Ayriliq va hijron bekati..... Bu yerdan o'tayotgan ulovlar soni cheksiz. Huddi Bu bekat Aylanma yo'lning o'rtasiga joylashgandek. Hamma aylanib o'tadi....
Hijron bekati bo'lganda edi, hamma undan tezroq ketishni istardi. Visol Bekatiga yetishni istardi. Ayriliq bekatini hech kim qurmagan bo'lardi.... Ammo, yurib ketayotgan ulovdan sakrovchilar soni ko'paygan sari halokat qurbonlari ko'paya bordi. Alhisob, Bekat qurdilar....
Afsuski, Ayriliq va Hijron bekatini biz bir joyga qurdik. Hijronga chidolmay Ayriliq dedik. Ayriliqni tan olmay, bu hijron dedik. Sadarayhon ko'rgandim Ayriliq bekatining bir chetida mung'ayib o'sayotgan..... Sadarayhon.
Qon yig'laydi hiyobonda yolg'iz o'zgan sadarayhon,
Yig'lab aytgan sirlarini bulbul tinglar bo'lib hayron:
"Bunchalar ham toshmehrli, metin yurak bo'lar inson?
Bir ko'ngillar ayrilig'in guvohiman. Kuz kelsaydi?!
Onlar o'tar shamol kabi orzularin aytishguncha,
Knlar o'tar yillar kabi yana visol qaytishguncha.
Bahtli onlar izhoriga tugib qo'ysam go'zal g'uncha
Tikonlarga aylanadi "Alvidolar". Yoz ketsaydi...
Unsiz o'tnch, umid qolar, Armon qolar nigohlarda.
Chora bomi, bilsam edi men bilmagan gunohlarda?
Qasdim bordir ishq qasrini kemtik qurgan sipohlarda,
Zahrim sochib o'lsam mayli g'animlarga. Kuz kelsaydi...
"Ketma" deya aytolmaydi, "Ketmang" deya aytolmayman,
Ikki izdan ikki taraf ketolmayman, yetolmayman.
Ikki taqdir qismatini bilolmayman, kutolmayman,
Yana ayro taqdir ko'rmay yozim ketib kuz kelsaydi.
Najot bormi? Jonim beray! Dilni dilga bog'lagin bas.
Ayriliqni qo'y qiyomat. Visollardan yaralsin sas.
Kutib yashay izhori dil toki mendan qolmagay has,
Ayozlarga siltay gulim, bahor yana bir kelsaydi.