Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Shoir taqdiri.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 151
IP

 Ayriliq va hijron bekati - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Форум » Adabiyot va San'at » Foydalanuvchilar ijodidan » Ayriliq va hijron bekati ((muhabbat yo'q ekan dunyoda,bevafo ko'p ekan dunyoda))
Ayriliq va hijron bekati
KumushДата: Среда, 29.04.2009, 15:36 | Сообщение # 1
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Assalomu alaykum ahli ishq.Bu mavzuimiz Muhabbatidan ozor topgan oshiqlarimizga bag'ishlnadi...
Muhabbat tug'ilgan joyda visol bo'ladi,visolni ortidan esa hijron sovuq qilichini qayrab ergashib yuradi.Muhabbatning Vafo degan buyuk va sadoqatli soqchisi mavjud.Agar bu soqchi kimdandir yuz o'girsa ,visol ortga chekinadi,hijron o'z qilichini ishga solib oshiqlar yuragini tilka pora qiladi....

Qiz ketti.Yigit esa yuragini changgallagancha tizzalab tuproq yo'lda o'tirib qoldi.
U birovniki bo'ladi!!!
Shu so'z unga tinchlik bermay yuragini chayondek kemirib yotardi...
Endi nima qilaman?
Usiz nima qilaman?
Hayolida quyundek shu savol aylanardi.Uni birovni hasmiga aylanganini ko'rgandan ko'ra....
Birdan shitob bilan o'rnidan turdiyu yugurib ketti.U yo'lini topdim deb o'yladi endi hamamsidan qutulaman deb o'yladi.
Jon jahdi bilan yugurib borar ekan ariqdan hatlayman deb yiqilib tushdi.Shu yiqilganicha yotaverdi.Juda kalta o'ylaganini ariqdan hatlab o'tolmagan oyoqlari hahotki shu ishga qodir bo'lsa deb o'yladi.Yuragini kemirib yotgan alamli o'ylar ko'zlaridan yoshga aylanib chiqaverdi.
Yig'ladi, yig'layverdi...
Biroz yengil bo'lib, maysaga yastanib yotdi.Qachonlardir allaqaysi kitobda uqigan jumla esiga tushdi.Uy yonib ketti.Hech narsa qolmadi faqat mo'jiza tufayli omon qolgan soat esa yurishda davom etaverdi.
Huddi meni yuragimga o'hsharkan,yonyapti lekin baribir urib turibdi deb o'yladi.Xudo bergan kungacha urib turaveradi.....
Sarhadsiz osmon va son sanoqsiz yulduzlar unga termulib, mo'ltirab turganini ko'rdi.To'yib to'yib nafas oldi.Maysada erkalanib yotar ekan o'zida qandaydir ajib hislar tuydi.Yolg'iz emasligini parvardigor u bilan ekanligini his qildi.Yulduzlar esa hamon unga termulishardi...
Osmon deganlari keng ekan.
Bo'yi bo'yim bilan teng ekan.
Bu dunyoda dardingiz bo'lsa,
Yulduzga bahtliman deng ekan...

Yigit o'rnidan turdi.Oqsoqlangancha uyiga qarab yo'l oldi.Tor ko'chadan burilayotganda uzoq uzoqlardan eshitilayotgan hofizning qo'shig'i yurigini allaqaerini jizillatib o'tdi.Lekin shunga qaramay hamasi o'tmishda qolib ketgandek,tetik va mag'rur oldinga qarab ketaverdi....
Shamol esa bevafolardan shikoyat qilgancha,hofiz kuylarini uzoq uzoqlarga olib ketti.....
Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g'arib kezgan sahrolar,
Ertak ekan Toxir Zuxrolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda,
Muhabbat yo'q ekan dunyoda....


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Среда, 29.04.2009, 21:16 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Yuragini haligacha bir savol qiynaydi. Nimaga aynan men, nimaga yana men? Topdim deganda yo'qotgan, yo'qotdim deganda esa yana topib olgan edi...
Yaxshiyamki telefon bor, lekin, o'sha telefonga ming lanat. Ishlab chiqargan odamga lanat. Hammasiga shu telefon sababchi.
Hiyonatining birinchisida u kechirdi. Ha endi xatosini tushunib telefon qildiku,kechirim so'radiku. Uni ustiga hali yosh bo'lsa endi 16 dan o'tdi. Bilmasdan qilgandur-deb, o’zini o’zi ovutgan bo’ldi.
Ikkinchi safar esa unga indamadi, munosabatini o'zgartirdi holos. Endi u qizga yaxshi muomala qilmas, erkalatish so'zlarni esa so'zlamay qo'ygan edi. "Asalim","sog'indim"- degan so'zlarni lug'atidan o'chirib yuborgan edi. Faqat tekshirdi. Rostdan ham u bola bilan aloqasi bormi, yo'qmi? Surishtirib bilguncha qiz yana o'ziga rom etib ulgurdi. Yana kechirdi. Aloqalar oldingidanda mustahkamlanib, kuchayib bordi. Xatto qizning yuzidan o’pib olishga o’zida kuch topa bildi yigit.
Ammo hursandchilik ko’pga cho’zilmadi. Qiz qo’ng’iroq qildi. Gaplashdilar. Qiz undan shundey narsa so’radiki. Uni bajarish, yigitning g’ururiga qarshi ish bo’lardi. Qxiri…
Oxiriga qiziqyapsiz a? Oxir yigit ham o’z joniga qasd qilgandur deb o’ylayapsiz a? Lekin afsus, afsuski unday emas. Yigit joniga qasd qilgani o’zida kuch topa bilmadi. U qo’rqoqlik qildi. Ha u qo’rqoq.
O’lib ketsa, onasini yuragi og’rib turadi, hayajonlanish, siqilish umuman mumkin emas. Otasini qon bosimi bor. Bir marta mikroinsult bo’lgan. Ota onasining suyangan to’giku. Kayfiyati bo’lmasa ham majburan kulib ularni kuldirishga harakat qilardi. Choli-kampir farzandisiz nima qiladi? Axir ularni qanday tashlab ketadi ?! Hamma narsa bo’lsa ham erkaklik g’ururini o’yladi. Allohdan qo’rqdi. Oxiratdan, janozasiz ko’milishdan qo’rqdi.
Yigit yashayapti, ishlayapti. Yuzida esa tabassum. Lekin yuzidagi bu tabassum-- ishining majburiyati. Har bir mijozga kulib qarashi kerek. Ammo uning yuragi, ichki qismi bo’m bo’sh.

Uni yaxshi bilgan do’sti esa sekingina o’ziga shivirladi: TIRIK BO”LIB TIRIK emas O”LIK BO”LIB O”LIK emas, bechora do’stim…

O`lsamu unutsang menday yigitni,
Yog`ar yo`llaringga afsus-anduxim.
Oq tulporday minib oppoq bulutni,
Uyingning ustidan o`tadi Ruhim...
Unga nima deysan, bevafo yorim?
O`lsamu unutsang menday yigitni,
Qaro tuproq silab yotsa kuragim,
Sen o`choq oldida chaqqan gugurtni
Uchida lovillab tursa yuragim...
Shunga nima deysan, bevafo yorim?
Sen Xudo emassan axir, o`ylanma,
Jonimning rishtasi qo`lida uning,
Ammo Muhammadsiz o`tmaydi kuning,
Kel, mayli men o`lmay, sen ham qiynalma —
Shunga nima deysan, bevafo yorim?..


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!

Сообщение отредактировал Durbek - Среда, 29.04.2009, 21:17
 
AfsonaДата: Четверг, 30.04.2009, 08:57 | Сообщение # 3
Suhbatdosh
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 99
Репутация: 4
Статус: Offline
Мен……… йук мен эмас биз бахтли булишга хакли эдик-ку! Баъзан азоблар качон тугашини эсласам узок йул босиб чарчаган одамга ухшаб коламан. Юрагимни хаетимни совук бир бушлик эгаллаганини хис килиб уксиниб уксиниб йиглайман. Бу кандай бахтсизлик качонлардир мени севган инсон бугун келиб енимда тескари угрилиб жимгина ухлайди. Эшикдан кириб менга захрини сочади Бегона аеллар менга кунгирок килиб сен хаккингда булмагур гапларни айтади.Улар билан мени енимда кулиб гаплашишдан уялмадинг .Минг лаънат буларга гувох булиб олов ичида енаман…………. Нигохларимдаги , мехр ,калбимдаги ишонч умид йуколди.Уша кеч узок йигладим, куз ешларимга фаришталар турт девор гувох….Биз бир уйда яшайдиган икки бегоналар эдик….Бир нарсага каттик укинаман. Хаетимнинг энг бегубор яхши дамини ешлигимни орзу умидларимни угирладинг уларни хаммасини хароб килиб саробга айлантирдинг! Менга хар кун булмасада хатто байрамларга бирта гул хадя этмадинг.Сенга хиенат килмадим дейсан.Бирок эри хотини олдидаги бурчини унитса бу хиенат эмасми? Хотин ишдан кеч келса, уйига пул олиб келса-ю, бу пул каердан келди демаса бу хиенат эмасми? Калбидаги согинч бир огиз ширин сузга зор титраб турса-ю бепарво эрнинг жавоби булмаса бу хиенат эмасми? Бундай туйгуларни англаш учун эркак кишида юрак иймон гурур керак. Бугун мен сендан кетаман балки бу ишим хатодир гунохдир, барибир кетаман.Хиссиз сенга очик ойдин хиенат киладиган одам билан яшашнинг узи гунох эмасми?Бу не кургулик-ки тангри медан мархаматини дариг тутса……. Енингда аеллигимни хис килиб сенга калбимдагиларни айтиб суяна олмасам…Сен енимда булсангу доим мен елгиз узим уз хаелларим билан яшасам.Сендан мехр кутиб сенга мехр тула кузларим билан боксаму сен унга парво килмасанг…….Бу канака азоб эканлигини биласанми?Бу дахшатга коришиб сен билан яшай олмайман…….Мен кетаман.Ха мен сендан кетаман энди кайтмайман………….

ИШОН СЕН КУЧЛИСАН. ХАР ДОИМ УЗ ИРОДАНГГА ИШОНИБ БОШИНГНИ БАЛАНД КУТАРИБИР ОЛДИНГГА ХАРАКАТ КИЛИБ ЯШАШНИ УРГАН
 
KumushДата: Четверг, 30.04.2009, 11:25 | Сообщение # 4
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Ayt
Gulday umring kulday to'zib ketmoqda
Kimni kutib yoshing qirqdan o'tmoqda
Yolg'izmisan endi sen bu chorboqda
Endi yo'qlab kelmasmu u aldagan?..

O't ham o'sar bir biriga suykalib,
Sen na yorsan,sen na tulsan ey g'arib
Hech bo'lmasa ko'ngil uchun ahtarib
Bir bor kelsa bo'lmasmu u aldagan?..

Ochil gulim,ayt o'zimga dardingni,
Gulfurushlar qaydan bilsin qadringni.
Yomg'irman deb yuzing silab bargingni
To'kib ketgan do'lmasmi u aldagan?..

Gulday umring kulday to'zib ketmoqda
Kimni kutib yoshing qirqdan o'tmoqda.
Yelkangdagi yetti qator sirtmoqda
Osilibgina o'lmasmu u aldagan...

Yuzlaringni ko'rgandayman qaydadir,
Qo'l ushlashib yurgandayman qaydadir,
Neki qilsang,ahir bir kun qaytadir,
Ayt ,mobodo menmasmu u aldagan?!.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KumushДата: Воскресенье, 03.05.2009, 10:46 | Сообщение # 5
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Umrimni o‘tkinchi saboga berdim,
Eng so‘nggi chaqamni gadoga berdim,
Bu telba ruhimni Xudoga berdim...

Sabo olib bordi, gadoga berdi,
Gado yig‘lab bordi, Xudoga berdi.
Xudo meni senga xatoga berdi,

Sen meni kimlarga berding, Azizim?


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KumushДата: Воскресенье, 03.05.2009, 10:49 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Nimaga sevdirding uni, Xudoyim,
Sevgini bilmagan insonni?
Qiynamoq uchun soldingmi,
Ichimga bu olov tug’yonni?..

.. Hammani yo’qotib,
topgandim seni…
Nahot yana azob-nasibam?
Nahotki, hayot yo’q hayotda?
O’zimdan xavfdaman,
O’zimdan, Egam!..

Kimni ko’proq sevding…
Meni yo uni?
Ne bo’lardi, sevsang ikkimizni ham!
Sevgingni sevaman,
Xudoyim , ammo
Nahot menga qismat –
Sevgisiz odam?

Hammani yo’qotib,
topgandim seni…


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KumushДата: Воскресенье, 03.05.2009, 11:16 | Сообщение # 7
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Nima bo‘ldi, nimalar bo‘ldi,
Ikki yonga ketdik ayrilib.
Ketarkanman qaragim keldi,
So‘ng bora ortimga qayrilib.

Qaramadim, qaray olmadim,
Egsam hamki bu mag‘rur boshni.
Hech ko‘rsatgim kelmadi Sizga,
Ko‘zlarimga to‘lgan ko‘z yoshni.

Men mehrlar bergandim Sizga,
Yonib yoniq otash mehrlar.
Bugun mening qo‘rlarim so‘ngan
Bugun Sizni kimlar sehrlar.

Ma’yuslanib qolasiz nogoh,
Nafratmidir ko‘ksimda o‘sgan.
Zor bo‘lasiz bir kun baribir,
Jannatlarda topilmas hisga.

Kimdan xato o‘tdi bilmadim,
Siz hanuz jim, men hamon jimman.
Qahratonli bir sovuq kunda,
Xudo bir o‘t olar ko‘ksimdan.

«Qaytarib ber mehringni» deysiz,
Bilmaysiz qalb g‘amdan tolganin.
Pichirlayman sovuq, xotirjam:
«Banda bermas Xudo olganin».


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KAMELYAДата: Вторник, 05.05.2009, 15:10 | Сообщение # 8
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 10
Репутация: 1
Статус: Offline
Inson kimgadir mexr qo'yadi u asta sekin muxabbatga aylandi xuddi nixol singari o'sib unadi kimnidir muxabbati meva beradi kimnidir tuygilari sovuq urib ketgan nixol singari uvol bo'ladi

Lekin inson bundan sinib qolishi qiynalishi kerakmas chunki xayot davom etadi
umr davom etmoqda siz yashayapsiz muxabbatiz tamom bo'ldi degani sizni xayotizga xukm chiqarildi degani emas
sevgi yana uchrashi mumkin undanda yaxshi undanda mexribonroq insonni uchratishingiz mumkin bu extimol 99% ishlaydi agar siz atrofga yaxshiroq qarasangiz o'sha insonni albatta uchratasiz lekin buning uchun 1 kichkina lekin bor
siz ado bo'lgan sevgi qissangizni unitishiz komishiz kerak xayotingizdagi yangi saxifani o'tmishizdagi g'am-g'ussali xotiralar bilan qayta qoralamang , ertangi kunga ishoning
MUXABBAT KELADI!!!!!!!!!!
CHUNKI SIZ BAXTGA LOYIQSIZ BIZ XAMMAMIZ LOYIQMIZ .
P.S. o'zingizni baxtdan mosuvo qilmang


umr inson uchun 1 marta beriladigan eng eng oddiy eng qimmatli va eng qadrsiz nemat xar 1 kuniingni shod o'tkaz tokay umringni 1 soniyasi xam bekor zavol ketmasin
 
KumushДата: Вторник, 05.05.2009, 15:32 | Сообщение # 9
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (KAMELYA)
MUXABBAT KELADI!!!!!!!!!!
CHUNKI SIZ BAXTGA LOYIQSIZ BIZ XAMMAMIZ LOYIQMIZ .
P.S. o'zingizni baxtdan mosuvo qilmang
KAMELYA, tog'ri aytasiz,o'zimizni bahtdan mosuvo qilishimiz yahshi emas.Biz ko'pincha bir narsaga qattiq yopishib olamiz.O'zimizga o'zgani nigohi bilan qarasak tashvishimizni ko'pirtirib behuda g'am chekib yurganimizni ko'rib qolamiz.
Xayot o'z yo'lida davom etaveradi.....


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KAMELYAДата: Вторник, 05.05.2009, 15:36 | Сообщение # 10
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 10
Репутация: 1
Статус: Offline
Kumush muxabbat ajib xis man sizga xaqiyqiy muxabbat uchrashini tiliyman lekin G'am chekmang sizni bexuda g'am chekdiz demoqchimasman bu xam sizga xayotning 1 sinovi darsi undan tezroq xulosa chiqarsangiz bas

umr inson uchun 1 marta beriladigan eng eng oddiy eng qimmatli va eng qadrsiz nemat xar 1 kuniingni shod o'tkaz tokay umringni 1 soniyasi xam bekor zavol ketmasin
 
AfsonaДата: Среда, 06.05.2009, 08:20 | Сообщение # 11
Suhbatdosh
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 99
Репутация: 4
Статус: Offline
Мунгли куй янграябди гам гуссага тулган юракни бузлатиб, уй хаел деворларига ошикасан лекин имкон йук.Юрагинг тилиб утган алам бугзингдан фигон булиб отилади.Мухаббат олови хает уругини кадаб умрингга умр кушаверар экан…. Кани эди бу бахт мангуликка кадар чузилиб, доим калбинг мухаббатига айланиб сенга доим уз соянгдек эргашса эди…….. Афсус качонлардир сенга айтилган чиройли сузлар, сенга мехр ила бокиб турган уша кузлар, табассумлар, сенга аталган оловли бусалар бугун узгага майл берганига гувох булиб турибсан……. Кани эди кулингдан келса барини кафтингда гижимлаб ташлаган товонингда янчиб , эзиб куйган булар эдинг……..
Эх асраб кололмадинг
Уни сендан юлиб олиб кетдилар
Ениб куймайсан
Куйиб кул булмайсан
КУЙ…. Дуненинг барча гаму гуссасини калбингга жо этиб.багрингни киймалаб нола килаяби. Кочиб кутилишга имкон йук , ортингдан кувиб етади барибир
ДИЛ…….. умидлари сунган, бахти казо килган,жувонмарг кетган мухаббатга аза очаяпти…….


ИШОН СЕН КУЧЛИСАН. ХАР ДОИМ УЗ ИРОДАНГГА ИШОНИБ БОШИНГНИ БАЛАНД КУТАРИБИР ОЛДИНГГА ХАРАКАТ КИЛИБ ЯШАШНИ УРГАН
 
DurbekДата: Среда, 06.05.2009, 10:14 | Сообщение # 12
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, KAMELYA, Afsona, Nimaga hamma muhabbatni o'tkinchi his deb aytadi. Nima u oq qog'ozga qalam bilan yozilgan narsamiki, o'chirsa o'chib ketadigan. Sizlar mendan kattasizlar! Hayotni mendan ko'ra ko'proq bilasizlar!

Sevgi, muhabbat deb yonib kuyamiz. Nahotki yonganimiz, talashganimiz bizga hiyonat qilsayu, uni bor yo'gi ikki yilga qolmasdan unutsek! Yangi hayot boshlasek, Unda sevgi, muhabbat degan narsalar shunchalik aldoqchi bir maraz tuyg'u ekanda insonni atigi ikki yilga aldasa?!

EEEEE yo'q uni men bunaqa tasavvur qila olmas edim. Mana o'rgandim. Aniqrog'i o'rgatildim. Ikki yilga yetmagan sevgini kimga keragi bor?!

Mana men ham yangi hayot boshlayapman. Boshlayapmanu lekin sochlarimda oq. Huddi 60 yil yashab qo'ygan odamdek. Yuragim kuchsiz, asablarim esa hatto dadamnikidan ham mo'rt. Ko'rdingmi meni nima qilding. Mana voz kechdim. Hursandmisan endi meni aldagan, aldoqchi SEVGI ???


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AfsonaДата: Среда, 06.05.2009, 10:26 | Сообщение # 13
Suhbatdosh
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 99
Репутация: 4
Статус: Offline
Илк мухаббат бахор осмонидаги булутга ухшайди.Оппок, Покиза, Шаффоф.... На кулингиз билан тутасиз , на ортидан югуриб етасиз........ Шамол уни каерга олиб кетишини хам билмайсиз....... Биринчи мухаббат купинча натижасиз тугаши шундандир балким.........
Дурбек жарохат битиши мумкин лекин ундан колган чандик хар доим сизга уша жарохатни эслатиб туради.Биринчи мухаббатни хеч качон унутиб булмайди.У доим калбингизни туб тубига яширинча яшаб сизни азоблаб юраверади.........


ИШОН СЕН КУЧЛИСАН. ХАР ДОИМ УЗ ИРОДАНГГА ИШОНИБ БОШИНГНИ БАЛАНД КУТАРИБИР ОЛДИНГГА ХАРАКАТ КИЛИБ ЯШАШНИ УРГАН
 
KumushДата: Среда, 06.05.2009, 12:03 | Сообщение # 14
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Sevgi o'zi nima?

Meni fikrimcha sevgi yetisholmagan oshiq mashuqlarning ohu fig'onlaridan yaralgan bo'lsa kerak.O'shandagina sevgi abadiy yashab qoladi.Agar bir biroviga erishadigan bo'lishsa sevgi yasharmikan?Bunaqada sevgini o'rnini zerikarli majburyat egallab olmaydimi?
Aslida sevgi nima o'zi?Qorin to'ydirsa bo'ladimi u bilan?Ahir to'ygan odam ovqatga qaragisi kelmaydiku?Bir hil yemak me'daga urib o'ziga boshqa ho'rak izlamaydimi?

Quote (Durbek)
Kumush, KAMELYA, Afsona, Nimaga hamma muhabbatni o'tkinchi his deb aytadi. Nima u oq qog'ozga qalam bilan yozilgan narsamiki, o'chirsa o'chib ketadigan. Sizlar mendan kattasizlar! Hayotni mendan ko'ra ko'proq bilasizlar
Ko'p etibor berganman,15 yoshdan 25gacha bo'lganlar sevgi bor hayot mazmuni sevgi deyishadi,25dan 30 gacha bo'lgan insonlar sevgi haqida hafsalasi pir bo'lib gapiradi(kamdan kami ijobiy fikr bildirishadi).30 dan 40 yoshdagilar esa sevgini mehr,sadoqat kabi tuyg'ular timsolida ko'rishadi.Undan yuqori yoshdagilar esa sevgi haqida gapirishni ham o'zlariga ep ko'rishmaydi.Abdulla akani bir latifasi bor edi.Honasi kelib qoganda yozay(OFFTOB bo'lsa ham)
Bir kema halokatga uchrabdiyu erkaklar bir sohilga,ayollar bir sohilga tushib qolishibdi.Shunda erkaklardan 20-30 yoshdagilari yuringlar ayollar tomonga suzib o'tamiz deyishibdi,30-40 yoshdagilari birob bir kema yasaylik keyin o'tamiz desa,50 yoshdan yuqorilari shu yerdan ham yahshi ko'rinyaptiku degan ekan...


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AfsonaДата: Среда, 06.05.2009, 12:35 | Сообщение # 15
Suhbatdosh
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 99
Репутация: 4
Статус: Offline
Дилимдаги хар бир сузни айтишим керакми еки яширмог керакми? Буни билмадим…… хар бир хисни сузга ураб ясантириб айтиш керакдир балким , яна уйлаб куриш керак……Калбимиз истаетган нарсани айтмасак юрак кайдан хам ором олсин.Кейин Яна узимиз уни айблаб нола киламиз « хеч тинч куймади куймади-да» - деб
Узим шуларни уйлайману , лекин унинг истагини хакикатга айлантира олмайман.Нега, нима учун ? Доим хам кунглимиз истаганини кила олмаймиз.Баъзида бунга ориятимиз,оримиз ички «мен»имиз йул куймайди.Баъзан бошка важ топа олмасак такдир деб хам куямиз……..Узим хам дил амрини адо этадиган баходир эмасман.На илож.
Юрак урмокда…сен яшаябсан менда ,аммо мен сенинг елгиз истагингни хам амалга ошириб бера олмаябман……. Айт мен не килай?!Истаганим сен узокларда мен эса……сени куролмасам сенга согинчларимни айта олмасам.Бу не такдир-ки уни…. фикирларим чалгиб хаелимга минг уй келмокда……. Чарчадим …яшашни истайман…..
Куркиб кетаябман……. Аро йулдаман. Юрак хает!.Афсус хар иккаласи икки йул
Хотира.Улайинми е колайин? Унда тирик туриб яшашга не халоват?.......... Коп кора булут Жуда куркинчли …… Бу гунох! КЕТДИМ……… МЕН ПОКЛАНИШ ЙУЛИДА ЕЛГИЗ,……


ИШОН СЕН КУЧЛИСАН. ХАР ДОИМ УЗ ИРОДАНГГА ИШОНИБ БОШИНГНИ БАЛАНД КУТАРИБИР ОЛДИНГГА ХАРАКАТ КИЛИБ ЯШАШНИ УРГАН
 
Форум » Adabiyot va San'at » Foydalanuvchilar ijodidan » Ayriliq va hijron bekati ((muhabbat yo'q ekan dunyoda,bevafo ko'p ekan dunyoda))
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz