Rahimdil Olloh nomi bilan boshlayman
Xayron etib ikki dunyo g'alvasiga, Oshiq qilding bu dunyoning bandasiga. Ey Ollohim! Muruvvating etma darig', Zor qilmagin bir farzandning jandasiga!
Onam mehrin olib qo'yding, ko'ndim, netay? Otam savdo solsa ko'ndim, qayga ketay? Faqat sendan panoh so'rar bo'ldim Egam, Tirnoqqa zor qilma, men ham niyat yetay!
Surur berding, ko'z-ko'z qildim etib ziynat, Shuur berding. Etdim ehson, gohi minnat. Tavba qildim. Kech gunohim endi Olloh, Farzand bergin, bu ham menga bir omonat!
Gunohlarim o'zim bildim, o'zga bilar. Kimdir menga farzand tilar, kim yov tilar. Ijobat qil har ikki dil tilak qilsa, Yov do'st bo'lsa farzandimning boshin silar.
Yolg'izlatib qo'yma meni, zurriyod ber! Bu dunyodan ketar bo'lsam, axli yod ber! Isming aytib bir mo'minga bir nom beray, Menga bersang, unga mendan ham ziyod ber!
Ovmin, Olloh Akbar!
Alisher BEK 7 Avgust, 2006 yil.
|