Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Kundalikka sizga yoqdimi?
Всего ответов: 150



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 
Bosh sahifa » 2008 » Февраль » 15 » "Kamolot" hazillari...
"Kamolot" hazillari...
12:45
Bir bog’bon otaxon adashib Kamolot idorasiga kirib qolibdi.
Yosh bir yigit Otaxonga qarshi chiqibdi:
-         Salom Otaxon, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatiga hush kelibsiz!
-         Salom yigitcha, menga 100 tup yaxshi, baquvvat ko’chatingdan, yana 3 ta mardikor keragidi. Bormi?
-         Kechirasiz otaxon? Biz ko’chat sotmaymiz? Biz yoshlar xarakatimiz!?
-         Uff. Bittasi do’konini peshonasiga otning rasmini chizib qo’yib, do’ppi sotsa, bittasi ko’chatning rasmini chizib qo’yib yoshlarga xarajat qilarmish. Endi otimga taqa bilan boqqa ko’chatni qayoqdan olaman hudo biladi…
 

 
Kamolot so’zi qayoqdan paydo bo’ldi?
Neondartalning (qadimiy odamning) bolasi otasiga yalinibdi:
-         Ota! Meni ham ovga olib boring?
-         Kamon otishni o’rganganingda olib boraman! Gap tamom!
Har kni shu ahvol ekan: o’g’il “Ovga boraman”, Otasi “Kamon ot”
Hullas bunga rahmi kelgan Bobo neondartal kasb-hunar kooperativi ochibdi “Kamon OT”
Arheologlar bitta harfni o’qiy olmaganliklari “KAMOLOT” ning aybi emas.
 

Bir yigitchadan do’stlari so’rashibdi:
- aytginchi, Kamolotga a’zo bo’lib nima orttirding?
- Aytolmayman?!
Do’stlari sir nimadaligini bilgani Kamolotga borishib, a’zo bo’lishibdi.
Yigit ularni Kamolotda ko’rib o’zlariga savol beribdi:
- Aytginchi, Kamolotga a’zo bo’lib nima orttirdingiz?
- Aytolmaymiz?! Bilganimizda sendan so’rarmidik!?
 

“Iqtisodiy xarakatingiz bo’lmasa, Ijtimoiy xarakat qiling! Lekin Kamolotga a’zo bo’lish shart emas.
Iqtisodiy xarakatingiz bo’lsayu, Ijtimoiy xarakatingiz bo’lmasa, kamolotga a’zo bo’ling, o’rgatamiz.”
Kamolot nizomidan.
 

 
Ko’rdim o’zimni bir g’arib, kamol yetmoq oson emas,
Kamol yetsa hamki inson, tanho ketmoq oson emas.
 
Aytsalar yosh tanda emas, boshda bo’lar har bir amal,
Aytgum qarilik gashtini yoshda totmoq oson emas.
 
Mos emasmu bolalikka o’yin kulgu, zavqu tashvish?
Magar kamol yetar bo’lsa, kanda etmoq oson emas.
 
Ol hadisin har jabhaning, toki unib o’smoq oson,
Olmasang kamol yoshingda, keyin olmoq oson emas.
 
Lol bo’lmagin, kuylasalar ishqu-muhabbat kuyini,
Lek ahillik, birlik so’zin kuyga solmoq oson emas.
 
Ogoh etay, egri o’sgan terak ko’mir bo’lgay aniq,
Oltin zangdan qimmat emas, buyum bo’lmoq oson emas.
 
Tingla har bir baytda yashrin, nasihatni ey Alisher,
Tushun, uning qadrin bilmay, bizla qolmoq oson emas! 
Turkum: Umumiy yangiliklar | Ko'rishlar: 2798 | Muallif: Alisher | Daraja: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 1
1 Mashhura  
0
Menga birinchi hazil yoqdi. buni o`qiganimdan beri kamolotchimizni joniga tegaman - qanday meva yesak, danagini olib qo`yaman-da, u kelganda, danakni berib, ko`chat qilib sotasiz deyman. Albatta uning ham bundan xabari bor.

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]


[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Dalada... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Shoir taqdiri. (0)
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Alamo-alam... (1)
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Muhabbat qovurmasi... (1)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga. (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
Суббота
18.05.2024
10:35
Yangiliklar taqvimi
«  Февраль 2008  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
2526272829
Yangiliklar rukni
Sahifa yangiliklari [3]
Dunyo yangiliklari [0]
Turfa olam yangiliklari [0]
Fan texnika yutuqlari [0]
Raqamli yangiliklar [2]
Umumiy yangiliklar [2]
Balki yangilik emasdir? [4]
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz