Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 262



Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Nazm gulshani » Muhammad Yusuf

Vatanim.

Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.

Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…

O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…

O`tgan kuning – o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.

Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !

Turkum: Muhammad Yusuf | Muhbir: Durbek (22.04.2009) | Muallif: Muhammad Yusuf.
Ko'rilgan: 1832 | Izohlar: 1 | Daraja: 5.0/1 |
Barcha izohlar: 1
1 Kumush  
0
Bu sher Sevara Nazarhon ijrosida betakror sanat asariga aylangan

Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Tiriklarga qo'yilmas xaykal. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda... (0)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga. (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Husnolaga... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Yo'q demagin orzularimga. (0)
[16.04.2009][Muhabbatnoma]
Alamo-alam... (1)
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Muhabbat qovurmasi... (1)
[06.02.2009][Muhammad Yusuf]
Dalada... (0)
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Yuvildi dil g'uborlarim. (1)
Суббота
18.05.2024
15:32
Sahifa ruknlari
Alisher Navoiy [1]
Xazrati Alisher Navoiy ijodidan na'munalar.
Boborahim Mashrab [3]
Boborahim Mashrab ijodidan na'munalar.
Muhammad Yusuf [16]
Muhammad Yusuf ijodidan na'munalar.
Do'stlarimiz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz