Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Sizni kundalikka kim taklif qildi?
Всего ответов: 292



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Alisher Irgashev » Men shoir emasman!

Befarq inson.
Zarari ham, foydasi ham yo'q insondan zararliroq, foydasizroq inson bo'lmaydi.
 
Befarqlik qalbimning kasali,
Yuqadi, ogohroq yuringlar.
Tegmasam ko'p hursand bo'lmasdan
Ba'zida turtib ham turinglar.

Zararim tegmaydi birovga,
Foydamning tegmasi aniqroq.
Men kabi do'st, dushman boridan
Yo'qligi ming bora yaxshiroq.

Men sizga tegmayman, siz menga,
Ayblarni yuzlarga solmayman.
Turtmayman qoyada tursangiz,
Jarlikdan tortib ham olmayman.

Kuyunmang urishsam, so'kishsam,
Suyunmang yig'lab hol so'rasam,
Tanqidim yuzaki, unutmang,
Taltaymang paxtaga o'rasam.

Befarqlik tashxisda topilmas,
Ko'zlarim aytmaydi sirlarim,
Donolik yetishmas sizlarda,
Kar, soqov, ko'r bo'lgan pirlarim.

Befarqlik qonimning illati,
Davosi bormi, yo'q, bilmayman.
Lek ko'rsam jonkuyar insonni,
Unga ham xech xavas qilmayman.
 
Alisher BEK
14 May, 2007 yil.
Turkum: Men shoir emasman! | Muhbir: Alisher (03.03.2008) | Muallif: Alisher Irgashev
Ko'rilgan: 2065 | Izohlar: 3 | Daraja: 0.0/0 |
Barcha izohlar: 3
3 Farishta  
0
Hayotiy she'r....... Lekin bunday insonlarni hech kimga keragi yo`q menimcha... Hayronman shunaqa insonlar hayotdan nimani kutib yashasharkin...

2 Bonu  
0
cool mushohadaga chorlaydigan she'r ekan...befarq odam...bunday yashagandan ko'ra umuman yashamagan ma'qulroqmikan....

1 Mashhura  
0
Menga bu she'r avvaldan yoquvdi.
Odamlarga "bunday qilma" desangiz yoqmaysiz. Ammo menda shunday kamchilik bor, men shundayman, desangiz, ular o'zlari haqida ham o'ylashlari mumkin. Axir kimga ham nasihat yoqardi. O'ziga tanqidiy qarash qilgandek, yozilsa, yana kimlardir nimalarnidir oladi.

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga. (0)
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Alamo-alam... (1)
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Muhabbat qovurmasi... (1)
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Dalada... (0)
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Yuvildi dil g'uborlarim. (1)
Суббота
18.05.2024
15:52
Sahifa ruknlari
Muhabbatnoma [30]
Muhabbatga talpingan yurak...
So'zlarim yetmadi Onajon... [8]
Onamning Hotirasiga bag'ishlanadi.
G'azalga havas... [13]
Tugamagan satrlar... [4]
She'r har doim ham yakun bo'lavermaydi.
Men shoir emasman! [18]
Men shoir emasman, bo'lmayman xatto...
Satrlar kulganda... [5]
Xazil she'rlar to'plami.
Sher bo'lmagan satrlar... [1]
Nazm borasida bir shingil...
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz