Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Mening sevgim...
[24.10.2007][Muhabbatnoma]
Mening dardim.
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Forum faollari
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292
IP

 Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!.... - Страница 3 - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 3 из 9
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 8
  • 9
  • »
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Форум » Inson va Jamiyat » Turmush chorrahalarida » Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!.... (ochiq mavzu...)
Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!....
MashhuraДата: Вторник, 03.02.2009, 15:31 | Сообщение # 31
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Ishing zo’r bo’lib, martabang chandon ko’tarilib, tashqarida hamma senga ta’zimda bo’lsa-yu, uyingda tinchlik, totuvlik bo’lmasa, barii bekor! Yer kurrasida qimirlab yurganki odam uyim, bolam-chaqam deb yuradi. Ko’chadagi ishlarini jadallik bilan bajarib, xonadoniga yugurgani yugurgan. Qizig’i shuki, inson yaxshi yiga ham, yomon uyiga ham talpinaveradi. Shunisiga qarab, bu uydan yo baxtli, yo baxtsiz, yo butun, yo yarim odamlar chiqadilar. «Oila» deb atalgan panohistonda yaxshi iqlim yaratish uchun esa ayolga ayollik, erkakka erkaklik ilmiy suv, havo qadar zarur.
Erkak kishini asosan qulog’i yetaklaydi va uni ko’p balolarga giriftor qiladi. Kelinchakka aytadigan birinchi gaping shu bo’lsin:
«Ilohim, siz bilan birga hammamizga saodatli kunlar kelayotgan bo’lsin. Ammo aytib qo’yay, men oila a’zolarimsiz bir bo’lakman, butunligim ular bilan. Meni dunyoga keltirgan mualliflarim, tumshug’ida suv, don berib voyaga yetkazgan xaloskorim – shu oilamdagilar. Ularning pastu baland fe’llari o’zimga ayon. Balki biridan sevinib, biridan kuyib yurarman, ammo qandayligidan qat’i nazar, ular mening mulkim, mening qismatim, mahrimga tushgan, yoqmay qolsa, kechib yubora olmayman» O’rtaga qo’yadigan birinchi shartim shu: hech qachon jigarbandlarimni menga yomonlamang. Siz tufayli hech biridan ko’nglim qolmasin! Qo’lingizdan kelsa, ularni menga issiq ko’rsating, yomonlarimni yaxshi qilib bering». Agar bu iltimosimni bajarmasangiz, sizdan ikki dunyo rozimasman!»


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 03.02.2009, 15:32 | Сообщение # 32
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Hali ulg’ayguningcha, o’zing guvoh bo’lasan, ayol zoti haqida «falonchi turmushga chiqqandan keyin yaqinlaridan kechib ketibdi» degan gapni hech kim eshitgan emas. Ammo uylangandan keyin aka-ukasi, amma-xolasi, hatto ota-onasidan nari bo’lib ketgan erkakni qadamda uchratib boraverasan! Buni uyat deb bilgin, er uchun qaro yer bo’lish shu.
Yaratgan senga boshing to’la tafakkur berdi, qulog’ingga tushgan gapni avval unga uzat, tahlil qil! Atrofingdagi senga taalluqli bo’lgan jami mavjudlik sendan birday bahra olsin va bahra olishi shart! Chunki ular doim senga nimanidir o’tkazib, uzluksiz nima bilandir ta’minlab turadi yoki bir paytlar ta’minlagan. Ularning baridan qarzdorsan. Allohgaki bergan ne’matlari uchun tinmay shukrona aytish vojib ekan, bandalarining – u otang bo’ladimi, onang bo’ladimi, jigargo’shangmi, baribir, hamma yaxshiligi qarz! Ularga orqa o’girib ketib bo’lmas, ketsang-da yo’ling unmas, niyating ushalmas.
O’g’lonim, ota-onangdan ko’rgan mehr-muhabbatingga gap yo’q, ammo hayotingda eng yuksak izzat-hurmatni kuyov bo’lganingda qaynona-qaynotangdan ko’rasan. Millatimizning taomili shunday, bolasiga, hatto o’ziga ilinmagan hurmatni, mukofotni kuyoviga tutadi. Sochlarining oqi bilan kuyovi qoshida ta’zimda turadi. Xullasi, uni bolasidan a’lo ko’radi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 03.02.2009, 16:34 | Сообщение # 33
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Sen bu muabbatlardan rohatlan va shu bilan birga, bir o’ktamlik qil: ular o’g’illriga ko’rsatmagan yaxshiliklarini senga beryaptilarmi, sen ham goh-gohida ularga o’g’illari qilolmagan muruvvatlar ko’rsat, qadrlarini ko’tarib qo’y. Avvalo kuyovdan hargiz umidvor bo’linmaydi, aslida esa ulardan sening qarzdorliging katta! Gulday qizlarini jonlaridan uzib, umrbodga sega berib qo’ydilar, uning ustiga bir uy mol ham qo’shib berdilar, bu ham yetishmaganday, topganlarini ostonangga tashiganlari-tashigan. Ustiga ustak seni kaftlarida tutishlarini qara.
Sening ham ularga muruvvatpesha bo’lishing yigitchilikdandir!
***

«Ulfating qarg’a bo’lsa, yemishing go’ng» degan gap bor. Kuyov bo’lgan zahoting ko’chadagi joyingni bil, arzon jo’ralarni yig’ishtir. Uylanish – ko’p qatori risolaga tushish degani, shu kungacha sen faqat o’z urug’-avloding nazari ostida yurgan bo’lsang, kuyov bo’lgach, endi seni kuzatuvchilar butun bir avlodga ko’payadi. Yurt orasidagi yurish-turishing bilan nafaqat o’zingni, balki, qaynona-qaynotang, qayinbo’yinglaring sha’nin ham himoya qilib yurasan yoki teskarisi.
Shunday bo’lib olki, senga ulangach, qudalarning obro’siga obro’ qo’shilsin. Hattoki, sening andishangni qilib, o’zlarining ayrim qusurlariga chek qo’ysinlar.
Bu sharofatli kuyov bo’lganingdir.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 03.02.2009, 16:35 | Сообщение # 34
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Kuyov bo’lish qatorga kirish demakdir. Endi maslahat ovoziga egasan. Quda taraflarning to’risi seniki. Uka-singillaring taqdiri haqidagi maslahatlar sening ishtirokingsiz o’tkazilmaydi. Endi mahalladagi, qarindosh-urug’ orasidagi fotiha lozim joylarga, janoza marosimlariga o’z nomingdan qatnashishing shart. To’ylargayu bemorlarni yo’qlashga ota-onangdan tashqari, alohida sovrin va o’z tuguning bilan borasan. Taomil shunday.

Oila a’zolaring oldida ayolingga, ha deganda e’tibor beraverma, so’z qotaverma. Tashqarida, do’stu qadrdonlaringning orasida juftingni ta’riflama, u haqida gapirging kelavermasin. Boisi, bir savol paydo bo’ladi: tegrangda ayolingdan boshqa azizroq odam yo’qmi? Ular ta’riflanishga arzimabdimi? Va hokazo. Oila mustahkamligi qachon darz ketadi? Boshqalarni bir tomonga surib, hadeb bir kishini maqtayverishdan! Qolaversa, ayoling parda ortida asraganing, oriyatingga o’ragan gavharingdir. O’z asraganini esa risoladagi erkak o’rtaga solavermaydi!


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 03.02.2009, 16:38 | Сообщение # 35
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Kelin kelguncha uyingdagilar uchun bola eding, uncha-munchaga sendan gina qilmasdilar. Kuyov bo’lgan zahoting katta kishiga qanday qarasalar, seni shunday taftish eta boshlaydilar. Endi sen uchun eng qaltis joy – oilang, yaqinlaring. «Ro’zg’or» degan xilqatning hech qayerda yozilmagan qonunlari, hukm va jazolari bor. Ko’pincha sening xatolaring uchun ayoling javob beradi. Ehtiyotsizliging bois, bitta o’zing bir necha kishiga ziyon yetkazasan. Bir jon senga turmushga chiqib, farog’at ko’rmoqchi edi, ko’rsin. Ota-onang seni uylantirib orzu havasga erishmoqcha edi, erishsinlar. Har bir harakating hisob-kitobda, ko’zingni och.
Ko’chadan kirarkansan, so’zing bilan ham, ko’zing bilan ham avval onangni izla, otangni ziyorat qil, ahvollarini so’ra, so’nggina ayolingni ko’r va bolangga e’tibor qil. Bilginki, ota-onangni bitta ishi qolgan, u ham bo’lsa, kunda sening eson-omon ishdan kelishingni kutish! Sen esa kela solib, ayolingni so’rading yoki bolalaringni alqashga tushding. Shugina xatoingning kasrini ko’r. Ko’zim tegmasin deb, seni hatto o’zidan ham qizg’anib o’tgan ona seni butunlay egallab olgan kelindan qizg’anmaydimi!? Muvozanat bundan tarang tortiladi, qaynona-kelin mojarolari boshlanadi.
Onalar ham ikki xil bo’lgich. Bag’ri kengi aytadi: «Xudoga shukr, bolam ko’chadan kelsa, kutib oladigan ahil ayoli, ovuntiradigan bolalari bor, endi xavotir olmasam ham bo’ladi. Huzurimga uncha yugarmayaptimi, demak, bolam mensiz yashay oladi, endi mening tirgovuchlarimga ehtiyoji qolmabdi», deb o’zini ovuntirgan bo’ladi. Bolam meni kamroq o’ylab qoldi, degan dahshatli fikrni o’zidan haydashga urinadi va g’ash ko’ngligi: «hadeganda kasal bo’lib, uni ham chiqimdor, ham bezovta qilyapman. Bu bolamga jabr, asta ketib qo’ya qolsam, unga yengilroq bo’larmidi?!» - degan dilgir o’ylar keladi! Bola-chaqasi bilan o’ralashib, onaday g’animatidan chetlab qolgan o’g’lonim,ko’ryapsanmi, volidang ming rizolik bilan o’lim so’ray boshladi.
Bag’ri tor ona aytadiki: «Bu kelinning ishi. Kecha kelib bugun o’g’limni hushidan judo qildiya, o’g’limning og’zidan oti tushmaydiya, bola tug’ib berdim deb bolamni egalladi-qo’ydi» va hokazo. Qarabsizki, kelinning hamma ishi yomonga chiqaveradi. Bu holatni tug’dirgan sen bo’lding, sening beparvoliging bo’ldi.
Uylanganingdan keyin egachi-singil, aka-ukalaringga ko’proq mulozamatli bo’l. Ko’rar ko’zga zingni ayolingga e’tibor bermayotganday tut.
Hayit arafalarida saharmardondan birinchi onangni yo’qla, keyingina qaynonang va boshqalarga bor. Cho’ntaging ko’targan eng yaxshi narsani ota-onangga tortiq qill. Onanng aslo sovg’a so’ramasa ham hech qachon huzuriga quruq borma. Bolaning qo’li uzatgan ne’mat ota-onaga jannatiy rohat beradi.
Ota-onang qay ahvolda bo’lishidan qat’i nazar, atrofdagilardan oriyat qilma, bag’ringga bos. Bemor bo’lsa, hech kimga ishonma, o’zing yemak Ber, o’zing pokizala. Qo’llaringda ko’tarib yur, kulib gapir, kulib eshit. Ularning bu dunyoda farzandlaridan, ya’ni sendan boshqa xaridori yo’q. Duo qilishni bilmaydigan ota-onaga ham muhbbat ko’rsataver, seni Yaratganning o’zi ko’klarga ko’taradi. Kimki kam bo’lmabdi, kimki azizu mukarramdir – ota-onasidan duo olgan insonlardir. Ota-onangni kaftingda tutganingni bolalaring ko’rib tursin. Javobiga ular seni boshlarida ko’taradilar.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
DurbekДата: Вторник, 03.03.2009, 22:16 | Сообщение # 36
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Farzona)
Durbek, Ma savolni sanga emas, adminga berganman!!! San og'zingga ehtiyot bo'l!!! san b-n gaplashadigan qizlar qanaqaligini tushundim...

Uzr-uu bu yerda fikr qoldiriladi. Xar-xil gaplar aralashtirilmedi. Agar bu yerdegilarni galari sizga, ha, ha OYIMCHA QIZ aynan sizga yoqmayotgan bo'lsa, Unda o'qimeng. Bu forumga umuman kirmeng degani hozircha haqqim yo'q. Shundoq ekan hurmatli Oymoma yerga tushib oling. Axir oynaga qarab o'zizni ko'rib qo'rqib ketib. keyin yerga tushsez qattiq tushmeng deymanda.....


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
XumorДата: Среда, 04.03.2009, 11:19 | Сообщение # 37
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 2
Репутация: 0
Статус: Offline
Аввало ассалому алайкум. Барчангизни кунгил кечинмаларингизни, фикрларингизни укиб яна бир бор амин булдимки, хаёт барчага баробар мехрни беролмас экан. Кимдир уткан хаёт йулининг пасту баланд кирраларидан калбан нолийдию, буни узгаларга изхор килишни истамайди. Улар тугри киладилар. Чунки, хаёт бизни эмас, аслида биз хаётимихни бошкарамиз. Бу йулда килган хатоларимизга эса, факат узимизгина сабаб булган булишимиз аник... Яна кимдир, хаётидан мамнун ва келгусида турмушнинг маъсулиятлари хакида эркин фикрлай олмокда. Демак, улар улар турмушга хеч кандай армон ва хеч кандай иккиланишларсиз тайёр эканлигини билса булади.
Мавзуга келсак: Менимча, турмушни самимият билан бошлаган маъкул. Самимият хамиша инсонни калбан покликка, мехр-окибатга ва энг мухими инсонларни тушуна билишга интилишни талаб килади. Хаётимизда килган хатоларимиз эртанги кун учун факатгина зарар келтириши нотугри, Чунки хар бир нарсанинг,ходисанинг ёмон тамони булса, унинг яхши кирралари хам мавжуд. Нима булганида хам, сиз хатоларингиздан тугри хулоса ясай олдингизку! Ва келгуси хатоларингизни олдини олишга тажрибангиз бор! Айтадиларку, бош деворга тегмагунча куз очилмайди... Бу жараённи эртарок яъни турмушдан олдин утказганларда улкан ирода вужудга келган булса ажабмас. Инсон килаётган ишини уйлаб унинг куламига рухан тетик холда ёндошсагина, ишлари бароридан келади. Менимча, бу турмуш кураётган ёшларга хам таълукли...


Umr g'animat, samimiyat eng oliy fazilat...
 
AlisherДата: Среда, 04.03.2009, 12:05 | Сообщение # 38
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Xumor, Avvaloambor Kundalik forumga hush kelibsiz.
Insonlar qilgan xatolarini ochiq aytsalar, qoqilgan ishlariga topgan echimlari bilan o'rtoqlashsalar, o'z tajribasini o'zgalarga ham ilinsalar, boshqa insonlar ham xatoliklarni takrorlamasliklari mumkin. Sizning fikringiz Kundalik foruming maqsadi yaxshilik ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Rahmat.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Oddiy_qizДата: Четверг, 05.03.2009, 10:10 | Сообщение # 39
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 18
Репутация: 2
Статус: Offline
Menimcha hamma gap ota-onada kattalarda. Meni fikrimcha toydan keyin ota-ona kelin-kuyovni alohida uyda yashashligiga sharoyit yaratib berib, ularni hayotiga kamroq aralashishsa menimcha ajralishlar kamroq boladi. Bu meni fikrim.

Oddiy bo`lish doim yahshi
 
AlisherДата: Четверг, 05.03.2009, 10:16 | Сообщение # 40
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Oddiy_qiz,
Balki to'g'ridir. Lekin o'zaro munosabatlar uchun alohida yashash qulay, jamiyat uchun esa Oilaning o'rni muhim.
Hali o'zimiz turmushga tayyor emasmiz, hayot qiyinchiliklari oldida ojiz qolamiz. Ishonasizmi, vaqti kelsa topgan pulimizni turmush o'rtog'imiz bilan bir kunda sarflab qo'yishimiz mumkin. Ota-onamiz oldida esa bunga yo'l qo'ya olmaymiz. Ohir oqibatda, ozgina o'-yin kulgidan mahrum bo'lsakd, lekin ertangi kunimizdan havotirsiz yashaymiz. Ular bizni sabr toqatga, va qiyinchiliklarga o'rgatadilar.
Oddiy misol, kelinlar qo'zg'olonini eslang. Bir kun oila kattasi bo'lmagan hovlidagi holatni?!
Albatta, kattalarning yoshlar turmushiga aralashuvi yoqimli emas, lekin ularsiz ham oilamiz komil bo'lmaydi.
O'zaro munosabatlarni esa asta yo'lga qo'yish kerak. Bunda ishonch, hurmat va oilaviy mavqening o'rni katta.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
Oddiy_qizДата: Четверг, 05.03.2009, 10:41 | Сообщение # 41
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 18
Репутация: 2
Статус: Offline
Alisher, Hamma onalar ham hamma oila ham hamma oiladagi sharoit ham bir hilda emas. Besh qo`l barobar emas deganlaridek. Men ko`rganman onasi kelinni sig`dirmidi. Bu yoqda kuyov bechora arosat yolda qolgan. Onasini desa ayoli ayolini desa onasi. Erkaklarga ham oson emas. Men hamma qaynonalar shunaqa demiman. Lekin ko`p ko`rganman ko`p eshitganman. Yaqinda bir singlim keldi to`ylariga 2 oy bo`ldi. Qaynonam meni yoqtirmidi. Doim har bir ishimdan oyan topadi deb hafa bo`ldi. Mana oddiy misol hozir birinchi kanalda ketayotgan Tutash taqdirlar serialidagi qaynonani oling. Shunaqa qaynonalar yo`q deb o`ylisizmi? Unda bu qaynona roli qaerdan olingan? Bular hammasi hayotdan olingan emasmi?

Oddiy bo`lish doim yahshi
 
AlisherДата: Четверг, 05.03.2009, 10:49 | Сообщение # 42
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Oddiy_qiz, Fikringiz to'gri, bunday qaynonalar ko'p, kuyovlar esa rol o'ynashni bilishmaydi.
Aslida, kelin bo'lmish avval eshitmagan tanqidlarini ko'ngliga og'ir oladi.
Ba'zida keliningizga ovqatni bunday qilsangiz yaxshi bo'ladi desam, jaxllari chiqqan vaqtlar ham bo'lgan. Agar bu gapni qaynonasidan eshitganda bormi, yanayam qattoqroq botgan bo'lar edi.
Barcha qaynonalar ham, o'g'lining oilasi yomon bo'lsin demaydi. Keyinchalik ko'nikib ketgan kelinlar qaynonasini doim yaxshi nom bilan eslaydilar.
Afsuski, yigitlar ham bu borada qoloqlik qiladilar. Ikkiyuzlamachilik qilsinlar demayman, lekin ikki ko'ngilga yo'l topa bilish va ular o'rtasida ko'prik bo'lishni hamma ham uddalay olmaydi.
Ularni to'g'ri yo'lga solishda kuyovning qaynonasidan kelinning o'rni muhimroq, to'gri emasmi?


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Пятница, 06.03.2009, 10:23 | Сообщение # 43
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Assalomu alaykum!
Oddiy qiz
Yana bir tomoni borki, yoshlar o`zini oynaga qarab ko`rsa, qarilar g`ishtga qarab ko`radi deyishgan.
Ko`p e`tibor qilganman - bobo va buvilar bilan yashab katta bo`lgan bolalar bilan alohida yashagan oila bolalari farq qiladi.
Alisher aka aytganday, buning jamiyat taraqqiyotida ham o`rni katta.
Serialga kelsak, menga kelinning harakatlari juda xunuk ko`rinadi. Kelin "Super kelinchak"day bo`lsa, har qanday qattiq qaynonani ham, yumshatsa bo`ladi. Shundaymasmi? Qiz bola ozgina "shaytonroq" bo`lsa, hammasi joyida bo`ladi.
Kuyov ham onasining oldida xotiniga e`tibor qarataversa, o`sha serialdagiga o`xshab, qaynona (ayniqsa, yolg`iz katta qilgan bo`lsa) bolasini qizg`anadi-da.
Bir dugonam aytardi: Xo`jayinim onasi oldida menga do`q urgandek gapiradi. shunda qaynonam, mening yonimni olib, o`g`liga tanbeh beradi. Holi qolganimizda, onamning oldidagi qo`rs munosabatimga chidaysan-da, agar shunday qilmasam, onam meni qizg`anadi, deydi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
DurbekДата: Суббота, 07.03.2009, 09:49 | Сообщение # 44
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Avvalam bor assalomu alaykum ahli forum.

Ho'sh bu juda nozik masalayu.
Bu yerda turmushning og'ir yuku Kuyov(O'g'il) ning zimmasiga tushadi. Bu yerda og'il "artist" bo'lishi kerek. Ona- Har bir ona ham og'lini kelindan qizg'onadi. QAchon?! O'g'il onasiga etibor bermey qo'ysa. Yigitlarga maslahatim qaynona kelin o'rtasiga umuman tushmang. Kelajakda bu gapga o'zim ham amal qilishga harakat qilaman (Hudo Hohlasa albatta).


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Четверг, 02.04.2009, 11:08 | Сообщение # 45
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Hm...Oila munosabatlari haqida gap ketganda hamma bildirgan fikrlar tug'ri.Umuman olganda bu holat o'tish davri bo'ladi.Qiz bola kelin bo'lib begona honadonga kelganidan keyin malum bir davr bo'ladi.Usha davrdan o'tib olish uchun kuyov bola unga juda katta yordam berishi kerak.Mana Tursunoy Sodiqovani kuyovga aytgan o'gitlarini o'qidik diyilyaptiki oilani oldida kelinga beetibor bul.ma'lum darajada artistlik qilib onasini oldida dag'dag'a qilib yolg'iz qolishganda kelinni kunglini ovlab ketadigan kuyovlara ham bor albatta.Muhimi kelinni"o'sha davr"dan o'tkazib olish.Ana uyog'i keyin unchalik qiyinchiliksiz ketadi.Alisher aka juda tug'ri aytdi keyinchalik qaynonasidan hursand bulib yuradigan kelinlar minglab topiladi.Tasavvur qiling o'zga bir bo'gdan niholni boshqa boqqa o'tqazishdi.Nihol o'zini olib ketguncha Quyosh nuri suv mehrli parvarish kerak buladi.Undayam ildiz otib ketadigani bor boshqa sharoitga kunikolmay qurib qoladigani bor.Bu yerdaku gap ongli mavjudot haqida ketyapti!Besh qo'l baravar emas.Rahmatli Muhammad Yusufni bita sheri bulardi.
Zo'rlab qiz uzatmoq ku aslida
Mansab ilinjida yo orzu havas
Yalpizni yulqilab ariq bo'yidan
Toshloq yerga o'tqazmoqdab bo'lak narsamas!
Endi o'ylab qarang Orzu havas ilinjida uzatilgan qizlar sevganiga uzatilgan qizlar Majburlab uzatilgan qizlar qanchadan qancha taqdirlar....
Hayotta ko'p guvohi bo'lganmiz uzi sevib turmush qilgan qizlar ko'proq sabrli bo'lishadi.Chunki o'zi yiqilgan bola yig'lamiydida!Lekin har qanday sharoitda turmush qurishidan qatiy nazar kelin sabrli bulishi kerak.Kuyov artist bo'ladimi apris (uzr bu gapim uchun kuyovlar)bo'ladimi erkak odam baribir ko'chani odami.Hamma yuk kelinga tushadi.Hullas mayli bu mavzuni davom ettiramiz desam gapim tugamaydi.Mani fikrimcha kelinlar ozgina sabr toqatli bo'lib o'sha "o'tish davridan " utib olishlari kerak.Keyin esa bemalol oila degan qo'rg'onda tinchgina umrguzaronlik qilasila:)Zero sabr qilgan qiyinchiliklarga bardosh bergan kishi ikki dunyo saodatiga erishgusidir.Allohim hammamizdan rozi bolsin azizlar!(huddi o'zim bir nimani qoyillatib qo'ygandek o'zgalarga maslahat berishimni karela dunyoda hamma narsadan osoni o'zagalarga maslahat berish)Lekin Pushkin aytgandek:
Kulbada bittagina sham yonib turar edi.
Ravshan bo‘ldi yoqishgach yana bitta shamchiroq.
Bejiz emas, qadimgi donolar deyar edi:
To‘y yaxshiyu va lekin kengashli to‘y yaxshiroq.
Baribir kengashli to'y albatta yahshiroqda.Katta oilada yashashni ham o'zgacha gashti bor.Buni katta oilada o'sgan odamgina his qila oladi.O'zbekmiz kelin olgandan darrov ikki yoshni alohida qilib quyishmaydi.Bitta hayotta bulgan voqeani aytib beraman.Bu odamlar uzimni qarindoshlarim.Kuyov yahshi pul topadi ismini aytmayman lekin taniqli futbolist oilasi katta kelin bulsa hadeb kuyovni qistaydi alohida joy olaylik deb.Kuyov bo'lsa unamayapti ota onamni hizmatini qilgin deydi.Uzi poytaxtda bo'ladi uyiga har zamonda keladi.Kelin bo'lsa qistayapti bizni ham ko'chirib keting deydi.Lekin man bilaman ota ona o'gilni bu darajaga etguncha qanchalar jon kuydirishdi farzand ham bilyapti shuni kozi qiymayapti ulardan uzilib ketishga.Ohir oqibatta u buldi bu bo'ldi qaynona uzi uqigan til adabiyot uqituvchisi bulib ishlagan ayol edi.Tushundida ularga poytaxtdan uy qilib berdi.Endi yoshlarni ahvolini qareng (buvim rahmatlik bita gap aytardi kurmay kurmay kurgan bolam yuragi yorilib o'lgan bolam)pul kelyapti ruzgorga lekin urni urnida ishlatilmayapti kuyov ham kelin ham engil hayotga urganib qolishdi.Farzandli bulishdi kelin uzi boqishni hohlamay enaga yolladi.Qaynona bo'lsa dardini ichiga yutib man silarni qanday katta qigandim deb utirardi.Hullas mashqlari ustida jiddiy shugullanmadi buni ustiga tizzasidan shikastlandiyu ishlari orqaga ketti.Man aniq bilaman shu akam ota onasidan uzoqlashmaganida bunaqa bumasdi.Endi kelindan gapirsam u ham pushaymon nega qanoat qilmadim deb.Yana katta oilaga qaytishdi.Onasi aytyapti ko'p kuyunma hamasini qaytadan boshlaysan deyapti.Farzand bo'lsa ota onasini bag'rida yana tetapoya qilyapti.....
Endi oddiy qizni gaplariga ozgina tuxtalib o'tsam o'sha serialdagi qaynonani man qaysidir jihatdan oqlayman.Tugri endi sal oshirib yuborishgan lekin usha Nargiza bundan 10 15 yil utgandan keyin chiroyli ogir vazmin farzadlarini to'gri yo'lga sola biladigan ayol bo'lib yetishadi.Tarbiyani kurdi u qaynonasidan keyinchalik uzi hursand bo'ladi hali.Boshqalarni fikrini bilmaymanu men shunaqa deb o'ylayman...(bopti forumdoshlar fikri ojizimga shu erda yakun yasayman kimlargadur maqul kelmagan bulsa uzr a?Balki nohaqdirman Zero haqlik faqat Yaratganga hos fazilat!) Yahshi kunlarda habarlashguncha omon bulila...


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
Форум » Inson va Jamiyat » Turmush chorrahalarida » Turmush qurayotgan qiz va yigitga ugitlaringiz!.... (ochiq mavzu...)
  • Страница 3 из 9
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 8
  • 9
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz