Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Ma'lumotlar
Ko'nglimni tushunmas suyganim...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda...
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
So'nggi Tiko.
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Ishonmading
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Muhabbat qovurmasi...
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Noma...
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Yuvildi dil g'uborlarim.
[11.02.2009][Men shoir emasman!]
Yana to'rtliklar....
[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
Ishq sayyodi.
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Forum faollari
So'rovnoma
Siz ham kundalik yozasizmi?
Всего ответов: 269
IP

 Rus adabiyoti haqida fikrlar - Форум
[ Yangi xabarlar · Ishtirokchilar · Forum qoidalari · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Alisher  
Rus adabiyoti haqida fikrlar
KumushДата: Вторник, 21.04.2009, 12:00 | Сообщение # 1
Maslakdosh
Группа: Moderatorlar
Сообщений: 244
Репутация: 2
Статус: Offline
Jahon adabiyotida rus adabiyotini tutgan o'rni benihoya kattadir.Pushkin, Lermontov,Lev Nikolaevich Tolstoy,Dostoevskiy,Turgenev,MIhail Bulgakov,Chexov kabi zabardast qalam ahli yaratgan asarlar jahon adabiyoti durdonalari qatoridan salmoqli o'rin egallagan.Eng ajoyib asarlar sifatida Pushkunning Evgeniy Onegin ,Tolstoyning Urush va tinchlik,Anna Karenina,Dostoevskiyning Jinoyat va Jazo,Mihail Bulgakovning Usta va Margarita asarlarini tilga olishimiz mumkin.Bu asarlar er kurrasining hamma joylarida o'zining o'lmas insoniylik ruhi bilan sug'orilgan sara adabiyot namunalari sifatida hali hanuz kitobhonlar tomonidan sevib mutoala qilinadi.Rus adabiyotining o'ta tiniq ,sodda,halq tilida inson dardlarini bayon etilganligi kishini o'ziga tortadi.Bu asarlarni o'qib turib beihtiyor o'sha davrga tushib qolasan va qaxramonlar bilan hamnafas yashay boshlaysan,Evgeniyga hamdard bo'lasan Tatyanaga havas qilasan. Anna Kareninani fojeasi uchun yig'laysan yoki Urush va tinchlikda esa Napaleonning g'ayritabiy shahsiyatiga duch kelasan,Kutuzovning taktikasiga qoyil qolasan,qaxramonlar Knyaz Andrey, Natasha kabi personajlarga beihtiyor mehring tushib qoladi.....
Quyida Chexovning Hameleon nomli hikoyasini e'tiboringizga havola qilaman.O'ylashimcha Bu hikoyada ko'tarilib chiqqan mavzu zamonamizning eng og'riqli nuqtasini nishonga oladi.Zero haqiqatni tan olib aytadigan bo'lsak Ochumelov toifasidagi kishilar juda ko'p.Balki o'zimiz ham bunday illatlardan mustasno emasdirmiz.Forumdoshlar sizlar ham bu haqda fikrlaringiz bo'lsa yozib qoldiring.Rus adabiyoti shinavandaliridan qizg'in fikrlar kutib qolaman.

Добавлено (21.04.2009, 11:00)
---------------------------------------------
XAMELEON A. P. Chexov

Bozor maydonidan yangi shinel kiygan, tuguncha ko‘targan politsiya nazoratchisi Ochumelov o‘tib borardi. Uning orqasidan musodara kilingan krijovnik to‘la g‘alvirni ko‘targancha malla gorodovoy kelmoqda. Tevarak-atrof jimjit... Maydonda jon asari ko‘rinmaydi... Do‘konlar va qovoqxonalarning huvillagan eshiklari yorug‘ dunyoga ochiqqandek og‘iz ochib turibdi; ularning yaqinida hatto gadoylar ham yo‘q.
— Senmi hali qopadigan la’nati?— degan ovozni eshitadi daf’atan Ochumelov.— Yigitlar, uni ko‘yib yuboringlar! Hozirgi kunda qopitish taqiqlangan! Ushla! A... a!
Itning vangillagani eshitiladi. Ochumelov o‘girilib qarasa: savdogar Pichuginning o‘tin omboridan uch oyoqlab likonglab chopgancha alanglay-alanglay bir it qochib chiqayotibdi. Uni oharlangan chit ko‘ylakli,. nimchasining tugmalari solinmagan bir kishi quvlab kelmoqda. Gavdasi bilan oldinga intilgan ko‘yi chopib kelayotib yerga yiqiladi-da, itning orqa oyog‘ini tutib oladi. Yana itning vangillagani va: «Qo‘yyb yuborma!» — degan qichqiriq eshitiladi.

Hikoyaning davomini o'qish >>>


Keldim...Kurdim...Sevdim...

Сообщение отредактировал Alisher - Вторник, 21.04.2009, 12:55
 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:


Copyright AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz