Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Yuvildi dil g'uborlarim.
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 151
IP

 Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!.... - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 9
  • 1
  • 2
  • 3
  • 8
  • 9
  • »
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Форум » Inson va Jamiyat » Turmush chorrahalarida » Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!.... (ochiq mavzu...)
Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!....
BonuchaДата: Вторник, 04.03.2008, 13:49 | Сообщение # 1
O'quvchi
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 12
Репутация: 1
Статус: Offline
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar barchamiz guvohmizki hozirgi kunda turmush qurayotgan yoshlarimizni turmushlari tez kunlarda ha afsuski tez kundayoq buzilib ketayapti.
Va yosh gudaklar tirik yetim bulib qolayapti,yetim honalarga kirsang u gudaklarni senga yopishim mani olib keting deyishlarini man sizi oyijon diman sizi hafa qimiman deb yolinib yiglashlarini eshitish hosh aytingchi bundan ortiq azob bormi?beayb gudaklarni ayblari nima,.
Azizlar shunday kungilsizliklarni oldini olish uchun balki yosh yigit qizlarimizga maslahatlar bersalariz maqsadga muvofiq bulardi inshAlloh!

cry
 
AlisherДата: Четверг, 06.03.2008, 15:52 | Сообщение # 2
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Assalom alaykum ahli forumdosh....
Juda dolzarb mavzuni ko'taribsiz, Bonucha.
Har bir yigit yoki qiz oila qurishni shunchaki birga baxtli yashash deb tasavvur qiladilar. O'z odatiy vazifalarini turmush yumushlari deb biladilar. Lekin, ko'p hollarda ular qurgan oila ularning hayolidagi kabi go'zal va oson va yoqimli bo'lib chiqmaydi. Negaki, turmush tashvishlari va hayot sinovlari oldida ular ojiz qoladilar. Buning eng katta sabablaridan biri esa bir birini tushunmaslik, tushunishni istamaslik.
Yigit o'zini oila boshlig'i deb hisoblaydi va har turli munosabatlarda o'zining ustunligini namoyish qilishga urinadi. Qizlar esa o'z navbatida turmush o'rtog'ini panoh va har narsaga tayyor deb biladilar. Demak ularni hurmat qilishi, har bir tilagini so'zsiz bajarishi va doimo birga bolishi kerak.
Afsuski, hayotda bunday bo'lmaydi. Ertalabga tayyor bo'lmagan nonushta, ko'ylak va tufli yigitlarni asabiga tega boshlasa, yigitning shirinliksiz yuga qaytishi yosh kelin uchun hurmatsizlik bo;lib tuyuladi. Ho'sh, buning oldini olsa bo'ladiku?
Yigitlar, bir eslab ko'ring: yaxshi ko'rgan qizingizning oldiga borish qanchalik muammolar keltirib chiqarishini?! Qizlar esa qanchalik intizor bo'lib kutganini eslasinlar, zero ular kutgan har narsa bo'lavermasligi oqibatida paydo bo'lgan arazlarni eslashsin...
Ana endi bu hol shirin entikishdan har kunlik muammoga aylansa, qanday qaragan bo'lar edingiz?
Avvalgi totli hijronlar endi odatiy visolga almashadi. Demak hayotning bir quvonchi kamayadi. Lekin uning o'rnini javobgarlik va oila egallaydi.
Oila va javobgarlikdan go'zallik va nafosat yarata oladimi yoshlarimiz?
O'ylaymanki, na o'qimishli bo'lsin, na sodda bo'lishsin, bir biriga ishonch va tushunish yo'q ekan, bunday muvozanatni o'rnatish qiyin. Demak, oila me'zonini bir tekisda tutib turish uchun goh tosh bosishga, goh yengil bo'lishga to'gri keladi.
Yana qancha fikrlar bor, lekin bu fikrlar har bir oila muammosi uchun o'zgacha yangraydi.
to'gri emasmi?


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
BonuДата: Пятница, 07.03.2008, 16:04 | Сообщение # 3
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 12
Репутация: 0
Статус: Offline
Alisher, fikrlaringiz to'g'ri,hali oila qurmaganim bois balki to'liq tushunib yetmasman,lekin nazarimda hozirda oilalarning parchalanib ketishida,ikkala tomon,qiz tomon ham,yigit tomon ham,bir birlarini aqlu-farosatiga,dunyoqarashiga,qanday harakterga egaligiga e'tibor qaratish o'rniga asosan moddiy tomondan hisob kitob qilishlari,to'yni hashamatli o'tishi,hammaning og'zi ochilib qolishi...hullas shunga o'hshash arzimagan narsalarni ustun qo'yib,kelajakda bir birini tushunib yashay oladimi? Dunyoqarshlari mos keladimi?...Bular bilan hisoblashmasliklari ham sabab bo'lmoqda,albatta bu narsa hammasiga sabab demoqchimasman,boshqa sabalar ham juda ko'p,faqat shu narsa ko'proq dilimni og'ritayotgani uchun yozdim,hozirgi paytda yengil hayotga o'chlik kuchayib ketayotgandek nazarimda...

Eng yaxshi bir sirni berayin sizga:
Dastavval qaranglar o‘z oynangizga!
 
DurbekДата: Понедельник, 26.05.2008, 22:55 | Сообщение # 4
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Assalomu alaykum ahli forumdoshlar...
Balki meni bu mavzuga aralashishim noto'g'ridir, Lekin hozirgi kundagi hozirgi holatni ko'rib chidab tura olmadim. Menga yoqmagan tarafi Bonu, aytgan gap ya'ni pul masalasi. Lekin Bonu, yana bir gapiga qarshiman. Sababi oldinlari ham ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz bir birini ko'rmasdan, bir-birini ko'ngliga qaramasdam ham turmush qurushganu? Eng muhimi turmush quradiganlardan iltimos bir-birlarini boyliklariga qaramasin. Boylik ketadi baxt qoladi. Baxt ketib boylik qolganini foydasi yo'q. Barchaga Allohdan iymon va insof tilab...


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AlisherДата: Вторник, 27.05.2008, 08:46 | Сообщение # 5
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Durbek, Fikrlaringizda jon bor. Lekin oila bahtini boylik emas, mehr va muhabbat tashkil qilishini afsuski, kech tushunib yetadilar. Albatta moddiy boylik ko'p muammolarni hal qiladi, buni inkor etib bo'lmaydi. Lekin:
Pulga tillo sotib olsa bo'ladi, lekin boylik sotib ololmaysiz.
Pulga uy sotib olsa bo'ladi, lekin vatan sotib ololmaysiz.
Pulga ovqat sotib olsa bo'ladi, lekin ishtaha sotib ololmaysiz.
Pulga gul sotib olsa bo'ladi, lekin ifor sotib ololmaysiz.
Pulga odam sotib olsa bo'ladi, lekin do'st sotib ololmaysiz.
Pulga o'yin sotib olsa bo'ladi, lekin quvonch sotib ololmaysiz.
Pulga ayol (erkak) sotib olsa bo'ladi, lekin turmush o'rtog'i sotib ololmaysiz.
Pulga qarovchi sotib olsa bo'ladi, lekin mehr sotib ololmaysiz.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
BonuchaДата: Вторник, 27.05.2008, 14:42 | Сообщение # 6
O'quvchi
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 12
Репутация: 1
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Assalom alaykum ahli forumdosh....Juda dolzarb mavzuni ko'taribsiz, Bonucha.Har bir yigit yoki qiz oila qurishni shunchaki birga baxtli yashash deb tasavvur qiladilar. O'z odatiy vazifalarini turmush yumushlari deb biladilar. Lekin, ko'p hollarda ular qurgan oila ularning hayolidagi kabi go'zal va oson va yoqimli bo'lib chiqmaydi. Negaki, turmush tashvishlari va hayot sinovlari oldida ular ojiz qoladilar. Buning eng katta sabablaridan biri esa bir birini tushunmaslik, tushunishni istamaslik.

ha fikirlariz togri hozirgi yoshlar uz fikrini maqullaydi,albatta uzini fikri bolishi yahshi lekin hozirgi yoshlar birbirlarini eshtishniham istashmaydi afsus!!
Quote (Alisher)
Yigit o'zini oila boshlig'i deb hisoblaydi va har turli munosabatlarda o'zining ustunligini namoyish qilishga urinadi. Qizlar esa o'z navbatida turmush o'rtog'ini panoh va har narsaga tayyor deb biladilar. Demak ularni hurmat qilishi, har bir tilagini so'zsiz bajarishi va doimo birga bolishi kerak.

smile albattada
 
BonuchaДата: Вторник, 27.05.2008, 14:42 | Сообщение # 7
O'quvchi
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 12
Репутация: 1
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Afsuski, hayotda bunday bo'lmaydi. Ertalabga tayyor bo'lmagan nonushta, ko'ylak va tufli yigitlarni asabiga tega boshlasa, yigitning shirinliksiz yuga qaytishi yosh kelin uchun hurmatsizlik bo;lib tuyuladi. Ho'sh, buning oldini olsa bo'ladiku?Yigitlar, bir eslab ko'ring: yaxshi ko'rgan qizingizning oldiga borish qanchalik muammolar keltirib chiqarishini?! Qizlar esa qanchalik intizor bo'lib kutganini eslasinlar, zero ular kutgan har narsa bo'lavermasligi oqibatida paydo bo'lgan arazlarni eslashsin...Ana endi bu hol shirin entikishdan har kunlik muammoga aylansa, qanday qaragan bo'lar edingiz?Avvalgi totli hijronlar endi odatiy visolga almashadi. Demak hayotning bir quvonchi kamayadi. Lekin uning o'rnini javobgarlik va oila egallaydi.Oila va javobgarlikdan go'zallik va nafosat yarata oladimi yoshlarimiz?O'ylaymanki, na o'qimishli bo'lsin, na sodda bo'lishsin, bir biriga ishonch va tushunish yo'q ekan, bunday muvozanatni o'rnatish qiyin. Demak, oila me'zonini bir tekisda tutib turish uchun goh tosh bosishga, goh yengil bo'lishga to'gri keladi.Yana qancha fikrlar bor, lekin bu fikrlar har bir oila muammosi uchun o'zgacha yangraydi.to'gri emasmi?

ha fikrlarizga qushilaman afsus yoshlarimiz zamondanda tez uzgarib borayapti albatta uzgarishlik yahshi lekin insoniylikni yuqotish shartmas zamonga yetaman deb zamon hech qachon vafo qilmidi i hozirgi yoshlarimiz etadiki qizham yigitham teng huquqga ega albatta teng huquqga ega leki qizlarimiz oilani obrosini mustahkam turishiga eng asosiy ustun ekanligini yigitlarimiz bu ustunni yanaham mustahkam bulishi uchun kuch ekanligini unutmaslik kere,
Quote (Bonu)
, fikrlaringiz to'g'ri,hali oila qurmaganim bois balki to'liq tushunib yetmasman,lekin nazarimda hozirda oilalarning parchalanib ketishida,ikkala tomon,qiz tomon ham,yigit tomon ham,bir birlarini aqlu-farosatiga,dunyoqarashiga,qanday harakterga egaligiga e'tibor qaratish o'rniga asosan moddiy tomondan hisob kitob qilishlari,to'yni hashamatli o'tishi,hammaning og'zi ochilib qolishi...hullas shunga o'hshash arzimagan narsalarni ustun qo'yib,kelajakda bir birini tushunib yashay oladimi? Dunyoqarshlari mos keladimi?...Bular bilan hisoblashmasliklari ham sabab bo'lmoqda,albatta bu narsa hammasiga sabab demoqchimasman,boshqa sabalar ham juda ko'p,faqat shu narsa ko'proq dilimni og'ritayotgani uchun yozdim,hozirgi paytda yengil hayotga o'chlik kuchayib ketayotgandek nazarimda...

albatta sizni fikringizham tugri
fikirlar uchun minnaddormiz wink
 
BonuchaДата: Вторник, 27.05.2008, 14:51 | Сообщение # 8
O'quvchi
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 12
Репутация: 1
Статус: Offline
Quote (Durbek)
Balki meni bu mavzuga aralashishim noto'g'ridir,

nega unde disiz ahir kelajak yoshlar qolida oila kelajagini uylash va bulajak sinovlarga uzini tayyorlashham yoshlarni vazifasi albatta uzini qiynalib qolmasligi va boshqaalarniham qiynab quymasligi uchun smile
Quote (Durbek)
Lekin hozirgi kundagi hozirgi holatni ko'rib chidab tura olmadim.

qani edi shunde yoshlarimiz kupaysa cool
Quote (Durbek)
oldinlari ham ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz bir birini ko'rmasdan, bir-birini ko'ngliga qaramasdam ham turmush qurushganu?

ha tugri lekin siz bir narsaniham etiborga oling oldingi yoshlar qiyinchilikda katta bulgan,hozirgilar esa oldingilar qanchali qiynalganini bir giramham sezishmidi .
hozir ota onalarimiz bizlarni toq usti but qiyinchilik kurmasin men kurgan azoblani kurmasin deb tirishadi a bizla busa bu munosabatdan kegin bizdan nimaham kutish mumkin dry
albatta bunda ota onalar beayb bazgi hollarni etiborga omaganda ota onalarimiz bizni erkalilarimiz aksincha[taltayish]larimizniham mehri kuchliligi uchun etiborga olishmidi ,
aytmohchimanki kop narsa tarbiyaga boglik manimcha yanaham bilmadim wacko
yoshlarimizga bir maslahatim kelejekda farzandlariz siz qilgan hatolani qaytarmasligi uchun va muammolar bulmasligi uchun avvalo ozimizni tarbiyalashligimiz kere ana shunda keleje albatta porlo buladi inshAlloh wink
Quote (Durbek)
Eng muhimi turmush quradiganlardan iltimos bir-birlarini boyliklariga qaramasin. Boylik ketadi baxt qoladi. Baxt ketib boylik qolganini foydasi yo'q. Barchaga Allohdan iymon va insof tilab...

gaplariz bari tugri fikrizga qoshilaman happy
 
BonuchaДата: Вторник, 27.05.2008, 14:54 | Сообщение # 9
O'quvchi
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 12
Репутация: 1
Статус: Offline
Quote (Alisher)
ikrlaringizda jon bor. Lekin oila bahtini boylik emas, mehr va muhabbat tashkil qilishini afsuski, kech tushunib yetadilar. Albatta moddiy boylik ko'p muammolarni hal qiladi, buni inkor etib bo'lmaydi.

ha tugri etas dry
Quote (Alisher)
Pulga tillo sotib olsa bo'ladi, lekin boylik sotib ololmaysiz.Pulga uy sotib olsa bo'ladi, lekin vatan sotib ololmaysiz.Pulga ovqat sotib olsa bo'ladi, lekin ishtaha sotib ololmaysiz.Pulga gul sotib olsa bo'ladi, lekin ifor sotib ololmaysiz.Pulga odam sotib olsa bo'ladi, lekin do'st sotib ololmaysiz.Pulga o'yin sotib olsa bo'ladi, lekin quvonch sotib ololmaysiz.Pulga ayol (erkak) sotib olsa bo'ladi, lekin turmush o'rtog'i sotib ololmaysiz.Pulga qarovchi sotib olsa bo'ladi, lekin mehr sotib ololmaysiz.

ha tugri lekin yoshlarimiz bu gaplarni hozirda zamondan qolgan gaplar deb qabul qilishadi afsus sad
 
FarzonaДата: Четверг, 29.05.2008, 09:15 | Сообщение # 10
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 5
Репутация: 0
Статус: Offline
Alisher, Shu gaplaringizga o'zingiz amal qilasizMI?! Oilangiz sizdan mamnunumI?! O'zingiz birovninig KO'NgLini o'yin qilmaganmisiz?!

7777777
 
AlisherДата: Четверг, 29.05.2008, 09:20 | Сообщение # 11
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Farzona, Hayotda har narsa bo'ladi. Nega meni so'roq qilasiz, tushunmadim. Balki ko'nglingizni og'ritgandirman, balki birov og'ritgandir, balki fikrlarim sizga yoqmagandir. Nima bo'lganda ham forumda fikr bildiriladi.
Men aytishim mumkin, turmush chorraxalarida ko'p adashdim, ko'p yo'l izladim, ko'p xatolar qildim. Lekin taqdirimdan aslo nolimayman. Baht har doim qo'limizda, Inshaalloh, faqat uni asray olsak bo'lgani.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
FarzonaДата: Четверг, 29.05.2008, 09:27 | Сообщение # 12
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 5
Репутация: 0
Статус: Offline
Alisher, Shunaqa deng...... Yaxshi... Nega so'roq qilishimni vaqti kelib tushunarsiz..Ko'nglimni og'ritganingizga kelsak bu haqida ham kezi kelganda gaplashamiz...

7777777
 
DurbekДата: Суббота, 31.05.2008, 03:15 | Сообщение # 13
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Farzona)
Alisher, Shu gaplaringizga o'zingiz amal qilasizMI?! Oilangiz sizdan mamnunumI?! O'zingiz birovninig KO'NgLini o'yin qilmaganmisiz?!

Keling sizni savolizga men javob beraman. Axir savoliz yerda qolmasin.

Farzona, Men o'zim aytgan gaplarga amal qilaman va Insha Alloh amal qilib o'taman. Men hali turmush qurmaganman. Hozirgi oilam mendan mamnun. Birovni ko'nglini emas anchasini ko'nglini o'yin qilganman. Nimaga?! Ular o'zi shuni hohlagani uchun. Men bilaman, Gaplashayotgan qizlarimni hech biriga uylanmasligimni. Shuning uchun ham ularga vada bermiman. Senga UYLANAMAN deb. Nimaga vada bermiman bilasmi?! Men Yigit kishiman. Og'zimdan chiqqan so'zga javob qilishim kerek . Hulosani o'ziz chiqarib ola bilas degan umiddaman.

PS: Alisher, aka agar OFF bo'lgan bo'lsa UZR.


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!

Сообщение отредактировал Durbek - Суббота, 31.05.2008, 03:18
 
FarzonaДата: Четверг, 05.06.2008, 09:19 | Сообщение # 14
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 5
Репутация: 0
Статус: Offline
Durbek, Ma savolni sanga emas, adminga berganman!!! San og'zingga ehtiyot bo'l!!! san b-n gaplashadigan qizlar qanaqaligini tushundim...

7777777
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 13:29 | Сообщение # 15
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Oilaviy baxt“Balki men hayotda bir qancha xatoliklarga yo’l qo’yarman, lekin xech qachon sevib oila qurmayman !”. Ushbu gaplar Dizrayeliga tegishli bo’lib, bu qanchalar haqiqatga yaqinligini hikoyamiz davomida bilib olamiz.
Dizrayeli huddi aytganidek ham qildi. U 35 yoshida bo’ydoqligiga nuqta qo’yib, o’zidan 15 yosh katta beva ayolga uylandi. U bevaning 50 yil davomida sochlari oqargan, avvalgi chiroyidan asar ham qolmagandi. Sizningcha bu sevgimidi? Albatta yo’q. Dizrayeli unga boyligi uchun uylanayotganligini ayol juda ham yaxshi bilardi! Ayol Dirayeliga 1 yil mobaynida uni o’rganib chiqib, so’ng turmush qurush shartini qo’ydi. Muddat oxirida shartlashgan nikoh ham bo’lib o’tdi.
Bularning hammasi g’alati jaranglayapti shunday emasmi? Lekin Dizrayelining turmushi kutilmagan tarzda eng baxtli oilalardan biriga aylandi.
Dizrayeli tanlagan ayolning boyligidan boshqa xech narsasi yo’q edi, na chiroy va na aqli bor edi. Suhbat davomida u shunday kulgili xatoliklarga yo’l qo’yardiki, uning tarix va adabiyotdan umuman xabarsizligi shundoq ko’zga tashlanib turardi. U rimliklar va greklarning kelib chiqishini ham bilmasdi. Atir-upalarni uncha yaxshi tushunmas, xonani jihozlash bo’yicha ham didi maqtarlik emasdi. Lekin u oilaviy munosabatlar borasida ko’zga ko’ringan OLIMA edi-erkaklar bilan muomala qilish san’atini puxta egallagan edi.
Meri-En o’z intellektual imkoniyatlarini Dizrayeli bilan xech solishtirmasdi. Dizrayeli jiddiy, bosh og’riq maslislardan so’ng ayolining yengil-yelpi suhbatlaridan dam olardi. Uy deganda Dizrayelining ko’z oldiga ayoli Meri-En va ko’ngli xotirjamlik bilan to’ladigan makon gavdalanardi. Dizrayeli uchun kun sayin qarib borayotgan ayoli bilan o’tkazgan damlari eng baxtli onlar edi. Meri-En uning eng yaqin do’sti, maslahatchisi va tinglovchisi edi. Har kecha Dizrayeli ishlaridan charchagan holda ayoli oldiga shoshilar, kun davomida qilgan ishlari haqida tezroq gapirib bergisi kelar, hissiyotlari bilan bo’lishgisi kelardi.
U har bir qilayotgan ishida Meri-Enning hamkorligini, daldalarini sezib turardi. Bu esa har biri inson uchun juda muhim ahamiyatga ega shunaday emasmi? Har bir inson hamsuhbati ko’zlarida tushunish, hamdardlik qidiradi shunday emasmi? Sizni tushunganlarida qanchalar yengil tortasiz? “Ey tushungan odammi...” juda chiroyli ibora shunday emasmi? Qarang xatto butunlay begona tilda suhbatlashuvchi insonlar bir-birlarini tushunadilar! Bir qarashingizda nima demoqchiligingizni ko’zlarini mo’ltillatib turgan hayvonlar tushunadilar. Nega aqlan va qalban yetuk ikki inson kelisha olmaydi? Balki g’urur va o’zgalar kamchiligini ko’ra bilish “fazilatlarimiz” ancha rivojlanib ketganmikan-a? Meri-En va Dizrayeli orasida munosabatlar ham ana shunday “tushunish” ga asosalangan edi.
Shunday damlar bo’lardiki, hammani oldida Meri-En kulgili xatoliklar yoki omilik qilib qo’yardi. Shunday paytlarda Dizrayeli unga xech nima demasdi. Uni xech qachon kamchiliklarini yuziga solib tanqid qilmasdi. Aksincha, atrofdagilardan shu kabi so’zlarni eshitib qolsa, jon-jaxdi bilan ayolini himoya qilardi. Biz o’zbeklarda esa qanday? Erkaklar ayollarini avval hammani oldida izza qiladi, so’ngra holi qolishganda ayol bechora yana dakki yeydi. Shu sizningcha to’g’rimi? To’g’rida erini hammani oldida izza qilmasin-da, deb o’ylagan o’quvchinig fikriga to’liq qo’shilaman. Lekin masalaning boshqa bir tarafiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. U ayoliga dakki berdi, bu bilan u atrofdagilarga oilada kim hukdorligini ko’rsatib qo’ydi (xayolida). Aslida esa qanday bo’ldi? Er-xotin orasida oqibat, hurmat yo’qligini namoyish qildi. Agar uning dakkisiga ayoli hammani oldida yanada omi javob qaytarsachi? Bunda nima bo’ladi? Tamosha davom etadi....ana sizga oiladagi oqibat!
“Oilaviy baxt- bu faqatgina o’zingizga mos insonni topish bilan chegaralinib qolmay, balki bir-birlariga baxtli bo’lishga halaqit bermaslikdir! ” –Leland faster Fud.
Demak siz oilada xotirjamlik va tushunish bo’lishini istasangiz o’zingiz ham hotirjam va tushunuvchan bo’ling! Juftingizning baxtli bo’lishiga halaqit bermang! Axir siz ham xuddi shu baxtga muhtojsizku shunday emasmi?
Qoida:
Juftingizni qayta tarbiyalashga urinmang, uni borligicha qabul qiling!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
Форум » Inson va Jamiyat » Turmush chorrahalarida » Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!.... (ochiq mavzu...)
  • Страница 1 из 9
  • 1
  • 2
  • 3
  • 8
  • 9
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz