Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Dalada...
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Shoir taqdiri.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Alamo-alam...
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Husnolaga...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Forum faollari
So'rovnoma
Kundalikka sizga yoqdimi?
Всего ответов: 150
IP

 Klassik va zamonaviy o'zbek musiqa olami. - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Модератор форума: Alisher  
Форум » Adabiyot va San'at » Musiqa va Qo'shiqlar olami. » Klassik va zamonaviy o'zbek musiqa olami.
Klassik va zamonaviy o'zbek musiqa olami.
KumushДата: Воскресенье, 19.04.2009, 12:11 | Сообщение # 1
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar.Bu mavzumiz musiqa va qo'shiqlar haqida bo'ladi.Inson hayotida adabiyot qanchalik o'rin tutsa Musiqani o'rni ham benihoya kattadir.Tan olib aytish kerakki zamonaviy o'zbek qo'shiqchiligida juda katta yutuqlarni qo'lga kiritildi.Zamonaviy o'zbek qo'shiqchiligining rivojlanishida Botir va Farruh Zokirovlar,Sherali Jo'raev,G'ulomjon Yaqubov,Yulduz Usmonova,Nasiba Abdullaeva,Muhriddin Holiqov kabi sanatkorlarni hissasi katta bo'ldi.
Klassik o'zbek qo'shiqchiligi haqda gap ketganda esa Mamurjon Uzoqov,Tavakkal Qodirov,Komiljon Otaniyozov,Fahriddin Umarov,Halima Nosirova ,Komuna Ismoilova,Saodat Qobulova keyingi zamon avlodlaridan Munojot Yo'lchieva,Maryam Sattorova kabi qo'shiqchilarimiz ko'z oldimizda gavdalanadi.Bu sanatkorlarimiz hali hanuz betakror sanatlari bilan qoshiqchiligimiz va shinavandalarimiz qalbini hushnud etib kelishyapti(o'tganlarni Xudoyim o'z rahmatiga olsin.)
Mayli bular 20 asr o'zbek musiqasini yutuqlari edi.Endi munozaramizning asosiy mavzusini yoritadigan bo'lsak:
Hozirgi zamon (21 asr )o'zbek musiqasi sizlarni qoniqtiradimi?
Qaysi sanatkorlar va qaysi qo'shiqlar talabga javob bera oladi?
Zamonaviy o'zbek estradasini ijobiy va salbiy o'rni.
Kelinglar forumdoshlar keskin bahslar orqali qo'shiqchiligimning saviyasini aniqlab olamiz.Faqat hamma chin yurakdan samimiy fikrini bildirsin.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Понедельник, 20.04.2009, 10:29 | Сообщение # 2
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Assalom laykum ahli forumdosh. Juda go'zal mavzu.
Odatda klassik musiqa va sekin kuylanadiga qo'shiqlarni hush ko'rganim uchun ham qo'shiqlar haqida ko'p habardor emasman. Lekin, O'zbek estradasida qaytadan klassik qo'shiqlarimizni ijro etilishi meni quvontirmoqda. Masalan Boborahim Mashrab g'azali bilan kuylanadigan "O'rtar" qo'shig'i, keyinroq "Ey Muhabbat", "Sayiding qo'yaber sayyod..." qo'shiqlarni yosh honandalar tomonidan mahorat bilan ijro etilishi taxsinga loyiqdir. Albatta, zamonaviy uslubda ishlov berilishi yoki kuylash ohangi va uslubini o'zgarishi bunday qo'shiqlarni aslligini bir oz kamaytiradi, lekin ko'p hollarda ularga jonlilik ham bermoqda...
(Uzr, "O'rtar", "Ey Muhabbat", "Sayiding qo'yaber sayyod..." qo'shiqlar honandalari ismlari esimdan chiqibdi.)


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Понедельник, 20.04.2009, 15:47 | Сообщение # 3
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Tasodifni qarangki men ham shu kunlarda Ziyoda ijrosida sayding quyaber sayyod qo'shig'ini juda yahshi ko'rib eshitib yurgandim.Men ham quvonib quyaman milliy qo'shiqlarimiz zamonaviylashtirib kuylanganda.Sevara Nazarhon,Ziyoda,Gulsanam Mamazoitovalar tomonidan kuylangan halq qo'shiqlari tahsinga loyiq.O'zbek estradasida o'ziga hos uslubni yarata olgan Sevara Nazarhonni sanatini ko'proq qadrlayman.Hullas mani fikrmicha estradamiz "o'tish davridan" o'tib olib endi izga tushyapti.Sanatkorlar yahshi ijod qilishyapti.Ayniqsa vodiy yo'nalishida juda samarali halqbop qo'shiqlar yaratildi deb o'ylayman.Bundan 3 4 yil burungiga qaraganda (milliylikka, eski halq qo'shiqlariga koproq murojat qilinganigami)hozirgi o'zbek qo'shiqchiligi yahshi natijalarga erishdi.
Sizlarni fikrila qanday?(iltimos hamma forumdoshlar uz mulohazasini qoldirsin)


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Понедельник, 20.04.2009, 16:05 | Сообщение # 4
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
To'gri, Ziyoda ijro etgan....
Sayyiding qo'yaber sayyod... klipi Ey Muhabbat klipiga nisbatan milliyroq va yoqimliroq chiqqan. To'gri, kiyim insonni o'zgartirmaydi, lekin bu borada chegara qolishini istayman.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
AlisherДата: Понедельник, 20.04.2009, 16:11 | Сообщение # 5
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
RAP yunalishi ham rivojlanmoqda, lekin mega ko'proq "Bojalar" guruhi yoqadi. Ulardagi ahillik va so'zlar uyg'unligi boshqa raperlarga nisbatan chiroyliroq. RAP bu snuchaki so'zlar uyg'unligi, hikoya emas, unda ijro va uslub, texnika va mohiyat bo'lishi kerak.
Lekin talab kuchayib bormoqda. Avval taklif va talab darajasi o'zaro mos kelmasdi. Endi esa talab va taklif moslashib bormoqda...


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
DurbekДата: Среда, 22.04.2009, 09:05 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Alisher, aka men esa hozirda O'zimizning vodiy sanatkorlarini suyub eshityapman. X,Rasulov "Muhabbatga achinaman", T.Mahkamov "Qandoq chiday", va boshqalar....
Menga ham bojalar yoqadi. R21 ham chakkimas....


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!

Сообщение отредактировал Durbek - Среда, 22.04.2009, 09:07
 
KumushДата: Среда, 22.04.2009, 09:52 | Сообщение # 7
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Alisher Fayzni qo'shiqlari ham chakkimas.

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Среда, 22.04.2009, 22:11 | Сообщение # 8
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Sheralini qo'shiqlariga rossa bormanda....

Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Четверг, 23.04.2009, 09:30 | Сообщение # 9
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Durbek, Andijonlik bitta yigit chiqibdiku?Kim edi ismi Asilbek Nematov o'sha haqda malumot beringchi?Aytishlaricha Sheralini o'g'li emish shu gap rostmi?(mavzudan biroz chetlashib kettikmi mish mishlar degan mavzu ochmasak bo'miydi shekilli o'zbeklar va albatta o'zimiz ham mish mishga g'iybatga o'chmiz)Lekin yahshi aytyapti bu yigit.Darrov halqni mehrin qozondi.

Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Пятница, 24.04.2009, 12:22 | Сообщение # 10
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Kumush)
Andijonlik bitta yigit chiqibdiku?Kim edi ismi Asilbek Nematov o'sha haqda malumot beringchi?Aytishlaricha Sheralini o'g'li emish shu gap rostmi?

Kumush, ha u mi? U AndMII da o'qir edi. Balkim hozir bitirgandir. Lekin u sheralini o'g'li emas. U gap umuman noto'g'ri.. Siz boshqa odam bilan almashtiryapsiz shekilli ????

Atak Botir Qodirovni qo'shiqlari judayam xit bo'lyapti....


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Пятница, 24.04.2009, 13:22 | Сообщение # 11
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Yo'q adashtirganim yo'q man shunchaki mish mishni aytdim sizga.Sherali Jo'raevni o'g'li Shohjahonni yahshi bilaman lekin bizda rosa m,ish mish bolalab ketti ha mayli qo'yavering.
Botir Qodirovni ovozi yahshi adashdim qo'shig'i bilan mashhur bub ketti shekilli.Ovoz ohangi Sheralinikiga uhshaydi.
Umuman vodiylik baayni Andijonlik hofizlar yahshi ijod qilishyapti.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Суббота, 25.04.2009, 19:35 | Сообщение # 12
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Kumush)
Botir Qodirovni ovozi yahshi adashdim qo'shig'i bilan mashhur bub ketti shekilli.Ovoz ohangi Sheralinikiga uhshaydi.

Bu gap mish-mish emasu lekin Botir Qodirovni Sheralini og'liligi aniq. Chunki B.Qodirovni to'yini ko'rganimda hammasi oydinlashgan....
Aymoqchi Xurshidni Rasulovni qo'shiqlari judayam zo'r. Sizlarga eshitishga maslahat beraman.
Masalan menga eng yoqqani, Ichimni sindirgani "Bolalik qaytmas" degan qo'shig'i. Sizlarga tavsiya qilaman eshitib ko'rishilarni.....


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Воскресенье, 26.04.2009, 11:19 | Сообщение # 13
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Menga hamHurshid Rasulovni qushiqlari yoqadi.Ayniqsa Dilfuza degan qo'shig'i boru?O'shani eshitib ko'rila zo'r qo'shiq.
Shirin shirin va'dalarga vafo qani?
Achchiq achchiq dardlarimga davo qani?
Sevsam majnun kabi sevdim hato qani?
Dilfuzaga izlatmanglar endi mani
Bevafo deb yig'latmanglar Dilfuzani....
Juda yahshi ko'raman.O'zi Hurshid Rasulovni qo'shiqlaridan ko'p narsa olish mumkin Musofir degan qo'shig'i bor.Uyam juda ta'sirli chiqqan.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Среда, 29.04.2009, 21:27 | Сообщение # 14
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Kumush, Opa Mansurxon Nurmatovni "To'lin Oy" degan qo'shig'ini eshitganmisiz?

Quote (Kumush)
Shirin shirin va'dalarga vafo qani?
Achchiq achchiq dardlarimga davo qani?
Sevsam majnun kabi sevdim hato qani?
Dilfuzaga izlatmanglar endi mani
Bevafo deb yig'latmanglar Dilfuzani....

U qo'shiqni konsertida qiyvorgan aytishni...


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
KumushДата: Суббота, 02.05.2009, 10:14 | Сообщение # 15
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Durbek)
Kumush, Opa Mansurxon Nurmatovni "To'lin Oy" degan qo'shig'ini eshitganmisiz?

Eshitganman yahshi,lekin ovozi Ozodnikiga juda o'hshaydi yoki unga taqlid qiladi.O'shani uchun sal suniyroq chiqadi.Lekin yomonmas milliy yo'nalishda yahshi kuylayapti.


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
Форум » Adabiyot va San'at » Musiqa va Qo'shiqlar olami. » Klassik va zamonaviy o'zbek musiqa olami.
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz