Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 297


 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Nazm gulshani » Boborahim Mashrab

O'rtar.

Agar oshiqlig'im aytsam, kuyub jonu jahon o'rtar,
Bu ishq sirin bayot etsam, taqi ul xonumon o'rtar.

Kishiga ishq o'tidin zarraye yetsa, bo'lur giryon,
Bo'lub besabru betoqat, yurak-bag'ri chunon o'rtar.

Nechuk toqat qilay, do'stlar, bu dard ila bo'lub hayron,
G'amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig'on o'rtar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"Nigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o'rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko'zum giryon, so'ngaklarni nihon o'rtar.

Na qattig' kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo'lmoq,
Mening ohim o'tig'a bul zaminu osmon o'rtar.

Yurakda dardu g'am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o'rtar.

Bu dard ila xarob o'ldum, kelib holimni so'rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o'rtar.

Bu Mashrab dardini, jonoki, hech kim boshig'a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o'rtar.



Manba': http://kundalik.clan.su/forum/6-10-1
Turkum: Boborahim Mashrab | Muhbir: Alisher (06.02.2009)
Ko'rilgan: 2271 | Daraja: 5.0/1 |
Barcha izohlar: 0
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
Yana to'rtliklar.... (0)
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Alamo-alam... (1)
[23.10.2007][Muhabbatnoma]
Begona do'st... (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat ortiga qaytmadi... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Choliqushi bo'lolmaysan... (0)
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Sonet... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Armon muhabbat. (1)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Bir qizga... (1)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Go'zal... (0)
Вторник
07.04.2026
06:17
Sahifa ruknlari
Alisher Navoiy [1]
Xazrati Alisher Navoiy ijodidan na'munalar.
Boborahim Mashrab [3]
Boborahim Mashrab ijodidan na'munalar.
Muhammad Yusuf [16]
Muhammad Yusuf ijodidan na'munalar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2026
Создать бесплатный сайт с uCoz