Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ishonmading
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ko'nglimni tushunmas suyganim...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ikki misrada tugagan gaplarim....
[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
Muammo.
[21.06.2008][G'azalga havas...]
Aytayin dardimni kim...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Forum faollari
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 269
IP

 Uz qalamimga mansub! - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Модератор форума: Alisher, Kumush  
Uz qalamimga mansub!
BonuchaДата: Вторник, 04.03.2008, 13:59 | Сообщение # 1
O'quvchi
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 12
Репутация: 1
Статус: Offline
KURMADIM!!!
Kuklam kezib sandayin hush ruyi Rano kurmadim,
Dunyo kezib sandayin muhabbatga dili tashna kurmadim
Yuragida gubor yomonlik yoq dilbari jon kurmadi.
Suzlaridan bol tomga shahrizibon kurmadim.
Yuzlarida nur porlar Oromijon kurmadim.
Sani kurdim lek ammo yuragimda jon kurmadim.

tongue :p tongue :p tongue :p tongue :p tongue :p tongue :p tongue :p tongue
endi silardan bulsin!
 
LincolnДата: Понедельник, 24.03.2008, 20:51 | Сообщение # 2
O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 9
Репутация: 0
Статус: Offline
Zulmatni yoritgan to'lin oy kabi
Yuzingiz ko'rganda ko'nglim yorishur
Sizdan ham mendan ham chiqmasa sado
Intizor yuraklar qachon topishur!

Unsiz tikilaman, o'tirsam yursam,
Ba'zida nigohlar bexos to'qnashur,
Shu qaro ko'zlardan maylimi bilsam,
Intizor yuraklar qachon topishur!

Halovat topayin qilmang intizor,
Oshiqlar muhabbat dardin bilishur
Hajrda qiynaldi bu yurak ko'p bor,
Intizor yuraklar qachon topishur!

Ruhimda mayuslik, qiynadi hijron,
G'am misli shiradek dilga yopishur,
Hajringiz o'tida qiynaldi bu jon,
Intizor yuraklar qachon topishur!

Aslida yozganim ummondan zarra,
Umidim - zarralar Sizni topishur!
Topganda ularga ayting bir karra,
Intizor yuraklar qachon topishur!


[img]http://rb.foto.radikal.ru/0708/0e/fb0128dbe12f.gif[/img]
 
MashhuraДата: Пятница, 18.04.2008, 14:40 | Сообщение # 3
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Mana bugun devlar ham o’lgan,
Yalmog’izsiz qolganimiz chin.
Ko’k qabog’i tarang tortilgan
Ajdaholar motami uchun.

Qaynar xumcha qaynamay qo’ygan,
Sehrlimas chiroqlar bugun.
Uchmay qolgan uchar gilamlar,
Shiroq emas shiroqlar bugun.

Oybarchinlar baxtiyor, xushnud:
Suluvlari boy, kiborlarni.
Alpomishlar qayta olmaydi:
Šazi bo’lgan boychiborlari.

Sanamlarga qiyos bo’lolmas –
Oy yuzida sonsiz chandiqlar.
Qasrlarda zanglab yotgandir
Tohirlari oqqan sandiqlar.

Bunday boqma!
Aldama meni…
Muhabbat – bu shunchaki ro’yo.
Butun emas ko’nglim ham manim
Ertaklardan uzilgan dunyo.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
AlisherДата: Понедельник, 05.05.2008, 15:47 | Сообщение # 4
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Mashhura)
...Ertaklardan uzilgan dunyo...

Naqadar sermazmun, baxsbop, salmoqli satrlar.....
Lekin, so'nggi satrlar meni yana munozaraga chorlaydi....
Ha, Oybarchinlar endi Alpomishlarni kutmaydi, Negaki Farhodlar ham tog'ni kesmay qoyganlar....
Faqat Muhabbat ro'yo emas, u bor, va hamisha qalbimizda. Faqat uni oshkor etishdan qo'rqamiz.
Ta'rixda bir narsa bor: Inson o'zi tushunmagan narsani rad etadi yoki ilohiylashtiradi. Siz Allohga muhabbatni tan olasiz, lekin insonga bo'lgan muhabbatni rad etasiz.
Satrlar, iltimos, rad etmang, toki har qanday muhabbatning yashashga haqqi bor.

Ertak derlar muhabbatni, deydilar ro'yo,
Muhabbatning hijronida bir yonmaganlar.
Yashayversin yodlab olgan haqiqatida
Ertaklarning rostligiga ishonmaganlar.


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 12:00 | Сообщение # 5
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
I.Mirzoga javob

Suyagayman suymaganlarim,
Kuzga bahor bergim keladi.
Elga sochgum mehrimni, faqat,
Sizga ozor bergim keladi.

Yovlarimning menday do’sti yo’q,
Yaqinlarning kami-ko’sti yo’q,
Men bir telba, bitta esi yo’q,
Sizga ozor bergim keladi.

Daraxt bilan tillashgim kelar,
Gullar bilan dillashgim kelar,
Yuraklarga bo’ylashgim kelar,
Sizga ozor bergim keladi.

Tig’ – menday tig’, dor-chi – dor emas,
Jon zahm yetgan joyga dorimas,
Qaytay, sevgim el qatorimas,
Sizga ozor bergim keladi.

Goh Zulayho, goh Laylo bo’lib,
Goh xazin «oh», vovaylo bo’lib,
Holingizga achinib-kulib,
Sizga ozor bergim keladi.

Pinhon araz, yarashlar uchun,
G’amgin rashku talashlar uchun,
Ul beozor qarashlar uchun,
Sizga ozor bergim keladi.

Dildan sirlar sitilib ketsa,
Ko’zlar bilan manzilga yetsa…
Nima qilay rohat baxsh etsa...
Sizga ozor bergim keladi.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Пятница, 20.06.2008, 13:30 | Сообщение # 6
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
BIR QIZ YIG’LAR YuRAGINGIZDA

Balki siz ham o’ylarsiz bir bor,
Balki yo’qdir tilagingizda.
Sohiliga osilib olib
Bir qiz yig’lar yuragingizda.

Baxtingizday qora ko’zlari,
Sochingizday oppoq yuzlari,
Ketmas sim-sim og’riq izlari,
Bir qiz yig’lar yuragingizda.

Dardingizni may bilan yutmang,
Zardoblarning arishin kutmang,
Eplolmaysiz o’zni ovutmang,
Bir qiz yig’lar yuragingizda.

Taskiningiz – bu dunyo bir kam,
Kelaverar g’am ortidan g’am,
Sig’magaydir tushingizga ham,
Bir qiz yig’lar yuragingizda.

Menga o’xshab ketayaptimi?
Men – keraksiz keragingizga
O’zni qanday ataysiz baxtli –
Bir qiz yig’lar yuragingizda.

Bir qiz yig’lar yuragingizda…


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
AlisherДата: Пятница, 20.06.2008, 13:41 | Сообщение # 7
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Mashhura)
Dardingizni may bilan yutmang,
Zardoblarning arishin kutmang,
Eplolmaysiz o’zni ovutmang,
Bir qiz yig’lar yuragingizda.

Ko'z yoshlari tomirda oqqan,
Ko'zingizda dunyoga boqqan,
Sizdan boshqa hammaga yoqqan,
Bir qiz yig’lar yuragingizda.

Chidab turolmadim. Yana bir to'rtlik qo'shdim.
Meni kechirasiz degan umiddaman Mashhura...


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Вторник, 15.07.2008, 10:08 | Сообщение # 8
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Alisher aka, she'r uchun rahmat. shu she'r tarkibiga qo'shib qoyaveraymi?

«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 15.07.2008, 11:13 | Сообщение # 9
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Men dunyoga o’zimni topmoq uchun kelganman
Zarina

Sen baxtlisan, avval aqling topib olding,
Men dunyoga kelgandayoq yo’qotganman.
Ko’ngling bilan apoq-chapoq bo’lib qolding,
Men dunyoga uni kelish-chun sotganman.

Sen kulganda, olam-jahon nurga to’lib,
Aksi sado har tomonga to’lar bo’lsa.
Tabassumdan nariga ham o’ta olmas,
Men o’zimcha qah-qah otib kular bo’lsam.

Dushmaning ham ishonadi gaplaringga,
Chun tinglaysan hatto toshning ohu zorin.
Yot u yot-ku hatto bugun ishlarimga
Shubha bilan qarab turar do’stu yorim.

Qayerdanam kelganman bu yot dunyoga
Bora-bora o’z-o’zimga bo’lyapman yov.
Sen o’zingni topmoq uchun kelgan bo’lsang,
Men o’zimni yo’qotmoqqa kelganmanov.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Вторник, 15.07.2008, 11:52 | Сообщение # 10
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Mendan ko’ra go’zal bo’lsin u,
Mendan ko’ra aqlli bo’lsin.
Bo’ylari sarv, ko’zlari jodu,
Nozikmijoz, fahmli bo’lsin.

Sabrliroq bo’lsin iloyim,
Yana qattiq saqlasin sirrin.
Yo’li, dili pok bo’lsin doim,
Tilida bol, qo’llari shirin.

Erka bo’lsin hammadan ko’proq,
Mening telba fe’limni unut.
Yaralangan ko’nglingni emas,
Unga butun hayotingni tut.

Mendan ko’ra ko’proq cheksin dard,
Sening sevging, ishqing, rashkingda.
Menday dilda tortmasin azob,
Ardoqlansin, unsin ko’shkingda.

Epli bo’lsin ro’zg’oring haqqi,
Sepli bo’lsin, to’lsin uylaring.
Qolib ketsin ovora bo’lib,
Yetolmasin menga o’ylaring.

Asray bilsin seni har nedan,
Sadoqatda tengsiz bo’lsin to.
Rozidurman voz kechsang mendan
Ortiq bo’lsa topganing illo.

Mendan ming bor ortiq bo’lsin u,
Rozimasman ortiq bo’lmasa...


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Среда, 30.07.2008, 12:22 | Сообщение # 11
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Qishlog’ingni tashlab ketaman
Anor yuzli qizlari bilan.
Yuragingni g’ashlab ketaman
Ishqning hijron tuzlari bilan.

Faqat seni ko’rmasam bo’ldi
Uchratmasam nigohlaringni.
Gar duch kelsam ne qilay unga
Achishtirar qaboqlarimni.

Rad etdim-ku o’zimni qarg’ab
Senga qolsin jonbaxsh dalalar.
Aql bebosh yurakni tergab
Muhabbatdan, ishqdan saralar.

To’zg’itaman xayollaringni
Tushlaringga kirib damo-dam.
Yuragimning savollarini
Tugunchakdek tugib qo’yaman.

Ha, ketaman qishlog’imdan, bas
Ko’zlarimda marjon? Bu nechun?
Barchasini tashlab ketaman
Xayolingda yashamoq uchun.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Четверг, 31.07.2008, 16:23 | Сообщение # 12
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Yuragimda na nafrat, na ishq,
Muallaqman havoda go’yo.
Zeriktirar oppoq, rangsiz qish,
Qolgan ranglar barchasi ro’yo.

Oqib tushar hislarim yupun
Kiprigimda muzdayin qotar.
Sayhonda bir o’tovdek yurak
Borlig’imda huvillab yotar.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
MashhuraДата: Четверг, 31.07.2008, 16:25 | Сообщение # 13
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
Milliard odam o’tadi yonib,
Milliard odam qaytar ko’ngli to’q.
Milliard odam mavjud dunyoda
Gaplashmoqqa biror kimsa yo’q.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
AlisherДата: Понедельник, 04.08.2008, 17:20 | Сообщение # 14
Admin
Группа: Administratorlar
Сообщений: 302
Репутация: 4
Статус: Offline
Quote (Mashhura)
Alisher aka, she'r uchun rahmat. shu she'r tarkibiga qo'shib qoyaveraymi?

Mashhura, Bu to'rtlikni sizga hadya qilganman singlim.
She'r qadrini dardi bor biladi, shoir emas.

She'r quyilib kelaverar begonalarga,
Doston bitib qo'ymoq oson janonanlarga,
Faqat bir so'z topolmayman durdonalarga.
Yozmaganman biror satr Opalarimga.....

(Haqiqatdan ham opalarim uchun mana shu to'rtlik SMSdan boshqa narsa yoza olmadim....)


Chaqmagay ko'r qalbni so'z, garchi u chaqmoq emas,
Chaqsa hamki, bo'lsa do'st, niyati chaqmoq emas.
 
MashhuraДата: Суббота, 27.12.2008, 11:27 | Сообщение # 15
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Репутация: 1
Статус: Offline
ONAJON
Onajon, ko’nglingiz qati-qatidan
Sidirilib chiqqan kaptarman o’zim.
Sinoatga to’la dunyolarida
Siringiz to’kilgan daftarman o’zim.

Onajon, baxtingiz armonlaringiz
Yig’ilgan chashmingiz jolasiman men.
Mehribon, bag’rikeng, mo’min otamning
Bag’ritosh, fe’li tor bolasiman men.

Onajon, tunlari duolar qilib,
Iltijolar qilib topgan tilakman.
Mehnatkash qo’lingiz yorig’in ko’rib,
Nimta-nimta bo’lib ketgan yurakman.

Dunyoga keltirib nima topdingiz,
Sochingiz oqartgan ozorman, ona.
Dunyosi tinch qo’ysin dunyolaridan
Bezorman, bezorman, bezorman, ona.

Baxtim – baxtingizmi yo baxtsizligim
Millionlar ovozi, soziman, ona.
Agar baxtsizligim baxtingiz bo’lsa,
Mayli baxtingizga roziman, ona.


«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
 
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz