Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Ko'nglimni tushunmas suyganim...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Ishonmading
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Yuvildi dil g'uborlarim.
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Shoir taqdiri.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Ishq sayyodi.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 152
IP

 Men yoqtirgan qo'shiq matni.... - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher  
Men yoqtirgan qo'shiq matni....
AlisherДата: Понедельник, 03.03.2008, 14:06 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bo'gimda.
Shunda ko'rdi ko'zim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.

Qushlar sayrar jonimga payvast,
Men sevgining bo'yi bilan mast.
Kuni bilan dalada qoldim,
Lolazorlar ichra yo'qoldim.

Quchoq-quchoq gullar terganim,
Va keltirib senga berganim
Kechagidek hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.

Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting...
Eng gullagan yoshlik chog'mda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda.

Bu qo'shiq "Chinor ostida duel" filmida yangragan. Adashmasam Kozim Qayumov ijro etganbo'lishi kerak. She'r esa Zulfiyaga atab Hamid Olimjon tomonidan yozilgan.
Bu qo'shiqni juda yaxshi ko'raman. Agar kimda MP3 fayli bo'lsa, menga jo'natishingizni iltimos qilardim.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
BonuchaДата: Вторник, 04.03.2008, 14:04 | Сообщение # 2
O'quvchi
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 12
Репутация: 1
Статус: Offline
Ozodbek Nazarbekov -Sening Darding
Agar men har qayon bo'lsam, ko'ngil sendan judo bo'lmas,
Agar ming yil navo qilsam, sening darding ado bo'lmas.

Tilarman vaslini tinmay, necha yillar yurib sarson,
Borib ayting, o'shal yorga, judoliqdek balo bo'lmas.

Xaloyiqlarki ayturlar, bu dardingga davo yo'qtur,
O'zidin o'zga, ey do'stlar, menga hech bir davo bo'lmas.

Manam Mashrab kecha kunduz, firoq dardida yig'larman,
Magar ma'shuq yuzin ko'rmoq bu dunyoda ravo bo'lmas.

Agar men har qayon bo'lsam, ko'ngil sendan judo bo'lmas,
Agar ming yil navo qilsam, sening darding ado bo'lmas.

 
YUPITERLIK-IRODAДата: Среда, 05.03.2008, 12:27 | Сообщение # 3
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 4
Репутация: 0
Статус: Offline
Atrofimda ko'nglim suygan do'stlarim bor
Ko'nglimda g'am
tasvirlangan yuzada quvon4
yawiringan ko'zimda nam

Afsusdaman endi o'zim senga aytgan so'zlarimdan
Yuragimni ezib-ezib ko'z uzmading ko'zlarimdan'
Qaramagin ko'zlarimga ko'zlaring beeegona endi
begona bo'ldi bu dunyo senday yagonam yo'q endi

Oydan oydin,guldan go'zal
Oy jamoling g'am ko'rmasin
Yarawipti oppoq libos
Baxtingga he4 ko'z tegmasin
....

Добавлено (05.03.2008, 11:18)
---------------------------------------------
Dima-Bilan -- Я так люблю тебя

Не знакомо, не вероятно
Слишком ново, слишком приятно
Делу время и стучит в темя
Что приготовила новая тема
Мои мысли о тебе лишь, о тебе, да
И сейчас нужна мне победа
Одинокий город спит отдыхает
За усталый вид отвечает
Добрый вечер улицы, бары, двери, мосты подъезды, тротуары
Здесь одной тебя не хватает
Знала бы ты, как сильно скучаю
Мои мысли о тебе лишь, о тебе, да
нужна мне победа
Одинокий город спит отдыхает

Я так люблю тебя
Я так хочу тебя
Как воздух и вода
Ты мне одна нужна всегда
Поверь моим словам
Я все тебе отдам
Как воздух и вода
Ты мне одна нужна всегда

Слезы, грезы, летние грозы
Темные ночи, красные розы
Не помогут, нет мне покоя
Чувствую нужно что - то другое
Мои мысли о тебе лишь, о тебе, да
И сейчас нужна мне победа
Одинокий город спит отдыхает

Я так люблю тебя
Я так хочу тебя
Как воздух и вода
Ты мне одна нужна всегда
Поверь моим словам
Я все тебе отдам
Как воздух и вода
Ты мне одна нужна всегда
Слезы…слезы…
О тебе лишь о тебе…
Слезы… слезы…

Добавлено (05.03.2008, 11:27)
---------------------------------------------
Seni men sog'inganda
Gitaramni sozlayman
Ko'zlaring namlanganda
Senga qo'shiq kuylayman.

Men seni sog'inganda
Jonim seni eslayman
Shirin-shirin so'zlaring
Erkalashing qumsayman

Seni men sog'inganda
Yoningga borsam deyman
Ko'zlaring quvnaganda
Erkalab yursam deyman

Men seni sog'inganda
Ko'zlaring ko'rsam deyman
Faqat jonim o'zingni
Yagonang bo'lsam deyman

Bugun katta ko'chadan o'tolmayman go'zalim
Seni ko'rib qolsam men so'zlolmayman so'zlarim

Mahallangga o'tsam kech
Derazangga tosh otsam
Shirin uyquda uhlaysan
Meni sira o'ylamaysan

Tong otsa ham uhlamay
Seni jonim o'ylayman
Ko'zlarim bir zum yumsam
ko'z o'ngimda seni ko'raman

Yong'oq daraxt tagida
Seni o'ylab kutarman
Sado bermasang hamon
Uyga qaytib ketarman

Derazamdan mo'ralab
Bardoshingni sinayman
Telba oshiq yorginam
Ketishing istamayman

Bugun katta ko'chadan o'tolmayman go'zalim
Seni ko'rib qolsam men so'zlolmayman so'zlarim


INSONGA AQLDAN SO'NG BERILGAN ENG KATTA BOYLIK-DO'STLIKDIR!!!
 
BonuДата: Пятница, 07.03.2008, 15:56 | Сообщение # 4
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 12
Репутация: 0
Статус: Offline
Tohirbek Mahkamov

PANOHINGGA OLGIN

Netay kiprigimni namlasa yoshlar,
O'ksigan dilimdan to'kilsa zorlar,
Xasta jonim vayron, cheksa ozorlar,
Panohingga olgin, meni Xudoyim.

Nopok do'stlarimdan yana kuyayin,
Malomatlar otsin, yana ko'rayin,
Hasratingda umrim o'zing suyayin,
Panohingga olgin, meni Xudoyim.

Yuragimda bori shodlik-g'am bo'ldi,
Ko'z yoshlarim yuvib ketar gard bo'ldi,
Tuhmatlarga qalqon ko'ngil mard bo'ldi,
Panohingga olgin, meni Xudoyim.


Eng yaxshi bir sirni berayin sizga:
Dastavval qaranglar o‘z oynangizga!
 
DurbekДата: Вторник, 26.08.2008, 12:05 | Сообщение # 5
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
~*Yodgor MIrzajonov*~ - ..::Alvido::..

Qalb sensiz chekar ozor, Hech bir soz qilmaydi kor
Orzular endi bekor, Armonga aylanding yor

Alvido, Alvido, Alvido, Alvido
Alvido, Alvido, Alvido, Alvido

Kerakmas ozga bahor, Ozga dard ozga visol
U damlar kelmas takror, Armonga aylanding yor

Alvido, Alvido, Alvido, Alvido
Alvido, Alvido, Alvido, Alvido

Osmondagi oy emas, yoningdagi yor edim,
Qancha shaydolar qolib yolgiz senga zor edim
Mehr sochib qalbingga, Sevganini bilmading Yana qancha qadringga etganimmi bilmading
Endi kech oh urushga, otti ketti u paytlar, Shoshma yonib kuyishga,
Bekor endi bu dardlar
Koz yosh tokar kozlarim, asta sekin yuvarman,
Songgi soz aytmoq uchun, yurak dardim yutaman...

Alvido, Alvido, Alvido, Alvido
Alvido, Alvido, Alvido, Alvido


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
MashhuraДата: Вторник, 02.09.2008, 15:42 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek,
Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Ikki dunyo borligi rostdir, rostdir mudom,
Bu tomon aldoqchi derlar, u tomon rostdir mudom,
Bunda kim och, kimsa to‘q, kimlarga ko‘p sozdir mudom,
Kimni yozi qish esa, kimlarga qish yozdir mudom,
Har kimni bosgan izi niyatiga mosdir mudom.

Hurlar bormish u yonda marvarid marjondek,
Pokiza ermish nihoyat, pokiza iymondek,
Vasliga yetmakka oning bu umr yetmas emish
Lek anga yetmakka bordur rahnamo Qur’ondek.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Pok yursang bu jahonda senga shuldir toj-taxt,
Kelganing haq, ketmaging haq, oxirat ham barhaq,
Jannatu do‘zaxni Tangrim qilmishing-chun qildi taxt,
Haq taoloning yo‘li ikki dunyoyingga baxt,
Ushbu yo‘lda kimki o‘tdi hurlar tutgay qadah.

Olloh-Olloh shundayin izzat nasib etgin menga,
Hurlar qoshidagi himmat nasib etgil menga.

Sherali Jo'rayev


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 02.09.2008, 15:45 | Сообщение # 7
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Men nola qilay shomu sahar
Men nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho’xi parizod, eshigingda.

Ul lolavu rayhonu suman, toqa qizil gul,
Ham sarv bukuldi, qadi shamshod eshigingda.

Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,
Jonim qushi sayd o’ldi chu sayyod eshigingda.

Olam borisi lazzati husnungni topibdur,
Giryonu fig’on, nolavu faryod eshigingda.

Savdoyi muhabbatga tushubman seni izlab,
O’lturdi g’aming, ko’zlari jallod, eshigingda.

Ashkim to’kubon hajru g’amingda kecha-kunduz,
Vayrona vatan - manzil obod eshigingda.

Ul husnu jamoling o’ti Mashrabg’a tushubdur,
Parvonasifat kuydi, parizod, eshigingda.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
KumushДата: Пятница, 03.04.2009, 11:00 | Сообщение # 8
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Kurgim kelar sizni negadir// Sevara Nazarxon ijrosida

Umr o'qmas bir tekkiz tiqdek,
kimlarnidir hasrat engadir
men toparman irodani lek,
kurgim kelar sizni negadir

hayot kuhna dono muallim,
sadoqatli dust bolar ulim
garchi sizdan ayrodir yulim,
kurgim kelar sizni negadir

tun kutaman - oydin,yulduzlik,
kun kutaman - nurafshon izlik.
Hey,dilimni ezdi yolgizlik,
kurgim kelar sizni negadir.

Goh sevgidan toshgan daryo siz,
goh mehrga tashna sahro siz
men bilaman, siz ham tanho siz
kurgim kelar sizni negadir

muhabatda mazmun erur erk,
bir armonga harkim egadir
siz-siz menga barcha yullar berk
kurgim kelar sizni negadir


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz