Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Begona do'st...
[23.10.2007][Muhabbatnoma]
Forum faollari
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292
IP

 Ro'zg'or maslahatlari - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Alisher  
Форум » Inson va Jamiyat » Ro'zg'or tashvishlari » Ro'zg'or maslahatlari (Ro'zg'orga kerakli foydali maslahatlar)
Ro'zg'or maslahatlari
AlisherДата: Понедельник, 25.02.2008, 08:42 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Har qanday ro'z'gorning o'z sirlari borki, ular kunlik tashvishlarimizni engillatibgina qolmay, ro'zg'orimizga qut-baraka, ozodalik va osoyishtalik olib kiradi. Agar har birimiz o'z ro'z'gorimizning oddiy sirlari haqida fikr almashsak foydadan holi bo'lmasdi.

Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
AlisherДата: Понедельник, 25.02.2008, 08:49 | Сообщение # 2
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Dazmolning pastki qismi kir bo'lgan bo'lsa, uni tozalashda tish pastasidan foydalanish mumkin. Tozalab bo'lgandan keyin dazmolning ishchi qismini yana bir bor yumshoq jun mato bilan artib tashlashni unutmang.

Agar oshxonadagi kumush anjomlar qoramtir bo'lib qolgan bo'lsa, ularni sarimsoq po'stlog'i solingan suvda qaynatib olsangiz, ular yana avvalgidek yangi holatga qaytadi. (Tilla buyumlar haqida hozircha ma'lumot yo'q)


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Oddiy_qizДата: Четверг, 05.03.2009, 12:18 | Сообщение # 3
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 18
Репутация: 2
Статус: Offline
Alisher, maslahatlariz uchun katta rahmat biggrin

Oddiy bo`lish doim yahshi
 
MashhuraДата: Пятница, 13.03.2009, 09:00 | Сообщение # 4
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Agar yog`lik narsalar ko`p bo`lsa, qishloq sharoitida ularni poroshoklab yuvishning iloji bo`lmasa (masalan uning uchun juda ko`p suv kerak bo`ladi), oddiy ayrondan foydalanish mumkin.

«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 13.03.2009, 09:04 | Сообщение # 5
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Dazmolni tozalash uchun osh tuzidan foydalansa bo`ladi. Uning uchun dazmol sal qizdiriladi va tuz bilan sekin-asta artiladi.

«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Понедельник, 23.03.2009, 16:08 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Qadimda sovutgichlar bo'lmagan. Momolarimiz go`shtni tuzlab, salqin joyda quritib, omborxonalarda yog`ga solib yoki unga qo`shib saqlashgan.

«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
AlisherДата: Понедельник, 23.03.2009, 16:11 | Сообщение # 7
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Mashhura, Hozirgi zamonda hammaning uyida muzlatgich bo'lsa kerak. Lekin ba'zida ishlamay qolib, barcha mahsulotlar aynib qoladi. Shunda go'shtni vaqtincha, muzlatgich tuzalguncha qanday saqlash mumkin? Yoki qovurib, bir kundayoq paqqos tushirib qo'ya qolgan ma'qulmi?

Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Пятница, 03.04.2009, 12:10 | Сообщение # 8
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Qovurib paqqos tushirish haqidagi gapiz ham chakkimas)))Zor maslahat bo'ldi.Tuzlab qoqi qilib quysa ham buladiku lekin buniyam eplay olgan qiladi.Yahshisi muzlatgichni nazorat va etibor bilan ishlatganiz ma'qul.

Добавлено (03.04.2009, 10:58)
---------------------------------------------
Osh tuzi nafaqat dazmolni balki sirli idishdagi dog'larni ham ketkazadi.Kup miqdorda usimlik yog'ini saqlamoqchi bulsangiz yirik tuzdan bir siqim solib quyilsa mahsulot aynimay yahshi saqlanadi.Kuproq guruch saqlamoqchi bulsangiz ham tuz bilan qorib qo'yilsa har hil qurtlardan saqlab turadi.

Добавлено (03.04.2009, 11:10)
---------------------------------------------
Bu maslahatim qizlarga tegishli.Qolgan ovqatni qozonda quymang.Bushatib yuvib quying.Qozonni yuvganda albatta qulog'ini ham yuvish kerak(buni menga buvim aytardi)Qozon ruzg'orni barakasi sanaladi.Ovqat qilayotgan vaqtda ham kaftgirni taraq taraq etib qozonga tekkizmang.Qadimgilarni aytishicha baraka ucharmish.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Понедельник, 13.04.2009, 09:55 | Сообщение # 9
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Muzlatkich mavzusini davom ettiraman:
Muzlatkichning muzxonasiga tuzli va ishqorli narsalarni qo'yishda ehtiyot bo'lish kerak: Muzxonaning alyumin quvurlari va uskunalari tuzdan tez yemiriladi va teshilib ishdan chiqishi mumkin.

Yana bir narsa: Odatda Muzqaymoqni muzhonada saqlasam erib ketadi. Ortib qolgan muzqaymoqni qanday saqlash mumkin?


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Среда, 15.04.2009, 11:11 | Сообщение # 10
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Muzlatgich nafaqat ishlamay qoladi. Ba`zan svet kunlab o`chib qolishi mumkin. Shunda go`shtni qoq qilishning iloji bo`lmasa (Buni odatda mo`risi bor oshxonalarda, salqin joylarda amalga oshirish mumkin), yaxshi qovurib (go`sht uncha katta bo`lmagan shaklda bo`lishi kerak) go`shtni yopadigan darajadagi yog`ga solib qo`yilsa, kifoya. Uni tugaguncha shu holda ishlatish mumkin. Ammo yog` undan pasayib ketmasligiga e`tibor qilish kerak. Bundan tashqari, go`sht yaxshi qovurilishi shart. Agar yaxshi qovirilmasa uzoq muddatda go`shtning ichi yumshab qoladi.

«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
AlisherДата: Среда, 15.04.2009, 11:15 | Сообщение # 11
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Odatda uzoq safarga chiqayotganimda shunday yo'l tutaman: Go'stni qovurdoq qilib bankaga solib olamiz. Bunda go'st yog'ning ichida uzoq vaqt buzilmay saqlanishi mumkin va juda mazali, to'yimli ovqat bo'ladi.
Mashhura, maslahatlar uchun rahmat.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Среда, 15.04.2009, 11:26 | Сообщение # 12
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Irimlarni eshitib qolganda, o`ylayman: Anam (otamning onasi) kechqurun idishlarni yuvib qo`y derdi. Men erinchoqlik qilib ertaga yuvishimni aytsam, u kishi menga idishlar kechasi Makkaga boradi. Yuvilmagan idishlar borolmay qoladi. Ertasi kuni undan so`rasa, qo`li singur falonchi meni yuvmadi, deydi, deb aytardi. Men qo`rqqanimdan idishlarni yuvib qo`yardim va hozir unday bo`lmasligini bilaman (yaxshirog`ini O`zi biladi). Bugun bu odatga aylangan.

«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Среда, 15.04.2009, 11:32 | Сообщение # 13
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Ko`p yog`da qovurilgan sabzavotlar, kam yog`da qovurilganlarga nisbatan vitaminni yaxshi saqlab qoladi.

«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Среда, 15.04.2009, 11:36 | Сообщение # 14
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Jigarni qovurib bo`lgandan keyin tuzlash kerak. Agarda uni oldin tuzlasangiz, qattiq bo`lib qoladi.

«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
KumushДата: Среда, 15.04.2009, 12:14 | Сообщение # 15
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Ko'pchilik bahor oylarida salomatchiligidan nolib yuradi.Vitamin yetishmovchiligi holsizlik va kamqonlikdan shikoyat qilishadi.Qadimgilar bu davrni "ilik uzildi"deb atashgan.Bu davrda ko'k ismaloq yalpiz shunga uhshagan ko'katlardan qilingan taomlarni istemol qilishingizni tavsiya etaman.Yangi chiqqan tok(uzum) barglari ham ishtaha ochishi va vitaminlarga serobligi uchun ovqatga solinsa yahshi bo'ladi.

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
Форум » Inson va Jamiyat » Ro'zg'or tashvishlari » Ro'zg'or maslahatlari (Ro'zg'orga kerakli foydali maslahatlar)
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz