Jahon shoirlari ijodidan...
| |
Abdulla | Дата: Воскресенье, 02.03.2008, 05:19 | Сообщение # 1 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 8
Статус: Offline
| UMAR XAYYOM Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod, Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod, Buyurganin qilmay yuzim qarodir. Amringdan tashqari ishlaringdan dod!
Tug'ilish- o'limga qo'uilgan birinchi qadamdir!!!!
|
|
| |
Bonu | Дата: Воскресенье, 02.03.2008, 07:24 | Сообщение # 2 |
 O'quvchi
Группа: Foydalanuvchilar
Сообщений: 12
Статус: Offline
| Dilim ilmlardan mahrum bo'lmabdi. Bir sir qolmabdiki mavhum bo'lmabdi. Tunu kun o'yladim yetmish ikki yil. Ongladim - hech narsa ma'lum bo'lmabdi. Umar Hayyom
Eng yaxshi bir sirni berayin sizga: Dastavval qaranglar o‘z oynangizga!
|
|
| |
Durbek | Дата: Вторник, 27.05.2008, 00:27 | Сообщение # 3 |
 Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Статус: Offline
| MEN SIZGA ACHINMAYMAN Men sizga achinmayman, vafosiz sevgilarda Behuda oqib o'tgan bahorimning yillari! Men sizga achinmayman u otashin naylarda Ehtiros-la kuylangan, ey tunlarning sirlari. Men sizga achinmayman, bevafo do'st, jo'ralar, Bazmlarning tojlari, davrada aylangan jom. Men sizga achinmayman, xiyonotkor go'zallar, Meni xayol band etgan, xursandchilik qilmas rom Qayda, qayda qoldingiz, yoshlikdagi orzular, Va qalbning sokinligi erkalatgan kezlari1! Qani avvalgi otash, ilhom baxsh etgan zavqlar, Keling, keling, mushtoqman, bahorimning yillari. Aleksandr Sergeyevich Pushkin
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 20.06.2008, 13:57 | Сообщение # 4 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Kar karni kar qozining hukmiga to`g`riladi, Kar dedi: Bu kar mening molimni o`g`irladi. Kar karga javob berdi: Bekor aytibsan, ey kar, Sen aytgan u qo`riqqa yetti pushtim don ekar. Kar qozi hukm qildi, pok ish bulsin, bir yo`l bor, Yigitni uylantiring, qiz bo`lsa ham gunohkor. A.S.Pushkin
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 20.06.2008, 14:03 | Сообщение # 5 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom, Gohida halolmiz, gohida xarom. Feruza gumbazli osmon ortida, Na chin musulmonmiz, na kofir tamom. U.Hayyom
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Пятница, 06.03.2009, 16:55 | Сообщение # 6 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum Turma darchasidan ko'chaga boqgum. Kunlar, oylar, yillar o'tgani sari Ko'z oldimga kelar otam bog'lari. Bu oftob onamning yoshlik ko'zidir, Yomg'irlar u ko'zning sog'inch so'zidir. Jondan o'tar ekan bu sovuq kunlar Lori gulxanini qo'msayman tunlar. Tushimga har kecha kirar bir dilbar, O'zin shamsiya der, meni Vir atar. U aytar: "Bu sening vataning emas", Lek mening yurtimga qiladi xavas. Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum Panjara ortidan yorimga boqgum. Uning nazarida bizlar bir juft gul, Va bir-birimizga o'xshaymiz butkul. Umid uyg'otadi duo singari Uning kulib aytgan sirli so'zlari. Agar shodmon bo'lsam u ham suyunar, Men uchun hammadan ko'proq kuyinar. Uning va'dalari, ahdu paymoni, Go'zal ko'rsatadi menga dunyoni. G'ayrat jo'sh uradi bilaklarimda, Himmat paydo bo'lar yuraklarimda. O'zga yurtdagi bir begona g'uncha, Nimaga men uchun qayg'urar buncha. Uning nazdida biz bir juft guldaymiz, Birga quvnagaymiz, birga kulgaymiz. Men yetti yuz sakson oltinchi mahbus Panjaradan ko'kka boqarman tuyqus. Osmon orzularim uning orzusi, U mening dilimning shimol yog'dusi. Qalbi ezgulikka to'la bu dildor, Men uchun hattoki o'limga tayyor. Mening heshlarimga qilay deb xizmat O'z azizlaridan kechgan u, rahmat! U aytar: "Bu sening vataning emas", Lek mening elimga qo'ygandir xavas. Uning nazdida biz bir juft lolamiz, Faryodimiz birdir, birdir nolamiz. Men yetti yuz sakson oltinchi mahkum Turma darchasidan ko'klarga boqgum... "Devdas"dan
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Durbek | Дата: Воскресенье, 15.03.2009, 20:04 | Сообщение # 7 |
 Maslakdosh
Группа: Ishonchlilar
Сообщений: 150
Статус: Offline
| Esimdadir ajib dam hali: Ko'z oldimda bo'lding namoyon, Pok go'zallik dahosi kabi, Bir lahzalik xayol, tushsimon. G'am-alamdan dilim yonganda Tushlarimda ko'rdim chehrangni, Hayotdagi bo'm-bo'sh suronda Kelib turdi tovshing jarangi. Yillar o'tdi. Isyon bo'roni Xayollarim sovurdi dildan. Va unutdim dilbar sadongni, O'chdi aziz chehrang yodimdan. Quvg'inlikning changida nursiz G'amga to'lib kunlarim botdi; Xudo, ilhom, ko'z yoshisiz, Ishq, iztirob, hayotsiz oqdi. Mana, qalbga oshno bo'ldi nay, Ko'z oldimda bo'lding namoyon, Go'zallikning sof parisiday, Bir lahzalik ajib tushsimon. Ruhim yana uyg'ondi bu dam, Yana unda tirildi najot; Yana dilda xudo va ilhom, Ko'z yoshi-yu muhabbat, hayot. Aleksandr Sergeyevich Pushkin
Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
|
|
| |
Mashhura | Дата: Среда, 25.03.2009, 16:37 | Сообщение # 8 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Men keldim-u dunyo kordimi foyda? Ketsam martabasi osharmi? Qayda? Hech kim tushuntirib bera olmadi: Kelishim ketishim sababi qayda U.Hayyom
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Среда, 25.03.2009, 16:43 | Сообщение # 9 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Bu ko’p eski ravot, olam unga nom, Tun-kun tulporiga bor bunda orom. Bu eski bazm yuzlab Jamshiddan qoldi, Bu go’rda yotadi yuz-yuzlab Bahrom. U.Hayyom
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Среда, 25.03.2009, 16:45 | Сообщение # 10 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Afsus, umr behuda bo'lmishdir barbod, Bo'lmadim haromdan bir nafas ozod, Buyurganin qilmay yuzim qarodir. Amringdan tashqari ishlaringdan dod! U.Hayyom
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Mashhura | Дата: Среда, 25.03.2009, 16:50 | Сообщение # 11 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 158
Статус: Offline
| Bunda Bahrom joy olgan edi, Bunda Jamshid jom olgan edi. Bunda qolgan vayronada sher, Bir ohudan jon olgan edi. U.Hayyom
«Qilgan ishlarimiz uchun his etgan pushaymonligimiz vaqt o’tishi bilan kamayadi, qilmagan ishlarimiz uchun esa, aksincha, pushaymonlik hissi battar kuchayadi».
|
|
| |
Kumush | Дата: Суббота, 04.04.2009, 12:44 | Сообщение # 12 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Статус: Offline
| Uilyam Shekspir 27-sonet Uyimga qaytaman charchab, xuddi mast, Charchoqlarim olib ketsin deb kecha - Ammo,tan uxlaydi-yu, fikr uxlamas, Bari bir u orom topmas tonggacha. Yana xayol seni ketadi izlab, Yana xayol uchar sen tomon ilhaq - Yana uyqu bilmas toliqqan ko'zlar, Zulmatga tikilar so'qirday befarq. Qalbim ko'zi bilan ko'raman seni, O, bu ko'z o'zgani ko'rgisi kelmas. Jamoling yoritar bu dam qalbimni, Bunday dam o'lim ham battollik qilmas. Hayot ikkimizga bermas farog'at, Kecha-kunduz fikr topolmas rohat. Добавлено (27.03.2009, 06:41) --------------------------------------------- Aleksandr Sergeevich Pushkin! AGAR SENI ALDASA HAYOT Agar seni aldasa hayot Sen noumid bo'lma hech qachon. G'amli kunga qilgin itoat, Xushnud kunlar keladi, ishon! Qalb kelajak ishqi-la yashar; Bu kunimiz qayg'u va dog'li: Bari oniy, o'tishga shoshar, O'tgan esa, hamisha totli. Добавлено (27.03.2009, 07:05) --------------------------------------------- Kuni kecha yosh bola edim, Qush uyadan polapon tutdim. Qaysi kuni ishqqa duch keldim, Birdaniga voyaga yetdim. Kuni kecha dono chol edim, Keksalikning maqomin tutdim. Qaysi kuni ishqqa duch keldim, Birdaniga yosharib ketdim. Rasul Gamzatov Добавлено (29.03.2009, 17:07) --------------------------------------------- Bayron."Don Juan",1 bob,170 band Lablariga lab bosdi ul,beozorgina Tola sochni olib quyib qiz manglayidan... 1 bob 171-band Unga yarashib turar hattoki kibru havo, Nogoh titrab kettiyu oppoqqina qo'lchasi Yigitning qo'llaridan sirg'alib chiqib ketti Ketarkan yigit qo'lin ohista qisib qo'ydi, Sezib bulmas holatda ediki bu zamzama: "Nahotki shundoq bo'lsa?!"-dedi ho'rsinib yigit. Добавлено (29.03.2009, 17:10) --------------------------------------------- Hursinishdan qo'rqaru chuqur-chuqur ho'rsinar Добавлено (04.04.2009, 11:44) --------------------------------------------- SERGEY YESENIN Go‘daklikdan ma’lum har odam, Bola boshdan degan gap to‘g‘ri. Mabodo men shoir bo‘lmasam, Bo‘lar edim bezori, o‘g‘ri. Jikkakkina shum bola edim, Tengdoshlarim ichra "qahramon". Qaytar edim ko‘chadan doim Burnim pachoq, usti boshim qon. Qo‘rqib ketgan onam qoshida Derdim tutib o‘zimni mahkam: "Hechqisi yo‘q. Qotsildim toshga. Ertagacha qolmas o‘rni ham". Yillar o‘tdi, ketdi bolalik, Nihoya yo‘q armonlarimga. Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik Ko‘chdi she’ru dostonlarimga. Bolaligim ketdi borini Satrlarda qoldirib butun. She’rlarimda shum, bezorining Xislatlari aks etar bu kun. Mag‘rurligim hamon qolmagan, Hamon baland o‘tli ko‘kragim. Bolalikda burnim qonagan, Bugun esa qondir yuragim. Mendan kulgan to‘da qoshida Deyman tutib o‘zimni mahkam: "Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga, Ertagacha qolmas o‘rni ham". Meni so‘kmang! Bo‘lar ish bo‘ldi, So‘z sotuvchi savdogarmasman. Oltin boshim quyi egildi, Bu dunyodan sovidim, bas, man. Shaharda ham qolmog‘im mahol, Na qishloqqa mayl sezarman, Bir yo‘l qoldi; o‘stirib soqol Rossiyani daydib kezarman. Xayr, deyman doston, she’rlarga, Io‘lga to‘rva olurman, xolos. Ko‘chadagi bir darbadarga Shamollar ham qo‘shiq aytar soz. Piyoz, turup hidin taratib, Bilganimni qilib yurarman. Burnim oqsa yengimga artib, Peshonamda borin ko‘rarman. Qor quyunin tinglarman behis, Baxt kerakmas bundan ziyoda. Bunday ajib turfa ishlarsiz, Yashamasman yorug‘ dunyoda.
Keldim...Kurdim...Sevdim...
|
|
| |
|