Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Kundalikka sizga yoqdimi?
Всего ответов: 157


 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Nazm gulshani » Muhammad Yusuf

O'zbek haqida ballada.
Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek!

O'nta bo'lsa o'rni boshqa uningchun,
O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun.
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek!

Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir elkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek!

Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari hushro'y yuzdan oshsa ham.
Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam,
To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek!

Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor.
Beshik to'la jajji islomlari bor,
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek!

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Yomon sher yozsang ham betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!
Muhammad Yusuf
Turkum: Muhammad Yusuf | Muhbir: Alisher (06.02.2009) | Muallif: Muhammad Yusuf
Ko'rilgan: 2126 | Daraja: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 0
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[29.02.2008][Muhabbatnoma]
Ayt, nedir ishq? (0)
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Yuvildi dil g'uborlarim. (1)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ko'nglimni tushunmas suyganim... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Shoir taqdiri. (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
[23.10.2007][Muhabbatnoma]
Begona do'st... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga. (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Bir kun kelib... (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat ortiga qaytmadi... (0)
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Aytishuv... (0)
Вторник
27.10.2026
17:46
Sahifa ruknlari
Alisher Navoiy [1]
Xazrati Alisher Navoiy ijodidan na'munalar.
Boborahim Mashrab [3]
Boborahim Mashrab ijodidan na'munalar.
Muhammad Yusuf [16]
Muhammad Yusuf ijodidan na'munalar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2026
Создать бесплатный сайт с uCoz