Talab, Taklif va Tanqid...
| |
Alisher | Дата: Вторник, 29.01.2008, 16:23 | Сообщение # 1 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| Assalom Alaykum kundalik forum ishtirokchilari... Ushbu mavzuda siz Kundalik sahifasi haqida, Forum haqida tabab va istaklaringizni, tanqidlaringizni bildirib borishingizni iltimos qilaman. Bu, sahifani saqlab qolishga va O'zbek internetidan o'ziga munosib joy olishiga hissa qo'shadi degan umiddaman. O'ylaymanki, siz usbu forumni doimiy ishtirokchisiga aylanasiz va biz bilan doimo birga bo'lasiz. Negaki, men ham do'stlarni yo'qotishni istamayman...
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
Bonu | Дата: Понедельник, 18.02.2008, 18:10 | Сообщение # 2 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 12
Статус: Offline
| Talab,taklif,tanqid....tilak yo'q ekan,lekin baribir aytaman,omad tilayman,do'stlaringiz hamisha yoningizda bo'lishsin,do'st bo'lganda ham haqiqiy do'stlar bo'lsin
Eng yaxshi bir sirni berayin sizga: Dastavval qaranglar o‘z oynangizga!
|
|
| |
Abdulla | Дата: Воскресенье, 02.03.2008, 04:48 | Сообщение # 3 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 8
Статус: Offline
| Assalomu alaykum Alisher aka,qalaysiz? men bu saytga yangidan a'zo buldim,biz birimizni biroz bo'lsada taniymiz,biz Sardormirzo forumida birga ishlaymizu... Siz bu forumda kuproq,ko'ngil ochar sahifalar,dinimiz to'g'risida ham ko'p postlar oching,sport to'g'risida ham oching... keyin men ham bu saytga tez-tez kirib turaman,va bolarni qiziqtirishga men ham qo'limdan kelguncha harakat qilaman// Doimo sizni ishlarizga rivoj tilab qolaman.. yangi userlardan biri Abdullajon.
Tug'ilish- o'limga qo'uilgan birinchi qadamdir!!!!
|
|
| |
Alisher | Дата: Понедельник, 03.03.2008, 09:49 | Сообщение # 4 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| Abdulla, Hush kelibsiz.... Sizning faol ishtirokingizdan mamnunman. Albatta takliflaringiz dolzarb va o'rinli. Faqat shuni ta'kidlamoqchimanki, o'zbek interneti nafaqat ko'ngilochar sahifalardan, balki ilmiy ommabop sahifalarga ham boy bo'lishi kerak deb o'ylayman. Din, sport, san'at sohasiga bag'ishlangan ko'plab forumlar, sahifalar bor, men ham ularda faol ishtirok etishni yoqtiraman. Lekin afsuski, hozircha Internet muammolari, yoshlarga turmush tarzi va hayotdan saboq beruvchi sahifalarni kam uchratdim. Bu esa hammamizni tashvishga solmoqda. Lekin nima bo'lganda ham,hamjihatlikda faol xarakat qilsak, albatta o'zbek internetini foydali sahifalar blan boyitamiz. Yangi userlarni taklif qilish borasida esa, ularni majburiy qiziqtirish emas, balki ularni jalb qila oladigan, ularga kerak bo'ladigan ma'lumotlar bilan sahifani boyitish hisobiga bu maqsadimizga erishish niyatidaman. Albatta siz va siz kabi sahifamga befarq bo'lmagan do'stlarim menga bu boshlagan ishimda yordam beradilar deb o'ylayman.
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
Abdulla | Дата: Среда, 05.03.2008, 03:55 | Сообщение # 5 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 8
Статус: Offline
| Alisher, albatta gaplariz juda ham to'g'ri.. men qo'limdan kelguncha yordam beraman...
Tug'ilish- o'limga qo'uilgan birinchi qadamdir!!!!
|
|
| |
Bonu | Дата: Пятница, 14.03.2008, 18:03 | Сообщение # 6 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 12
Статус: Offline
| Assalomu alaykum,manda bitta taklif bor edi,bu yerdagi ishtrokchilar bilan tanishish uchun alohida mavzu ochilsa bo'ladimi? Yana ko'proq foydalanuvchilarni taklif qilishni ilojisi bormi? Jiddiy mavzular qatorida ko'ngilochar mavzular ham bo'lsa foydalanuvchilar faolroq bo'lishardi,hamma bilan forumda uchrashib,fikr almashishni hohlardim...
Eng yaxshi bir sirni berayin sizga: Dastavval qaranglar o‘z oynangizga!
|
|
| |
Alisher | Дата: Суббота, 15.03.2008, 07:24 | Сообщение # 7 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| Bonu, Fikrlaringizni albatta inobatga olaman. Choyxona forumida alohida mavzu ochishingiz mumkin. Fikringizni ma'qullayman. Ko'ngilochar mavzular haqida esa hozircha jiddiy o'ylab ko'rganim yoq, negaki ham ta'lim tarbiyaviy, ham foydali ko'ngilochar ma'lumotlarga hozircha ega emasman. O'ylaymanki, bu borada sizlarning ham o'z fikringiz bor.
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
Lincoln | Дата: Понедельник, 24.03.2008, 20:24 | Сообщение # 8 |
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 9
Статус: Offline
| Assalomu alaykum! Xormang Alisher! Qalaysiz?! Menda bir kichkinagina savol bor edi: men qaysi forum yoki saytda bo'lishimdan qat'iy nazar bitta imzo qo'yaman, lekin bu yerda o'sha imzoni qo'ya olishim imkoniyati berilmagan ekan. Sabab? Yana bir fikrimni ham bildirsam: Yuqorida forumdoshlarimiz ta'kidlaganlaridek, ko'plab foydalanuvchilar ko'ngilochar sahifalarga qiziqishadi. Faol bo'ladiganlar ham mushohada mulohazaga boy mavzularda emas, qo'pol qilib aytganda "bekorchi" mavzularda faol bo'lishadi. Men ham Siz ta'kidlagan fikrni tasdiqlayman. Bunaqa ko'ngilochar saytlar juda ko'p! Ularni takrorlash kerak emas! Sizdagi yo'nalish ancha ajralib turadigan ajoyib yo'nalish bo'libdi! Yana bir taklifim ham bor: Sizdagi shoirona qobiliyatni juda yaxshi bilaman! Havaskorlar uchun maxsus sahifa tashkil qilinsa, o'sha sahifada havaskorlar ijodlaridan namuna keltirishsa, Siz kabi iste'dod egalari esa tahlil qilib, ularga e'tibor qilishlari kerak bo'lgan detallar haqida ma'lumot berishsa, maslahat berishsa, hoh nasr hoh nazm bo'lsin ...
[img]http://rb.foto.radikal.ru/0708/0e/fb0128dbe12f.gif[/img]
|
|
| |
Alisher | Дата: Вторник, 25.03.2008, 15:25 | Сообщение # 9 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| Lincoln, Muloxazalaringiz uchun tashakkur... Quote (Lincoln) men qaysi forum yoki saytda bo'lishimdan qat'iy nazar bitta imzo qo'yaman, lekin bu yerda o'sha imzoni qo'ya olishim imkoniyati berilmagan ekan. Sabab? Suratli imzo qo'yishni chegaralagan edim. Sabab boshqa forumlarda turli xarakatli suratlar foydalanuvchini asosiy mavzudan chalg'itadi. Balki keyinroq bu imkoniyatga ruxsat berarmiz... Quote (Lincoln) Havaskorlar uchun maxsus sahifa tashkil qilinsa, o'sha sahifada havaskorlar ijodlaridan namuna keltirishsa, Siz kabi iste'dod egalari esa tahlil qilib, ularga e'tibor qilishlari kerak bo'lgan detallar haqida ma'lumot berishsa, maslahat berishsa, hoh nasr hoh nazm bo'lsin ... Bu ruknni albatta ochamiz... Taklifingiz uchun raxmat...
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
savodsiz | Дата: Четверг, 15.05.2008, 20:13 | Сообщение # 10 |
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 2
Статус: Offline
| Saytni nomini eslab qolish juda qiyin. O'zbekcha domain olsaring, yaxshi bo'larmidi
|
|
| |
Alisher | Дата: Пятница, 16.05.2008, 12:57 | Сообщение # 11 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| savodsiz, Bu tanqidingizga qo'shilaman. Lekin, afsuski hozircha domen va hosting uchun imkoniyat yo'q. Agar sahifa kelgusida yanada kengroq rivojlansa, albatta alohida domen va tezkor hosting olishga harakat qilamiz. Alloh barchamizdan rozi bo'lsin.
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
Durbek | Дата: Вторник, 26.08.2008, 11:45 | Сообщение # 12 |
 Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Статус: Offline
| Assalomu alaykum Alisher, aka. Menda ham bir taklif bor edi: Badiiy asarlar ustida ham to'xtab o'tsek nima deysiz? Biron bir adibning badiiy asari, Ramani yoki hikoyasi ni yozsezda u haqida userlar bilan fikr almashsek, Ijobiiy va salbiiy qahramonlar nimaga yaxshiyu nimaga yomon, hullas fikrimni tushungan bo'lsez kerek a? Qiziqarli suhbat bo'larmidi shunda. Axir odamlar badiiy kitob o'qime qo'yishyaptiku a? Zora shu orqali bo'lsa ham kitob o'quvchilar sonini jiiinnnndek ko'paytira olsek, nima deysiz ???
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
|
|
| |
Alisher | Дата: Среда, 27.08.2008, 09:09 | Сообщение # 13 |
 Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Статус: Offline
| Durbek, Juda ajoyib fikr. Albatta bu g'oyani ilgari suramiz. Agar 'chaynalayotgan' badiiy asar matni Kundalikda ham bo'lsa, bu yanada mazmunli bo'lar edi. Afsuski bunga har doim ham imkon bo'laveraydi. Lekin, Durbek, urinib ko'rish uchun imkonimiz yo'q emasku? Sizning mavzularingizni kutaman.
Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas, Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
|
|
| |
ShuMTaKa | Дата: Вторник, 02.12.2008, 00:57 | Сообщение # 14 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 1
Статус: Offline
| shaxsan manda o'zbekistonda o'zbek tilida tuzilgan yaratilgan ba'zi bir saytlaga etirozlarim vij vij. Sayttan dunyo aholisini internetidan foydalanuvchilarini 100% dan 90 % kerakli ma'lumotlarni olish bilan saytlarga tashrif buyuradi. Dunyo aholisi Hususan Amerika, Rassiya yosh talabalari o'z tillarida kerakli ma'lumotlarni olishi muammosizdir. lekin bizani o'zb da ancha muammo. Masalan Shoirlik sohasini o'rganmohchi bo'lgan odam o'zb saytlaridan ma'lumotlani rasa ko'p olishi mumkin, chunki qaysi saytga qaramen hammayog'iga sher tiqib tashagan kimdir o'zini shahsiy hayotidagi bo'votgan voqealani gapirib ezmalaga o'hshab boshshi oritadigan narsalani yozib boshshi qotiradigallaga pashti hamma saytta o'z fikrlarini yozib qoldirib ketadi. buyam pashti o'zb saytlani 100 dan 90 foizida uchraydi Lekin horijiy, va ichki bo'layotgan iqtisodiy muammolardan habardor bo'liyli ertaga kerak bo'ladi, ma'ruzalarda shular hal qilinadi dip saytladan iqtisodiy yangiliklr yoki fikr mulohazalarni qidirsak atigi 10% gina ma'lumotla kelib chiqadi. masalan man faqatgina ziyo.uz da arab mamlakatlariga dunyodagi bo'layotgan voqea va hodisalarni to'liq olaman. lekin Bittagina saytta shunaqa ma'lumotla, lekin qogan saytladachi nega ulada bunaqa ma'lumotla aniq to'liq qip berilmiydi shu jumladan shu sayttayam. Shunga mani fikrim Iqtisodiy bo'ladimi, ijtimoiy bo'ladimi qanaqa soha bo'lishidan qat'iy nazar horijiy, va ichki yangiliklarni ko'p ko'p qilib berish kerak. Agar shulani rus tilida yoki ingiliz tilida shunaqa kereli malumotlani top ber disa 100 million 200 milliontalab sahifalani google topib beradi, hammasiga kirsen ichi to'llla yangiliklar, fikrlar, hammasi kereli kereli bo'gan narsala. lekin o'zb da bunaqa yangiliklarni o'z vaqtida kirgizish, yetkazib berish qanaqadir muammoga o'hshidi. hech bo'masa sanam o'sha boshqa tildigi malumotlaga kirib o'sha malumotlani o'zb tiliga ko'chirib saytingga tiqib qo'y ana innan keyin odamladan yaxshi duola ol, nima qilasan qayodigi keresiz bo'gan narsalaga omad olib, omadini berishi uchun harakatini qigin. ma'lumotlani kankretna qip bergin, Institut domlalariyam borini internettan topasan dip hammani netga jo'natvoradi. netga kirsen haliabhol. bitta tuzu narsa yo' hammayog'i she'r, odamlani shahsiy hayoti, keresiz reklamala, qaoydi bizaga qizu bo'magan ashulachilani rasmi hayoti.
Har qanday sohadan yangiliklar va ma'lumotlar yetkazishga yanada kuchliroq harakat qilsak zo'r bo'lardide.
|
|
| |
Oddiy_qiz | Дата: Четверг, 05.03.2009, 12:38 | Сообщение # 15 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 18
Статус: Offline
| Nega odam kam bo`ladi bu erda?
Oddiy bo`lish doim yahshi
|
|
| |
|