Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ishonmading
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ko'nglimni tushunmas suyganim...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ikki misrada tugagan gaplarim....
[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
Muammo.
[21.06.2008][G'azalga havas...]
Aytayin dardimni kim...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Forum faollari
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 269
IP

 Uz qalamimga mansub! - Страница 2 - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 2 из 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Uz qalamimga mansub!
MashhuraДата: Суббота, 27.12.2008, 11:29 | Сообщение # 16
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Xat
Mana yana bir yil o’tibdi…
Bir yil!
Aytish oson ham ekan.
Bir yil emas, ming yildan buyon
Yuragimda unmoqda tikan.

Bir yil! Xafa emasman yildan,
Sizdan?
Aslo, olmang xavotir.
Garchand sizda oy chiqqan bo’lsa,
Men tomonda tong otayotir.

Kechagidan shodmonman bugun,
Kechagidan aqlliroqman.
Qolgani yo’q qaddim dol bo’lib,
Siz ko’nglimga solgan titroqdan.

Omon bo’ling, siz omon bo’ling,
Eslamaysiz meni bilaman.
Men bir eski dardingiz edim,
Yana qiynab nima qilaman.

Peshonangiz ajinlarini
Yashirmoqchi bo’lasizmi, a?
Million-million iztiroblarni
Yutib turib kulasizmi, a?

Axir aytdim, xavotir bekor,
Umringizdan uzoqdaman men.
Toki sizdan ayro ekanman,
O’zim qo’ygan tuzoqdaman men.

Omon bo’ling, siz omon bo’ling,
Ko’zyoshlarim bosadi zilday.
Sizga, menga daxli yo’q bu yil
Unut bo’lay shu eski yilday…

Omon bo’ling siz omon bo’ling.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Суббота, 27.12.2008, 11:32 | Сообщение # 17
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Endi sen o’ylama mening to’g’rimda,
Balki to’qnashtirmas bizni yo’llar ham.
O’zimni shod tutib yurarman ammo
Men kabi mahzunmas majnuntollar ham.

Sabringni sinama bekordir-bekor,
Mavhum sahfalarni yopolmagaysan.
Garchand ko’rinsam-da asov, shiddatkor,
Menday sovuqqonni topolmagaysan.

Shoshqin daryolarni kuzat, entikkin,
Mavzu qil ming bitta yolg’on ertakka.
Beqaror yulduzga, oyga ko’z tikkin,
Baribir o’xshamas menday tentakka.

Shodlik izlarini topib ashkimdan,
Hayratga tushmagin, qotirmagin bosh.
Ovora bo’lmagin, axir rashkingda
Menday yuragingni kuydirmas quyosh.

Men kabi joningni yoqa olar kim?
Men kabi dardingga yo’q biror malham.
Men bitta sodiq do’st, bir noshud dushman…
Bo’ldi mahbubligim tan olgin sen ham…

Nozimu nafratim, erkaliklarim
Fosh bo’lar to seni o’ylagan sayin….
Ko’nglimga jim turib g’avg’olar solgan –
Menga ham dunyo yo’q boshqa SENDAYIN…


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Суббота, 27.12.2008, 11:33 | Сообщение # 18
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Ko’nglingni ko’rmoqchi bo’lib ko’zingga
Termulib-termulib turganim bekor.
Ba’zida adashib aytgan so’zingdan
O’zimcha ma’nolar terganim bekor.

Bekordir anglanmay qolgan tuyg’ular,
Yostiqqa yosh bo’lib qo’ngan tuyg’ular,
Bir kuni yulduzdek so’ngay tuyg’ular,
Ko’nglimning bag’rini tilganim bekor.

Tunlar oromimni buzgan jilmayish,
Ming turli savdolar tuzgan jilmayish,
Yuzingda vaqt-bevaqt suzgan jilmayish,
Mening-chi hamisha kulganim bekor.

Bekordir, shunchaki g’avg’o solganim,
Kimningdir dardini olmay, olganim,
Seni birooz yaxshi ko’rib qolganim,
Mening bu oydayin to’lganim bekor.

Bir kun bo’lib qolsam dilingning zori,
Bitta gul hovlining kulgan bahori,
Sen mensimay yurgan yigitning yori!!!??….
Ko’rib keyin afsus qilganing bekor.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Суббота, 27.12.2008, 11:34 | Сообщение # 19
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Xudoga solmasman sizni, azizim,
Yog’dirib tashlamam malomatlarni.
Axir hayotingiz har lahzasida
Boshdan kechiryapsiz qiyomatlarni.

Kulfat sog’inmasman sizga hyech qachon,
Umidim ko’z yoshmas, umidim g’ammas.
Axir qahqahangiz kadarim qadar,
Axir quvonchingiz g’amimdan kammas.

Zimdan tuzoq qo’ymam omadingizga,
Siqilib poylamam yo’llaringizni.
«Baxt», deb topganingiz, baxtsizlik axir,
Men emas, dard tutgan qo’llaringizni.

Qarg’ab o’tirmayman, qayta va qayta,
Hijron tilamasman, jonimni koyib.
Mard ishimas chetdan tig’ sanchmoq axir,
Sizning hayotingiz butun ayriliq.

Zarra yomonlikni ko’rmasman ravo,
Ko’nglimda siz tomon yo’q bir kudurat.
Sizsiz hayotim bir bo’shliqdir, ammo
Mensiz umringizga achingum faqat…

Kulfat sog’inmasman sizga, azizim…


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Суббота, 27.12.2008, 11:47 | Сообщение # 20
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Yaxshi bo’pti…

Yaxshi bo’pti aytolmaganing,
Yuragingni to’kolmabsan zap.
Ana endi o’ksib yig’lagin,
Men ko’z yoshim to’kkanga o’xshab.

Yaxshi bo’pti bir so’z topolmay,
Qolganmishsan qarshisida lol.
Ana endi seni dard yeydi,
Meni ming yil qiynagan misol.

Yaxshi bo’pti, sochlaringdagi
Ko’payar oq tola yil sayin.
Umring bo’yi kutarsan hali,
Ko’zlarim to’rt kutganimdayin.

Yaxshi bo’pti endi dardlaring
Oyga aytgin, osmonlarga ayt.
So’ngra sag’ir qolgan dil bilan
Menga o’xshab bo’sh xonangga qayt…

…Ammo bir kun taskin topilar,
Yod bo’ladi bir kun senga ham –
Xudi menday ezilib, to’lib,
Takrorlarsan ko’zlaringda nam –
«Yaxshi bo’pti…»


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Суббота, 27.12.2008, 11:48 | Сообщение # 21
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Bo’ldi, men bezovta qilmayman sizni,
Endi oromingiz buzilmas sira
Saharlar turaman chor-atrof xira
So’ng izlab yig’layman diydoringizni.

Yana umringizga iztirob qotib,
So’ngsiz savollarga so’rmasman javob.
Endi entikmaysiz sog’inchga botib,
Endi gunohingiz gunohmas savob.

Endi eshigingiz qoqmaydi shodlik,
Endi g’am izingiz poylab yurmaydi.
Dunyoda siz uchun bir baxtli sho’rlik
Yurganin ko’nglingiz aytib turmaydi.

Xatolar qilmaysiz yurak nomidan,
Ko’zingizda kibr aralaщ g’urur.
Unuta boshlaysiz o’zingizni ham,
Nahot unutadi yuragi qurg’ur.

Gullar sirlarini aytmaydi sizga,
Eshita olmaysiz bulbul azonin.
Hali sehrlangan sevgi yurtida
Uvoli tutadi sevgi xazonin.

Kechiring men sho’rlik adashib qolib,
Bezovta qilganman dardlarim ayta…
Qo’rqmang tinchligingiz buzmoqlik uchun
Bo’ldi tushingizga kirmayman qayta…


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
kokoДата: Пятница, 02.01.2009, 23:47 | Сообщение # 22
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 1
Репутация: 0
Статус: Offline
сен кетдинг ташлаб мени олисга
кулларим етмас олис томанга
мен колдим кузларим йулингда
сен кетдинг ташлаб мени олисга

Бу дунёда мазза киллиб хаёт кечириш к.к кайфу сафо емас хакикий инсон б.б
хаммага батх, омад хамрох булсин...

ман муомила б.н гапирдиганлани жуда хурмат киламан ва улани шу ердан топаман де уйлиман
манга @ ёзила охотник-ман@mail.ru
куришгунча хайр сирдошим...


w9w9w9
 
AlisherДата: Среда, 11.02.2009, 03:49 | Сообщение # 23
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Mashhura)
Dunyoga keltirib nima topdingiz,
Sochingiz oqartgan ozorman, ona.
Dunyosi tinch qo’ysin dunyolaridan
Bezorman, bezorman, bezorman, ona.

Mashhura, Ushbu satrlar qalbimda bir hotira uyg'otadiki, bu dunyodan bezor bo'lishga haqqim yo'qligini bilib qolaman.

Onajon... Men endi katta bolaman,
Aqlini tanigan telba bir olam.
Qanydi bir bora erkalangani
Bag'ringda go'dakka aylanib qolsam.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Суббота, 04.04.2009, 12:28 | Сообщение # 24
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Asrlar o'tmoqda
ming yillar bo'ldiyov...
Men esa yutaman
"U"ni zaxrini
Yurak og'riydiyu
alamdan to'lib
Kimga sochishni ham
Bilmas qaxrini

Yurak yig'layverar
Unsiz og'rinib
Kimga aytishni ham
Bilmay dardini
Nasiba ekanda
Peshana ekan
Endi uchratganda
Bekni mardini...

Добавлено (04.04.2009, 11:28)
---------------------------------------------
Ne kechmoqda bilamyman holim
Ne yumushga urmoqdaman qo'l!
-She'r yozdimmi?
-Bu ne shakkoklik?
-Bu men emas devona kunglim
-Uzingni tiyib ol yo'qsa bu so'zlar....
-Ilojim yuq muruvvat qilgin,ahir meni shunday yaratgan egam!
-Dilim bilan tilim ikkovi ittifoq deb o'ylayapsanmi?
-Ne qilay bo'lmasa ?Ayt?
-Goratsiyning "nil mirari"(xech narsadan ajablanmaslik ta'sirlanmaslik)qoidasiga amal qil
-Bu qanaqa qoida bo'ldi
-Shunday narsalar borki u haqda yozamydilar!
-Ushbu dahshatlar ichra yolg'iz "men"im qolibdi menga (
-Ana uzingga kelding xech zamonda zamburug' sochib bug'doy undirgan kishini kurganmisan ayt.
-Endi ortiq yozmayman(
-Umid qilaman....


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
DurbekДата: Среда, 08.04.2009, 21:45 | Сообщение # 25
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Kumush)
-Endi ortiq yozmayman(
-Umid qilaman....

EEEEEEEEEEEEE yo'q Kumush, bibi unaqasi ketmedi. Yozmiman deb bizni qo'rqitmeng, Unda hafa bo'lamiz a?

Asalim, sog'indim,Sog'inganim bilasizmi?
Butun hayolim sizda bo'lib, yurganimni bilasizmi?
Ayting, jonim, bir umr, menga vafo qilasizmi?
Kutganimga yarasha. Sevaman deb aytasizmi???

Qo'ldan kelgancha bo'ldi, O'xshamagan bo'lsa uzr.....


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AlisherДата: Понедельник, 13.04.2009, 10:46 | Сообщение # 26
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Sukutga qofiya topmadim,
Biror bir vaznini bilmadim.
"Sabr" deb aytdimu, aslida
Bugun ham men sukut qilmadim.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
KumushДата: Вторник, 14.04.2009, 09:45 | Сообщение # 27
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Bugun ham men sukut qilmadim.

Sukut qilishizngizga hojat yo'q.Zero inglizlar aytganidek sukut doim ham yahshilik alomati emas.Sizdan qaynoqqina misralar kutib qolamiz!


Keldim...Kurdim...Sevdim...
 
AlisherДата: Вторник, 14.04.2009, 13:40 | Сообщение # 28
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Jaranglaydi qo'l telefonim.
Shoshib olsam begona raqam:
- Allo. Jonim, meni kechiring,
Gulingizni so’ldirdi alam…..

Ulgurmasman javob bergani,
So’z tyugamay uzilar tarmoq.
Lol bo’laman, ham chiqar jahlim
- Jonga tegdi daydi qo’ng’iroq.

Lekin ketmas hayollarimdan
Notanish va mahzun bu ovoz.
Nega sovuq suz aytdi bu qiz?
Yoki asab o’ynar bir tannoz?

Kun o’tadi, sertashvish, horg’in,
So’nggi ishim tunga qolmadi.
Buyurtmachi go’zal qiz edi,
Lekin afsus, quloq solmadi.

Shirin uyqu eltadi qizni,
Ko’zlarini yumar abadiy.
Kasbim nozik, kechilmas xato,
Bir iz qolmas, hammasi tabiiy.

Tin olaman toza havodan
So’ng raqamga qayta qo’ng’iroq:
Shu on jonsiz go’zal yonida
Telefoni jaranglar titroq:

Hushyor tortar metin asablar:
Kim? Qaerdan va nima uchun?
Asta boqib raqamlariga
Ko’zlarimdan sochilar uchqun.

Bu o’zimning, mening raqamim!
Demak shu qiz qo’ng’iroq qilgan.
Adashganmi? Yoki ataylab?
Raqamimni qaerdan bilgan?

Titkilayman ruyxatlarini,
Kimdan alam tortdiykin bu qiz?
“Mana raqam, juda ham o’hshash,
Besh o’rniga yozilgan sakkiz”.

Nomsiz raqam, cheksiz kirishlar
Faqat ketgan bir SMS bor.
Juda qisqa, aniq bir isbot
Bitta jumla : “SIZ HIYONATKOR!”

Hiyonatga chidolmabdi qiz,
Ne hiyonat qilgan bu yigit?
Yigitmikin? Yoki qiz bola?
Kim ekan u? Bandami? Sarqit?

Tanish raqam teraman asta,
So’nggi beshning o’rniga sakkiz.
Sho’x musiqa yangrar dam o’tib,
So’ng go’shakni ko’tarar bir qiz:

- Alo!!! Shirin?! ! Uningni o’chir!
U meniki, Alamo – alam!
Yillar kunduz sening armoning,
Bitta tundir mening g’alabam!!!

- Alo, boshqa qo’ng’iroq qilma!
U meniki borlig’i bilan.
Sendan nima topdi u go’sho’r,
Mendan topdi! Alamo-alam!

Chidolmadim, temir asabim
Dosh berolmay ipdek uzildi.
Bir Hiyonat ortidan Hayot
Va O’limning fikri buzildi.

“U seniki bo’lmaydi endi
Sen uniki bo’lib qolasan.
Qiyomatga qoldirdim seni,
Bugun qora xatim olasan”.

Jaxl kelsa ketarkan aql,
Yigitni ne aybi bor edi:
Bir makkora qizning o’yini,
Ikki qalbni boshini yedi.

Jaranglaydi qo'l telefonim.
Shoshib olsam begona raqam:
- Allo. Mendan qasos oldingmi?
Sen adashding. Alamo-alam.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
DurbekДата: Среда, 15.04.2009, 21:55 | Сообщение # 29
Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Alisher)
Jaranglaydi qo'l telefonim.
Shoshib olsam begona raqam:
- Allo. Mendan qasos oldingmi?
Sen adashding. Alamo-alam.

Shu yeri ichni uzvordi. Heh ayollar, ayollar.....


Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
 
AlisherДата: Четверг, 16.04.2009, 09:08 | Сообщение # 30
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Durbek)
Shu yeri ichni uzvordi. Heh ayollar, ayollar.....

Demak men ham ta'sirli she'r yoza olar ekanman....
Durbek, Rahmat. Mamnun bo'ldim. Lekin ayollar makriga uchragan erkaklarga ham oson emas. Ularga ham rahmim keladi, ham nafratim qo'ziydi. Begona ayol makridan o'z haloling haqiqatiga asir bo'lganing yaxshi emasmi?


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
  • Страница 2 из 3
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz