Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 151
IP

 Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!.... - Страница 2 - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 2 из 9
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 8
  • 9
  • »
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Форум » Inson va Jamiyat » Turmush chorrahalarida » Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!.... (ochiq mavzu...)
Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!....
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 13:39 | Сообщение # 16
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
O’zim qandayman?

“Men uylanadigan qiz qanday bo’lishi kerak, unda qanday hislatlarni izlashim lozim?” degan savollarni javobini berishdan oldin “Ajabo men o’zim bir oila boshlig’i o’laroq qanday bo’lishim kerak, nimalarni bilaman bu haqida, mas’uliyatlarimni qanchalik idrokidaman?” degan savollar hal qilinishi kerak. Ho’sh, demak siz uchun hayotingizda yangi sahifa ochilyapti. Avvalo maqsadni aniq belgilab olaylik. Uylanishdan maqsad quyidagilar bo’lishi mumkin: hayotda dardkash, vafoli oxirat yoldoshiga sohib bo’lish, solih avlod yetishtirish, haromlardan saqlanish uchun halol bilan qo’niqish, uy-ishlarida hizmatkor yordamchiga ega bo’lish.
Demak siz tarbiyachi-ona, hizmatkor, va ovunchoqdan ziyoda bir vafo do’stini izlayapmiz. Demak siz, avvalo o’zingiz bir vafo do’sti bo’la olishingizga aminmisiz? Vaqti kelganda xotiningiz bo’lgani uchun emas balki oxirat birodari bo’lgani uchun fidikorliklar qilishga tayyormisiz? Chunki u sizga qiz bolaning eng katta sarmoyasi bo’lmish – NOMUSini topshiradi. Siz beradigan mahr aslo buning qarshiligi emas, balki qizning ko’nglini ko’tarish uchun kichik bir sovg’a xolos. Chunki mehrni u qaytarib berishi mumkin, lekin siz (uylangandan keyin) nomusini hyech qachon qaytarib berolmaysiz, ya’ni u ikkinchi bor qiz o’laroq turmushga chiqolmaydi. Demak uylanmoqchi bo’lgan yigit qanchalik mas’uliyatli va jiddiy fidokorlik talab qiladigan bir ishga qadam tashlayotganini idrok etishi lozim. Bekorga hadisda “uylangan kishining namozi bo’ydoqnikidan 70 marta savobi ko’proq” deyilmagan. Men bu yerda uylanadigan yigitning uy-joyi, ro’zg’or uchun yetadigan mablag’i, maoshi va ularning miqdori kabi maslalarni yozmayapman. Men asosiy eng muhim nuqta haqida so’z yurityapman. Siz oila qurish bilan, bir ma’naviy darshona qurayotganingizni va u yerdagi manaviy muhitga faqat va faqat SIZ (u emas) javobgar ekaningizni va fidokorlik kutishdan oldin o’zingiz fidokorlikda eng yaxshi o’rnak bo’lishingiz lozimligini unutmasligingiz kerak. Siz unga ham er, vaqti kelganda ham ota, ham ona, ham aka bo’lishdan tashqari eng samimiy do’st, eng fidokor yo’ldosh, eng saxiy yelkadosh bo’lishingiz lozim bo’ladi. Mana shunday tushuncha bilan uylanadiganlar o’ylaymanki o’zlariga munosibini topa oladilar, agar munosib bo’lmasa ham uni isloh qila oladilar.
(ziyouz.com)


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 13:43 | Сообщение # 17
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Qaynona
Bir qo’li shirin ayol bor edi. Har qanday taom uning qo’lida «sayrab ketardi». O’g’li uylandi.
Bir kuni yosh kelin-kuyovni ona o’z uyiga mehmonga chaqirdi (Ular alohida yashardilar). Yosh oilaning kelishi munosabati bilan yaqin birodarlar ham dasturxon atrofiga yig’ilgan edi. Dasturxonga har xil bir-biridan chiroyli taomlar tortilgan, hamma kelin-kuyovni kutishardi. Vanihoyat ular kelishdi.
Taomlardan tatib ko’rayotgan mehmonlar bir-birlariga hayron qarab-qarab qo’yishardi. Ancha vaqtdan so’ng hamma tarqala boshladi. Yosh kelin-kuyov ham o’z uylariga ketishdi. Shunda qolgan bir mehmon onadan so’radi:
Hamisha siz pishirgan taomlarning mazasi yeganlarni lol qoldirardi. Bugun nima uchun pishirganlaringiz o’xshamagan, hatto bemaza chiqqan?
Mening qo’lim shirinligini o’g’lim juda yaxshi biladi. Kelinimning ovqat pishirishga uquvi qandayligi menga ma’lum emas. Bugungi ovqatni yegan o’g’lim endi hyech qachon kelinimning pishirganlariga e’tiroz bildirib, pazanda onasi bilan maqtana olmaydi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
AlisherДата: Пятница, 20.06.2008, 13:46 | Сообщение # 18
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Mashhura)
Juftingizni qayta tarbiyalashga urinmang, uni borligicha qabul qiling!

Bir qarashda oddiy va oson, lekin qanchalar o'gir va mashaqqatli qoida....
Mashhura, Hikoya uchun rahmat. Ushbu maqolani ma'lumotlar bo'limiga, nasr bobida, ibratli hikoyatlar rukniga ham qo'ysangiz hursand bo'lar edim. Siz bunga moderator sifatida huquqingiz bor.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 13:51 | Сообщение # 19
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Ikki xil ayol
Bir vaqtlar yangi uylangan bir yigit amakisi bilan uchrashib:
Amaki, mening xotinim shunday nazokatli, kiborki, siz bilmaysiz, — dedi.
Keksa amaki:
- Ko’p maqtanma, bedavo yigit. Bugun oqshomda sen bizning mehmonimiz bo’l, qyeyin ko’ramiz, — dedi.
Yigit amakisining mehmoni bo’ldi. Keksa amaki kampiriga: "Xonim, mehmon keldi. Tarvuzning yaxshisidan olib kel", dedi. Kampir tarvuz keltirdi. Amaki qo’lida bir-ikki aylantirib ko’rib: "Bo’lmaydi, bu yaxshi chiqmaydi, boshqasini olib kel", dedi. Shunday qilib xotini o’n marta tarvuz olib keldi. Keksa xonim har safar eri: "Boshqasini olib kel", deganida "xo’p bo’ladi" dedi, biror marta norozi bo’lmay, aytganini qildi. Ertasiga oqshomda amaki yigitning uyiga mehmonga bordi. Yigit ham uydagi tarvuzlardan birini olib kelishni buyurdi. Xotini olib keldi. Yigit tarvuzni salmoqlab ko’rib:
Bu bo’lmaydi boshqasini olib kel, - dedi.
Xotin boshqa tarvuz olib keldi. Yigit yana "bo’lmaydi" dedi. Xotini uchinchi tarvuzni olib keldi, er yana "bo’lmaydi", deb boshqasini olib kelishni buyurdi. Shunda yosh kelinchak:
- Men sizning yugurdagingizmanmi, "olib kel, olib bor" deyaverasiz. Siz aqlli bo’lganingizda, yaxshi bir tarvuz olardingiz. Boshqa tarvuz yo’q, faqat uchta tarvuz olib kelgansiz, — dedi.
Keksa amaki:
- Ko’rdingmi, bolaginam, men senga nima degan edim! Mening uyimda bir dona tarvuz bo’lib, yaxshi fe’lli xotinim o’n marta olib kelgan tarvuz ayni o’sha bitta tarvuz edi. Lekin biror marta itoatsizlik bilan gap qaytarmadi. Endi tushundingmi, — deb keksa amaki yigitga o’git berdi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 13:52 | Сообщение # 20
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Qahva uchun taloq etilgan kelin

Bir odam qarindoshlaridan birining oldiga borib uylanmoqchi ekanligini aytdi. Qarindosh ayol o’rtada turib uni uylantirib qo’ydi.
Uylangan yigit birinchi kuni kelinga bir xaltachada qahva olib kelib berdi. Xonim xaltachani ehtiyotkorlik bilan ochib, qahvani ichishga tayyorlay boshladi, xaltachani esa derazadan otib yubordi. Yigit xotinining ishlarini diqqat bilan kuzatib turdi. So’ng sovchilik qilgan qarindosh ayolni chaqirdi. "Men bu xotin bilan ajrashaman, bo’lmaydi", dedi. Qarindoshi bo’lgan bu ayol boshqa kelin topib, yigitni yana uylantirdi. Yigit avvalgi xotiniga qahva olib kelganiday, yana bir xaltachada qahva olib keldi. Yangi kelin ham avvalgisi kabi ehtiyotkorlik bilan xaltachani ochdi, uni bo’shatib tashqariga otdi. Yigit bu xotinini ham qo’yib yuborib, "bo’lmaydi", dedi. Sovchilik qilgan qarindoshi bir tanishiga bo’lgan voqyeani so’zlab, boshqa kelin topmasligini aytdi. Ularning bu suhbatini eshitgan bir ayol "men unga tegaman", deb qoldi. Vositachi bo’lgan xotin: "Bo’lmaydi, seni ham haydaydi", deganiga qaramay bu ayol o’sha yigitga turmushga chiqdi. U yigit eski odatini yana takrorladi. Kelin eri olib kelgan qahva solingan xaltachani shoshilmay ochdi va avaylab taxlab ipi bilan birga olib qo’ydi. Xotinining ishini kuzatib o’tirgan yigit: — Xonim, nega bu qog’ozni olib qo’yding, tashlab yubor, — dedi. Ayol: — Yo’q, nega tashlayman. Ota-bobolarimiz, "Saqla somonni, kelar zamoni", deganlar. Bir kun bu xaltacha kerak bo’lib qolar, - dedi. Yigit: - Mayli, ipini nega olib qo’yding? - dedi. Ayol: - Ro’zg’orda hamma narsa kerak. Bir kun biror narsani bog’lashga kerak bo’lib qolar. Hozir bizdan bu ip biror narsa so’rayotgani yo’q. Ortiqcha narsaning zarari bo’lmaydi, - dedi. Yigit:
- Albatta, albatta, xonim. Mana endi ro’zg’or tebratadigan, tadbirli, oqila ayolga uylanibman. Allohga shukrlar bo’lsin. Ammo xonim, senga shuni aytib qo’yayki, senday oqila ayolni topgunimcha necha ming pul sarf qilib yubordim. Zarari yo’q, hozir juda mamnunman, - dedi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 13:53 | Сообщение # 21
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
OTAJON MEN BILAN O’YNAYSIZMI?

Oysha ishdan kelgan adasining quchog’iga otildi. Lekin ota ishdan charchab kelgan va qizining erkaliklarini ko’targani sabri yetmasdi. Qizi esa otasining e’tiborini tortishga harakat qilib atrofida girdikapalak bo’lardi. Shuncha harakatlari zoye ketgandan so’ng Oyshaning aqliga porloq bir fikr keldi.
Otajon, bir soatda qancha pul topasiz?
Otasi Oyshaning kattalarning ishiga aralashganiga jahli chiqsa-da, o’z holiga qo’yishini istagani uchun javob berdi:
20 ming, qizim boshim juda og’riyapti, iltimos bunday keraksiz savollar berma.
Oysha esa otasining bu gaplariga hech e’tibor bermasdan chug’urlashda davom etardi:
Otajon, menga 5 ming so’m berib turing.
Bo’ldi, ketgin mening oldimdan, boshqa payt beraman, - deya jahl bilan javob berdi ota. Otasining bunday qo’polligidan hafa bo’lgan Oysha o’z honasiga kirib ketdi. Birozdan so’ng o’z ishidan pushaymon ota qizining honasiga kirdi.
Qizim, senga qo’pol gapirganim uchun kechir. Juda charchaganman, mana senga so’ragan puling, dedi.
Pullarni olarkan, Oyshaning ko’zlari yoshlandi. Yostig’ining tagidan yana 15 ming chiqarib otasiga uzatarkan, sekingina so’radi:
- Otajon, mana menda 20 ming so’m bor. Yendi men bilan bir soatgina o’ynaysizmi?”


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 13:56 | Сообщение # 22
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Farzandingizga hayot bering

Qizim bilan tushlik qilib o’tirar yedik. So’z orasida yeri bilan “to’laqonli oila barpo qilish” haqida o’ylashayotganini aytdi.
- Biz tanish-bilshlardan so’rovnoma o’tkazyatuvdik, dedi u hazil aralash.
- Nima deb o’ylaysiz, farzand ko’rishga harakat qilsammikin?
- Bu hayotingni oz’gartirib yuboradi, dedim men ichimdan o’tgan hissiyotlarni yashirishga harakat qilib.
- Bilaman, dedi qizim,
- Tuzukroq dam ham ololmaysan, u bu yerga sayohat ham qilolmaysan...
Lekin men bularni nazarda tutmagan edim. Qizimga qarab turib fikrimni aniqroq ifodalash uchun so’z qidirar edim. Hyech qaysi shifokor yoki tug’ruqdan oldingi kurslardan o’rgana olmaydigan haqiqatni unga yetkazmoqchi edim. Unga aytmoqchi edimki, tug’ruqdan keyingi jismoniy jarohatlar juda tez tuzalib ketadi, lekin onalik unda shunday katta ruhiy jarohat qoldiradi-ki u hyech qachon bitmaydi. Bundan buyon gazeta o’qirkan ichida doimo: ”Bu mening bolam bilan bo’lsa nima qilardim?” degan savol turishini, har bir yong’in, har bir aviaxalokat uni befarq qoldirmasligi haqida ogohlantirmoqchi edim. Ochlikdan o’layotgan bolalarning rasmiga qararkan, o’z farzandining o’limidan daxshatliroq narsa yo’qligini his qilishini yetkazmoqchi edim unga.
Uning manikyur qilingan nozik barmoqlari, yarashib turgan ixchamgina kiyimiga qarab turib qanchalik latofatli bo’lmasin, onalik uni o’z bolasini himoyalashga tayyor turgan oddiy ayiq darajasiga tushirishini o’yladim. “Oyijon!” degan birgina havotirli chaqiriq uni yeng muhim narsasini ham tashlashga majbur qilishini aytmoqchi edim.
Ishlab turgan maslagi uchun qanchalik ko’p vaqt sarflamasin, farzandi tug’ilgach karerasiga ancha zarar yetishini unga bildirishim kerak deb o’ylardim. Yenaga yollashi mumkin, lekin bir kun muhim uchrashuvda yekan farzandining hushbo’y hidi haqida o’ylashi, bolasining ahvolidan xabar olish uchungina uchrashuvni tashlab ketmaslikka bor irodasini ishga solishini o’yladim.
Istardimki, qizim u uchun xozir oddiy, ye’tiborga loyiq bo’lmagan kundalik tashvishlar yendi hargiz oddiy tashvish bo’lmasligini bilsin. Besh yashar o’g’lining kafedagi hojatxonaga borish istagi uning uchun katta muammoga aylanishini, jinsiy mustaqillik masalasi bir tomonu, hojatxonada bolalar o’g’risi bo’lishi mumkin degan qo’rquv boshqa tomonda turishini bilsin.
Xushbichimgina qizimga qararkanman, unga aytmoqchi edimki, homiladorlikda orttirgan vaznidan qutulishi mumkin, lekin onalikdan qutulib yana avvalgi holiga qayta olmaydi. Hozir unga shunchalik muhim tuyulgan hayoti farzandi tug’ilgandan so’ng oldingidek muhim bo’lmay qoladi. Yendi zurriyodini qutqarish kerak bo’lgan paytda o’zi haqida umuman unitadi. Yendi u, yo’q, yo’q, o’zining yemas, farzandlarining orzusini amalga oshishiga umid qilishni o’rganadi.
Keserevodan qolgan chandiq, oyog’ida homiladorlik natijasida qolgan tomirlar unig uchun fahr alomati bo’lishini bildirmoqchi edim. Umr yo’ldoshi bilan munosabatlari o’zgarishini, lekin u o’ylagandek yemas, boshqacha bo’lishini bildirmoqchi edim. Istardimki, farzand parvarishiga qarashgan va uni o’ynatishdan hyech qachon bosh tortmaydigan yerkakni qanchalik sevish mumkinligini bilsin.
Istardimki, qizim butun dunyo bo’ylab urush, jinoyatchiliklarga qarshi kurashayotgan ayollar orasidagi bog’ni sezsin. Qizimga bolaponi ilk bora momiq mushukchani ushlagandagi hayrat to’la kulgusini tasvirlab bergim, farzandi velosiped haydashni o’rganayotganda uni chulg’ab oladigan g’ururni ko’rsatib bergim kelardi. Onalik unga shunaqa hursandchilik, baxt beradiki, qalbining tub-tubida og’riq hosil bo’lishini aytmoqchi edim…
Qizimning hayron bo’lib menga qarab turishidan ko’zimga yosh qalqiganini sezdim.
- Bundan hyech qachon afsuslanmaysan, dedim nihoyat.
Keyin uning qo’llarini qo’limga oldimda, ichimdan Allohga u uchun, o’zim uchun va o’zini onalik deb atalmish yeng go’zal ishga bag’ishlagan hamma ayollar uchun duo qildim.
Bu hikoyani o’zingiz tanigan onalar, ona bo’lgan yoki vaqti kelib ona bo’ladigan dugonalaringiz bilan baham ko’ring. Doimo yaqinlaringiz siz bilan birga bo’lsin.
Farzandingizga hayot bering.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 14:00 | Сообщение # 23
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar!
Insonlarning fikrlashiga qarab, tartib bilan va teskari fikrlaydiganlar guruhiga bo'lishadi. Men ikkinchi guruhdanman. (So'z oxirida salom berdim)
Birov yog'lab, birov tikan bog'lab gapiradi, deganlaridek, yuqoridagi hikoyalar qo'yilgan masalaga mos deb o'ylayman.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».

Сообщение отредактировал Mashhura - Пятница, 20.06.2008, 16:05
 
AlisherДата: Пятница, 20.06.2008, 14:02 | Сообщение # 24
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Mashhura, Berilgan hikoyatlarni barchasini o'qib chiqishga ulgurmay turiboq, ularning sarlavhasidan bildimki, ularda bir olam ma'no va tafakkur bor.
Alloh barchamizdan rozi bo'lsin. Sizdan minnatdorman.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 14:11 | Сообщение # 25
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Assalomu alaykum Alisher aka.
Bu hikoyalar har yerdan olingan. Ba'zilari bir paytlar mavjud bo'lgan saytlarda, ba'zilari kitobardan, gazetalardan. Nualliflarini ham bilmayman. Ammo kimlargadir ma'qul bo'lsa va kimlardir foyda ko'rsa, buning ahamiyati yo'q deb o'ylayman.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Понедельник, 14.07.2008, 16:56 | Сообщение # 26
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Kelin bo’lguvchi oyimga
Qiz uzatish bir ko’chatni joyidan sug’urib olib, boshqa boqqa qo’ndirish demakdir. Bir tilgina uqadigan qushchangni mutlaqo boshqa tilda sayraydiganlar to’piga qo’shish, qovurg’alaring orasida o’stirgan gulira’noingni to’rt tomondan yelvizak urib turgan sahnda qoldirish demakdir! Seni u yoqdan bu yoqqa ko’chirayotgan bog’bonlaring va xaridorlaringga unchalik qiyin yemas! Hamma jabr, hamma urinish-surinishlar tomirlari uzilayotgan ko’chat, ona uyidan uchirma bo’layotgan polapon — senga, senginaga yuklangay.
Axir birgina ko’ylak tikishni bilish uchun, bemorga igna sanchish, mashinaga murvat o’rnatish uchun, qo’ychi, to’p tepish sirlarini o’rganish uchun ham yillab o’qiydilar, zahmatchekadilar. Kelinlik-birovning uyiga, birovning qalbiga beozor o’rnashish, yangi odamlarga o’zini tushuntirish, ularni ham tushuna olish, bir xonadonning fayzi, keragiga aylanish, suyaklaring qatidan "farzand" degan shirin jonni yasab olish va uddalab uning suyagini qotirish demakdir. Oy qizim, sening toifang uchun kelinlik ilmi — baxtli bo’lish ilmi, boshqacha aytganda, baxsizlikdan qutilish ilmidir. Va u serqirra, ko’p bobli ilmdir. Biz bu risolachada shu daryodan bir hovuchginasini uzatmoqdamiz, xolos. Umid qilaylikki, saodatmand bo’lishingda o’gitlarimiz senga yordamchi bo’lsin!
"Hamma narsa niyatga bog’liqdir" deyiladi Qur’oni karimda. Avvalo, baland va chiroyli niyat qil. Xuddi quriyotgan ekiniga yomg’ir so’rayotgan deqqonday, bemor bolasiga shifo tilayotgan ona kabi ixlos bilan niyat qil! Ota-onang, yaqinlaring, hattoki bola-chaqangdan ham xoxlagan narsangni so’rolmaysan, hammasi hisob-kitobli. Faqat yaratgandangina istaganingcha tilashing mumkin. Uning dargohi keng va ugina be-minnat muruvvatga qodirdir! Niyatingni ulug’ qilaver. Ixlos bilan niyatlar qilganing sari jismingda o’sha darajada faoliyat uyg’onadi.
Har ishni boshlashdan avval "uni albatta a’lo darajada bajaraman", deb niyat qil va shunday qilishingga ishon, mana ko’rasan, shunday bo’ladi ham! Qizoyim, astoydil tilab borginki, borgan joyingga istarangni issiq ko’rsasin. Sen kuyovning uyiga ko’chingni emas, umringai ko’chirib boryapsan. Chamanzormi, tikonzormi, to yuzga kirguningcha shu yer endi senga vatan! Shu borishda o’zingni yaxshi-yomon holatlarga sozlab borgin. Fe’li tekis bo’lmagan qaynonani ham yomon ko’rmayman, eritib olaman, shu uyga albatta ko’nikib ketaman deb niyat qilgin! Bu niyat senga kechirimlilik, sabr va ko’ngil topishda izlanuvchanlik beradi. Yor-yor aytilib, nikoh o’qilib bo’ldi! Ro’parangdagi jufting oltin chiqadimi, mis chiqadimi, endi orqaga qaytish yo’q, peshonangning yozig’i shu! Shugina erkakdan oilang uchun, o’zing va farzandlaring uchun yaxshi o’g’il, yaxshi juft va yaxshi ota yasab olaman deb niyat qil! O’z foydangni astoydil o’ylasang, shu niyatni amalga oshirasan. Chunki jufting ota-onasi, aka-singillari bilan yaxshi bo’lmasa, senga kun yo’q. Qolaversa, yaxshi kelin oila a’zolarini kelishtirgani, qovushtirgani keladi. Jufting ota-onasi bilan yaxshi bo’lib, seni tushunmasa, yana bir balo! Bolalariga namuna bo’lishi uchun ham avval otasini yaxshilash kerak. Ammo qo’rqma, bu ishlar unchalik mushkul emas. Birinchidan, sening niyating yaxshi, yo’lingni xudo o’zi ochadi.Ikkinchidan, erkak odam samimiy, tashviqotga tez beriladi. Uchinchidan, sendan ko’p narsa ketmaydi, faqat MEHR, MEHR va yana MEHR KO’RSATIS’H, xolos!

davomi keyingi sahifa


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Понедельник, 14.07.2008, 16:57 | Сообщение # 27
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Hech qachon juftimni egib olaman deb niyat qilma! Bu yomon ayolning ishi! Yerni xayrli ishlarga yetaklash boshqa, bunday harakatning nomi — do’sti sodiqlik! Ammo uni faqat o’zining yaxshi-yomon istaklarini ijro yetadigan laqmaga aylantirib olish olchoqlikdir. Agar shu yo’lni tusang, farzandlaringdan tortib qolasan, ya’ni bolalaring senga bee’tibor bo’ladilar, keksaliging g’arib kechadi... Niyatingga qachon yetasan? Duolaring qachon ijobat bo’ladi? Qachonki, duo tilayotgan tillaring beozor bo’lsa, qo’ling xarom pul ushlash, xarom mol tutishdan uzoq bo’lsa, dilingda birovni qarg’amasang, qasd olguvchi, hasad qilguvchi bo’lmasang! Ko’ngling ko’zi ochiq bo’lishini, dunyo go’zalliklarini ko’ra olishingni nasib etsin. Yaxshi odamlar, ko’ngilparvar munosabatlar, tabiat in’omlari — bari osmoniy ne’matlardir, bu yaxshiliklarni tanigan saring o’zing ham yaxshilanib borasan.
"Cho’li iroq" yangrayotganda saqich chaynab o’tirgan ayol, bir quloch yerga gul ekishni orzulamagan, hech qoshiga o’sma qo’yib orolanishni bilmagan ayol, kulib, yayrab turgan insonni so’zi bilan sindirib, vayron qila-digan ayol dunyoda eng xunuk ayoldir! Uyingdagi, atrofingdagi, jismi joningdagi mavjud imkoniyatlar uchun tinmay, dildan shukrona aytishni odat qil va bu amalni yuragingdan o’chirmasligini yaratgandan yolborib so’ra! "Unim yo’q, bunim yo’q" dema, o’zingga berilgan imkonlarni ko’ra bil, o’qsiy boshlagan zahoting qo’lingdagi boring ham bir-bir keta boshlaydi! Qo’ling buyurgan ishingni ijro qilyapti, tiling xohlagan kishingni eritib beryapti, oyoqylaring istagan joyingga eltib qo’yyapti. Buning shukronasini tunu tong ayt! Yaxshimi, yomonmi atrofingda senga qarashli odamlarning borligi baxt! Kimgadir charchab xizmat qilib, kimningdir g’amida yugurib yurish ham baxt! Seni suyab turganlarni his qilish, o’zingning ham kimgadir suyanch bo’lib qolganingni anglash bu yayrash, bu yaroqli bo’lish saodatidir! Bu dunyoning falsafasi —qilmish-qidirmish! "harakatim ko’pu omadim nega kelmaydi?" deya nadomat qilma! Ba’zan qo’lingning mehnatini dilozor, yolg’onchi yoyinki maqtanchoq tiling yuvib ketadi. Gohida esa adovatga moyil diling yuvib ketadi. Ba’zan filning ishini qilasan, ammo uni xarom-harijni ajratmagan fe’ling yuvib ketadi. Tavba qil va yaxshilik izidan chiqma.
Hech kimga hasad qilmayman, deb niyat qil! Bu illatni o’zingda sezgan zahoting hayot-mamot uchun qanday kurashsang, yuragingdan uni shunday sitib chiqar! Baxillik avval egasini o’ldiradi. Yana shuni bilki, sen qancha hasad qilsang, yomon ko’rayotgan odaming shuncha gurkirab o’saveradi! Ro’zg’or - chumolini filga, filni chumoliga aylantiradigan, Alloh yaratgan bir xilqat. Insonlarning sarasini saraga, puchagini puchakka ajratib beradigan sinov xonasi! Ro’zg’or na ovozi, na ko’rinishi bir-biriga mutlaqo mos kelmaydigan ikki toifa er va ayol birligidan iborat.
Erkak va ayol musbat va manfiy hodisadirlar. Demak, ular shunday birlikki, oralaridan doimo o’t chiqib turadi. (hatto ikki yaxshidan ham!) Bu ikki fe’l bir-biriga moslashguncha er va ayolning boshida necha bor ozib, necha bor to’zish savdolari bor. Mazkur moslashuvga qadar odamzotning bu besuyak tili nimalarni demaydi, shayton ne ko’ylarga undamaydi deysan!
Bilgil, moslashuv baribir sodir bo’ladi, RO’ZG’OR YAXS’HIYU YOMONNI BIR-BIRIGA KO’NDIRIB QO’YADI! Ammo kimdir bunga sabr, aql va tadbirkorlik bilan erishadi. Kimdir esa hadeganda tom boshida nog’ora qoqib, yuzsizchilik, sharmandachilik bilan yetib keladi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Понедельник, 14.07.2008, 17:00 | Сообщение # 28
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Eru ayolning zoti, mag’zi, fahmu farosati qanday ekanligini oshkor qiladigan xuddi shu jarayondir.Dunyoda hech bir ayol turmush qurgach, og’a-ini, jigar-bag’ridan nari bo’lib ketmagan. Ammo erkaklar ichida undaylar soni mingta! Bunga sabab esa ularning ayollaridir! Aka-ukalarning orasidan oqibat qochsa, kelinlarni jazolash kerak!
Qoshingni chimirmay, bu yog’ini eshit: sen juftingga jigarlarini yomonlamayapsan, bu yaxshi! Ular kelsa-kesa joningni sajdqa qilib kutib olyapsan, barakalla! Ammo shugina bilan sen hali yaxshi kelin atalmaysan, oyim! Shunday qilki, erkaging qarindoshlariga avvalgidan ham e’tiborliroq bo’lsin. Ya’ni; juftingga aka-uka, egachi-singlisi haqida yaxshi gaplarni uzluksiz aytib tur, ularni yo’qlab turishga unda! Tushgan joyingdagilarni yarashtiruvchi, kelishtiruvchi bo’l! Bundan avvalo o’zing yutasan. Qaynilaring seni xaloskor deb biladilar, mehr qo’yadilar. Bora-bora sening maslahating bilan ish ko’radigan bo’lib qoladilar. Bu — endi bu uyda hech kim sening kayfiyatingni buzmaydi degani! Undan ham zo’r yutug’ing shuki, bu savob evaziga xudo farzandlaringni oqibatli qiladi, hamisha bir-birlarini ardoqlab o’tadilar! O’g’il onaga yaqin bo’ladi. Ona ham qizlardan ko’ra ko’proq o’g’ilga talpinadi. Kelin kelishi munosabati bilan go’yoki et bilan tirnoq ajraydi! Bu albatta og’riqli! Yeng yaxshi ayolda ham sal bo’lsa-da, o’g’lini kelindan qizg’onish hissi bir-bir kechadi! Na faqat onada, egachi-singillarda ham bu hol seziladi. Ayolning aqllisi ichiga yutib ketadi,yengiltagi esa o’rtada tomosha bo’lib o’ynaydi. Kelin oila muvozanatini saqlaydigan o’q tomir bo’lgani uchun ham, bizning urf-odatlarimizda shunday yo’l tutganlar:
1) kelinchak oila a’zolari qoshida kuyoviga hech qachon gap qotib, yuzlanmagan;
2) kuyov ham uydagilar eshitadigan joyda kelinning otini atab chaqirmagan,hatto umr bo’yi bir-birlarini farzandlari yoki qaynilarining nomi bilan chaqirganlar;
3) uydagilar qoshida kelin-kuyov bir-biri bilan pichirlashib gaplashmagan;
4) qaynona-qaynota va qaynilar oldida kelinning kuyovga noz-istig’no qilishi yoki kuyovning kelinga atoyi lutf qilishi uyat hisoblangan... Shuni bilginki qizoyim, chimildiqqa kirib ketayotgan o’g’il onadan abadiyga uzoqlashib borayotgan jon parchasidir va uni uzib olayotgan sendirsan! Yuqoridagi qadriyatla-rimiz esa shu jarayonni yumshatgan. Kelinni xunuk ko’rinib qolishdan asragan. Shunday yo’llar bilan kelin kuyovning yaqinlariga botmaygina singishib borgan...
Hovli supurar bo’lsang, ovsining tomondan boshlab supur, bu "men sizni hurmat qilaman" deganing bo’ladi. (Aslida esa bo’lajak raqibni zararsizlantirishdir). Ovsinlarning tili bir bo’lsa, erlarning yo’li bir bo’ladi.
Rashk — muhabbatdan tug’iladigan shirin bir tuyg’u. U yuraklarning tagida ming andisha ostida yashirin yashaydi. Uni faqat yengiltak, kalta o’y kishilargina oshkor qiladilar. Rashkning oshkor bo’lishi sharmandalik. Chunki o’zi suyuq odamgina, yo shu kungacha suyuqlik qilmagan bo’lsada sharoit tug’ilguday bo’lsa, aynib ketishi tayin bo’lgan odamgina rashkchi bo’ladi. Qo’yningga solib olganing — shayton ko’nglingda mingta gumon tug’adi, quloq osma, o’zingni tiy!
Agar uzilganni ulaydigan, kemtikni to’ldiradigan, urishganni yarashtiradigan bo’lsa, yolg’onni ham gapir. Yengil tabiat ayollar fe’li bo’sh erkaklarni quyidagi yo’llar bilan o’zlariga qaratadilar: ularning tillari g’oyat shirin bo’ladi; o’zlari orasta va tutumlari pokiza bo’ladi; taomni shirin tayyorlaydilar. Shu fazilatlar o’zingda jam bo’lsa, juftingdan ko’ngling to’q bo’lsin! ko’nglida bo’lsa ham, qaysi so’zni qachon aytishni bilmay turgan bo’lishi mumkin. Agar ko’nglida ham yo’q bo’lsa, o’sha fazilatlarni unda o’zing uyg’ot.
Juftingni farzandlaringning eng injig’i, e’tibor talabi deb bil, unin g tilini topishga harakat qil. Yaxshi er tutish uchun eng yaxshi artist bo’lish kerak! Erkaklar maqtovni yaxshi ko’radilar — juftimga yoqay desang, juftingni o’zini o’ziga maqta. Juftidan qasd oladigan ayol — esi yo’q ayol! Chunki ota-ona o’tadi, bola-chaqa o’z yo’liga ketadi. Umringning oxirigacha birga-birga ketadigani — shu jufting!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Понедельник, 14.07.2008, 17:01 | Сообщение # 29
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Erkaklar sodda bo’ladilar. Sen ulardan har tomonlama o’ylangan e’tibor va odamgarchilikni kutma. Bolalaringga otasini otasiga eshittirib turib maqta. Jufting sen allaqachon biladigan narsa haqida gapirsa, bilag’onlik qilma, xuddi birinchi marta eshitayotganday hayrat bilan tingla. Erkaklar har borada ustuvor turishni yoqtiradilar. Seni qoyil qoldirib, bir yayrasa, yayrabdi-da! Uning xush kayfiyatidan oilangga faqat unum olasan!
Onang olib kelgan sovg’ani bir marta, erning urug’i olib kelgan sovg’ani esa ming marta aytib maqta! Juftingni jon qadar sev, ammo unga hech qachon muhabbat izhor qilma. Inson ham alpinistga o’xshaydi — egallangan cho’qqining uning uchun qizig’i qolmaydi! Jufting uchun hamisha sirli sandiq bo’l. Kir to’plamagan kelinning uyiga dur to’planadi. Kelinning mo’l narsadan zo’r narsa yasaydigani emas, yo’qdan bor qiladigani — yaxshisi!Gap qaytarmagan kelin — haqiqiy bolang. Chunki u seni ayadi! Juftingga egilib turib, baland ishlaringni bitirib ol! Aytganingni qiladigan kelinga rahmat. Ammo aytmaganingni ham qiladigan kelin — Allohning ne’mati! Yaxshi kelin musavvirdir — ro’zg’orini badiiy asarga aylantiradi.Ayolning baxti tilidandir! Yaxshi kelini bor xonadon bosh taragan qizday yaraqlab turadi. Avvalo yaxshi kelin so’ra, keyingina o’g’il so’ra. Kelining yomon bo’lsa, o’g’ilsiz qolaverasan Agar o’g’illar ota hovlini sosalar, yo yer talashib janjalxonaga aylantirsalar, ruhlarning qo’li kelinlarning yoqasidadir! Butun boshli avlod shajarasini tuzadigan xam, buzadigan xam kelinlardir. Kelin — zanjir, kelin ko’prikdir. Qo’li ochiq kelinning yo’li ochiq bo’ladi.
Yaxshi kelin "meniki" degan so’zni ishlatmaydi. Avval o’g’lini hurmat qilib, keyin onasini e’zozlang. Bola onaning jonidir. Kelinimning o’g’limga dashnom berayotganini eshitish o’zimning badnom bo’lishimdir. O’g’limga qo’lini paxsa, ovozini qilich qilib gapirayotgan kelin — meniki emas! Onam rahmatli dangal ayol edi. O’zi bilgan ayrim xonadonlarning to’yiga ham shartta kirmay qo’yaqolardi. "Uy tutmay nari borsin shu ayol, umr bo’yi to’shagi oqarmay o’tdiya", — der edi. Kelinning chatog’i ko’rpachasidan ma’lum bo’ladi. Bolalarini og’ritmay katta qilgan kelin — dono kelin, uyidan shiptir hidi kelmagan kelin undan ham a’lo kelindir. Doimo nimanidir o’rganayotgan kelin bo’ladigan kelin. Kelinning savol beraveradigani emas. Tinglaydigani - yaxshisi! Kelinlarimga yuragim bilan intilishim rost. Chunki, og’zimdan chiqqanini bolalarimdan oldin ijro qiladigan beminnatlarim ular! Bolaligingda onang ardog’ida qanday yayragan bo’lsang, kelinli bo’lgach, uning bag’rida yana onasini topgan boladay mazza qilasan. Ilohim, o’g’il boqqanki ona hamma yo’qotganlarini kelinginasidan topsin! To’y kechasi chimildiqqa kirib ketayotgan o’g’lini bir-bor chaqirib o’ziga qaratish udum emish. Toki onasining chorlab turgan ovozi qulog’iga, intizor nigohi nigohiga yozilib qolsin uchun...
Oyimqiz, yaxshi kelin atalay desang, juftingga ortda qolgan onasini tez-tez eslatib tur...
Tursunoy Sodiqova


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 03.02.2009, 15:18 | Сообщение # 30
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Tursunoy Sodiqova «Kuyov bo’lish ilmi»
Toshkent islom universiteti
nashriyot-matbaa birlashmasi
T. - 2005

Sen kuyov bo’lding. Chimildiqlar nasib etgani muborak bo’lsin, o’g’lim! Yodda tutginki, juftlik qog’oziga sen zaminda imzo chekyapsanu nikohing aslida osmonda o’qiladi nikoh muqaddasdir, nikoh ilohiy! Shuning uchun bu ikkilikni «jufti halol» deydilar.
Endi qanoting qo’sh bo’ldi, ota-onangning bag’ridan uchib chiqding, go’shang, toming alohida endi. Oila degan mamlakatning sultonidirsan, amringni ta’zim bilan eshtiayotgan anovi oyim esa vaziringdir.
Uylandingmi, tamom, so’zingda,o’zingda, tutumlaringda kunda bir yetuklik, ulug’lik alomatlarini ko’rsinlar. Qanoting qo’sh bo’lib, oydan uzilgan bir suluv senga mahrami jon saylanib, o’ngu so’ling shoyi, adraslarga burkanganda gurkirab o’smasang, shig’il gullamasang, seni qurshab turgan jannatiy imkonlarnig uvoli tutgay!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
Форум » Inson va Jamiyat » Turmush chorrahalarida » Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!.... (ochiq mavzu...)
  • Страница 2 из 9
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 8
  • 9
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz