Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Yuvildi dil g'uborlarim.
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 151
IP

 Hayotiy Matematika.... - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher  
Форум » Inson va Jamiyat » Logika va Psihologiya » Hayotiy Matematika.... (Fikrlash, Mantiq va Psixologiyada Matematikaning o'rni....)
Hayotiy Matematika....
AlisherДата: Среда, 15.04.2009, 16:14 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Ahli forumdosh, hullas matematik masalalar bilan boshingizni og'ritmoqchi emasman. Lekin Matematikani inson hayotidagi, uni muammolarga echim topishida va psixologiyasini shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishini unutmasligimiz kerak.

Demak yana o'zim boshlayman.

Talaba o'ziga kotlet pishirmoqchi. Tovada bir vaqtni o'zida ikkita kotletni pishirish mumkin. Kotletni bir tomonini pishirishga ikki daqiqa vaqt ketadi. Talaba esa uchta kotletni tez va sifatli pishirib yeb olmasa imtihondan yiqilishi aniq. Keling talabaga yordam beramiz va uchta kotletni har tomonini ikki daqiqadan qanday tez pishirib olish mumkinligini o'rgatamiz.
Javobingizni kutaman. Savollar bo'lsa, marhamat.
Aytgancha, o'z masalalarinigzni ham aytishni unutmang.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Вторник, 21.04.2009, 14:24 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Talaba ikkita kotletni tovaga soladi.Har ikkalasini ham bir tomoni pishgandan keyin bittasini ag'darib yana bittasini olib quyadi.Har ikala tomoni pishayotgan kotletni yoniga yangi uchinchi kotletni soladi.Natijada bitta kotlet batamom pishdi qolgan ikkisini faqat bir tomoni qoldi ikkinchi urinishda esa har ikkala katlet ham batamom pishib bo'ldi.Demak uchala kotletimiz ham tez va sifatli pishdi.
Ha bitta maslahatim bor:Iltimos talabalar Kottaroq tova olinglar hop?:=))


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Вторник, 21.04.2009, 14:32 | Сообщение # 3
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Tu'gri.... Qoyilman.... agar javobni ertaroq bilganimda har 3 kotletdan 2 minut tejab qolgan bo'lardim. Essiz o'tgan 5 yil talabalik....
Yangi savol topishga harakat qilaman endi.... Bir urinishda topib oldingiz-a.....


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Вторник, 21.04.2009, 14:44 | Сообщение # 4
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Yoshligimda bir uzoq qarindoshim menga bitta savol bergandi.Inson nega orqasiga qaraydi?Nega ?Hayron bo'lganman oldin u deb ko'rdim bu deb ko'rdim hullas topolmadim.Savolni javobini eshitib esa lol bulib qoldim.Shunchalik oddiy kuzim oldidagi narsani uzoqlardan qidirganimga kulib yubordim.Bu savolga internet sahifalarida televizorda ham bir necha bor duch keldim.Shunday bo'lsa ham Forumdoshlarga berib ko'rmoqchiman:INSON NEGA ORQASIGA QARAYDI?

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Вторник, 21.04.2009, 16:32 | Сообщение # 5
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush,
Javobini aytib qo'yibsiz:
Agar haydovchi orqaga qarasa, shtraf olishi mumkin, negaki uning uchun orqani ko'rsatuvchi ko'zgudan foydalanishlari kerak. Agar mening _____ ham _______ bo'lganda, men ham ortga qaramasdim.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Четверг, 23.04.2009, 09:52 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Alisher, siz bor joyda savol berishga ham qo'rqadi odam happy

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Понедельник, 04.05.2009, 14:15 | Сообщение # 7
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Negaki bergan savolingiz matematik muammo emas. Shunga tez javob topib oldim. Lekin forumda bitta men emasku? Bundan keyin birinchi bo'lib javob topsam, boshqalar fikrini kutib turaman.

Добавлено (04.05.2009, 15:02)
---------------------------------------------
Bir forumda ushbu savolni ko'rib qoldim va unga javobni izoh bilan qoldirdim:

5 Sumga 100 ta hayvon olish kere :
Qo'y 1 tigin
Sigir 10 tigin
Ot 50 tigin
Ho'sh qo'y nechta, sigir nechta, ot nechta sotib olinadi....?

5 sumga 500 ta qo'y, yoki 50 ta Sigir yoki 1 ta ot olish mumkin.
Demak eng ozidan boshlaymiz:
100 qo'y 1 sum bo'ladi.
Demak uni bir qismini sigirga almashtiramiz. Bir qo'y o'rniga bir sigir... farqi 9 tiyin.
Bizda esa ortiqcha 4 sum bor.
400 / 9 = 44,4. Agar 44 qo'yni sigirga almashtirsak, unda 56 ta qo'y qoladi. Jami 440+56=496 tiyin.
Bundan 4 tiyin ortib qolyapti. Na sigirga yetadi va na otga. Qoramiz esa tor, 100 ta hayvon sig'adi holos.
demak sigirlar sonini kamaytirib, o'rniga qo'ylar olamizda, ortgan pul sonini otga yoki sigirga yetadigan qilamiz.
Bir sigir o'rniga bir qo'y... farqi 9 tiyin. hozircha ortiqch 4 tiyinimiz bor.
Bizga esa 49 tiyin yoki 40 tiyin kerak. an unda bir qo'yni yoki bir sigirni otga almashtirish mumkin.
Yoki 98, 80, 89 tiyin bo'lishi kerak. (2 qo'y yoki 2 sigir yoki 1sigir va bir qo'y o'rniga 2 ot olish uchun)....
Hullas,
4 sigirni o'rniga qo'y olsak, unda yana 36 tiyin iqtisod qilamiz. (40 sigir +60 qo'y, jami 460 tiyin)...
Demak agar yana bir sigirni qaytarsak, va qolgan 40 tiyinni bersak, o'rniga bitta ot olamiz.
Hullas, 39 sigir (3 so'm 90 tiyin), 60 qo'y (60 tiyin) va 1 ta ot (50 tiyin)... Jami 100 hayvon va 5 so'm pul...

Izohga hojat yo'q...

Добавлено (04.05.2009, 15:15)
---------------------------------------------
Nima uchun bu misolni forumda qoldirdim?
To'gri, bilimimni maqtanish uchun.
Lekin e'tibor bering, bu misolni yechimi boshqa mana shunday masalalarni yechishda ham qo'l keladi. Bu haqda o'ylab ko'ring....


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Понедельник, 04.05.2009, 14:18 | Сообщение # 8
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Izohga hojat yo'q...
smile Izoh qoldirish uchun ham kalla kerak aka.Sezdingizmi matematikami,ximiyami,aniq fanlardan sal "maza"m yo'qroqligini?Gap desa qop qop,boshqotirma masalalarga kelganda qo'hiqofdan top)))degande...


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
KumushДата: Вторник, 19.05.2009, 12:06 | Сообщение # 9
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Ahli forumdosh sizlarga g'alati tuyulishi mumkin bo'lgan bitta savolni bermoqqchiman.Diqqat savol:
Bu so'z o'zbek halqiga mos va hos bo'lgan tuyg'u desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.Bu so'zni buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy shunaqa ustalik bilan ishlatganki hatto tabir joiz bo'lsa aytishimiz mumkinki bu so'z O'tkan kunlar romnining badiiy tilining serjilo qirralarini ochib bergan deyishimiz mumkin.Bu so'zni Qodiriy "O'tgan kunlar"da (adashmasam)102 marotaba tilga olgan.
Aziz forumdoshlar gap qaysi so'z haqida ketyapti???
(Javobga shoshmanglar romanni yahshilab mutoala qilib keyin javob beringlar)


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
Форум » Inson va Jamiyat » Logika va Psihologiya » Hayotiy Matematika.... (Fikrlash, Mantiq va Psixologiyada Matematikaning o'rni....)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz