Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Alisher Irgashev » Tugamagan satrlar...

To'rtliklar...
Muhabbat ishqida kim bo'lsa shoir
Shum taqdir ularni xar kuyga solar.
To'qilmay qolgan bu she'rlari mayli,
Daftarda yakunsiz satrlar qolar...
 
2003 yil.

 
Boshing uzra bir kun quvonch sochib ketgay.
Kunlar borki alam ildiz otib ketgay.
Ey Alisher, bu dunyo bir sinov bo'ldi
Ogox bo'lg'il, bu kunlar xam o'tib ketgay.
 
May, 2000 yil.

 
Ul bodomkim, axli donish uning mag'zin chaqadur.
Ul chiyonkim, kimki badxulq, aning og'zin chaqadur.
Ey Alisher, extiyot bo'l, qo'ymag'il o'z xolig'a,
Bir xatolig' aylasang kim, yigit labzing chaqadur.
 
1998 yil.

 
Muxabbat bog'iga tashlab bir nigox
Xayolim yo'qotdim, aqlim parishon.
Sevmagan qalblarni etayin ogox,
Zanjirband qul kabi yuribman xamon!
 
17 Dekabr, 1998 yil.

 
Men unga sevaman deb aytsam,
Dedi u: "-Sen uchun emasman",
O'zgaga mosdir u, men esa
Bilmayman, kimga ham kerakman?!
 
1999 yil.

 
Ishq o'tida ikki yurak bo'ldi xarob,
Biriga zax, biriga do'st bo'ldi sharob.
Ey Alisher, bu dunyoda ishqida kim
Obro' topsa xamki ba'zan bo'ldi sarob.
 
May, 2000 yil.

 
Bu dunyoda har narsaning o'z jufti o'z aksi bor.
Yaxshi yomon, kunga tun bor, ayriliqqa bor visol.
Biri kelsa ikkinchisi kutib turmas intizor,
Shunday ekan, ey Alisher, o'z aksingni topib ol.
 
May, 2003 yil.

 
Sevgimni yuqotsam o'laman derlar.
Lek chindan aytadi bu gaplarni til
Birini yo'kotmay turib boshqasin
Sevgancha oshiqlar yasharlar yuz yil!
 
2003 yil.

 
Endi xayot bo'lsin ustozing.
O'lim bilan qilgin andisha.
Ne kuylarga solsa xam taqdir
Inson bo'lib qolgin xamisha.
 
May, 2003 yil.

 
Yigit bola xokim bo'lsa gulzor qurdiradi.
Erkak kishi xokim bulsa bozor qurdiradi.
Ertasini o'ylamagan xokimlarga bersin to'zim.
Qari kishi xokim bo'lsa mozor qurdiradi.
 
2003 yil.
 
Alisher BEK
Turkum: Tugamagan satrlar... | Muhbir: Alisher (24.04.2009) | Muallif: Alisher Irgashev
Ko'rilgan: 1260 | Daraja: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 0
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Dalada... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Shoir taqdiri. (0)
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Alamo-alam... (1)
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Muhabbat qovurmasi... (1)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga. (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
Суббота
18.05.2024
13:46
Sahifa ruknlari
Muhabbatnoma [30]
Muhabbatga talpingan yurak...
So'zlarim yetmadi Onajon... [8]
Onamning Hotirasiga bag'ishlanadi.
G'azalga havas... [13]
Tugamagan satrlar... [4]
She'r har doim ham yakun bo'lavermaydi.
Men shoir emasman! [18]
Men shoir emasman, bo'lmayman xatto...
Satrlar kulganda... [5]
Xazil she'rlar to'plami.
Sher bo'lmagan satrlar... [1]
Nazm borasida bir shingil...
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz