Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 273


 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Nazm gulshani » Muhammad Yusuf

Sir
SIR

Shamoldek beqaror shoir sevgisi,
Uning bor davlati - savlati.
Sog'inchdan yoqar-u rayhonlar isi,
Meni tanlaganing g'alati...

Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.

Qasri shuhrat aro qon yig'lar yurak,
Ko'ksingda nimadir g'ijjak chaladi.
Unga she'r kerakdir,
Senga er kerak.
Koshki tushunsa u valadi...

U so'z kutar, uni sen kutib oylab,
Bir umr yo'l qarab ko'zing toladi.
Sevgilim, farishtam... tentagim, yo rab,
Baxtingni yarmini she'rim taladi!..

Gunohing ne edi, ey mungliq dilbar,
Seni tanlaganim g'alati...
Asl shoir asli uylanmay o'tar,
Uylansa ham ko'rmay xotin oladi.

Turkum: Muhammad Yusuf | Muhbir: Kumush (27.03.2009) | Muallif: Muhammad Yusuf.
Ko'rilgan: 1350 | Izohlar: 1 | Daraja: 4.5/2 |
Barcha izohlar: 1
1 Alisher  
0
Bunchalar go'zal satrlar yozish shoirning qo'lidan kelmaydi. Alloh rahmatiga olsin Muhammad Yusufni.

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[23.10.2007][Muhabbatnoma]
Begona do'st... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Shoir taqdiri. (0)
[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
To'rtliklar... (0)
[06.02.2009][Satrlar kulganda...]
"Shijoat" Ayollar klubiga xazil. (2)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening sevgim... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ko'nglimni tushunmas suyganim... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Azizim, so'ramang... (1)
[24.10.2007][Men shoir emasman!]
Taqdir... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Armon muhabbat. (1)
Вторник
26.05.2026
11:22
Sahifa ruknlari
Alisher Navoiy [1]
Xazrati Alisher Navoiy ijodidan na'munalar.
Boborahim Mashrab [3]
Boborahim Mashrab ijodidan na'munalar.
Muhammad Yusuf [16]
Muhammad Yusuf ijodidan na'munalar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2026
Создать бесплатный сайт с uCoz