Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Forum faollari
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 262
IP

 Olis taqdirlar. Virtual roman. - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Форум » Adabiyot va San'at » Foydalanuvchilar ijodidan » Olis taqdirlar. Virtual roman. (Balki forumdoshlar birgalikda roman yozib ko'rarmiz?)
Olis taqdirlar. Virtual roman.
AlisherДата: Среда, 04.03.2009, 12:26 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Muqaddima:

Internet olamiga kirib kelganimda bu olamni bolalikning bir o'yini kabi tushungandim. O'yin qonunini o'zim tasavvur qilgan olam qonunlari asosida o'zimcha yaratardim. Bu shu qadar qiziqarli ediki, mag'lubiyat nimaligini bilmasdim: undagi yutuqlar ham, mag'ubiyatlar ham shunchaki bir ermak edi.
Bir kun esa haqiqiy mag'lubiyatga uchradim: Internet olami men yaratgan qoidalar bilan mengabo'ysunganidek, men ham kimlarnidir yaratgan qoidalariga bo'ysunishimni tushunib qoldim. Balki bu kimlargadir g'alabadir, lekin men o'zim yaratgan olamni mavjud emasligini, ro'yo ekanini bilganimda, bu ayni mag'lubiyat edi.
Internet olamida tutashgan taqdir chorraxalari foniy dunyo taqdir chorraxalarida kesisha boshladi.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
AlisherДата: Среда, 04.03.2009, 12:37 | Сообщение # 2
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Ogohlantirish:

Ushbu mavzuda qoldirilgan mavzudan tashqari har qanday habar ogohlantirishsiz o'chirib tashlanadi. Romanda har bir foydalanuvchi o'z forumdagi nomida o'z hikoyasi bilan qatnashadi. Voqea hodisalarni bir biriga bog'lash uchun roman qahramonlari (forumdoshlar) bir biri bilan choyxona, shaxsiy habar orqali, yoki mahsus forum orqali bog'lanib, kelishib olishlari mumkin. Hikoyalar real bo'lmasligi, to'qib chiqarilgan bo'lishi mumkin. Lekin, hikoyalarda tilga olingan forumdoshlar hikoyaga qarshilik qilmasliklari shart. Shu jumladan, kahramon sifatida boshqa forum ishtirokchilari esga olinsa, forum manzili aniq ko'rsatilishi shart. Bu qoidalar o'ylab topilgan qahramon yoki forum uchun shart emas, ammo o'ylab topilgan forum internetda mavjud bo'lmasligi kerak.

Mavzudan tashqari savol va bildirishlar uchun habarga sarlavha qilib
"Shaxsiy fikr, talab va taklif, izoh" so'zlaridan foydalaning.

Forum ishtirokchilari hikoya qilayotgan roman qismlarini forumda tanqid qilish ta'qiqlanadi. Buning uchun shaxsiy habardan foydalaning.

Eslatma:
Administrator barcha ta'qiqlardan ozod qilinadi.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
AlisherДата: Вторник, 21.04.2009, 11:34 | Сообщение # 3
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Muqaddima....

Uni "Hayol" deb atayman. U kimgadir aka, kimgadir uka, kimgadir esa shunchaki do'st, kimgadir dushman. Uni har kim o'zi istagancha qabul qilsin.

Hayol butun borliqqa sig'moqchi bo'lardi. U hamma narsani bilgisi, o'rgangisi, uni o'zi kabi cheksiz qilmoqchi bo'lardi. Un chegarani dushman, haqiqatni ertak, olamni cheksiz, mavhumlikni sir deb tusunardi. U cheksiz bir olam edi, undagi sayyoralar barchasi unga qaram edi. U ismiga mos bir hayol edi.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Суббота, 25.04.2009, 13:37 | Сообщение # 4
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
U meni akam edi yelkasiga chiqarib o'ynatar edi meni.Uni yelkasida o'tirganimcha sog'inganlarim Buvimni etagiga suykalardim.O'sha men uchun eng qadrdon hidni tuyardim.Bu hiddan biroz o'tinni yolqini va tezak hidi kelardi.Lekin men buni mushki anbarlarga alishmasdim....
Men u bilan bahtli edim.Huddi tug'ishgan ukam singari qayoqqa yuborsam g'ing demay jo'nardi.Bir soniyada meni Dunyoni turli chekkalariga Alyaskadan tutib Yapon dengizigacha,Misr ehromlariyu,Meksika chakalakzorlariga,Hitoy devorlariyu,Evropaning ulug'vor shaharlariga sayohatga olib borardi....
O hayol!Nimalarga qodir qilmaysan bizni...


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Суббота, 25.04.2009, 19:49 | Сообщение # 5
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Do'stim, eng yaqin do'stim edi. Hech kim bilan suhbatlashmasdan, hech kimga qo'shilmadan u bilan bir burchakka kirib olib, suhbatlashardim. Hech kimga aytmagan gaplarimni faqat unga aytardim. U menga judayam ko'p maslahatlar berar, turli xil rejalar tuzar, uni amalga oshirish yo'llarini o'rgatardi. Lekin onda-sonda meni adashtirardi ham. U o'rgatgan yo'ldan yursam, to'g'ri yo'ldan chiqib boshqa bir ko'chaga kirib qolardim. Keyin esa o'sha ko'chadan, asl yo'lga chiqish uchun ancha qiynalar edim....
Ex mening qalin do'stim bo'lgan HAyolim. Nega hozirda nuqul meni miyyamga D.ni olib kelaverasan a? Bir zum bo'lsa ham, bemalol ishle... Iltimos mening do'stim bir daqiqaga meni tinch qo'y. Axir sen meni do'stimsan, Do'st-do'stini tushunishi kerekku......


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!

Сообщение отредактировал Durbek - Суббота, 25.04.2009, 19:52
 
KumushДата: Вторник, 28.04.2009, 11:12 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Qismatimga bitilgan hodisalar mening orzu hayollarimdan ming chaqirim narida edi.Oliy dargohlarda o'qiyman degandim lekin hayol bo'lib qoldi.Nahotki ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat insoniyatni kamolga yetib tafakkur va shon-shuhrat cho'qqilarini zabt etishdek orzulariga to'siq bo'lolsa...
Hayotning aqlim bovar qilmas darajada g'ayritabiy qonunlaridan hayratlanardim.Men samimiy haqqoniy fikrlarim evaziga telba degan nomni ,kishilarning o'zimga bo'lgan nafratiga duch kelardim.Ikkiyuzlamachiligimdan ,birovga ozor berishimdan esa hurmat e'tibor ko'rardim.Nahotki yolg'onchi dunyo shunaqa yolg'on munosabatlarga qurilgan bo'lsa....
Manfaat atalmish girdobga o'ralib qolgan bir to'da olomon ichra yurar ekanman cheksiz sahroda karvonidan ajrab qolgan yolg'iz yo'lovchidek tanho edim....
Qizlarga, chiroyli ko'ylak kiysa sevinib yuradigan,tagli tahtli badavlat yigitlar sevgi izhor qilishsa o'zlarini bahtli sanaydigan qizlarga dugonalarimga havasim kelardi.(chunki ularni bahti tabiy,oddiygina samimiy edida,shu holat ularni qoniqtiradida).Men qurg'ur bo'lsa nimalarnidir umid qilardim.Men oddiygina inson emasman men buyuk ishlar uchun tug'ilganman degan ahmoqona hayollar og'ushida yashardim.Bir kun kelib albatta dunyo meni kashf qiladi deb o'ylardim.TELBALIK tug'rimi?Men menimni hurmat qilardim menim bilan fahrlanardim....
Yillar o'tib ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar orzu hayollarimga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi albatta.Miyam fikrlayverib o'ylayverib zo'riqqanidan,Men kutgan shon-shuhrat sarob ekanligini anglaganimdan keyin,vujudim sovuq zaxarxanda,hissiz,hafsalasiz shakkok bir kimsaga aylandi qoldi.Endi men uchun dunyoni hodisalari ahamiyatsiz bir o'yinga aylandi.Sevgi haqda gap ketsa sevgini inkor qiladigan,mehr muhabbatni rad etadigan,insoniy munosabatlar ustidan kuladigan bulib qoldim.Chunki hudoyim menga yaramas bir istedod hadya etgandiki har kimni va narsani asl basharasini ko'ra olardim....
Endi esa ikkiyuzlamachilikni hushomadni sohta tabassumni o'zimga niqob qilib oldim.Ohirgi kungacha shunday yashashga mahkumman...
Yahshiyam yonimda u bor.
Meni bir zumga ham yolg'iz qo'ymaydigan hayol bor...


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Вторник, 28.04.2009, 16:18 | Сообщение # 7
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Hayotda o'xshash taqdirlar qancha uchraydi... Baht ortidan kelgan bahtsizlik, g'am ortidan kelgan shodliklar...
Dostiga ishonib sirini aytgan bir notovon o'ziga qanday dushman orttirib olganini bilmaydi. Biri esa shaffof niqob taqib olgancha masharabozlik qiladi, go'yo uni hech kim tanimaydigandek. Lekin ikkisining ham dardi birdek: biri ko'zini ko'r qilgan muhabbatga talpinsa, biri aqlini tanitgan muhabbatdan qochadi. Taqdir ularga ikki teskari yo'l berganiga qaramay, ularning ko'chalari har bir muyulishda kesishadi. Hatto bu chorrahalarni boshqa taqdir yo'llari ham kesib otadi gohida. Ular esa o'zlari yurgan yo'llardan qaytmaydilar: chunki faqat ular asosiy yo'ldan ketib boradilar. Aynan ular... Har birini tinglasang go'yo oddiy tuproq bilan qoplangan taqdir yo'llari yo'qdek... Ammo ular aynan mana shunday tuproq ko'chalarni ham orzu qilishadi, buni tan olishmasa ham...

- Hayol!!!!! Yana qayerlarda izg'ib yuribsan? Biror narsaga foydang tegadimi o'zi???
Hulosa opaning ukasiga baqirgani eshitildi... Hayol bir sapchib tushdi: aha endi eshitadi eshitadiganini... Falsafa boboga ekishga tayyorlangan urug'larni olib borib bermaganini bilsa sog' qo'ymaydi. O'lasi qilib savalasa kerak. Hayol qopchalarga ajratib solingan urug'larni ko'targancha boboning oldiga yugurdi...
Hayol Hulosa opadan o'larcha qo'rqadi. Opasi bo'lsa ham ayamay savalaydi. Yahshi ham tog'asi Xaqiqat aka bor, aldab bo'lsa ham yonini oladi. Yosh bolada deb kulib qo'yadi... Aslini olganda yolg'on gapirganini bilsa ham Xaqiqat aka indamaydi. Bir kun egizagi Yolg'on aka bilan bo'lgan voqeani so'zlab bergandi: Yolg'on akani bezorilar tutib olib rosa do'pposlashibdi. Qirq kungacha ko'chaga chiqolmay uyda to'shkka mihlanib yotdi. Bu orada esahamma o'zini Haqaqat akadan olib qochar, yuziga qarasha olmas, qurquvdanmi, uyatdanmi skingina salom berib quyon bo'lishardi. Toki Yo'lgon tuzalib yana ko'cha changitmaguncha, Xaqiqat aka ham sal bo'lmasa to'shakka mixlanib qolayozdi....
Hayol esa hali ham bu hikoya mazmunini tushunolmadi. Balki egizagi bo'lganda u ham u bilan shunday qadrdon bo'larmidi? Lekin baribir tushunmadi.... Opasidan soragani esa qorqadi...

Hayol tuproq ko'chalarda chopib ketar ekan, tosh ko'cha bilan kesishgan chorrahada allakimning yig'lab o'tirganiga parvo ham qilmadi....


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
DurbekДата: Вторник, 28.04.2009, 21:31 | Сообщение # 8
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Muhammadsiddiq ko'chadan yig'lab qaytdi. Onasi esa undan nimaga yig'layotganini so'ragan edi, qo'shnining og'li, o'yinchog'ini olib qo'yib o'zini esa tepib haydaganini aytdi. Bolada, aytsam chiqib uni ham urib yana o'yinchog'imni qaytarib olib beradi- deb o'ylaganmi...
Ichkari uyda kitob o'qib yotardim. Tashqaridan o'g'limning yig'lagan, onasining esa uni ovutib "qani yurchi"- degan ovozini eshitib qoldim. O'sha zahoti o'rnimdan dast turdimda, hovliga chiqdim. Qo'limga yig'lab turgan o'g'limni oldim:
-Nima bo'ldi onasi? Qayoqqa ketyapsiz yig'layotgan bolani ovolib?
-Qo'shnini og'li Ahmad, siz sovg'a qilgan o'yinchoqni og'lizni qo'lidan olib, o'zini tepibdi. Buniiz, shunga yig'layapti....
-Nima? meni og'lim ko'chadan kaltak yeb, uyga yig'lab keptimi? Uni ustiga qo'lidagi narsasini oldirib a?... Nechchiga kirdi u bola o'zi?
-7ga kirdiyu. O'tgan kuni O'g'lizni tug'ilgan kuniga aytudi o'ziz unamadizu.
-Nima? Muhammadsiddiqdan bir yosh katta holosmi?!
Shu zahoti qo'limda yupanib, ikkalamizni suhbatimizni eshitib tugan o'g'limni dast yerga qo'dimda, Bugun senga ovqat yo'q. Uyga kirmesan, ko'chada yotasan! Hozir borib o'sha Ahmadni urib yig'latib qaytasan, Men derazadan qarab turaman tushundingmi (Otam ham meni shundek tarbiya qilgandi,o'shandan beri uyga yig'lab emas,yig'latib qaytishga urunganman) ????
Gapga ayolim aralashdi. Unga jahlim bilan qaragan edim indamasdan uyga kirib ketti....
Birdan qo'lim kuyayotganini his qildim. Qarasam qo'limdagi sigaret yarmiga kelib, sigaretani ushlab turgan barmoqlarimni kuydirayotgan ekan. Shoshib tashlab yubordim. Barmog'im kuyibdi. Orqasidan cho'ntakdagi boshqa sigaretni olib uni ham tutashtirdimda, chuuquur tordim. EXXE yana hayol ketibdi-da. Ey sen telba hayol nimaga meni aldayapsan.? U qiz meniki emas. U qiz endi menga begona. Axir o’tgan hafta oxirgi so’zimni aytib, uning ham oxirgi gapini eshitdimku. NImaga haliyam u bilan shirin turmushni, o’zimiz hohlagan ismli farzandlarimiz bo’lishini, u bilan baxtli yashayotganimni miyyamga olib kelib yuragimni siqaverasan a? Nimaga sen meni tinch qo’ymayapsan ??? Sendan qandek qilib qutulsam bo’ladi…
Ha topdim. Endi meni do’stim bo’lgan hayolim, meni boshqa bezovta qilolmaysan. Ishonmaysanmi ?! Mana hozir sening qarshingda oxirgi sigaretamni chekayapman va oxirgi so’zimni aytayapman. Diydor qiyomatga qoldi…


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Пятница, 01.05.2009, 11:20 | Сообщение # 9
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
O'sha loyshuvoq pahsa ortida yig'layotgan kimsani men yahshi tanirdim .U doim hammadan uyalib, qisinib qimtinib yurguvchi edi.Hayol uni ko'rmay o'tib ketganidan so'ng, allaqancha vaqtgacha bog'da devor tagida birov eshitib qolishidan uyalgancha,unsiz yig'lab o'tirdi.O'zi aslida u o'sha qizni yoniga qaerdan ham bordi.Keling bir boshdan sizga bu qanday yuz berganini so'zlab beraman.Hammasiga o'sha sovchilar aybdor.Ko'ngil qo'ygani borligini ota onasiga aytaman desa qahramonimiz bunga yo'l bermadi.Nima uchun deysizmi?Albatta kahramonimiz shunday bo'lishi kerak deb hisobladi...Endi esa oradan yillar o'tib qizni mayus holda ko'rib qoldiyu,o'zini aybdor sanab yig'lab o'tiribdi.Qizning taqdiri nima bo'ldi deysizmi? Mana eshiting.Siz hech vaqt osoyishta qish oqshomlarida derazadan sevalab turgan yomg'irga tikilgancha muhabbat va yoshlik hotiralariga berilganmisiz?Hayol sizni uzoq uzoqlarga olib ketadi.Bir payt no'malum musavvir paydo bo'ladida binafsharang shulalar qo'ynida yo'shlik manzaralarini tasvirlab beradi.Bu bir daqiqa ichida sodir bo'ladigan va aslo takrorlanmaydigan afsonaviy manzaradir.Qayta tasavvurda jonlantiraman deysiz lekin eplolmaysiz.Shunda chuqur ho'rsinib qo'yasiz...Ho'sh qizga nima bo'ldi deysizmi?Haliyam tushunmadingizmi ahir u qiz armonku?Ha huddi o'sha bizni yuragimiz qatlarida biz bilan hamnafas yashayotgan armonni o'zginasi...
Uni hohlagan joyingizda uchratishingiz mumkin.Ayniqsa yomg'ir yog'ayotganda derazadan tikilib turgan millionlab ko'zlarda u yaqqol nomoyon bo'ladi.Mayli ho'p angladim bu armon ekan ammo haligi yig'layotgan kimsa kim deysizmi?O ! U Yig'layotgan kimsa doim biz otini qo'rqoq qo'yganimiz andishaku!U doim hammadan pand yeb o'zini qo'rqoq ataganlaridan hafa bo'lib yuradi...
Ana shunaqa azizim biz esa doim ham uni o'zimizga do'st tutavermaymiz...
Sutdek oydin kechada, eski devor tagida, yig'layotganini birov eshitib qolmasin degan hadik bilan.....
Essiz…Hayol uni ko'rmay yoki o'zini ko'rmaganga olib o'tib kettiya...


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KumushДата: Суббота, 16.05.2009, 10:25 | Сообщение # 10
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Olis taqdirlar...Uzoqdagi yaqinlar,Yaqindagi begonalar.
U musofir edi.Keyingi vaqtlarda sog'inch,qo'msash kabi tuyg'ularni his qilmay qo'ydi.Bor edi qachonlardir bir vaqtlar sog'inardi.Ayniqsa onasini sog'inardi.Mana oradan 10 yilcha vaqt o'tdi otasini o'tib qolganini eshitdiyu,diydor qiyomatga qolganini o'ylab battar uyidan sovub qoldi...
Nahot mehr faqat ko'zda bo'lsa?
Onasini yolvorishlariyu aka opalarining tanbexlari unga ta'sir qilmasdi.Faqat onasining ko'z yoshlarigina uni ozgina hayajonga solar o'zidan nafratlanishga majbur etar,to'yguncha ichib hammasini unutishga harakat qilardi....
To'kin sochin musofir shaxri unga panoxdek tuyulardi.Shu zaminga singishib ketdim endi ortga yo'l yo'q deb o'ylardi...
Hayol uni o'z vataniga, uyiga, bolalik xotiralariga behuda yetaklardi.U xech qaysini eslamaslikka harakat qilardi...
Manqurt...
Xa uni manqurt desak yanglishmagan bo'lamiz...
Onasini Nayman ona misol tig'siz halok etayotgandi...
Agar o'sha voqea bo'lmaganda ahvol haliyam shunday davom etarmidi?Uni uchratib qoldiyu hammasi o'zgarib ketti...
Sen meni yupatding, seni yig'latdim
Sen meni yaratding, seni tugattim...
Hayolan takrorladi u...
Tushlarida nigohlarni ko'rardi har kun.Unga tikilib turgan bir juft nigoh vijdonini so'roqlardi,mudroq bosgan vijdonini...
Kim u?
Kim ayta oladi kimning ko'zlari u?
Va nihoyat bir kun bu ko'zlar tilga kirdi:
Uyimning chirog'in yoqmay bolam sen,
Qaerlarda yuribsan daydib?
Birdan cho'chib uyg'ondi.Qarasa yuragi yig'layotgan ekan.
Bo'ldi yetar
bas...
Uyimga ketaman,
Bu musofir shahar jonimga tegdi.
Faqat tong otsin,
Tong otsa bo'ldi.
Qishlog'imga ketaman faqat tong otsin....

Hayol qaerlarda yuribsan yana?Kelmaysanmi yonimga?Olmaysanmi meni qaynoq bag'ringga?Sanoqli bahtiyor odamlar yashaydigan bu zaminda senla bezagayman umr daftarimni...

Aytchi hayol menga loaqal bir kungina baxtli yashaydigan odamlar bormikan bu zaminda?
Kim ekan ular?
Olislardami?
Taqdirlari qay ko'chalardan o'tib bormoqda alarning?
Qani so'zlachi???

Uyqum kelyapti ertaga so'ylab beraman,faqat tong otsin,tong otsa bo'ldi...


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
Форум » Adabiyot va San'at » Foydalanuvchilar ijodidan » Olis taqdirlar. Virtual roman. (Balki forumdoshlar birgalikda roman yozib ko'rarmiz?)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz