Quote (Alisher)
Muhabbatga zorlanadi tashna yuragim,
Topolmayin ishq saxrosi ichra bir buloq.
Sarson yurar visol izlab tunamoq uchun,
Yo'llarida vafo bo'lib yastanar qumloq.
Hech kim taxrir qilishga urinmaydi....
Demak yana o'zim ta'rif beraman.... Mening yuragim bir dildor ishqiga tashna bo'lib Muhabbatga yalindi.... Ishq esa olovdan sahroga aylangan, biror ilinj yo'qki, tashnamni qoldirsa. Tin olmay qidiradi yuragim, uhlamaydi, negaki uhlagani joy topa olmaydi. Hijronda esa uhlay olmaydi. Yuragimga faqat doimiy tashvihslar, bor borliq ergashadi.... Qum sahroga vafo qilgani kabi....
Quote (Alisher)
Muhabbatning orzulari armonli dunyo.
Bu satrlardagi Muhabbat, Orzu va Armon so'zlari barcha to'rtliklarni boshlab bergan.
Quote (Alisher)
Armonlarga zorlanadi jonsiz vujudim,
Ko'z yoshlari qum bag'riga singmagan daryo.
Jonsiz narsa zorlanishi mumkin, lekin xatolik, men jonsiz vujudim deb ta'kidlayapman. Jonsiz vujud yotishi, chirishi va boshqa narsa bo'lishi mumkin, lekin zorlana olmaydi. Bu mening yo'l qoygan xatolarimdan biri. Lekin ko'z yoshlar ko'pligini qum bag'riga singmagan daryoga o'xshatish bu juda katta mubolag'a, negaki qum juda katta hajmdagi suvni singdirib yuborishi mumkin. Qum bag'riga singmagan daryo bo'lish uchun ko'z yoshi shu qadar ko'p to'kilishi kerakki, bunga aql bovar qilmaydi.
She'r oddiy halq tushunadigan tilda mazmunini to'la ochib berolmaydi....
Yana kimda tanqid yoki taxlil bo'lsa, marhamat.
Darvoqe, misol tariqasida she'rlarni 'Uz qalamimga mansub' mavzusidan olishingiz mumkin. Bunga mualliflar qarshilik qilmaydilar deb o'ylayman.