Bosh sahifa » 2007 » Ноябрь » 02
Muhabbat... Bu qanchali sirli, qanchali maftunkor, qanchali alamli va sitamkor bo'lmasin, baribir uni chetlab o'tolmaymiz. Kitoblarda o'qigan muhabbatni izlardim, Layli va Majnun, Farhod va Shirin, Romeo va Juletta, Farida va Kamron muhabbatlariga havas qilardim, ularni ilohiy tuyg'uga asir ekanliklarini hayotiy tuyg'ular bilan alishtirardim. Men ham mana shunday muhabbatga asir bo'lishni istardim.
Lekin, ko'p vaqtlar davomida, yillar davomida muhabbatga bo'lgan e'tiqodim shu qadar kuchayib bordiki, men o'zimdan o'zgani seva olmaydigan darajaga borib qoldim.
 
...
Davomini o'qish »
|
Agar biror ishim yurishmasa, to'siqlarga duch kelsam, doimo kimnidir, nimanidir aybdor qilib, o'zimni oqlamoqqa urinardim. Zamon o'lsin, taqdiri azal deb qo'yardim. Lekin yillar o'taverdi, onlar ketaverdi, lekin taqdir ham, zamon ham, makon ham o'zgarmadi, faqat men o'zgardim, o'zgaraverdim. Besh qo'l baravar emas deydilar. Lekin ularni baravar ko'ring, shunda ularning farqli tomonlarini juda aniq ko'ra olasiz. Aks holda besh barmoqning farqi juda sodda ko'rinadi.
Falsafaga berilmay deyman, lekin bu falsafa ham aslida o'zimning xatolarimni tan olmaslik uchun o'ylab topilgan bahona ekanini juda yaxshi bilaman. O'zgalarga nazar solaman: ularga fikrimni aytsam ustimdan kulishadi, lekin o'zlari ham shunday ekanliklarini tan olgilari kelmaydi. Balki bu satrlar ham o'zimni boshqalardan farqli qilib ko'rsatish uchun yozilayotganini sezmaganim ma'qulmidi?!
|
Vatan. Ba'zida bu gaplarni televizor yoki gazetadan o'qib qolsak, juda ham siyqasi chiqqan, vatanparvorona, bo'rttirilgan bo'lib ko'rinadi. Lekin o'z to'shagingizdan boshqa joyda uhlab ko'ring, boshqa taom yeb ko'ring, begonalar bilan suhbatdosh bo'ling. Ana shunda vatan tushunchasi qanchalik keng, qanchalik aniq ekanini his qilasiz. Faqat bu haqda og'iz to'ldirib maqtana olmaysiz, gapira olmaysiz, yoki shunchaki istamaysiz. Negaki do'stlaringiz hali vatan so'ginchi nima ekanini bilmaydilar, ulardan istihola qilasiz. Lekin yana bir narsa borki, ikki so'gingan qalb uchrashganda bunday balandparvoz gaplarning keragi bo'lmaydi. Birgina so'z, birgina nigohning o'zi kifoya qiladi. Alhamdulalloh.
| |
 |
|
 |
|
 |
Среда 18.06.2025 09:58 |
Taqvim |
« Ноябрь 2007 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
 |
Kundalik sahifalari |
|
 |
 |
Do'stlarimiz |
|
 |
 |
Tezkor habarlar... |
|
 |
|