Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 297


 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Nasr bobida... » Ibratli hikoyatlar.

Ibratli hikoyalar

Yonimizdagi Xazina

 

Bundan yuz yillar muqaddam Rassel Konvel ismli bir sayyoh butun Amerikani aylanib chiqib, o`z taassurotlarini odamlarga ulashardi. Sarguzashtlari debochasida u "Oltin ma'dani" hikoyani aytishni kanda qilmaydi. Hikoya esa quyidagicha edi:

... Yala universitetining geologiya muxandisligida ta'lim oladigan bir yigit o`qishining bitishi arafasida "Oltinga hujum" vasvasasiga berilib, o`z xazinasini topish ilinjida Kaliforniyaga ketishga qaror qiladi. Yala universiteti rahbariyati yigitni o`z a'zoligiga taklif etadi, ammo u taklifni rad etadi. Onasini Masachusetidagi fermasini sotib, o`zi bilan olib ketishga ko`ndiradi. Ammo sarguzasht orzularning chilparchin bo`lishi bilan intihosiga yetadi. Yosh geolog hech qanday xazina topa olmaydi va oxir-oqibat Minnesotada bir ma'dan shirkatiga ishga kirishga majbur bo`ladi. Oladigan maoshi esa Yala universiteti taklif etgan maoshdan ancha past edi.

Eng qizig’i, yigitning beva onasidan fermani sotib olgan yigit bilan sodir bo`ladi. U kunlarning birida fermada yetishtirgan kartoshkalarini yig’ishtirayotganda, tuproq ustida yotgan g’alati bir toshni ko`rib qoladi. Toshni olib, tekshirtirib ko`rgach, uning tosh emas, kumush ekanligi oydinlashadi. Ma'lum bo`lishicha, ferma katta bir kumush konining ustiga qurilgan ekan. Xo`sh, ayni o`sha xazinaning yonidan balki yuz martalab o`tgan yosh muxandis shuni nimaga farqlamadi?

Balki, Xazina deganlarining bunchalik oson topilishi yetti uxlab tushiga ham kirmagandir. Yoki xohlagan xazina izlovchi uzoq-uzoqlarga ketib, o`z orzusini ro`yobga chiqara olishdek ertak sujetiga ishongandir... Qidirganingiz qanday narsa bo`lishidan qat'iy nazar, u aynan yoningizda ekanligini unutmang. Hayotingizni o`zgartirib yuboradigan antiqa narsalar hali ham mavjud, ammo buni fahmlab yetishingiz uchun eng avvalo ongingizni o`zgartirmog’ingiz joiz. Baxt, ishonch, maqsad yoki yuksalish, umuman, qidirganingiz hovuchlaringiz ichidadir. Balki, ayni damda ishlayotgan ishxonangizda, o`qishingizda, o`zgalar bilan munosabatingizda yoki yashayotgan joyingizda siz uchun sir bo`lgan xazina bordir. Orzularingiz hovuchlaringiz orasida, dedik, buning mumkin bo`lishiga chindan ishoning, albatta, erishasiz. Hayotingizni o`zgartirmasdan oldin atrofga bir boqing. Olmos ma'dani ustida o`tirgansizdir, ehtimol, kim bilsin!

“Yosh kuch”dan

 



Manba': http://Yosh kuch
Turkum: Ibratli hikoyatlar. | Muhbir: Mashhura (21.06.2008) | Muallif: Mashhura
Ko'rilgan: 2051 | Daraja: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 0
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
Yana to'rtliklar.... (0)
[23.10.2007][Muhabbatnoma]
Begona do'st... (0)
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Alamo-alam... (1)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ishq sayyodi. (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat ortiga qaytmadi... (0)
[24.10.2007][Men shoir emasman!]
Taqdir... (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Sonet... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ko'nglimni tushunmas suyganim... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Go'zal... (0)
Вторник
07.04.2026
01:35
Sahifa ruknlari
Ibratli hikoyatlar. [10]
O'qing, ibrat oling, ibrat bo'ling!
Turmush chorrahalarida [2]
Turmushga oid maqolalar, o'gitlar, maslaxatlar
Rus adabiyotidan na'munalar [1]
Rus adabiyotidan olingan ma'lumotlar, maqolalar, tarjimalar va boshqa ma'lumotlar.
Jahon adabiyatidan nasriy asarlar [1]
Jahon adabiyotidan olingan turli nasriy asarlar to'plami
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2026
Создать бесплатный сайт с uCoz