Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Chiston
[21.06.2008][G'azalga havas...]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikka sizga yoqdimi?
Всего ответов: 150
IP

 Virtual maktublar turkumidan - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Форум » Adabiyot va San'at » Foydalanuvchilar ijodidan » Virtual maktublar turkumidan ((inet olamida topgan yaqin kishilarga yozilgan maktublar...))
Virtual maktublar turkumidan
KumushДата: Воскресенье, 26.04.2009, 13:19 | Сообщение # 1
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Salom qadrdonim.Taxminan menga shunaqa desangiz buladi dustim.
Ertak so'ylamakni to'xtating menga
Asl basharangiz ko'rsating menga
Yo'qsa aldamoqni o'rgating menga
Yuraksiz yashashni ko'rsating menga
Men esa sizga qarata shunday deyman.
Meni bilganim bekor
Meni yozganim xato
Uylaganim yolg'ondur
So'ylaganim to'qima
aziz do'stim mendan kech
Xatlarimni o'qima.
Nima qilay na yig'lolmasam na kulolmasam.Na oddiy insondek bo'lolmasam.xech bir ishga yaramay xatto o'lgandayam mardlarcha o'lolmasam.Biron joyi og'rimasa inson sher yozolmaydi...Bu gapni eshitib man xuddi qidirib yurgan narsamni topgandek buldim.Shu so'zni axtarib yurardim doim.Bu so'zni man kecha topdim xudoyim.Juda telbamana azizim nima deysiz.Man aslida uzimni aldab ovutib yuruvdim xech qanaqa uqishdayam uqimayman.Radiodayam ishlamayman.O'ylab qarasam mandan na bir sevimli yor,Na bir yaxshi xotin,na bir zo'r siyosatchi chiqadi bu xammasi mani xomxayollarim ekan.Kecha siz manga xuddi oynani tutdizu man uzimni ko'rib qoldim.Basharang qiyshiq bulsa oynadan o'pkalama.Yuq man oynadan upkalamayapman shunchaki xech nimaga arzimaydigan odam ekanligimni sezib qoldim.Ko'pincha men shunaqa gapirsam atrofimdagilar peshonamni tutib ko'rishadi issig'ing yuqmi ishqilib.Yuq issig'imku yo'q muzdekman yuragim xam muzlab bormoqda.Yaqinda butunlay sobub qosam kere.Yashashga manda xarorat xam mador xam qolmayapti.Nega inson bunchalar tuban! ... .................................................... ............................................................................................................................................ ....
....................................................................................................
................................ ..................................................... Shuni uchun bemalol aldab suldab xayot kechirish mumkin.
Xa YURAGIM kasal og'riydi shuni uchun sher yozaman do'stim.Siz Dostoevskiyni Jinoyat va Jazo sini uqiganmisiz,Bir yigit buladi uzini uzi sinab ko'rgisi keladi odam uldirolamanmi yuqmi deb esizdami kinosiyam boru bitta kampirni uldirib quyadi.Yo bumasa Stendalni Qizil va Qora romanidagi Jyulen Sorel esizdami?Uzidan uzi nafratlanib yuradigan yigitchi.Faqat shu ishga qodirmanmi yuqmi deb biron ish qilib yuradigan.Ushanga taqlid qilib bir uzimga yoqmaydigan ish qilib quysam uzimni uzim jazolardim.Ishonasmi birarda Qulimni bir oy elkamga osib yurganman qulimni suyagi shikastlandi deb.Yo bumasa 2 kunlab och yuraman nafsimni jazolayman.Ha mayli quyavering bu arzimaydigan narsalar.........
So'zim so'nggida aytadiganim mani KECHIRING!
avval kechirim suraydigan ish qilma dersiz lekin shunday bulsa xam kechiring ustimda qiyomat qarz bub qomasin!? Biroz ovunaman deb hayollar og'ushida o'zimga ertaknamo hayot to'qib chiqrdim va bu hayotda bahtiyor yashadim.Beihtiyor bu hayotimga siz ham sherik bub qoldiz.Hammasi o'sha folbinlikdan boshlandi.....
Hayrat va hasratdan yoqamni ushladim.Bu bir tasodifmi yoki chalkash bir taqdir o'yinimi bilmadim.Bilishni ham istamayman.
Inson qarama qarshiliklar og'ushida yashar ekan beihtiyor hamma sendan kutgan narsani teskarisini qilsang,hamma haqiqatlarni inkor etsang,Ko'rgan narsangni ko'rmadim desang bundan o'zgacha lazzatlana bilsanggina zerikarli hayotdan biroz bulsada chalg'ishing mumkin.Agar bunaqa qilish qo'lingdan kelmasa ,bir birining nushasi bo'lgan bir maromdagi rutubatli kunlar shuhratparast ,izzattalab bir insonni hayotini zaxarlab qo'yishi aniq.....
Bu mavhum gaplaringga man tushunmayman deysizmi?Aslida o'zim ham tushunmayman.....
Qarasam ko'proq ijod qivoribman."Odob doiralaridan" chiqqan bo'lsam ming bor uzr.
Oylaymanki bu bizning ohirgi habarlashuvimiz bo'lib qoladi.
Allohni panohiga qiyomatda yorug' yuz bilan ko'rishguncha omon bo'ling!

Hurmat bilan Tuproqbibi.....

(maktubni qanday bo'lsa shu holicha e'tiboringizga havola etdim)


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Воскресенье, 26.04.2009, 14:27 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Opa, Nima bu? Kimning yurak dardlari bu? Bu maktubni qayerdan oldingiz....??? Yuraklarimizni bir sanchitib kettiyu....

Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AlisherДата: Понедельник, 27.04.2009, 09:51 | Сообщение # 3
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Virtual maktublar.... Maktublar.... Nomalar.... Hayollar.... Yozilgan, lekin jo'natilmagan, o'qilmagan maktublar....
Kumush, juda chiroyli mavzu....
Men ham hayolotlarimni virtual maktublarga joylardim. Balki yangi maktub ham yozarman. Hozircha eski maktublarimdan birini qoldirmoqchiman.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
AlisherДата: Понедельник, 27.04.2009, 09:52 | Сообщение # 4
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Salom mening pinhona sevgim! Kuzning iliq tongida seni karnay-surnay navolari uyg’otgan bo’lsa, meni orom olmagan qalbim sening darding bilan uyg’ondi. Hazon bo’ldi pinhon orzular, bu yashirin ishq savdolari, til uchida qolgan muhabbat huddi kuzning barglari kabi.
Sabo mening sochlarimni tortiqlar yo’ynab: eslatmoqchi bo’lar balki sening to’yingni. Balki yodga solar o’tgan kunlarni: ochiq qolgan eshik uzra termulgan kuyi otishingni kutib turgan mahzun damlarni. Tanimasding... Tanimasdim... Taqdir o’yini bir-birimiz yonma-yon qo’yib ishq tasmasi bilan bo’glab qo’ymaguncha otash dillarni. Ana shunda asta turtib taqdir zarbasi, menga dedi: “Mana o’sha qalbing asiri”.
Oh, bunchalar og’ir ekan muhabbat siri. Ishonmaysiz, topa oldim o’zimda bir kuch, bu sirimdan ogoh etmay hattoki sizni. Faqatgina ayta oldim, akajonim deb, zero o’zim istamasdim singil bo’lmoqni. Pinhon qildim sirlarimni hamma hammadan, hatto o’zim yozib yurgan qalb daftarimdan. Yuragimning sarhadiga kiritdim sizni, toki oyoq izlaringiz qolsin deb abad. Faqat siz ham sezmasdingiz pinhon izlarim, yashirincha qalbingizni kezgan bo’lsam ham.
Tillarimdan pinhon qildim hatto ismingiz, toki sirni boy bermasin deya havfsirab, zero tilning suyagi yoq hayollar kabi. To’yingizda tabrik aytdi bu notavon til, dil dardini tushunmagan o’sha bemehr, sevaman deb aytmoqlikka or qilgan badbaht.
Ko’zlarimdan pinhon qildim suratingizni, toki sirni boy bermasin deya havfsirab, zero ko’zning shulasida boqar haqiqat. To’yingizda nozli qarash qildi bu so’qir, muhabbatning sarobiga aylangan nigoh, mehr ila qaramagan qop-qora ko’zlar.
Vujudimdan pinhon qildim shirin taftingiz, toki sirni oshkor qilmoq istab qolmasin. Sochlarimni yozib asta keng ko’ksinggizga boshim qo’ydim men hayolan, sezmadingiz, ahir begona. Yuragimning urushlari sizning asta urib turgan sho’x yuragingiz maqomiga hamohang bo’ldi, sezdim faqat yagona o’zim. To’yingizda raqs tushdi bu majolsiz tan, huddi alam ga’labasin na’shasin surdi.
Faqatgina dilim mening qoldi vafodor, sizga bo’lgan o’sha pinhon muhabbat bilan. Dil sirimni ocholmadi... Ocholmasdi ham! Chunki sirim kalitlari huddi sarobdek, huddi pinhon muhabbatdek yo’qolib ketdi.
Yor-yor aytgan yangalarga qo’shilib kuylab, mening tanim yor-yor aytib armonga ketdi, sirlarini o’zi bilan olib PINHONA.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Вторник, 28.04.2009, 10:09 | Сообщение # 5
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Salom mening pinhona sevgim!

Oshkor etilmagan tuyg'ular,qalbga ko'milgan armonlar,sassiz ho'rsiniq, cheksiz umidsizlik.......

Quote (Alisher)
Chunki sirim kalitlari huddi sarobdek, huddi pinhon muhabbatdek yo’qolib ketdi.

Bir kun kelib bizni armonli tuyg'ularimizning uvoli tutmasa deb qo'rqaman....

Добавлено (28.04.2009, 11:09)
---------------------------------------------
Nafosat.
Sahifaga bu nomni topgunimcha yillar o’tdi.
Uni yaratguncha, mavzular topguncha, Matnlarni terguncha o’tgan yillar ortda qoldi.
Bir kun keldiki, Hayot oqimi, zamon shiddati barcha-barchasini yuvib ketdi.
Men izlagan Nafosat, Go’zallik, Madaniyat, Mehr-oqibat faqat mening hayollarimdagina hotira bo’lib qoldi. Men izlagan muhabbat sarobga aylandi, men kutgan baxt yolg’on bo’ldi, ishonganlarim hiyonat qildilar, do’st deb bilganlarim unutdilar, begonalar esa yaqin bo’ldilar.
Bir kun keldiki, Men ulashmoqchi, baham ko’rmoqchi bo’lgan nafosat, go’zallik, mehr va muhabbat, sadoqat va saodat o’zimdan boshqa hech kimga kerak emasligini bilib qoldim.
Bir kun keldiki, Hammasiga chek qo’ymoqchi, hammasidan voz kechmoqchi, hammasini unutmoqchi bo’’ldim. O’zligimni unutdim, to’griso’zligimni unutdim, iboni, hayoni, madaniyatni unutdim.
Muhammad Yusufning misralari yodimga tushadi:

Mehr berib, mehr ko’rmay
Insonlardan ko’nglim qoldi.
Har baloni ko’rib bo’ldim,
Ko’rmaganim o’lim qoldi.

Men esa mehrni insonlardan emas, hayolotdan izladim, har baloni ko’rib bo’lmadim, ko’nglim qolmadi. Faqat o’zgalarning ko’ngli qoldi. Mehrimni olmadilar, muhabbatimni rad etdilar, so’zlarini yol’gon dedilar, ishonchimni sohta dedilar. Lekin men ular orasida yashayverdim, yashayveraman. Chunki, qalbimda hali ham umid bor...

Faqat, Nafosat sahifasi uchun haqqim qolmadi. Uni o’z fikrlarim bilan bulg’ashga endi o’zim ham jur’at qilolmayman. So’nggi hotiram, so’nggi mehrim, so’nggi ovunchog’im, shaxsiy sahifamga ham haqqim qolmadi.

Aziz Nafosat ahli: Meni bu qarorimdan qaytarishga urinmanglar. Faqat, qayda bo’lsangiz ham nafosatingizni, go’zalligingizni, muhabbatingizni va sadoqatingizni saqlab qolinglar.
(Beso'roq qilingan shakkokligim uchun uzr so'rayman aka...)


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Вторник, 28.04.2009, 10:19 | Сообщение # 6
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Kumush)
Faqat, Nafosat sahifasi uchun haqqim qolmadi. Uni o’z fikrlarim bilan bulg’ashga endi o’zim ham jur’at qilolmayman. So’nggi hotiram, so’nggi mehrim, so’nggi ovunchog’im, shaxsiy sahifamga ham haqqim qolmadi.

Kumush, Bu satrlarni qayta o'qib yuraim yana bir bor qalqidi.....
Balki nomardlik qilgandirman, kuchsizlik qilgandirman, lekin bir narsani ishonch bilan ayta olaman: hali hanuz Nafosatga mening haqqim yo'q, uni qaytara olmadim. Bir kun kelib Alloh qalbimga go'zallik, nafosat, latofat, mehr bersa, balki Nafosatni qayta yaratarman....


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Четверг, 30.04.2009, 12:40 | Сообщение # 7
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Kechagi suhbatimizdan keyin sizga maktub yozishga jazm ettim.
Zamon...
Zamon nihoyatda qurqinchli...
Bizning zamonamiz yo rabbim!
Ahir bu qiyomat qoyimning uziku:unga qul tekkizganni hudo uradi.........
Agar zamonni ham bir amallab aldab yulimni topib kettim degan taqdirda ham butun umr zamonamiz "qaxramon"lari orasida yashamog'im zarur buladi.Yo ollo uzing manga yul kursat nima qilishga hayronman .Man nega bunaqamana?Inson irodasi hamma tusiqni engib utishga qodir lekin uzingdagi nafratni uzingga bulgan nafratni qanday engish mumkin.Buni engishga bardoshim etarmikan.Men uzimga bino quyib boshqa qizlarga uxshamasligimdan naqadar hursand bulardim a.Endi esa o'sha qizlarga havasim kelyapti.Bilasizmi manga aytingiz ro'zani og'izni yopishda uqiladigan duoni ayting dediz.Lekin man fikrimni sizga tushuntirolmadim, man balki xato uylarman lekin tutiqushdek usha duoni yod olgandan kura dildagi eng yaxshi samimiy tilaklaring bilan Xudoga ro'zangni qabul qilishini suragan yaxshimasmi?Balki menda diniy bilim yetarlimasdir(sizlarda vodiyda chuqur bilimga ega bulishlarini bilaman)lekin mani dunyoqarashim boshqacha.Man hamma narsa inson uchun hizmat qilishi kerak degan fikrdaman.Usha duoni uqib og'iz yopadiganlar balki boshqa tomondan hato ish qilib quyishi mumkinku?Bu Abdulla Qaxxorni bir hikoyasi bulardi "Magiz emagan hotin"degan usha hikoyadagi voqealarga uhshab ketadi.Usha ayolni eri mani hotinim kuchaga ham chiqmiydi paranji yopinib yuradi duolarni kanda qilmaydi hatto magiz ham emaydi deb maqtanib yuradi.Lekin u hotin hamma amallarni bajarib bildirmay ish qilib yuradi.Ha mayli bu boshqa masala...
Lekin hamma narsani qonun qoidasi buladi shunga amal qilgan yaxshi albatta...
O'zimdan qo'rqyapman...
Balki ro'zani ham ozish uchun tutyatgandirman.Umuman manga nima ahamiyatliyu nima ahamiyatsiz tushunmay qoldim.Balki hamma tuyg'ularim shunchaki orzu hayollarimning bir kurinishidir?..Tabib tabib emas boshdan utkazgan tabib .Kim aytuib bera oladi menga bu hislarni haqqoniyligini.Balki ertaga bu fikrlarimdan tonarman...
Gunohkorman a?
Gunohlarim ko'p bo'lsa ham parvadigorimni karami oldida daryodan bir tomchi holos.Ahir shu hislarni kunglimga solgan ollohimniku o'ziku?
Chinakam ehtirosga berilgan odam faqat uzini uylaydi...
Hotiralar...
Qanday ajoyib a?Kechqurunlari bu qiz nima ish qiladi deb hech qiziqqanmisiz?Serial kurmagnimga nechchi yil bulyapti mani bitta tebranma stulim bor stol lampasini yoqib kitob uqirdim doim.Endi esa sevib qolmadimmikan deb o'ylayabman shu stolda tebrangancha.Balki Sevdim deb uzimni ishontiryatgandirman uzimni zerikarli bir maromdagi hayotimga ozgina bulsa ham yangilik kiritishim uchun shunday qilgandirman.Aslida qizlar biron bir odamni sevsa,o'sha inson orqali o'zlarini sevishadi.Bir alloma aytgan ekan so'z insonga aslida dilidagini yashirish uchun ato etilgan deb.Bu ham tug'ridir, men ham dilimdagi gaplarni sizga to'kyapmanu o'ylanib qolaman balki umuman dilimdagi gaplarni teskarisin yozyatgandirman...
Sodda mug'ombirman a?O'zimni o'zim yomonlab atrofdagilarni etiborini qozonishga ustaman a?Aslida o'zini maqtab yuradigan odamlar eng sodda samimiy odamlar bo'lishadi.Quvlik shumlikni bilmay o'zlariga ta'rif berishadi.Men tullak bo'lsam o'zimni yomonlash orqali o'zimni alohida g'ayritabiiy inson qilib ko'rsatmoqchi bo'laman.Ah!Bu dunyoda meni ko'rgan kunim qursin...
Men rosa zerikarli suhbatdosh bo'lsam kerak.Mendan rosa zerikib ketgan bo'lsangiz kerag a?Yo'q deysizmi?Qanqasiga?Ahir men o'zimdan o'zim zerikib kettimku?
Hayotning o'nqir cho'nqir yo'llarida tekis yo'l topolmayotganga o'hashayman.Hay mayli fikri ojizimga shu yerda yakun yasayman.Hammamizga ham tekis, ravon hech qanday vijdon azoblarisiz ortingga qarasang hursand buladigan nurafshon , kelagagi porloq yul(garchi bunaqa yo'lni o'zi bo'lmasa ham) nasib etishligini surab qolaman.
Yaxshi kunlarda sog' salomat aqliz joyida kuch quvatiz uzizda eng muhimi kunglizda iymon bulgan holda habarlashguncha omon buling do'stim.

Biroz nadomat va ehtirom ila Folbin qiz!


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Четверг, 30.04.2009, 16:32 | Сообщение # 8
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Folbin qiz
Naqadar hayotiy maktub.... Kimnidir haqiqiy dil izhoriga o'hshaydi... Bunga ishonchim komil.
Barchamizga Alloh ko'rsatgan to'g'ri yo'ldan yurishlik nasib qilsin.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Понедельник, 04.05.2009, 10:00 | Сообщение # 9
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quyidagi maktublar menga qanday tushib qolganini gapirib o’tirishimning hojati yo’q deb o’ylayman.Ular menga qiziqarli va samimiy tuyulgani uchun e’tiboringizga havola etyapman.

B.J xonimga….14 noyabr.

Salom azizam B… Men senga xat yozaman deb vada bergandim,mana so’zimning ustidan chiqyapman.Bu zerikarli kunlarda mashg’ul bo’lishim va chalg’ishim mumkin bo’lgan durustroq ishning o’zi ham shu.
Yodingdami eski o’rikning tagidagi arg’umchog’imiz.O’sha yerda arg’umchoq uchgancha turli rejalar tuzardik.Qanchalar ko’p orzularimiz bisyor ediya!
Esingda bo’lsa qarilik chog’imizni shunday tasavvur etardik.Ikkov kampir bog’da soya salqinda suhbat qurib xotiralarga berilib o’tiramiz sal narida nevaralarimiz o’ynab yurishadi.Men ko’pincha keksalikda beva qolgan bo’laman derdim.(nimagadir o’sha vaqtda qariganda beva qolaman degan fikr menga yoqardi da) Endi esa sen palaxmon toshiday begona yurtlarga otilib ketding,men bo’lsam haliyam qari qiz degan nomni ko’tarib o’sha o’rik tagida sudralib yuribman.Tog’ri hozir u o’rikdan kottakon to’nka qolgan holos…
To’sattan o’ttizga borib qolganimni o’ylasam yuragimni vahima bosadi.Xa mayli senga yozmoqchi bo’lganlarim umuman boshqa narsalar.Mening kelinoyim esingda bo’lsa kerag a?Esdan chiqarib bo’ladimi uni deyapsanmi?Xa tog’ri aytasan unga o’xshagan zaxar xotinni boshqa topib bo’lmasa kerak.Xozir ham imkoni bo’ldi deguncha bir amallab xayotimni zaxarlab kelyapti.Birovni yomonlagandan ko’ra o’zingni maqtagan afzal deyapsanmi?Ha bu sening eng sevimli shioringku?Hop unda o’zimdan gapirib beraman.Hayotimda ozgina bo’lsa ham yangiliklar bo’ldi.Qanday yangilik deysanmi? Shoshilma bir boshdan gapirib beraman.Esingda bo’lsa Bogimiz ortida 3 xonalik pastakkina xujralar bor edi.Ana o’shani biroz epaqaga keltirib ko’chib o’tdim.Yolg’iz bo’lsam ham ro’zg’orim bo’lak endi.Ota onam o’tib ketishgandan keyin akamga qiyin bo’lganini o’zing bilasan.Men tumormidimki bir umr bo’yniga osib yursa.Shuning uchun bu ishim juda yahshi bo’ldi deb o’ylayman.Qo’limdan kelgancha xonalarni bezadim.O’z o’zidan ma’lumki jihozlarning mazasi yo’q.Eshiklar yahshi berkilmaydi,deraza g’ijirlaydi.moliyaviy ahvolimni o’zing bilasanku?Lekin asta sekin ko’nikyapman.Bilasanmi kelinoyimni zug’umidan qutulganim bois uyimning xarobligi meni zarrachayam tashvishga solmayapti.Erkinlik buyuk baxt ekanligini endi his qilyapman.Xuddi Diogenga o’hshab uzlatga chekingan odamday zoxidona qanoatli xayot kechiryapman.Ishdan qaytgandan so’ng o’zimni o’zim mehmon qilaman.No’xat sho’rvani hush ko’rishimni bilasanku?Ovqatlanib bo’lib kitob o’qishga tutinaman.Televizor olishimga hali ancha bor.Shuning uchun adabiyot bilan qanoatlanyapman.O’zing bilganingdek haliyam uni she’rlarini mutoala qilyapman.Bilasanmi,undagi nima meni lol qoldiradi?Tabiatni tushunishi va tabiatga bo’lgan muhabbati, bu mehrini bizga samimiy ko’rsatib berishi!Uning hamma tasvirlari chinligiga ishonmay ilojing yo’q.Boshqa shoirlar bo’lsa avval qofiyani o’ylashadi keyin misrada joy qolsagina tabiy ohangga murojat qilishadi.Xa bu xaqda sen bilan ko’p bahslashganmiz…
Yahshimi yomonmi mana shunday hayot kechiryapman .Seni yonimda yo’qliging menga juda bilinyapti.Shunday bo’lsa ham taqdirdan nolimay, kimnidir kutib nimadandir umid qilib yashab yuribman…
Endi senga aytmoqchi bo’lgan asosiy gapga o’taman.Yahshilab quloq solib mulohaza qilib fikringni menga yozib yubor hopmi?
Shunday kunlarning birida hayotimda g’alati bir voqea sodir bo’ldi…
(Azizam maktubni shu joyida tuxtataman bu xatni xizmat vaqtida yozayotgan edim,kimdir meni so’rayotgan emish boraychi?Xamma yaqinlaringga salom deign.Jiyanlarimni o’pib qo’y)Imkonim bo’lishi bilan yana yozaman.
Cheksiz sog’inch bilan Atirguling…


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Понедельник, 04.05.2009, 11:59 | Сообщение # 10
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Qadrim. Mehribonim. So'ginchim. Erkam....
Bu so'zlarni qanchalik ko'p takrorlamay, seni qanchalik erkalab, ardoqlamay, qanchalik mehr bilan so'zlashmay baribir seni Sevgilim deya olmayman... Chunki seni seva olmayman...
Seni sevishg, sevilishga haqqim yo'qligini bilasan. Bilib turib mendan sadoqat umid qilasan. "So'ginaman" deyman ko'nglingga qarab, "Sog'indingmi" deyman ko'ngling avaylab. Aslidachi, hijronlarda kuymagan ko'nglim. Bu hijronlar misoli bir oddiy tashnalik. Bir qultimga bosiladi har qancha hijron.
Qadrim. Mehribonim. So'ginchim. Erkam....
Ishonmasang ishontiraman.
Faqat meni unutsang bas qadrimdan kechib, Mehribonim eslamasang bo'ldi mehrimni, So'ginchimga aylansang bas meni unutib, Erkam bo'lib qolar eding menga abadiy bir umrga unutolsang meni borligim....
Mening Qadrim. Mehribonim. So'ginchim. Erkam....
Bir kun kelib tusunasan, buni bilaman. Bir kun kelib tushunaman, buni bilasan. Hozir esa unutmoqlik eng yaxshi chora, hali bizlar hech narsani bilmasdan turib.....

Nomalum...


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Пятница, 08.05.2009, 16:43 | Сообщение # 11
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Yana o’sha honimga ….29 noyabr

Azizam B…. oldingi maktubimni chala holda yuborganim uchun meni ma’zur tutasan.Gap shundaki Hozir ishlayotgan ish joyimda moliyaviy ahvol barqaror emas, bekor o’tirganingni ko’rib qolishsa boshliqlardan gap eshitasan.Ularga ham osonmas…
Shuning uchun maktublarim to’sattan uzilib qolsa meni so’kmagin va sabr bilan davomini kutgin
Kel xatimni davom ettiray…
Shunday qilib o’zim mustaqil xayot kechitayotganimdan xabaring bor.Oktyabrning zerikarli kunlarining birida bir g’alati yigit bilan tanishib qoldim.U bilan qanday tanishganimni bilmoqchimisan?
Esingdami ko’chamizni boshida muyulishda istirohat bog’I bor edi.U hozir ham bor faqat ariq bo’yidagi majnuntollar juda gurkirab o’sishgan.(u paytda kichkina edi).Gohida uyimga sig’may qolsam o’sha boqqa borib panaroqda kitob o’qib o’tiraman.Bir kuni soyada kitobdan boshimni ko’tarib, hayollarga cho’mib, o’tirsam bir yigit yonimga keldi.Tabiyki men unga qayrilib ham qaramadim.Biz insonlarda qarshilik ko’rsatgan kuchga yaqinlashish istagi, kuchli ekanligini bilasan.O’zimizga talpingan narsadan iloji boricha uzoqlashgimiz keladi.Xullas u meni suhbatga tortmoqchi bo’ldi.Uning so’lg’in ovozini eshitib beihtiyor qayrilib qaradim.Uning katta katta tim qora mayus ko’zlari,Qonsiz yuzi,hafsalasiz chehrasi qandaydir xayotning qiziqarli hodisalarining guvohi bo’lganini his qildim.Menda ham bu kishiga nisbatan qiziqish uyg’ondi..
U menga kitob o’qiydigan havo bo’lmayaptiku?Bu havoda faqat qo’shiq aytsa bo’ladi dedi.
Men hayron qolib unga qaradim.Suhbatimiz tahminan mana shunday boshlandi:
-Yuzingizga o’qigan kitoblaringizni nuqsi uribdi
-Bu nima deganiz
-.Biroz stenariydan chetga chiqib ketibsiz.
-Sizni ham qolipingiz o’zgacha shekilli
-Yo’q shunchaki men juda kechikib yoki barvaqtroq kelib qolibman
-Qaerga
-Oshxonagada
-……ni oshhona demoqchimisiz
-Nima farqi bor,oshxonadan
-Demak siz oshhona deb oy’laysiz,
-Xuddi shunday
-Qorningiz to’ydimi ishqilib?
-Ochman lekin xazm qilolmayapman
-NImani?
-Keling ,qo’ying shu gaplarni …..
Shu tariqa biroz suhbatlashib o’tirdik.Keyin dengiz haqida poeziya haqida gaplashdik…
Uning fikrlari zakovatli insonning Xayot haqidagi ajabtovur tesha tegmagan hulosalari edi.Meni yengiltaklikda ayblamagin lekin unda odamni o’ziga tortuvchi nimadir bor.Vaqt qanday o’tganini ham sezmapman..
Taajjubga tushgan bo’lsang kerag a?Shunday sovuq zaxar dugonamga nima bo’ldi deb.Xa azizam aynan u meni o’ziga ohangrabodek tortib qo’ydi..
Keyin meni uygacha kuzatib qo’ydi.Uyga taklif qilishga uyaldim o’zing bilasanku koshonamning ahvolini.U mendan gohi gohida uchrashib tursak bo’ladimi deb so’radi.Men ham darrov mayli roziman devoribman.Meni so’kmaginda oldin o’zing fikr qil.Qanchadan qancha romantik ajoyib kitoblarni yod olib,ishqiy sarguzashtlarni hayolan boshdan kechirsam,ilohiy lazzatli ishqni orzu qilsamu.,bir o’zim so’qqabosh,mehrga tashna,rutubatga to’la xayot kechirsam shuyam adolatdanmi?
Xullas men uchun yangi hayot boshlanayotgan edi…
(Yana hatimni uzishga to’g’ri kep qoldi,yaqin kunlarda habarlashamiz)

Seni o’pib Atirguling.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Среда, 13.05.2009, 16:17 | Сообщение # 12
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
UFFFFFFFFFFF yana pauzami ???? cry sad

Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
Форум » Adabiyot va San'at » Foydalanuvchilar ijodidan » Virtual maktublar turkumidan ((inet olamida topgan yaqin kishilarga yozilgan maktublar...))
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz