Kumush | Дата: Вторник, 21.04.2009, 10:41 | Сообщение # 1 |
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Статус: Offline
| Jahon adabiyotida salmoqli urin egallagan Balzak asarlari inson kechinmalari haqida ruyi rost hikoya qiladi.Ehtiroslarning bunday tiniqligini kurib beihtiyor yoqa ushlaysan.Ayniqsa Gobsek,Gorio ota,Sag'ri teri tilsimi asarlari nafaqat usha davr, hozirgi davrimizning ham muammolarini uzida aks ettirgan. Onore de BALZAK haqida qisqacha ma'lumot. BALZAK (Balzac) Onore de (1799.20.5, Tur - 1850.18.8, Parij) - frantsuz realist yozuvchisi. Balzakning ijodiy merosi janr jihatidan ulkan va xilma-xil: romanlar, povestlar, dramalardan iborat. Balzakning ko‘pgina romanlari va povestlari umumiy g‘oya asosida birlashtirilgan va «Insoniyat komediyasi» deb nomlangan ko‘p jildli epopeyani tashkil etadi. Unda Balzak o‘z zamonasidagi frantsuz jamiyatining haqqoniy, yorqin manzarasini yaratgan.<Insoniyat komediyasi»ni muallif 3 qismga bo‘lgan: «Odatlar haqidagi etyudlar», «Falsafiy etyudlar», «Analitik etyudlar». O’ylangan 143 ta asardan 97 tasi yozilgan. Eng katta qismi «Odatlar haqidagi etyudlar»dir, unga 72 ta roman kirgan bo‘lib, bular orasida — «Gobsek» (1830), «Yevgeniya Grande» (1833), «Gorio ota» (1834), «Yo‘qotilgan orzular» (1837—43) kabi asarlar bor. Balzak ijodida frantsuz realizmi o‘zining yuksak pog‘onasiga ko‘tarildi. «Insoniyat komediyasi» epopeyasi 19-asrning 1-yarmidagi frantsuz jamiyatining realistik manzaralarini keng qamrovda aks ettirganligi, voqealarga, dalillarga boyligi, turli toifadagi kishilar dramasi yaratilganligi, yorqin obrazlari va personajlari bilan katta taassurot qrldiradi. Epopeya asarlari bir-biri bilan bog‘langan, qahramonlar taqdiri tutash. Sudxo‘r Gobsek, kommersant Grande, bankir Nusingen, ziyoli Rastinyak kabi obrazlar asardan asarga o‘ta boradi. Balzakning «Inson komediyasi» epopeyasi zamondoshlarining yuksak bahosiga sazovor bo‘lgan. Balzakning «Yevgeniya Grande», «Gorio ota», «Gobsek», «Sag‘ri teri tilsimi» asarlari S. Muhammadjonov, M. Mirzoidov, M. Mahmudov va b. tarjimasida turli yillarda o‘zbek tilida nashr etilgan. -------------------------------------------------------------------------------- Keldim...Kurdim...Sevdim...
Keldim...Kurdim...Sevdim...
|
|
| |