Bolalikning sho'xliklari o'tib ketdi, Muhabbatning to'qliklari o'tib ketdi. Xijronlarning yo'qliklari o'tib ketdi, Ketma jonim! Choliqushi bo'lolmaysan.
Muhabbat deb sahrolarga boshlab ketding, Visol deya ko'zlarimni yoshlab ketding, Sen ham meni xijronlarga tashlab ketding, Kechir jonim! Sen Farida bo'lolmaysan.
Latofating nafosatdan ustunmidi? Mening qalbim yarim, senda butunmidi? Ishq olovi yonsa qalbim tutunmidi? Kulma jonim! "Gul-ba-shakar" bo'lolmaysan.
Muhabbatsiz yuragingni izlamayman, "Yonimda qol" deya seni qistamayman, Yoq! Kamronbek bo'lishni men istamayman, Kuyma jonim! "Ipak qurti" bo'lolmaysan.
Rashod Nuri yozib o'tdi xijronlarin, Alisherlar o'qib eslar armonlarin. Faridalar unutmaydi Kamronlarin Faqat jonim sen Farida bo'lolmaysan.
Alisher BEK 24-Avgust, 2004 yil.
|