turli maqsadda qurilgan 200 xonadan iborat fermaning qarshisidagi 1000 kvadrat metrlik uyda yashaydi. Necha yillar avval inshosidagi rejasida chizgani kabi aynan.
Hikoyaning eng qiziq joyi esa quyidagicha: O’sha o’qituvchi o’tgan yoz faslida 30 ta o’quvchisini shu fermaga ekskursiyaga olib keldi.
Fermadan qaytarkan eski o’quvchisiga “Qara” dedi, “Senga endi aytishim mumkin. Men senga o’qituvchilik qilgan paytlarda orzular o’g’risi edim. O’sha yillarda men o’quvchilarimning juda ham ko’p orzularini o’g’irladim. Sen esa orzularidan voz kechmagan judayam injiq bola eding.”


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».

Сообщение отредактировал Mashhura - Среда, 19.03.2008, 13:05
 
MashhuraДата: Среда, 19.03.2008, 13:22 | Сообщение # 9
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Hayot uchun kurash
Akbar hovlidagi tut daraxtidan ipak qurti pillasini topib oldi va uni o’z xonasiga yashirib qo’ydi. Kunlarning birida pillada kichkina tuynukcha paydo bo’ldi. Akbar soatlab kapalakni kuzatishdan, uning kichkina teshikdan yorug’ dunyoga chiqishga jon-jahdi bilan intilishini tamosha qilishdan charchamasdi. Keyinchalik u harakatdan to’xtab qoldi. Akbarning nazarida bu kichik mavjudot bor kuchi bilan shu yergacha yetib kelolganu uyog’iga quvvati qolmagandek tuyulardi. Akbar bu nochor va ojizgina kapalakka muruvvat qo’lini cho’zish istagida har doim tokchada turadigan qaychini oldi-da, pillaning qolgan qismini kesib ochdi. Kapalak osonlik bilan o’zining torgina go’shasini tark etdi. Lekin uning badani ho’l, jussasi judayam ojiz, nimjon va kichik, qanotlari esa bujmaygan holda edi. Akbar kapalakni kuzatishda davom etdi. Chunki u kapalak istalgan paytda qanotlarini keng yozib osmonga parvoz qiladi deb umid qilardi. Lekin Akbarning umidlari puchga chiqdi. Kapalak umrining qolgan qismini ham ojiz badani va bujmaygan qanotlari atrofida o’rmalash bilan o’tkazdi. Akbarga esa hech qachon uning parvozini ko’rish nasib etmadi. Akbar bilmas ediki, u o’z mehribonchiligi va shoshma-shosharligi bilan ipak qurti kapalak bo’lish uchun pilla ichida ma’lum muddat bo’lishi, qanotlari ko’kda erkin parvoz etishi uchun yana biroz tor koshonasida yashab turishi lozim edi. Ba’zan hayotimizda aynan kurashishgina bizni o’z maqsadlarimiz tomon yetaklaydi. Agar hayotimizda hech bir qiyinchiliksiz yashaydigan bo’lsak, bu bizni jarohatlagan bo’lardi. Biz hozirgidagidek kuchli bo’lolmas edik. Biz hech qachon “parvoz eta olmasdik”!
Men Kuch so’radim..
va U meni kuchli etish uchun Qiyinchiliklar yubordi.
Men Donolik so’radim......
va U meni dono etish uchun Muommolar yubordi.
Men undan Ravnaq so’radim.........
va U menga ishlashim uchun Aql va Kuchli Muskullar berdi.
Men undan Mardlik berishini so’radim.........
va U meni yengib o’tishim uchun Xatarliklarga ro’para qildi.
Men undan Muhabbat so’radim..........
va U menga yordam berishim uchun Mehrga Zor insonlar berdi.
Men undan Qo’llab-Quvvatlash so’radim.........
va U menga Imkoniyatlar berdi.
Men o’zim xohlagan hech narsani olmadim ........
Men o’zimga Zarur barcha narsani oldim!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
AspirantДата: Среда, 18.06.2008, 16:07 | Сообщение # 10
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 1
Репутация: 0
Статус: Offline
Mashhura menga fikrlaringiz yoqdi! ayniqsa insoniylik degan maqolangiz juda ideal ekan.

gulibadam
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 11:24 | Сообщение # 11
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Rostgo’ylik ehtiyoji

Buyuk tennischi Artur Ashe 17 yoshida shunday voqeani boshidan kechiradi:
Artur G’arbiy Virjiniyadagi bir turnirda ishtirok etardi. Ko’p hollarda bo’lgani kabi musobaqadagi yolg’iz qora tanli ishtirokchi edi. Kunlarning birida bir necha bola yaqin atrofdagi do’konga zarar yetkazadi. Do’konni butunlay ostin-ustun qilishadi. Ertasi kun ular siri ochilgach, Arturni ham o’zlarining hamtovog’i deb aytishadi. Voqea tafsiloti mahalliy gazetalarda yoritiladi. Artur bu ishga aloqador bo’lganligini rad etadi, bolalar esa tuhmat qilishda davom etishadi. Artur uchun eng yomoni bunga otasining nima deyishiyu nima qilishi edi. Nihoyat uni cho’chitayotgan telefon orqali suhbat oni ham yetib keladi.
Tahmin qilinganidek, otasi voqeadan boxabar edi. Shu bois tovush toni ham juda baland edi. U o’g’liga birgina savol beradi: «Artur, bilmoqchi edim, bu ko’ngilsizlikda qatnashdingmi?». Artur «Yo’q ota qatnashmadim!» deb javob beradi. Otasi bu mavzuda boshqa hech narsa so’ramaydi. Artur shu on nima sababdan har doim to’g’ri so’zlash tashviq qilinganini anglaydi. To’g’ri so’zga ishonadigan kun kelishi aniq edi. Otasining ishonchi va hurmatini ancha oldin qozonganini bilardi. Shu kundan keyin rostgo’y inson bo’lib umr o’tkazishga har narsadan ko’proq ahamiyat beradigan bo’ldi.
Afsuski, har qadamda to’g’rilik va rostgo’ylikka imkon bermaydigan odamlar oramizda topiladi. Ammo bizning to’g’ri so’zlarga ehtiyojimiz katta. Rostgo’yiligi bilan alohida ajralib turadigan odamlarga, fazilatlari bilan yashashga qaror qilganlarga, yoshi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, nima bo’lganda ham o’zgalarning ishonch va hurmatini kundan-kunga qozonadigan odamlarga muhtojligimiz bor.
Dunyomizga yangi rostgo’yning keragi yo’q. Siz bor-ku!!!
(Yosh kuch, 2005 7-8 son)


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 11:27 | Сообщение # 12
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Siz ko’klarga loyiqsiz

Ushbu hikoya bizga xayol kuchining ham muhim ekanligini eslatadi.
Bir odam burgut tuxumini topib oladi va uni tuxum bosib yotgan tovuq katagiga qo’yadi. Yovvoyi burgut polaponi tovuq ochgan jo’jalar bilan birgalikda tuxumdan chiqadi va ular bilan birga yashay boshlaydi. To’dadagi boshqa jo’jalar singari u ham qurt-qumursqa izlab, yer kavlash hadisini o’zlashtiradi. Tovuqlar singari qanotlarini ochib, yerdan faqatgina bir necha metrcha sakrashni o’rganadi.
Yillar o’tib, butunlay «tovuqlashgan» burgutning yoshi bir joyga borib qoladi. Kunlardan bir kun moviy osmonda bir qushga ko’zi tushadi. U shu paytgacha shunday bahaybat qushni hyech ko’rmagandi. Uning patlari xudi oltinga o’xshab tovlanar, juda ham baquvvatligi bilinib turgan qanotlarining epchil harakatlari bilan ko’k uzra bemalol harakat etardi.
Qari burgut samodagi bu qushni hayrat-la ancha vaqt kuzatgach, «Buni nima» deb so’raydi yonidagi do’stlaridan.
U burgut, deb javob beradi tovuqlardan biri. – U samoning qiroli, manzil-makoni osmon, sen va mening joyimiz yerdir, birodar.
Keksa burgut uzoq muddat tepasida uchayotgan hamjinsiga hangu-mang tikilib qoladi. O’zini tovuq his qilgani uchun tovuqlar qatori o’tib ketadi.
Siz hazrati insonsiz, siz ko’klarga loyiqsiz, «tovuq katagi»ga emas. o’zingizga, qalbingizga ishoning, agar ishonmasangiz, unda sizga Kim ham ishonadi?!!!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 11:34 | Сообщение # 13
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Ilhomlantiruvchi bir so’z

Polshalik bir yosh bolakay pianino chalishga juda qiziqardi, ammo musiqa o’qituvchisi barmoqlarining qisqa va qalin bo’lganligi bois hyech qachon undan yaxshi pianinochi chiqmasligini aytadi. Undan ko’ra, klarnet chalishni tavsiya qiladi. Biroq ko’p o’tmay, klarnet o’rgatuvchi ustozi lablarining klarnetga uyg’un emasligini va undan yaxshi klarnetchi chiqmasligini e’tirof etadi.
Kunlarning birida kutilmaganda, yosh qahramonimiz mashhur pianinochi Anton Robinshteyn bilan tanishadi. Taniqli bastakor bolaga shu kungacha hyech kim aytmagan kichik, ammo ilhomlantiruvchi bir so’zni aytadi: «Ey, yosh odam! Pianino chalishga imkoniyating bor. Aslida, sening yaxshi bir pianist bo’lishingga aminman, biroq buning uchun sen kuniga yetti soat mashq qilishing kerak».
Bolakayning butun umidi kimdandir bu ilhomlantiruvchi so’zni eshitish edi, aslida!
Robinshteyn ta’kidlaganidek, kunning asosiy qismini mashq qilish bilan o’tkazadi va harakatchanligi, intilishi ko’p o’tmay o’z mevasini beradi:
Jon Podovskiy zamonasining eng mashhur pianinochilaridan biri bo’lib yetishadi. Kichik tirgak vazifasini bajargan so’z bir bolakay imkoniyatlarining oydinlikka chiqishiga va yillar davomida atrofga nur sochishiga sababchi bo’ldi.
Shuni unutmangki, bugun sizga aytilayotgan har bir so’z ufqingizni ocha bilguvchi va butun hayotingizni o’zgartirguvchidir!
(Yosh kuch, 2005, 8-son)


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 11:38 | Сообщение # 14
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Vaqt

Bir vaqtlar butun tuyg’ular va tushunchalar yashaydigan bir orol bor ekan. Shodlik, Qayg’u, Bilim va boshqalar...Sevgi ham u yerda ekan.
Bir kuni orol suvga ko’milayotganligi haqida xabar kelibdi. Shuning uchun hamma orolni tark etish maqsadida qayiqlarlarini tayyorlay boshlabdi. Sevgi orolda qolgan eng so’ngi tuyg’u ekan. Chunki u mumkin bo’lgan eng so’ngi onga qadar kutmoqchi bo’libdi. Orol butunlay suvga botib ketar chog’ida boshqa chorasi qolmaganligi uchun Sevgi yordamga chaqira boshlabdi
Boylik juda katta bir kemada ekan. “Boylik, meni yoningga olasanmi?” – deb so’rabdi Sevgi. “Yo’q” – debdi Boylik, “Ololmayman, kemamda juda ko’p oltin va kumushlar bor. Senga joy qolmadi”
Sevgi juda chiroyli bir yelkanli qayiqdagi Kibrdan yordam so’rabdi: “Kibr, iltimos, menga yordam ber!”
“Senga yordam bera olmayman, Sevgi, shalabbo bo’lib yotibsan va yelkanlarimni bulg’ashing mumkin”.
Qayg’u ham shu yaqinlarda kan. Sevgi unga yuzlanibdi: “Qayg’u sen bilan ketay...”
“Uff...shu qadar yomonmanki, yolg’iz qolmoqchiman”.
Shodlik ham uning yonidan o’tibdi, ammo shu qadar shod-xurram ekanki, Sevgining chaqirganini eshitmabdi ham...
Shunda Sevgi bir ovozni eshitibdi: “Kel Sevgi! Seni yonimga olaman”.
Gapirgan Sevgidan ancha yoshi ulug’ kishi ekan. Sevgi o’zini shu qadar omadli va baxtli his etibdi-ki, uni o’z yoniga olgan kishining kim ekanligini so’rash yodidan ko’tarilibdi.
Yangi bir quruqlik parchasiga yetganlarida, Sevgini qutqargan kishi o’z yo’lida davom etibdi...
Undan qanchalar qarzdor bo’lib qolganligini sezgan Sevgi Bilimdan so’rabdi: “Menga yordam bergan kim edi?”
“U Vaqt edi”,-deb javob beribdi Bilim.
“Vaqt-mi? U nega menga yordam berdi?”
Bilim jilmayibdi: “Chunki faqat Vaqtgina sening naqadar buyuk ekanligingni tushunib, qadringni bila oladi...”
(samdu.uz)


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 11:40 | Сообщение # 15
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Nolning qiymati
1982 yil. Gozi Universiteti qoshidagi liseyning 2 kurs o’quvchilari Turkiya Iqtisodiyoti fani o’qituvchisini kutishayotgan edi.
Sinfxona o’quvchilarning shovqin-suronidan larzaga kelarkan, eshikdan qattiqqo’l ustozning qorasi ko’rindi. U bolalarga sovuq nigohlarini qadab, qo’lidagi bo’r bilan doskaga kattakon 1 raqamini yozdi.
- Qaranglar! - dedi u. –Bu insoniylikdir. Insoniylik hayot bizga berishi mumkin bo’lgan eng qimmatbaho narsa.
Keyin 1 ning yoniga 0 raqamini yozdi:
- Bu muvaffaqiyat. Insoniylik muvaffaqiyat bilan birga bo’lsa, 1 ni 10 ga aylantiradi, - dedi ustoz va doskadagi raqam yoniga yana bir 0 qo’shdi.
- Bu esa, tajriba. 10 bo’lsangiz 100 ga aylanasiz. Nollarni istaganingizcha qo’shing: malaka, qobiliyat, intizom, sevgi va hokazo. Qo’shilib borayotgan har bir nol insoniylikni 10 barobar kuchli qiladi.
Keyin qo’liga lattani olib, qator boshida turgan 1 ni o’chirib tashladi. Doskada bir talay 0 lar qoldi. Ustoz sukunatga mazmun berdi:
- Insoniylik bo’lmasa, boshqasi bekor!!!
Sinfda jimjitlik o’z hokimiyatini mustahkamladi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
Форум » Inson va Jamiyat » Logika va Psihologiya » Bir daqiqa ham hayotingizni o'zgartira oladi... (Hayotni o'zgartirishi mumkin bo'lgan hikoyalarni o'qiymiz)
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz