Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikka sizga yoqdimi?
Всего ответов: 150
IP

 Bir donish kundaligidan - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Форум » Adabiyot va San'at » Foydalanuvchilar ijodidan » Bir donish kundaligidan
Bir donish kundaligidan
KumushДата: Четверг, 16.04.2009, 18:05 | Сообщение # 1
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quloq soling azizlarim baxtsizliklar odamga boylik olib keladi Bilimsizlikdan odam yashashni urganadi Uylamay ish qilaverib odam tinkasini quritadi.Odamzotning butun hayoti ikkita so'zga bo'linadi.Tilak va imkon.Lekin bu ikovidan tashqari bir aqida bor bu bilish.Tilak bizni kuydiradi imkon vayron qiladi.Bilish esa bizning zaif vujudimizni abadiy sokinlikka yetaklaydi.Fikriy tafakkur kishini hammadan ustun qiladi.Demak tilakni istakni mening fikrlarim o'ldirib yuborgan.Men vujudimning ehtiyojlariga qarab ish qilaman va qudratli bo'laman.Hullas ko'ngil ko'chasiga kirib yashamadim,ko'ngil odamni xarob qiladi.Hissiyotlarimga ishonib ham yashamadim.Chunki hissiyotlar o'tmaslashib qoladi.Men aqlimga qarab yashadim.Aql esa hech qachon eskirmaydi!Men butun dunyoni ko'rdimMen hamma halqlarni tilini o'rgandim.Xullas men hamma narsaga erishdim.Chunki hech narsani (dunyo molini)pisand qilmadim.Dunyoni kurish bilimlarni egallash orzuim edi .Bullar hammasi dunyoni anglash emasmi?Hamma narsani bilish ko'ngil uchun lazzat emasmi?Hayotni tub mohiyatini kashf etish unga chuqur kirib borish tuyiqsiz rohat emasmi?Moddiy narsalarni to'plashdan nima qoladi.?Hech nima!Bu dunyoda faqat g'oya qoladi.O'ylab ko'ring tafakkurida butun borliqni aks ettira oladigan va baht manbalarini o'z qalbiga ko'chira oladigan,ularni turmushning iflosliklaridan tozalab olam olam lazzat ola biladigan ma'naviyatli odamning hayoti qanday go'zal bo'ladi.Tafakkur barcha xazinalarning kaliti.Xullas men arshi aloda yurardim barcha lazzatlarim ruhiy shodliklardan iborat edi.Men boy edim.Jahonga dovruq solgan multimilionerlarni sariq chaqaga olmasdim.Men hech narsa tilamasdim xech narsa suramasdim faqat kuzatardim.Dunyoyi dunning kundalik holatini uzimcha miyig'ida sokin turib kuzatardim.Men hammadan ustun ekanligimni his qilardim chunki kunglimda uzga bir olam yarata bilgandim.Vaqt va makonning toliqtiruvchi kishanlarisiz harakat qilib cheksiz lazzatlanish borliqni aslicha ko'rish afzal emasmi?Sizlarning ijtimoiy g'oyalaringiz,hoyu havaslaringiz ochko'zligingiz sizlarni ado qiluvchi shodliklaringiz,yurakni hovuchlab yashashga majbur etuvchi qayg'u hasratlaringiz hammasidan qulimni yuvib qo'ltiqqa urganim mening eng katta yutuqim bo'ldi.Jismoniy dunyoning qittay hafagarchiligi ham odamni tinimsiz jarohatlaydi,hayolingdagi dunyoni ravshan nurlari esa rohat farog'at bag'ishlaydi.Lazzat qaerda dardga aylanadiyu dard qaerda lazzatligicha qoladi?Chegarasini Kim biladi deysiz?!Donolik bilimdan keladi.Tentaklik esa tilaklarning yoki kuch qudratning tiyiqsizligidan kelib chiqadi.Umuman yer yuzi va odamlari geografik keng;liklarga moslashgan.Evropada hammani qoyil qoldiradigan narsa Osiyoda qoralanadi.Dunyoni u chekkasida zarurat deb hisoblangan narsa bu chekkasida illat hisoblanadi.Ha er yuzida puhta narsani uzi yuq Faqat shartlilik bor holos.Baht nimada ?Bu hayotimizni yemiradigan kuchli hayajon,yohud hayotni yahshi sozlangan ingliz mehanizmiga aylantiruvchi bir maromdagi mashg'ulot holos.Chinakam baht esa har birimizni yuragimizda tafakkurimizda .!Hullas men hayolimda dunyoga hukmronlik qilaman Dunyo esa menga zarracha hukmini o'tkazolmaydi.Hullas tafakkur orqali men ikki dunyo saodatiga va tangriga qovushdim!!!

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Пятница, 17.04.2009, 09:26 | Сообщение # 2
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Kumush)
Hullas men hayolimda dunyoga hukmronlik qilaman Dunyo esa menga zarracha hukmini o'tkazolmaydi.

Dunyo nima? Borliq nima? Kimdir cheksizlik bilan, kimdir o'zi bilan chegaralaydi bu tushunchalarni.
Quote (Kumush)
Hullas tafakkur orqali men ikki dunyo saodatiga va tangriga qovushdim!!!

Balki Taffakkur shu qadar go'zaldir, lekin yana bir narsa borki, undan ustunroq qo'ya oldim: ITOAT. Ibodat esa uning haloskoridir.

Bir kun olisda jiyancham bilan telefonda gaplashardim.
- Qizalog'im, senga nima olib boray, aytganingni ijobat qilaman....
- Adajon, o'zingizni ehtiyot qiling.......

Eh, bunchalar omi bo'lmasam, bunchalar aqlsiz va nodon bo'lmasam. Aytganini ijobat qilaman debmanu, so'raganini berolmasligim hayolimga ham kelmabdi.
Bu go'dakning menga ham iltimosi, ham tilagi, ham o'giti Allohimning inoyati, menga qilgan o'giti bo'lmadimi? Ozimga ortiqcha baho berganim bilan, hech narsaga qodir emasligimni isboti bo'lmadimi?


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Пятница, 17.04.2009, 09:52 | Сообщение # 3
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Dunyo nima? Borliq nima? Kimdir cheksizlik bilan, kimdir o'zi bilan chegaralaydi bu tushunchalarni.

Albatta har kimni o'z qarichi bor.Lekin men bu donishmandni so'zlariga bajonidil qo'shilgan bo'lardim.Hamma narsa o'tkinchi abadiy narsani o'zi yo'q.BU mo'ysafid dunyoda har bir o'tayotgan kun umrimizga otilgan o'qdir.Faqat mehr oqibatgina abadiy qolsa kerak.
Quote (Alisher)
Balki Taffakkur shu qadar go'zaldir, lekin yana bir narsa borki, undan ustunroq qo'ya oldim: ITOAT. Ibodat esa uning haloskoridir.

Itoat ham ko'r ko'rona emas balki Allohni va egam yaratgan butun borliqni anglab olib etiqod qilinsa go'zal bo'ladiku?


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Пятница, 17.04.2009, 10:06 | Сообщение # 4
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Fikringizga qo'shilaman. Diniy ilmlardan ojizroqman, va bu borada suhbatda tinglashni lozim topaman. Allohga itoat qilishni o'zigina uni tanish va u yaratgan borliqni tushunishga etib ortadi. Tog'ri, ma'naviy borliq dunyo borli'gidan ko'ra cheksizroqdir.
Rahmat.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Пятница, 17.04.2009, 10:25 | Сообщение # 5
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Kumush, Fikringizga qo'shilaman. Diniy ilmlardan ojizroqman, va bu borada suhbatda tinglashni lozim topaman.

Men ham etiqodim bo'lsada bilimdonman deyolmayman.Diniy kitoblarni uqiganimda ko'proq bu kitobdagi so'zlarga qo'shila olmayman.(Astogfurilloh shaytonni vasvasasidan uzi asrasin)Hammasi emas ayrimlarini nazarda tutyapman.Keyin astogfurilloh iymonimni salomat qilgin deb egamdan tilayman.
Farishtamas o'zim ham albat
Men ham ummati Muhammad!


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Среда, 13.05.2009, 16:27 | Сообщение # 6
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Konfutsiy aytdi:
- O’rganmoqlik va doimo amalda qo’llamoqlik yoqimli emasmi? Baxt emasmi, olisdan do’stlaring seni izlab kelsalar (sen bilan o’z bilimlarini o’rtoqlashgani)? Insonlar tan olmasalar qayg’urmaslik olijanoblik emasmi?


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Среда, 13.05.2009, 16:44 | Сообщение # 7
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Suqrot oila haqidagi qarashlarini mana bu hikmatga jo etgandi: «Uylanasanmi, uylanmaysanmi — baribir pushaymon yeysan».

* * *
«Navqironlik chog‘larimda tabiatni kuzatish mening eng sevimli mashg‘ulotim edi, — deydi Suqrot. — Har bir hodisa meni ajablantirar, hayratga solardi: tug‘ilish, o‘lish, mavjudlikning boisi ne?.. Men olamning bir burchidan kirib, ikkinchi bir burchidan chiqarkanman, o‘zimga o‘zim birinchi navbatda shunday savollar berardim: «Tirik mavjudotlar, ba’zi odamlar o‘ylaganidek, issiqlik va sovuqlikning bir-biriga o‘zaro ta’sir etib, chirish jarayoni yuzaga kelishi oqibatida paydo bo‘lmasmikan? Inson qay tarzda fikr yuritadi? Qon yordamidami, havo yoki olov vositasidami?»
Bundan tashqari, o‘zimning bu taxlit tadqiqotlarga yaroqsiz ekanimni anglash uchun butun borliq, fazo va Yerdagi o‘zgarishlar haqida tinimsiz o‘y suraverardim».

* * *
Suqrotning ba’zi harakatlari atrofdagilarni hayratga solgan. Bir kuni u ko‘chada o‘spirin Ksenofantga duch kelib qoldi. Yigitchadagi botiniy iste’dodni ilg‘agan faylasuf qo‘lidagi hassasi bilan uning yo‘lini to‘sdi.
— Menga ayt-chi, — so‘radi Suqrot, — unni qaerdan sotib oladilar?
— Bozordan, — javob berdi Ksenofant.
— Yog‘ni-chi?
— Uni ham bozordan xarid qiladilar.
— Donishmandlik va ezgulik istab qaerga boradilar?
Ksenofant o‘ylanib qoldi.
— Ortimdan yur, men seni o‘sha yerga olib boraman, — dedi Suqrot shunda.
... Shu tariqa Ksenofant Suqrotning bir umrlik yo‘ldoshi va hamsuhbati bo‘lib qoldi. U Suqrotning o‘limidan so‘ng Aflotun kabi yangi avlodlarga ustozi haqidagi xotiralarini esdalik qilib qoldirdi.

* * *
Bir kuni Alkiviad Suqrotga uy qurish uchun yer maydoni in’om etish niyatida ekanligini aytdi. Suqrot unga javoban shunday dedi: «Aytaylik, menga bor-yo‘g‘i bittagina shippak kerak bo‘lsa-yu, sen menga butun boshli bir buqaning terisini in’om etsang, hammaga kulgu bo‘lib qolmaymanmi?»

* * *
Kunlardan bir kun Suqrotning rafiqasi Ksantippa avvaliga erini obdan koyib, so‘ng ustidan suv quyib yubordi. «Aytgandim-a, — deya g‘o‘ldiradi sho‘rlik faylasuf, — Ksantippa avvaliga momaqaldiroq bo‘lib gumburlaydi-da, so‘ng yomg‘ir bo‘lib savalaydi». Buni ko‘rgan Alkiviad Ksantippaning janjaliga dosh berib bo‘lmasligini e’tirof etadi. Suqrot Alkiviadga:
— Men bu janjallarga g‘ildirakning to‘xtovsiz g‘irchillashi kabi ko‘nikib ketganman. Masalan, sen g‘ozlarning g‘ag‘illashiga toqat qilasan-ku!
— Shundayku-ya, lekin buning evaziga men g‘ozlardan tuxum va go‘sht olaman, — deydi faylasufga javoban Alkiviad.
— Ksantippa esa menga farzand tug‘ib beradi, — deydi Suqrot.

* * *
Janjalkash rafiqam men uchun go‘yo chavandozning asov oti kabidir. Asov otni bo‘ysundirolgan chavandoz har qanday tulporni bemalol minolganidek, men ham Ksantippa bilan murosa qilish vositasida o‘zga kishilar bilan osongina muomalada bo‘la olaman.

* * *
Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o‘zlarining toshga o‘xshab qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar.

* * *
Saltanat hassasini qo‘lida tutgan har qanday kishi ham hukmdor bo‘lavermaydi. Shuningdek, e’tiborli amaldorlar tomonidan saylangan, qur’a tashlab yoki zo‘ravonlik, yoinki aldov yo‘li bilan davlat tepasiga kelib qolgan kimsa ham haqiqiy hukmdor bo‘lolmagay, faqatgina saltanatni boshqarish uquvi bo‘lgan zotlargina podshohlik va hukmdorlikka loyiqdirlar».

* * *
Suqrot faylasuflarga ta’rif berar ekan: «Faylasuf donishmand hamda johil oralig‘idagi mavqeni egallaydi», — deydi.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KumushДата: Среда, 13.05.2009, 16:45 | Сообщение # 8
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Men bu odamdan ko‘ra donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi bir joiz va zarur narsalarni bilmasak-da, u manmanlik qiladi, men esa manmanlikdan o‘zimni tiyaman.

* * *
Adolat va ezgulikdan ayri tushgan har qanday bilim dog‘ulilikka aylanadi. Uni donolik, deb atash nojoizdir, — deydi Suqrot.

* * *
O’zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, u o‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo‘lida foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi.

* * *
Pul ezgulikni tug‘dirmaydi, aksincha, ezgulik tufayli odamlar shaxsiy hayotda ham, jamiyatda ham pul va boshqa boyliklarga ega bo‘ladilar.

* * *
Rivoyat qiladilarkim, Apollodor Suqrotga o‘limi oldidan qimmatbaho libos kiyishni taklif etadi.
— Nega? — deydi Suqrot Apollodorga javoban. — Bundan chiqdi egnimdagi faqirona libosim tirigimga yaroqligu, o‘ligimga yaroqsiz ekan-da?!

* * *
— Suqrot, afinaliklar seni o‘limga hukm etdilar, — dedilar faylasufga.
Suqrot xotirjamlik bilan dedi:
— Ularni esa tabiat o‘limga mahkum etdi.

* * *
Sud chog‘ida Suqrotga so‘z berildi. Suqrot nutqida o‘zini so‘naga, afinaliklarni esa katta, olijanob, ammo semiz va yalqov otga mengzaydi. «Bunday otlarni birorta so‘na chaqib, choptirib turishi lozim, — deydi u va bu o‘xshatishni shunday yakunlaydi: — Fikrimcha, Tangri meni kun bo‘yi butun shaharni kezib, har biringizni uyg‘otish va tinmay tanbeh berib, to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun yuborgan. So‘zlarimga ishoning, afinaliklar. Men kabilarni topish sizlarga oson bo‘lmaydi. Menga ishonsangiz, hayotimni saqlab qolasiz. Biroq siz so‘na chaqib tuyqusdan uyqudan uyg‘ongan va g‘azabga mingan odamlar kabi meni osonlik bilan urib o‘ldirishingiz ham mumkin. U holda Tangri yana kimnidir yo‘llagunga qadar qolgan umringizni g‘aflatda o‘tkazasiz».

* * *
«Qanday odamni baxtli sanamoq mumkin?» — degan savolga Suqrot shunday javob berdi:
— O’tkir aql va teran, halol fikrlar egasi baxtiyordir.

* * *
Yoshlarga ko‘zguga ko‘proq boqishlarini maslahat beraman, — deydi Suqrot, — toki ularning xushsuratlari o‘z husnlarini sharmanda etmasinlar, badbasharalari esa xunukliklarini odoblari bilan bezasinlar.

* * *
O’z darajasiga yetolmaslik — johillikdan o‘zga narsa emas. O’z darajasidan oshmoqlik esa donolikning o‘zginasidir.

(ziyouz.com saytidan olindi)


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Пятница, 15.05.2009, 08:50 | Сообщение # 9
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush,
Bu ma'lumotlarni qaerdan oldingiz? Agar boshqa manbalardan olingan bo'lsa, albatta link qo'yilishi kerak.
Lekin rahmat, juda mazza qildim.

Quote (Kumush)
O’z darajasiga yetolmaslik — johillikdan o‘zga narsa emas. O’z darajasidan oshmoqlik esa donolikning o‘zginasidir.

Bu so'zlar ma'nosini tushunishni istayman. Kim qanday tushundi?


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Пятница, 15.05.2009, 11:36 | Сообщение # 10
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Bu ma'lumotlarni qaerdan oldingiz?
Ziyouzdan albatta.
Quote (Alisher)
albatta link qo'yilishi kerak
bunga aqlim yetmaydi.

Quote (Alisher)
Bu so'zlar ma'noini tushunishni istayman. Kim qanday tushundi?
Kimni darajasi qayergacha?
Men o'zimni darajamga hali yetdimmi?
Yo o'tib kettimmi?
Kim biladi buni?
O'zim bilamanmi?
Sizlar bilasizlarmi?
Onam biladimi?
O'zi kimman men?

Quote (Alisher)
O’z darajasiga yetolmaslik — johillikdan o‘zga narsa emas. O’z darajasidan oshmoqlik esa donolikning o‘zginasidir.

Demak uzini darajasiga yetolmaslik johillik bo'lsa,Johil odamni darajasi juda past ekanda?Demak u shunday yaratilgan ekan biron bir darajaga yetishni nima keragi bor?Ahir nolga nolni qo'shsang ham,olib tashlasang ham nol qoladiku?

Donolik esa uz darajasidan oshmoqlik emish.Bo'lishi mumkin.....


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Пятница, 15.05.2009, 13:03 | Сообщение # 11
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
O'z darajasi deganda nimani nazarda tutgan?
Keling daraja sifatida madaniyatni olaylik?!
Agar mening bilgan madaniyatim mening darajam bo'lsa, unga amal qilmoqlik meni darajamni qiymatini belgilaydi. Agarki, men bilganimdan ko'ra kamroq amal qilsam, demak bu johillik. To'gri emasmi?
Darajani salomatlikka, bilimga, diniy bilimga va amallarga taqqoslab o'z darajamizni aniqlab olishimiz mumkin.
Masalan menda Kundalikda tinimsiz o'tirish imkoniyatim bor, lekin bunday qilmayman. Demak Kundalikka nisbatan Johillik qilyapman. Yoki umuman Kundalikka kirmay Ishlash imkoniyatim bor, lekin bunday qilmayman. Demak xizmat vasifamga nisbatan Johillik qilyapman. Fikrimni ayta oldim deb o'ylayman.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Пятница, 15.05.2009, 13:12 | Сообщение # 12
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Fikrimni ayta oldim deb o'ylayman.
Xa ma'lum darajada xaqsiz.Demak nazariyot bilan amaliyotni taqqoslashdan kelib chiqadi.Demak men johil ekanman....O'z nazariyamdagilarni loaqal bittasini ham amalda qo''lay bilmaganman...O'zim biladigan ayrim keraksiz amallarda esa donoroqman.Bularda uz darajamdan ham o'tib tushganman....


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KumushДата: Понедельник, 18.05.2009, 18:59 | Сообщение # 13
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Aytishlaricha yunon faylasufi Diogen odamlardan yuz o'girib erkin mustaqil uzlatga chekingan holda kattakon bochkani ichida hayot kechirgan.Bir kuni u bochkasidan chiqib dengiz bo'yida dam olayotgan ekan,Bir otliq sarkarda kelib uni yonida to'htabdi.Diogen unga zarracha parvo ham qilmabdi.Shunda otliq tutoqib:
-Men Iskandarman!Nega o'rningdan turmaysan?!-desa,Diogen loqaydgina"Kim bo'lsang ham otingni ol,soyasi tushyapti" deb javob beribdi.
Yani faylasuf o'z mustaqilligiga otning soyasi ham(egasining unga umuman farqi yo'q)tajavuz qilishini istamagan ekan...
Uning bu javobini eshitgan podshoh "Men Iskandar bo'lmaganimda albatta Diogen bo'lardim" degan ekan.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Вторник, 19.05.2009, 08:40 | Сообщение # 14
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Ishlatimmaydigan tig'dan o'tmasroq narsa yo'q. Birovga berilmaydigan bilimdan ko'ra zararliroq bilim yo'qdir. Diogen Salom berishni unutibdi.... Uzlatga chekingan inson falsafasi bir kishi uchun foydalidir, jamiyat uchun esa zarari ko'proqmi deb fikr qildim.

Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Вторник, 19.05.2009, 09:43 | Сообщение # 15
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Uzlatga chekingan inson falsafasi bir kishi uchun foydalidir, jamiyat uchun esa zarari ko'proqmi deb fikr qildim.
Anton Pavlovich Chexov Diogen haqida: «Erkin va chuqur fikrlash orqali hayotni anglashga intilish va olamdagi ahmoqona yugur-yugurlardan nafratlanish — bular inson zoti hech qachon tushunib yetolmagan ikki ezgulikdir. Siz uch qavatli temir qafas ichida yotgan chog‘ingizda ham ularning har ikkisiga egalik qila olasiz. Diogen sopol xumda yashasa-da, olamdagi barcha sultonlardan ko‘ra baxtliroq edi».

Bir bolaning hovuchlab suv ichayotganini ko‘rgan Diogen xaltasidan piyolasini oldi-da: «Bola oddiylik bobida mendan ham o‘zib ketdi», — deb tashlab yubordi.

Bir «sakrovchi» Diogenga dedi: «Eh, esiz, shunday baquvvatligingga qaramay, Olimpiya bellashuvlarida qatnashmaysan-da. Agar qatnashganingda, albatta, birinchi o‘rinni olgan bo‘larding».
— Men Olimpiya bellashuvlaridan ham muhimroq musobaqalarda qatnashaman, — dedi faylasuf.
— Qanday musobaqa u? — tushunolmay so‘radi «sakrovchi».
Diogen ta’naomuz bosh chayqab dedi:
— Axir, yaxshi bilasiz-ku, men yomon xulqlar bilan bellashaman.

Diogenning so'z tig'i shunaqa o'tkirki xar qanday falsafani tilimlab tashlashga qurbi yetadi...

Balki Diogen odamlar orasida yurganida bunchalik odamlarga foydasi tegmagan bo'larmidi.U usha uzlatga chekingan holida abadiyatga erishibdimi demak bunda o'ziga hos falsafa bor...


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
Форум » Adabiyot va San'at » Foydalanuvchilar ijodidan » Bir donish kundaligidan
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz