Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Begona do'st...
[23.10.2007][Muhabbatnoma]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikka sizga yoqdimi?
Всего ответов: 150
IP

 Men adashgan chorraha... - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Форум » Inson va Jamiyat » Turmush chorrahalarida » Men adashgan chorraha... (Xatolar taqdir o'yini emas.)
Men adashgan chorraha...
AlisherДата: Среда, 18.06.2008, 08:24 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Assalom alaykum hurmatli foydalanuvchi.
Nima uchun sahifaga "Kundalik" deb nom qo'ytganimning sabablari ko'p.
Kundalik turmushda, hayotda, bu foniy dunyoda har qadamda to'siqlarga, muammolarga, dardlarga duch kelamiz. Ularni taqdir deb qo'yamiz, ularni xatolar deb bilamiz. Albatta, har birimiz xato qilamiz, lekin juda ozchiligimiz bu xatolarni o'zimizniki deb tan olamiz.
Har bir turmush chorraxalarida adashganimizda bu bizga bir saboq bo'ladiki, bu saboqda to'gri hulosa chiqargan har bir inson keyingi chorraxada bu tuzoqni aylanib o'tadi.

Shunday ekan, aziz foydalanuvchi, shunday chorraxadagi to'siqlar haqida do'stlarimizni ogohlantiraylik, ularga xatolarimizdan saboq beraylik, toki ular ham bu kabi chorraxalarda adashmasinlar.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
AlisherДата: Четверг, 05.03.2009, 07:50 | Сообщение # 2
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
"Nafosat" sahifasini nima uchun o'chirib tashlaganimni minglab sababi bo'lsada, baribir o'zimni tushunolmayman. Unda forum dyarli ishlamasdi, chat yo'q edi. Unda shunchaki o'zim o'ylab topgan maqolalar, oddiy disayn bor edi holos. Barchasini HTML yordamida qilardim. Hech qanday besagi yo'qligi uchun ham oddiy edi. Sahifada yana bir men yahshi ko'rgan his, nafosat bor edi. Faqat uni doimiy ravishda yangilab turishga imkon topolmasdim.

Kundalikni yaratganimda uni doimo yangilab turaman deb o'ylagandim. Afsuski buni ham uddasidan chiqa olmadim.

Inson sabrsizlik ortidan, tushkunlikka oqibatida, jaxl ustida o'z ishonchini yo'qotishi, keyin afsuslanishi, hammasini qaytadan boshlashi mumkin, lekin asliga qaytara olmaydi.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Oddiy_qizДата: Четверг, 05.03.2009, 09:28 | Сообщение # 3
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 18
Репутация: 2
Статус: Offline
Men turmush chorrahalarida juda ko`p bor adashganman lekin doim vaqtida osha yoldan ortga qayta olganman. Ortga qaytayotganda juda kop narsamni yoqotishimga to`gri kelgan. Lekin bundan ham battari bolish mumkin ediku deyman ozimga ozim tasalli berib. Afsuslangan bilan hech narsa ortiga qaytmidi. Shuning uchun oldimga oliy maqsadlar qoyib shu maqsad sari intilaman.

Oddiy bo`lish doim yahshi
 
AlisherДата: Четверг, 05.03.2009, 09:31 | Сообщение # 4
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Oddiy_qiz, Turmush chorraxalarida adashganlar ko'p.
Ortga qaytish yo'qotishlardan iborat bo'lsa, ortga qaytgani qo'rqib qoldim. Endi faqat oldinga harakat qilmoqchiman. Balki adashayotgandirman.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Oddiy_qizДата: Четверг, 05.03.2009, 09:38 | Сообщение # 5
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 18
Репутация: 2
Статус: Offline
Alisher, Hayotda tavakkal qilib organing. Keyin hech qachon ikkilanmang. Qaror chiqarayotganingizda ham ikkilanmang.
CHANQOG`INGGA ISHON - O`ZING HAL QIL biggrin


Oddiy bo`lish doim yahshi
 
AlisherДата: Четверг, 05.03.2009, 09:40 | Сообщение # 6
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Oddiy_qiz,
Etti o'lchab bir kes degandilar. Hech o'rganolmadim. Doim 7 martadan oshib ketadi.
Lekin endi ortga qaytish yo'q: faqat olg'a!!!!


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Oddiy_qizДата: Четверг, 05.03.2009, 09:58 | Сообщение # 7
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 18
Репутация: 2
Статус: Offline
Alisher, Lekinchi ming harakat qilib o`lib tolganimiz bilan Allohni aytgani boladi. Taqdirda bori bo`ladi shuning uchun tardirda, peshonada borini ko`rishga majburmiz.

Oddiy bo`lish doim yahshi
 
AlisherДата: Четверг, 05.03.2009, 10:05 | Сообщение # 8
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Alhamdulloh, shunday.
Afsuski, ko'p hollarda xato ishlar qilamiz. xatolarimizni sir sqlaymiz, tavba qilmaymiz.
Mavzudan maqsad esa, boshimizga tushgan taqdir zarbalarini forumda muhokama qilish, shu bilan taqdirning aynan biz uchratgan zarbasiga forumdoshlarni tayyorlab borish.
Mavzuni chiroyli davom etayotganidan mamnunman.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
DurbekДата: Воскресенье, 15.03.2009, 20:59 | Сообщение # 9
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Mavzudan maqsad esa, boshimizga tushgan taqdir zarbalarini forumda muhokama qilish,

Alisher, aka hafa bo'lmangu shu gapiz menga bo'lakcha tuyuldi. Bizga ota-onamiz ayniqsa dadamiz juda qattiq tayinlagan va o'rgatgan bir gap bor:

O'g'il bola ekansan, hech qachon ko'chani gapini uyga, uyni gapini ko'chaga tashima. Ko'chani gapi-ko'chada qolsin, uyni gapi uyda.- degan.

O'zimizni muammoyimizni, boshimizga tushgan musibatni qanaqasiga hammaga dasturxon qila olamiz. Bu gaplarni eng yaqin do'stimizga ham aytolmimizu, Bu yerga qandey qo'yamiz....


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AlisherДата: Понедельник, 16.03.2009, 12:13 | Сообщение # 10
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Durbek)
ko'chani gapini uyga, uyni gapini ko'chaga tashima.

Durbek, Albatta bu gapga hammamiz amal qilamiz. Hammaning boshiga tushgan taqdir zarbasi bor, uni boshqalarga ravo ko'rmaydi. Bir qoqilgan joydan do'stingiz bilan o'tayotib uni ogohlantirib qo'yasiz. shunday emasmi?
Men forumdoshlardan o'z hayotlarini ochiq oydin, shundayligicha yozinglar deb iltimos qilganim yo'q. Faqat biz uchratgan taqdir zarbalari borligini, o'zimiz topgan choralar va yechimlar haqida fikr almashishni so'radim. Balki "Men to'g'ri qilganman" degan vaziyat o'zgalar uchun boshqacha echim topgandir? Bu haqda bilsak, hayot zarbalariga tayyor bo'lsak yaxshi emasmi?
Buni savolni ham forumdoshlar hukmiga qoldiraman.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MarjonaДата: Понедельник, 16.03.2009, 18:37 | Сообщение # 11
O'quvchi
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 1
Репутация: 0
Статус: Offline
Menimcha hayotda hamma ham xato qiladi, adashadi. Masalan, men qilgan xatoim va adshganimni va uning sababini ko‘pchilikka aytib ularni ogohlantirishni hoxlamayman. Chunki ular baribir meni xatolarimdan o‘zlariga xulosa chiqarishlariga yoki men qilgan xatoni takrorlamasliklariga ishonmayman. Hamma peshonasida borini ko‘radi. Ularga "shu ishni qilma, oqibati shunday bo‘ladi" deng, baribir boshi borib devorga tegmaguncha ishonmaydi.
Ko‘pchilik xato ustiga xato qilib turgan bir vaqtda, o‘z xatolarini birovga etib qanday qilib uni bu yo‘ldan qaytarish mumkin. Taqdir zarbalari insonni tarbiyalaydi, ulg‘aytiradi menimcha. Hammaga mustahkam iroda va sabr tilayman!


Возможно в этом мире ты всего лишь человек, но для кого-то ТЫ ВЕСЬ МИР.
 
DurbekДата: Четверг, 19.03.2009, 08:35 | Сообщение # 12
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Albattada, Alisher, aka. Hozirda odamlar maslahatga umuman e'tibor berme qo'yishgan. Ularga unday qilma bunday qil dengchi, Bir pastda ishiga aralashmaslikni yozi o'zingni bil degan ma'noda gap qaytarishadi. Nimaga ?!
Avvallari bir ishni qilishdan oldin maslahatlashib ish qilishardi. Hozirda nimaga unday bo'lib qoldi. Forumdoshlarga ushbu savolni qoldirmoqchiman.....


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
MashhuraДата: Пятница, 20.03.2009, 08:33 | Сообщение # 13
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Nasihat tinglaymiz umrda qancha
hatto ba`zisini tortolmaydi ot.
Do`stlar nasihatning o`rni bo`lakcha
O`git berar axir shu bilan hayot.

Men ham o`z-o`zimga anchadan buyon,
Nasihat qilyapman qat`iy, beshavqat.
Chunki bir nasihat tinglagan zamon
Esdan chiqib ketar o`zga nasihat.
A.Oripov
deganlaridek hammaning nasihati o`ziga yetib ortmoqda, shekilli.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
KumushДата: Суббота, 04.04.2009, 14:20 | Сообщение # 14
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Judayam yahshi mavzu!Biz kupincha adashib qilgan va xech kim bilmagan hatolarimizni tezroq unutgimiz keladi.Lekin buni tan olib boshqalarga aytish ham katta matonat talab etadi.Baribir hech kim hulosa chiqarmaydi deyishimiz ham notugri.Tugri andishani otini qurqoq quyishimiz ham yahshimas lekin usha hatoingdan hech bulmasa bir kimsa tugri hulosa chiqarib olishi ham mumkinku?Hato qildingmi usha hatoni buyama bejalib ketishi mukin.Yahshisi uni takrorlamaslikka harakat qil.(mullani qilganini qilma aytganini qil degandek)Maslahat berish oson lekin uzingga kelganda bandamiz ekan deb quyaveramiz.Uni buni quyib turaylikda kelinglar forumdoshlar matonat bilan qilgan va hamon qilayotgan hatolarimizni tan olaylik.!Kim birinchi boshlaydi?Balki Alisher aka uziz boshlab berarsiz???:-))

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Понедельник, 13.04.2009, 10:41 | Сообщение # 15
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Taklifingizni qabul qilaman.
Internetda ko'p suhbatlashardim. Asosan qizlar bilan suhbat qilib, ularni sirlarini o'rganardim. Ular mening izmimga tushib qolganliklarini bilib tursam ham ortga qaytmasdim. Bir kun keldiki, bu ishlarim noto'gri ekanini bilib qoldim, ularni hayotini o'zimning shirin aldovlarim bilan zaharlayotganimni tan oldim. Avvval shirin so'zlarimga uchib oshiq bo'lgan qizlarga men ham hayrihohlik bildirgan bo'lsam, keyin osongina rad javobini bera boshladim. Afsuski, rad javobi ularning qalbiga ozor berishini bilmasdim. Endi esa, avvaldanoq ularni Singil, Opa, Do'st sifatda qabul qilishga o'zimni o'rgatdim. Bu so'zlarga loyiq bo'lish qanchalik qiyin ekanini bilsangiz meni to'gri tushunasiz degan umiddaman.
Qizlarga va yigitlarga, forumdoshlarga maslahatim, qalb bilan, muhabbat bilan, hislar bilan o'ynashmang, zero bu yanada kattaroq azoblarga olib keladi.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Форум » Inson va Jamiyat » Turmush chorrahalarida » Men adashgan chorraha... (Xatolar taqdir o'yini emas.)
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz