Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Shoir taqdiri.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikda sizga nima yoqadi?
Всего ответов: 151
IP

 Kino ko'rdim. Kinoda nimani ko'rdim? - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Модератор форума: Alisher  
Форум » Adabiyot va San'at » Kino va Teatr » Kino ko'rdim. Kinoda nimani ko'rdim?
Kino ko'rdim. Kinoda nimani ko'rdim?
AlisherДата: Вторник, 14.04.2009, 14:42 | Сообщение # 1
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Assalom alaykum forumdoshlar.
Har kuni yoki bo'sh vaqtimizda kino ko'ramiz, teatrga boramiz, musiqa eshitamiz, qo'shiq tinglaymiz. Kinolar shu qadar ko'pki, birini qayta-qayta ko'rsak, birini ohirigacha hech qachon ko'rmaganmiz. Har safar filmni ko'rganda undan o'zimizga yangi va yangi mavzular topamiz. Filmda olg'a surilgan g'oya va fikrlarni thlil qilamiz.
Ey ahli forumdosh, keling bu fikrlarni forumda birgalikda muhokama qilaylik....


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Среда, 15.04.2009, 11:35 | Сообщение # 2
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Juda yahshi o'ylabsiz.Yaqindagina Faryod filmini tomosha qildim.Film qanaqadir yoqmadi yurakka yetib borolmadimi bilmadim.Lekin film namoyishidan keyin ko'chalarda sochini maydalab o'rib do'ppi kiyib yuradigan qizlar ko'payib qoldi.Keyin o'zimcha fikr qildim.Ma'naviy ozuqa ololmasalar ham nimadir olibdilar filmdan yoshlar.Milliy kiyimlarimizga kuproq talab ko'payganini ko'rib biroz quvondim.

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Среда, 15.04.2009, 22:14 | Сообщение # 3
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Meni bir kino juda ham ajablantirdi. Qaysi deysizmi ???
"Kelgindi Qaynona" na bir ma'no bor, na bir mazmun. Tushunib bo'lmedi. "Kelgindi kuyov", "Kelgindi kelin" larni ko'rdik. U filmlarda kimdir kelib qolgan edi. BU safar qaynona qayoqqa kelib qoldi...... Oddiy qishloqqa kelishi.............

EEEEEE Qo'ying gapirme umuman yoqmadi menga bu kino. Agar bu gaplarim bilan kimnidir g'ashiga tekkan bo'lsam, uzr so'rashni hojati yo'q deb bilaman. Sababi gaplarni tahlil qilib ko'rsa bo'ladi.....


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AlisherДата: Четверг, 16.04.2009, 09:00 | Сообщение # 4
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Durbek,
Fikringizga qo'shilaman. Lekin, to'g'risi siz aytgan filmlarni to'liq ko'rmaganman. Komediya janrida ishlangan filmlarda albatta kulgu va hangoma bo'lishi kerak, lekin bu mazmundan yoki asosiy g'oyadan chetlashish kerak degani emasku? Masalan "Toglik kuyov" yoki "Temir hotin" asarlarini olsak, unda milliylikni saqlab qolish, qadriyatlar va oila tushunchalari keng ochib berilgan. Kulayotgan tomoshabin ich-ichidan o'ziga savollar berb turadi, og'ir og'ir ho'rsinishi ham tabiiy....
Oddiy "Temir hotin" asarida olg'a surilga g'oya qanchalik bo'rttirib kulguga olingan bo'lmasin, har qanday tomoshabin samimiy e'tirof etadiki, unda sanab o'tilgan nuqsonlarimizning aksariyati hayotda shu qadar ko'p sodir bo'ladiki, bu bo'rttirishlar, o'xshatishlar kamdek tuyuladi.
Yangi o'zbek filmlarida yana bir narsani his qila boshladimki, obrazlardagi jonlilik hayotdan ajralib turadi, o'zligimizga, millatimizga, yashash sharoitimizga hos bo'lmagan talqinlar aralashtirib ijro etilmoqda. Bu esa tomoshabinda adashish, chalg'ish fikrini uyg'otadi.
Balki zamondan ortda qolganim rostdir, lekin ijobiy obrazlarni salbiy obrazlarga qarshi qo'yganda ular o'rtasidagi farq o'ta bo'rttirib ko'rsatiladi, holbuki salbiy qahramonlar juda ko'p hollarda juda tez pushaymon bo'lib, tavba qiladilar. Hayotda esa salbiy insonlarning ko'pchiligi ko'plab o'zining ijobiy hislatlari bilan ham ajralib turadilar.
Albatta, bunday kamchiliklar nafaqat o'zbek filmlarida, balki horijiy filmlarda ham yaqqol ko'zga tashlanadi.
Darvoqe, bir narsa esimga tushdi: "Ы операцияси" filmini eslasangiz, salbiy komik obrazidagi Morgunov (Бывалый) qanchalik salbiy obraz bo'lmasin, sog'lom turmush tarzini targ'ibot qiladi: filmni eslasangiz, operatsiya oldidan Трус va Балбес kutganlaridek aroq emas, sut quyib uzatadi. Bu kadrlar ham o'ziga hos komik sahna bersada, insonlarda ularga nisbatan hurmat hissini oshiradi.

Hullas, hamma fikrni aytib qo'ymasimdan oldin, imkon topib albatta birorta o'zbek filmini ko'raman. kyin fikrimni aytaman.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Пятница, 17.04.2009, 10:13 | Сообщение # 5
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Hullas, hamma fikrni aytib qo'ymasimdan oldin, imkon topib albatta birorta o'zbek filmini ko'raman. kyin fikrimni aytaman.

Ovora bub o'tirmang hafsalangiz pir bub qoladi.Faqat Zulfiqor Musoqovni filmalari sal yahshiroq shekilli.Yo'q yahshi filmlar ham bor lekin haqiqiy kinoshinavandalarini talablariga javob bermiydi deb o'ylayman.Hozirgi kunda zamon ilgarilab fan tehnika rivojlanib ketgan bo'lsada nega bundan 30 40 yil oldingi:Mahallada duv duv gap,Suyunchi,Kelinlar qo'zg'oloni kabi filmlar biz uchun qadrliroq samimiyroq tuyuladi?Zaynab Sadrieva deganda Farmonbibi kuz oldimizga keladi,Gulchehra Jamilovani gapirganimizda Kumushbibi obrazi jonlanadi.Naxotki zamonaviy o'zbek kinosidan bitta personaj ham tasavvurimizda jonlana olmasa?Ahir butun imkoniyatlar tehnika shularni qo'lidaku?Yoki aktyor va aktrisalar ilgarigidek istedodli emasmi?
Nima deysizlar forumdoshlar???


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Пятница, 17.04.2009, 10:56 | Сообщение # 6
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Iste'dodli akterlarimiz ko'p, lekin san'at moddiy manfaatdorlikka borib taqalmoqda. Ahir, moddiy manfaatdorlik bo'lmasa filmda hech kim o'ynamaydi. Lekin ko'p hollarda reklama o'rni ortib bormoqda. Homiylarning paydo bo'lishi tez va arzon filmlarni paydo bo'lishiga olib kelmoqda. Bu kimnidir ekranda paydo bo'lishini ta'minlasa ham tomoshabin uni qabul qilish qilmasligi haqida hech kim o'ylamay qo'ydi.
"Tashlandiq" filmini esladim. Katta bulgunga qadar eshakdan boshqa narsa minmagan, bilimsiz bir yigit topilgan onasining mashinasini adashmay haydab ketadi. Balki, u qachondir o'rgangandir, lekin bu filmdagi voqealar rivojiga sira mos kelmaydi.
Bu filmni ko'rgach, uning ijrochilariga nisbatan hurmatim ancha susaydi. Balki bu reklama uchun olingan homiylik filmidir, lekin undagi mavzuning asosiy mohiyati ochilmay qolaverdi.
Hulosam shuki, istedodli akterlar yorqin yulduzlar oldida o'zlarini nurlarini ravshan ochib berolmay qoldilar. Afsuski, bu yulduzlar o'tkinchi kometalardek tez so'nb bormoqda.
Qanchadan qancha yulduzlar o'ynagan filmlar izsiz yo'qolmoqda. Bu na ularni, na yulduzlarni istirobga solmayapti. Ohir oqibat tomoshabingina bundan zarar ko'rmoqda....


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Суббота, 18.04.2009, 14:47 | Сообщение # 7
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Iste'dodli akterlarimiz ko'p, lekin san'at moddiy manfaatdorlikka borib taqalmoqda. Ahir, moddiy manfaatdorlik bo'lmasa filmda hech kim o'ynamaydi

Demak hamma gap moddiy manfaatdorlikda deb o'ylaysizmi?Lekin haqiqatda yosh aktyorlar rolini haddan tashqari berilib(tug'rirog'i berilganga uhshatib)o'ynashyapti.Natijada qanaqadir rolidan tashqari muhitda yashayotgandek ko'rinishadi.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Вторник, 21.04.2009, 18:26 | Сообщение # 8
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Alisher, Men o'sha Tashlandiqdagi bir narsaga hayron qoldirgan narsa qishloqi bola REP nimaligini bilishi bo'ldi. Keyin bosh qoldagi bola bir qizni zo'rlamoqchi bo'lar ekanu akalaridan kaltak yeb qocharkan. Shu ham kinomi ??????

Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Вторник, 21.04.2009, 19:52 | Сообщение # 9
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Nega hadeb Tashlandiqqa yopishdila? Durbek, uch kundan beri tashlandiqni muhokama qilasiz.Muhokama qilishga arziydigan film tanlasanglarchi??? angry

Добавлено (21.04.2009, 18:52)
---------------------------------------------
Iye kechirasila miyam aynib qopti Tashlandiqni chatda muhokama qilganimiz esimdan chiqay debdi.Sorri Durbek, biggrin


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AfsonaДата: Вторник, 21.04.2009, 23:14 | Сообщение # 10
Suhbatdosh
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 99
Репутация: 4
Статус: Offline
Гапларингизга караганда узбек телефильмларни мухокома килаетган куринасизлар.Тугрисини айтсам кино куришга унчалик кизикмайман.Баъзи баъзида трогедия жанрида ишланга киноларни куриб тураман.Охирги курган фильмим 2 ойларча булди "Лолакизгалдок"..Менга екди баъзи бир камчиликларни хисобга олмасак актерларни ижросида канакадир сохталик бор.Томошабинни кайта кайта куришга ундайдиган томошабинни калбидан жой оладиган яхши фильмлар ишланмаябди.Негадир режисерларимиз келажак авлодга мерос булиб коладиган фильмларни яратишмаябди.Балки бунинг хам узига яраша сабаблари бордир...........

ИШОН СЕН КУЧЛИСАН. ХАР ДОИМ УЗ ИРОДАНГГА ИШОНИБ БОШИНГНИ БАЛАНД КУТАРИБИР ОЛДИНГГА ХАРАКАТ КИЛИБ ЯШАШНИ УРГАН
 
AlisherДата: Среда, 22.04.2009, 08:31 | Сообщение # 11
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Kumush)
Nega hadeb Tashlandiqqa yopishdila? Durbek, uch kundan beri tashlandiqni muhokama qilasiz.Muhokama qilishga arziydigan film tanlasanglarchi???

Kumush, sal bo'lmasa ogohlantirish olardingiz.

Durbek, men ham mana shu holatlarga ajablanganman. Bobo obrazida ezgulik sifatlari ochib berilganda balki yahshi bo'lardi, lekin bolaning qiliqlari Bobo bergan tarbiyaning naqadar sustligi va samarasizligidan dalolat beradi. Bu yerda "Etim bola asrasang og'zi burning qon qilar" degan maqolni olg'a surishmaganmi?
Filmda Boboning ahamiyati shu qadar kamsitilganki, film so'ngida Tashlandiqning unga qaytishi qandaydir mohiyatsizdek ko'ringan. Bu tragediyaga sira ham o'hshamaydi, balki satiradir....
Afsona, "Lolaqizg'aldoq" filmini ko'rishga harakat qilaman.
Yana kim qanday film ko'rdi? Balki biz ham ko'rishimiz kerakdir?


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
DurbekДата: Среда, 22.04.2009, 08:54 | Сообщение # 12
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Kumush)
Nega hadeb Tashlandiqqa yopishdila? Durbek, uch kundan beri tashlandiqni muhokama qilasiz.Muhokama qilishga arziydigan film tanlasanglarchi???

Ho'p unda o'zizdan bo'la qolsin......


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Среда, 22.04.2009, 09:43 | Сообщение # 13
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Hm..Qaysini muhokama qilsak ekan.O'zi man ham ohirigacha ko'rmaganman bu filmlarni.Kelinglar anu Jahongir Poziljonovni filmlarini g'iybat qilamiz))))e uzur uzur Muhokama qilamiz?

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Среда, 22.04.2009, 10:16 | Сообщение # 14
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Qaysi filmini? Negaki men ham ko'rishni istayman. Avval televizor ko'rmagan bo'lsam, endi ko'raman. Qani hammamiz bir bo'lib ko'rgan filmdan qay birimiz qanday hulosa chiqarar ekanmiz. Balki ayrim filmlar uchun alohida mavzu ochishga to'gri kelar....

Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
DurbekДата: Среда, 22.04.2009, 10:19 | Сообщение # 15
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, kim u bola ???

Добавлено (22.04.2009, 09:19)
---------------------------------------------
EEEEEEEE uzr Bojalardegi bola edi a? Qaysi kinosini ????


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
Форум » Adabiyot va San'at » Kino va Teatr » Kino ko'rdim. Kinoda nimani ko'rdim?
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz