Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Shoir taqdiri.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Forum faollari
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 262
IP

 Muhabbat: Kim? Qachon? Qaerda? - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Alisher  
Форум » Inson va Jamiyat » Muhabbatnoma » Muhabbat: Kim? Qachon? Qaerda? (Muhabbatga qisqacha ta'rif...)
Muhabbat: Kim? Qachon? Qaerda?
AlisherДата: Вторник, 19.02.2008, 15:54 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Assalomu alaykum ey ahli muhabbat va ahli ishq!

Avvalam bor sizlarga Nafosat sahifasiga, muhabbat bo'stoniga qilgan tashrifingiz uchun tashakkur izhor qilaman. Sizning sabringizga va ishtiyoqingizga taxsinlar aytaman.
Har kuni siz aziz muhlislardan, muhabbat shaydolaridan, ko'ngil do'stlaridan o'nlab maktublar olaman. Kimdir do'st qidiradi, kimdir shirin so'z, yana biri ishq dardiga bo'lgan mubtalo. Yana biri xizronlarda azob chekadi, yana birin xiyonatdan qalbi dilpora. Biri asli yoq deb sevgi-muhabbat, yana dardim bor deb menga dardin to'kadi. Yana biri muhabbatga aytib tasanno, maqtovlarin unga atab menga bitadi.
Ming afsuski, ularning dil so'zlari bitilgan xatlariga alohida-alohida javob berish uchun fursat topa olmayman. Nainki, har bir fursat g'animat ekanligini bilsamda. Shu sababli, mening ochiq javobim sizni hafa qilib qo'ymasa deb qo'rqaman.
Muhabbat izlagan, undan azob chekkan, uni qo'msagan, uni tark etgan, yoinki ishni sarob his etgan qalblar uchun ochiq xat bilan javob bermoqchiman.
Hulosa chiqarish esa sizga havola.

Bayt:
Muxabbat bog'iga tashlab bir nigox
Xayolim yo'qotdim, aqlim parishon.
Sevmagan qalblarni etayin ogox,
Zanjirband qul kabi yuribman xamon!

Men bir falsafachi bilan suhbatlashib, Muhabbat haqida juda go'zal bir tushunchaga ega bo'lgan edim. Balki bu falsafa sizga ham foyda keltirsa ajab emas.
Muhabbat nima, u qachon keladi, qanday ko'rinishga ega?
Ilk muhabbat tushunchasi nimani anglatadi?. Boqiy muhabbatchi?
Muhabbat qanchalar nisbiy, qanchalar mavhum.

Go'dakning ilk muhabbati onaga bo'ladi. Go'dak uchun ona mehri, ona suti qadrliroq.
Bolakay yaqin insoniga, ustoziga, tengdoshiga muhabbat izhor qiladi. Uning uchun bilim olmoq, dunyoga qadam qo'ymoq qadrlidir.
O'spirin yigit yoki qiz yaqin tengdoshiga, do'stiga, qo'shnisiga ko'ngil qo'yadi. Ular uchun sirli uchrashuvlar, shirin orzular, orzu-havas qiziqroqdir. Ularga iztirobdan gapirmang, toki ilk muhabbati iztiroblarni his qilmasin.
Balog'atga yetgan yigit-qizlar esa boshqa jins vakiliga, go'zallikka va ehtirosga muhabbat izhor qiladilar.
Ularning jizmi, o'y-hayollari, turish-turmushi olovli muhabbatni, sevgi iztiroblarini izlaydi. Ularning ko'z oldini tuman qoplaydi. Shirin bo'salar sog'inchi, qalblarning birlashuvi hissi, tananing iliq harorati ularni bir tanu, bir jon bo'lishga undaydi. Ular uchun go'yo bu dunyoda boshqa inson yo'qday. Ular go'zallikni, ehtirosni va lazzatni sevgi deb ataydilar. Bir onlik ayriliqni hijron azobiga tenglashtiradilar. Bir og'iz xatolikni hiyonat deb biladilar. Jo'sh urayotgan qaynoq qon ko'zni ko'r qilib, tilni gung aylaydi. Ular bir-birining jamolidan boshqa narsani ko'rmaydilar, bir-birining so'zidan boshqaning so'zini tinglamaydilar. Balki otashin muhabbat aynan shunday bo'lishi kerakdir?

Bayt:
Sevgimni yuqotsam o'laman derlar.
Lek chindan aytadi bu gaplarni til
Birini yo'kotmay turib boshqasin
Sevgancha oshiqlar yasharlar yuz yil!


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
AlisherДата: Вторник, 19.02.2008, 15:54 | Сообщение # 2
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Davomi >>>

Navqiron erkak va yoki ayol uchun bu ehtiroslar, iliq bo'salar, uyqusiz tunlar, bir birining og'ushidagi totli lahzalar yangilik emas. Ular uchun muhabbat, bir-biriga bo'lga sadoqat, mehr va ko'mak muhimroqdir. Ularning oila tasjvishlari, intilishlari, hayot maqsadlari bir. Ular ehtirosdan ko'r bo'lmaydilar, ular hayotga ochiq ko'z bilan boqadilar. Ular bir birlariga kerak va zarur. Ularning ishi bir birisiz bitmaydi, birining ishiga boshqasi ko'mak bo'ladi, bir-biriga maslahatchi bo'ladilar. Balki asl muhabbat ularning yoshida paydo bo'lar?

Bayt:
Ishq o'tida ikki yurak bo'ldi xarob,
Biriga zax, biriga do'st bo'ldi sharob.
Ey Alisher, bu dunyoda ishqida kim
Obro' topsa xamki ba'zan bo'ldi sarob.

Bilmadim, balki biz ham Alloh nasib qilsa keksalik gashtini surarmiz.
Keksalar duo qiladilar: Alloh meni qariganimda yolg'izlatib qo'ymasin deb.
Keksalar duo qiladilar: Qo'sha qaringlar deb.
Keksalar duo qiladilar: Meni cholimdan, kampirimdan ortda qoldirma deb.
Bu satrlarni yozar ekanman, bo'g'zimga alla nima tiqiladi: Mana shu muhabbat emasmi? Ularga nima keragi bor endi orzu havaslarni? Orzulari ushalgani shu emasmi? Ular endi ota-ona mehriga muhtoj emaslar, bu mehrni endi ular beradilar. Ularga sirli uchrashuvlar, totli suhbatlar kerk emasdir balki? Ularga ne hojat ehtirosli bo'salaru, qaynoq quchoqlar? Balki ko'zlarida umid, mehr va iliqlik sezmoq oson emasmi? Go'dak ulg'ayib onasini unutadi, o'spirinlar arazlashadi, bo'ydoqlar kerak bo'lsa boshqasini topadi, navqironlari o'z hayotini o'zlari belgilaydilar.
Lekin keksalarchi? Ular bir birga araz qilishdan, bir biridan uzoqlashishdan, bir-biriga hiyonat qilishdan, bir-birini unutishda, bir-birini yo'qotishdan qo'rqadilar. Toki, ular muhabbatini yo'qotsalar dunyo ohir zamon bo'ladigandek.
Ularning muhabbatini Allohga bo'lgan muhabbatga tenglasak mubolag'a bo'lmas. Toki Allohga muhabbat uning bandasiga bo'lgan muhabbatdan boshlanar.
Ey ahli muhabbat. Balki bu misralar sizga zerikarlidir. Lekin o'ylab ko'rishga cheksiz, to umringiz ohirigacha vaqt bor. Bir zum totli bo'salarni unutishga, qaynoq ehtiroslardan uzoqlashishga, uyqusiz tunlarni eslamaslikka harakat qilinglar. Balki shunda sizlar o'z kamchiliklaringizni, ochiq basharangizni, muhabbatingizning kemtik joylarini ko'rishga muvaffaq bo'larsizlar. Balki kelajakka oqilona baxo berib, to'g'ri yo'lni topib olarsizlar. Balki o'zingizni adashgan deb hisoblarsizlar. Muhabbat bu hayot emas, balki hayotning mazmunidir. Hayot muhabbat uchun bir sinov maydoni holos. Dunyo tashvishlari shu qadar chigalki, bu so'qmoqlarda to'g'ri yolni yo'qotganlar, Allohni unutganlar ko'p bo'lgan. Agarchi, sizlarning ko'zlaringiz ochilib muhabbatni ko'ra olsangiz men bag'oyat hursand bo'lgan bo'lar edim. Toki sizning muhabbatingiz boqiy bo'ladi.

Ey ahli do'st.
Sizlar, garchi muhabbat ne ekanligini bilsangizlar ham, yana bir bor tushuntirishga, eslatishga harakat qildim. Balki, sizlar o'z muhabbatingiz qadrini bilib olarsiz. Agar shunday bo'lsa, aminmanki sizlarga hech kim qarshilik qilolmaydi. Muhabbatda shunday kuch, aql, odillik borki, sizlar har qanday to'siqlarni qiyinchiliklarsiz, ko'ngilsizliklarsiz yengib o'tasizlar. Asl muhabbat uchun nafaqat ota-onangiz, balki farishtalar ham duo qiladilar. Alloh sizlarning qalbingizni, niyatlaringizni pok qilsin, muhabbatingizni o'z panoxida asrasin.

Alisher BEK

Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa xamki bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.

yoki

Ul bodomkim, axli donish uning mag'zin chaqadur.
Ul chiyonkim, kimki badxulq, aning og'zin chaqadur.
Ey Alisher, extiyot bo'l, qo'ymag'il o'z xolig'a,
Bir xatolig' aylasang kim, yigit labzing chaqadur.

yoki

Ayo do'stlar kechiringiz qilsam xato,
Buni meros qoldirmishdir Odam Ato.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Oddiy_qizДата: Четверг, 05.03.2009, 10:54 | Сообщение # 3
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 18
Репутация: 2
Статус: Offline
SEVGI - NIMA O`ZI BU SEVGI?
SEVGI - BU GUNOHLARGA BAHONA................


Oddiy bo`lish doim yahshi
 
MashhuraДата: Понедельник, 23.03.2009, 09:24 | Сообщение # 4
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
ISHQ

Kelganmanu ketgan emasman,
Sevamanu yetgan emasman.

Adomanu baxtim yo`q emas,
Gadomanu taxtim yo`q emas.

Istaymanu xohlaganim yo`q,
Bog`landimu bog`langanim yo`q.

Oh urdimu kulgan emasman,
Jon berdimu o`lgan emasman.
B.Bobomurod


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
KumushДата: Четверг, 02.04.2009, 12:48 | Сообщение # 5
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Muhabbat! O kuhna dard O kuhna mavzu!
Esimda bolaligimda bobom buvimni bir kunga ham qizinikiga tunab qolishga yubormasdi.Doim aytadigan gapi sandan ortda qolmay derdi.Aytgani keldi.Oldin ketdi...
Bobom gavdasi tetik baquvvat chol edi.Uzi rais bulgan kup narsani biladigan odam edi.Birgina suz inson umrini qanchalar guzallshtirib yoki hira qilib turishi mumkin ekan.Usha suzni aytganimga haligacha pushaymon qilaman.....
Urigidan danagi shirin deyishadi.Ularni erkasi edim.Utmishda bulib utgan qiziq qiziq hikoyalarni eshitardim.Tirik tarih edida bobom.Bir kuni nimadir buldiyu bobom buvimga tezroq kel deb tayinlavordi.Buvimam sal jahli chiqib turgandi endi juda kerak bulib qoldimmi deb jerkivordi.Keyin buvimdan nega bunaqa dediz deb suradim(manam tentaklarga uhshab har narsaga burnimni tiqib yuradigan qiziquvchan edimda)Bobong bitta ayolga uralashib qogandi.Ozmuncha azob tortmadimmi usha vaqtlarda deb gapirib berdilar.Lekin buvimni ishini oqlamayman usha gapni menga aytmasliklari kerak edi.Qanaqadur balandga chiqarib hammadan buyukdek kuringan bobomni bir zumda pastga dumalatvordim hayolimda.Buvimni qiynagan ekan degan fikr unga nisbatan kunglimda nafrat tuyg'usini uyg'otdi.Kechqurun bobom mani chaqirdilar borgim kemadi yoniga, hayron buldida nega bunaqa humrayyapsan dedila.Ichimdagi bor nafratni yuziga sochib tashladim.Jimgina eshitib turdida ah Saodat(buvimni ismi Saodat edi)aytib nima qilarding bu norasidaga dedila.Men ham juda qaysar edim haqiqat bir kun baribir yuzaga chiqadiku oyni etak bilan yopib buladimi buva dedim.Yomonni yomon deydi yahshini yahshi deyishadi dedim.Shunda buvamni yuzi qorayib ketti.Ke utir sanga bitta voqeani aytib beraman dedila.34 yil edi.Yurtda ocharchilik boshlangan man endi raislikka tayinlangan vaqtim edi.Bir qop oltinga bir qop bugdoyni topib bumasdi.Oltin kumush tosh ekan arpa bug'doy osh ekan degan gap usha zamonni gapi edi.Qorovul chol huzurimga kirdida bitta yetim xech kimi yuq yigitni ahvoli ogirlashib qolganini 3 4 kundan beri biron nima eymagani sovuqda ulib qomasin deb qorovulxonaga kirgizib yotqizganini aytdi.Qorovulxonaga tutash bir ikita eski haroba hovli bor edi.Ushani tuzatib bering ertadan ishga chiqsin dedim.Keyin bizni uyimizda ishlab yuradigan ota onasiz bir etim qiz bulardi millati tojikmi turkmanmi ushani nikohlab beramiz uzidan surangchi dedim.Chol katta savobga qolasiz deb quvonib chiqib ketti.Ikki uch kundan keyin ularni ana shu eski uyga kuchirib nikohlab quydik.Er hotin baravar ishlashib ruzgor qilishib bola chaqali bub ketti dedila.Hozir ham yo'li tushib qolsa meni ziyorat qilib utadi shu odam dedila.

Добавлено (02.04.2009, 11:48)
---------------------------------------------
Eshitib turdimda men ham bo'sh kelgim kelmadi.Ahir rais bulgandan keyin uylash kerakda odamlarni ham dedim.Buvam esa man uzimni maqtamoqchimasman lekin yomonni yomon deydilar deganingga aytaman.Bu birgina voqeani sanga aytdim lekin shunga uhshagan qanchadan qancha odamlarni hojatini qulimdan kelgancha chiqarganman.Ariqlar qazdirib boglar qabristonlarni obod qildirib maktab bog'cha qurdirib qo'limdan kelgancha izimda yorug' iz qoldirishga harakat qildim dedila.Endi hozir o'ylab qarasam mushtdek bir qizga hatto obkomga ham buy sunmaydigan katta rais utgan buvam boshini egib hisobot beryaptida.Shunda ham bag'ritoshlik qilib nega usha ayolni nikohizga olgansiz bo'lmasa deb suradim.Buni tarihini hech kimga aytmayman meni yomon desang yomon degin dedila.Vaqti kelar ajabmas mani tushunib qolsang dedi.Lekin shu kundan boshlab bobomni oldingi mehrim bilan yahshi kurolmasdim.Lekin aniq bilaman usha ayolni ismini eshitishi bilan bobomni ranggi uzgarib ketardi.U bilan bogliq hamma narsani bilishni istardim.Buvim keyin menga aytgan gapiga pushaymon bulib boshqa xech narsa aytmay quydi...
Oradan yillar o'tdi bobom rahmatlik ham o'tib kettila.Ulg'ayib u bu narsani tushuna oladigan buldim.Endi o'ylab qarasam unga juda qiyin bo'lganini oilani farzandlarini birinchi o'ringa quyib shunchalar elni ogir yukini buyniga olib turib kungliga quloq solgani uning uchun qanchalar azobli kurashlardan iborat bo'lganligini his qildim.
Eshitishimcha u ayolni ismi Rahima bulib doktor bulgan ekan u Buvamni davolab o'limdan saqlab qolgan deyishadi.Lekin uzoq yashamagan farzand kurish paytida olamdan utgan ekan.Buvimni farzandi bulgach (katta ammam)Bobom Rahima quygan ekan ismini....

O'sha aytgan gaplarim uchun qaniydi uzr so'rolsam.Tomirimda uni qoni oqib turgan buyuk ishlar qilib ketgan otaginamdan qani edi kechirim surolsam!Buni nima ekanligini armon yuragingni ilondek kemirib tashlashini tasavvur qilib ko'ring a!Diydorimiz qiyomatga qoldi.Olloh nasib qilsa Yorug yuz bilan uchrashsak ushanda Bobomdan albatta uzr so'rayman!
Nega buni yozdim uzim ham bilmayman.Lekin muhabbat haqida gap ketsa mana shu bobom bilan bulib utgan gaplar esmiga kelaveradi.
Alloh hammangizni mana shunday armonlardan saqlasin!Chin muhabbat barchamizga nasib etishligini surab qolaman.Etiboringiz uchun rahmat!:)


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
MashhuraДата: Пятница, 03.04.2009, 15:50 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Qishlog`imizda bir cholu kampir yashardi. Bir-birini juda avaylardi. Bolalaridan tingan.
Qaysi kasal bo`lsa, ikkinchisi kasalxonada olib yotardi. Kampiri vafot etgach, choli kasal bo`lib yotib qolganda, bolalari davolaning desa, endi men ham ketishim kerak, kimga keragim bor degan ekan. To`rt oydan keyin u ham vafot etdi. Ular shu qadar bir-birlariga qattiq o`rganib qolishganmidi va yo qattiq muhabbatmidi bu, bilmadim.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
KumushДата: Суббота, 04.04.2009, 11:11 | Сообщение # 7
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Keksalarning sinovlarda toblangan sof samimiy mehr oqibatlarini ko'rib, eshitib beihtiyor esimga Abdulla Qaxxorning "Asror bobo"si esimga tushib ketti.Og'lidan qoraxat keladiyu Chol kampiridan kampir cholidan yashirib yuradi.O'zlaricha bir birini ayab yurishadi.Bunaqa voqealar hayotta minglab uchrab turadi.O'zbekona sadoqat o'zbekona muhabbat boshqa xech qaerda uchramasa kerak!

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Понедельник, 13.04.2009, 10:03 | Сообщение # 8
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Mashhura, Kumush,
Bu hikoyalar men yuqorida aytib o'tgan nuhabbatning asl isboti emasmi?
Alloh barchamizdan rozi bo'lsin. Allohni suygan uning bandasini ham suyadi. Inshaalloh...
Faqat ko'r va mazmunsiz va oqibatsiz muhabbatdan o'zi saqlasin.
Muhabbat bu sof tuyg'uki, unda faqat ezgulikka eltguvchi hislar hukmron.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Четверг, 16.04.2009, 19:10 | Сообщение # 9
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Qaerda va qay holatda bulmangiz Allohga bo'lgan muhabbatingizni doim birinchi o'ringa qo'yingiz Zero dunyoviy hissiyotlar bir kun kelib albatta o'tmaslashib qoladi.Tangriga bo'lgan muhabbat esa aksincha alangalanib boraveradi!Alloh barchamizdan rozi bo'lsin azizlar.

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Пятница, 24.04.2009, 23:42 | Сообщение # 10
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Men bugun boshimdan o'zgacha bir xolatni o'tkazdim. Bu ishim gunoh ishligini bilaman. Lekin o'zim kutmagan va o'zim sezmagan holatda yuz berdi.
Barchamizni qilgan gunoh ishlarimizni Allohning o'zi kechirsin.

Quote (Kumush)
Qaerda va qay holatda bulmangiz Allohga bo'lgan muhabbatingizni doim birinchi o'ringa qo'yingiz Zero dunyoviy hissiyotlar bir kun kelib albatta o'tmaslashib qoladi.Tangriga bo'lgan muhabbat esa aksincha alangalanib boraveradi!Alloh barchamizdan rozi bo'lsin azizlar.

Aytganiz kelsin opajon....


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Суббота, 25.04.2009, 13:58 | Сообщение # 11
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Durbek)
Men bugun boshimdan o'zgacha bir xolatni o'tkazdim. Bu ishim gunoh ishligini bilaman. Lekin o'zim kutmagan va o'zim sezmagan holatda yuz berdi.

Nima bo'lishidan qatiy nazar yolg'onchi his tuyg'ulardan saqlanmog'ingiz kerak.Siz Hozir shunday fasldasizki echkini ma'rashi qulog'ingizga nayni ovozi bo'lib eshitiladi dunyoni suv bossa to'pig'izga chiqmaydi.Eng muhimi ishqdan havasni ajrata bilmog'ingiz kerak.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Суббота, 25.04.2009, 19:31 | Сообщение # 12
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Kumush)
Eng muhimi ishqdan havasni ajrata bilmog'ingiz kerak.


Lekin opajon men yaxshilab o'yladim. Lekin uning so'zlarisiz, uning ko'zlarisiz, Hullas u siz men bir kun ham bemalol ishlay olmiman. Hech bo'lmaganda bir borgina ovozini eshitib, tinchligini, sog'ligini bilib qo'ysam ko'nglim sal tinch oladi. Ichimda nimadir qiziyveradi. Qilayotgan ishimda, Gapirayotgan chog'imda ham hayolimdan chiqib ketmayapti. Demek, men uni ....

Sizlar nima maslahat bera olasiz ????



Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Воскресенье, 26.04.2009, 08:55 | Сообщение # 13
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Ha chamamda qattiq bog'lanib qopsiz.Agar iymonli ,oqila yahshi tarbiya ko'rgan qiz bo'lsa makkam ushang.Alabatta bahtli bo'lasiz. smile (Sho'rlik ukamey)

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Воскресенье, 26.04.2009, 08:59 | Сообщение # 14
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Aha opajon. Rahmat katta.....

Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AlisherДата: Понедельник, 27.04.2009, 09:08 | Сообщение # 15
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Durbek,
Sizga qattiq achinaman, qattiq havas qilaman:
Sevib qolgan kishi majnun bo'ladi, uning uchun bu dunyoning ishi bir ishq bilan tugaydi.
Sevgi azobiga chidash qiyin, hijron qiynog'idan sog' qolish qiyin, lekin visol lazzatini totgan inson baxtidan ortiq nima bor?
Kumush to'g'ri aytadi:
Quote (Kumush)
Agar iymonli ,oqila yahshi tarbiya ko'rgan qiz bo'lsa makkam ushang.Alabatta bahtli bo'lasiz.

Durbek, Muhabbatingiz Alloh yo'lida, u buyurgandek bo'lsin.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Форум » Inson va Jamiyat » Muhabbatnoma » Muhabbat: Kim? Qachon? Qaerda? (Muhabbatga qisqacha ta'rif...)
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz