Quote (Kumush)
Gunohini orqalagancha
Ketib borar yolg'iz yo'lovchi.
Qaramaydi na yon na ortga,
Na aytuvchi, na yo'l so'rovchi.
Inson savob qiladi. Inson gunoh qiladi. Begunoh insonni esa topish qiyin.
Gunohlarimizdan kechish uchun Allohning birgina rahmati yetarli, lekin gunohimizni bilsakda tavba qilmaymiz, dardimizni ichimizga yutamiz. Birovdan maslahat ham so'ramaymiz, Birovdan o'rganmaymiz, ibrat olmaymiz. O'z dardimizga o'zimiz qovurilamiz.
Quote (Kumush)
Ketib borar jim-jit, egik bosh,
Yuzida bor na bir alomat,
Ketib borar sukunat kabi,
Unga kelgan ne bir malomat?
Bunday insonni ko'rganda hammaning rahmi keladi. Unga yordam bermoqchi bo'lsa ham unga yurak yutib yaqinlasha olmaydilar.
Quote
Ketib borar ko'zlari ma'nisiz,
Qadam sharpa bermas toshda ham.
Misli qadam tashlagan soya,
Tana unga ergashgan qalam.
U esa soya kabi sharpasiz, o'zi esa soya kabi e'tiborsiz ketib boraveradi. Uni hech kim sezmaydi. U hech narsadan umid kutmaydi. Uning uchun hammasi tugagandir...
Quote (Kumush)
Umidini yo'qotib qoyib,
Ketib borar arosat sari...
Bu inson gunohlaridan tavba qilgan bo'lsada umidini ham yo'qotgan. Endi gunoh ham, savob ham qilmaydi. U na Jannati, va na Do'zahi.... Uning manzili Arosat.
Alloh arosatdan o'zi saqlasin.
Bilmadim, nima uchun yozdim, lekin yozgim keldi. Ma'no esa she'r tugagandan kein chiqdi...