Kirish joyi
Hush kelibsiz Гость!

Reklama.Uz
So'rovnoma
Kundalikka sizga yoqdimi?
Всего ответов: 151


Top.Arbuz.com
Onlayn: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
 Каталог статей
Bosh sahifa » Ma'lumotlar » Nasr bobida... » Ibratli hikoyatlar.

Ibratli hikoyalar

Hayot uchun kurash

 

Akbar hovlidagi tut daraxtidan ipak qurti pillasini topib oldi va uni o’z xonasiga yashirib qo’ydi. Kunlarning birida pillada kichkina tuynukcha paydo bo’ldi. Akbar soatlab kapalakni kuzatishdan, uning kichkina teshikdan yorug’ dunyoga chiqishga jon-jahdi bilan intilishini tamosha qilishdan charchamasdi. Keyinchalik u harakatdan to’xtab qoldi. Akbarning nazarida bu kichik mavjudot bor kuchi bilan shu yergacha yetib kelolganu uyog’iga quvvati qolmagandek tuyulardi. Akbar bu nochor va ojizgina kapalakka muruvvat qo’lini cho’zish istagida har doim tokchada turadigan qaychini oldi-da, pillaning qolgan qismini kesib ochdi. Kapalak osonlik bilan o’zining torgina go’shasini tark etdi. Lekin uning badani ho’l, jussasi judayam ojiz, nimjon va kichik, qanotlari esa bujmaygan holda edi. Akbar kapalakni kuzatishda davom etdi. Chunki u kapalak istalgan paytda qanotlarini keng yozib  osmonga parvoz qiladi deb umid qilardi. Lekin Akbarning umidlari puchga chiqdi. Kapalak umrining qolgan qismini ham ojiz badani va bujmaygan qanotlari atrofida o’rmalash bilan o’tkazdi. Akbarga esa hech qachon uning parvozini ko’rish nasib etmadi.  Akbar bilmas ediki, u o’z mehribonchiligi va shoshma-shosharligi bilan ipak qurti kapalak bo’lish uchun pilla ichida ma’lum muddat bo’lishi, qanotlari ko’kda erkin parvoz etishi uchun yana biroz tor koshonasida yashab turishi lozim edi. Ba’zan hayotimizda aynan kurashishgina bizni o’z maqsadlarimiz tomon yetaklaydi. Agar hayotimizda hech bir qiyinchiliksiz yashaydigan bo’lsak, bu bizni jarohatlagan bo’lardi. Biz hozirgidagidek kuchli bo’lolmas edik. Biz hech qachon “parvoz eta olmasdik”!

Men Kuch so’radim..

va U meni kuchli  etish uchun Qiyinchiliklar yubordi.

Men Donolik so’radim......

va U meni dono etish uchun Muommolar yubordi.

Men undan Ravnaq so’radim.........

va U menga ishlashim uchun Aql va Kuchli Muskullar berdi.

Men undan Mardlik berishini so’radim........

va U meni yengib o’tishim uchun Xatarliklarga ro’para qildi.

Men undan Muhabbat so’radim.........

va U menga yordam berishim uchun Mehrga Zor insonlar berdi.

Men undan Qo’llab-Quvvatlash so’radim........

va U menga Imkoniyatlar berdi.

Men o’zim xohlagan hech narsani olmadim .......

Men o’zimga Zarur barcha narsani oldim!

 

 



Manba': http://Yosh kuch
Turkum: Ibratli hikoyatlar. | Muhbir: Mashhura (10.07.2008) | Muallif: Mashhura
Ko'rilgan: 1834 | Daraja: 5.0/1 |
Barcha izohlar: 0
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishlari mumkin.
[ ro'yxatdan o'tish | Kirish ]

Reklama.Uz

[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Tunda... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ko'nglimni tushunmas suyganim... (0)
[28.02.2008][Satrlar kulganda...]
Muhabbat qovurmasi... (1)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Ishonmading (1)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
So'nggi Tiko. (0)
[14.02.2008][G'azalga havas...]
Noma... (0)
[07.11.2007][Muhabbatnoma]
Qalbim tonggiga. (0)
[24.04.2009][Tugamagan satrlar...]
Ikki misrada tugagan gaplarim.... (1)
[07.11.2007][Men shoir emasman!]
Shoir taqdiri. (0)
[22.04.2009][Muhammad Yusuf]
Mening dardim. (0)
Вторник
08.07.2025
05:12
Sahifa ruknlari
Ibratli hikoyatlar. [10]
O'qing, ibrat oling, ibrat bo'ling!
Turmush chorrahalarida [2]
Turmushga oid maqolalar, o'gitlar, maslaxatlar
Rus adabiyotidan na'munalar [1]
Rus adabiyotidan olingan ma'lumotlar, maqolalar, tarjimalar va boshqa ma'lumotlar.
Jahon adabiyatidan nasriy asarlar [1]
Jahon adabiyotidan olingan turli nasriy asarlar to'plami
Do'stlarimiz

Reklama.Uz
Tezkor habarlar...
200
Men izladim
Yoshi -
Manzili
Tanishuv
Faol sharxlovchilar

Copyright AlexSoft © 2025
Создать бесплатный сайт с uCoz